-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Oliy matematika asoslari
Ta'lim sohasida islohotlar amalga oshirilayotgan va lotin grafikasiga asoslangan yangi o'zbek tiliga o'tilgan bir paytda hamda boshlang'ich sinflar uchun yangi «Matematika» o'quv darsliklari yaratilayotgan bir vaqtda yangi ta'lim standartlarida ko'rsatilgan fanlar bo'yicha o'quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish zarurligi tug'ilmoqda. Hozirgacha bor boʻlgan adabiyotlarni ayrimlari standart talablariga javob bermaydi.
-
Oliy matematika
Qayta tayyorlangan lotin alifbosidagi ushbu nashrga bir muncha yangi materiallar qo'yildi. Jumladan, chiziqli tenglamalar, gauss usulida chiziqli tenglamalar sistemasini yechish, trigonometrik ifodalarni integrallash, oddiy differensial tenglamalar bo'limlari to'ldirildi. Talabalarning mustaqil ishlash variantlariga yangil va masalalar qo'shildi.
-
Олий математика
Дарслик олий техника укув юртлари талабалари учун мўлжалланган. Китобда келтирилган назарий мавзулар инженерлик ва қишлоқ хўжалик мутахассисликлари учун математик фанларнинг махсус бўлимларининг амалдаги соатлари Меъёрланган «Дастур» ига тўла мос келади.Китоб олий математика» дарслигининг тўртинчи жилди булиб, у хам биринчи, иккинчи ва учинчи жилдлардагига ухшаш куп микдордаги назарий ва амалий мисол ҳамда масалалар билан таъминланган.
-
БОЛАЛАР УРОЛОГИЯСИ
Дарслик болаларда учрайдиган сивдик аъзоларининг нукронли ривожланшилари ва хнрургик касалликлари хдкдда барча керакли маълумотларни уз ичига олган. Ушбу кулланма замонавии укув дастури асосида ёзилган булиб, тиббиёт институтлари талабалари, болалар хирурглари, педиатрлар ва амалиёт шифокорларига мулжалланган. Дареликка 6 га жадвал, 70 та раем, 160 та тест ва вазият масалалари киригилган
-
BOLALAR YUQUMLI KASALLIKLARI
Qo'llanmada bolalar orasida uchrayotgan yuqumli kasalliklaming asosiy kechish xususiyatlari, etiologik tizimi, epidemiologiyasi, putogenez tizmasi, klinik kechimi va tasnifi, diagnostika usullari, uy sharoitida davolashga va kasalxonaga yotqizishga ko'rsatmalar yoritilgan
-
Олий математика
Дарслик олий техника институтлари талабалари учун мулжалланган. Бу ерда келтирилган маълумотлар олий ўқув юртларининг муҳандис-техника кишлок хужалик мутахассисликлари учун математик фанларнинг амалдаг дастурига тўла мос келади.Китоб Олий математика» дарслигининг иккинчи жилди булиб, у ҳам б ринчи жилд каби куп микдорда мисоллар билан таъминланган.
-
AKUSHERLIK Uchinchi nashr
DarsliK tibbiyot oliy oquv yurtlarida aKusherliK fanini o’rganayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. MazKur darslixda ayollar jinsiy a’zolari anatomiyasi, homilaning rivojlanishi, ayollarda homiladorliK paytida Kuzatiladigan fiziologiK o’zgarishlar, patologiya holatlarining etiologiyasi, patogenezi, tashxisi, ularning oldini olish, davolash tamoyili, amaliy mahoratlarni qadamma-qadam bajara olishi Ko’rsatilgan. ShuningdeK, ushbu darsliKdan UASH mutaxassislari va UASH malaKasini oshirish Kurslaridagi tinglovchilar ham foydalanishlari mumKin
-
Римское право.
В учебнике освещаются следующие вопросы : предмет римского прапва, источники римского права, иски и т.д.
-
АКУШЕРЛИК
Дарслик тиббиёт олий юртларида акушерлик фанини ўрганаётган та- лабалар учун мўлжалланган. Мазкур дарсликда аёллар жинсий аъзолари анатомияси, хомиланннг ривожланиши, аёлларда ҳомиладорлик пайтида кузатиладиган физиоло- гик ўзгаришлар, патология ҳолатларининг этиологияси, патогенези, таш- хиси, уларнинг олдини олиш, даволаш тамойили, амалий махоратларни қадамма-қадам бажара олиши кўрсатилган. Шунингдек, ушбу дарслик- дан УАШ мутахассислари ва УАШ малакасини ошириш курсларидаги тингловчилар хам фойдаланишлари мумкин.
-
Oliy matematika
Ushbu o’quv qo’llanma texnik oliy o’quv yurtlarining barcha ta’lim yo’nalishlaridagi bakalavriatning kunduzgi, maxsus sirtqi, sirtqi bo’lim talabalari va professor-o’qituvchilari uchun mo’ljallangan. Qo‘llanma oliy matematika fanining oquv dasturi tarkibiga kiruvchi oliy algebraning matritsalar, determinantlar, chiziqli tenglamalar sistemasi, fazoda va tekislikda analitik geometriyaning elementlari va matematik tahlilning funksiyalar nazariyasi, limitlar nazariyasi, differensial hisob va differensial hisobning asosiy teoremalari, aniqmasliklarni ochish, Lopital qoidalari, Teylor va Makloren formulalari kabi boblarini o‘z ichiga olgan.
-
AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYA
O'quv qo'llanmada mavzularni yoritishda homiladorlik va tug'ruqni boshqarish, chaqaloqlik davri parvarishi, akusherlik patologiyalarining oldini olish va davolashda akusherlik amaliyotida keng qo'llaniladigan klassik usullar bilan bir qatorda, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari ham inobatga olingan. Shuningdek, ginekologik bemorlarni tekshirish, davolash usullari haqida yetarlicha ma'lumot berilgan. Ushbu qo'llanma tibbiyot kollejlari o'quvchilari fanni mukammal o'zlashtirish- lariga yaqindan yordam beradi.
-
-
Олий математика асослари
Мазкур дарслик университетларнинг катор факультетлари, шунингдек, техника олий укув юртлари факультетлари талабалари учун мулжалланган. Дарслик олий алгебра, аналитик геометрия, математик анализ курсининг интеграл ҳисобгача булган мавзуларини ўз ичига олади. Шу билан бирга унинг дастлабки маълумотлар бобида олий математикани куришда асос буладиган туплам, функция, тенгламалар ҳамда тенгсизликлар баён этилган.
-
BOLALARDA INTENSIV TERAPIYA XUSUSIYATLARI
Inson sog'lig'i uchun o'ta xavfli hisoblangan holatlar tibbiyotda "Kritik holatlar" deb ataladi va bunday holatlarda bola organizmi uchun intensiv terapiya usullari tadbiq etiladi. Bunday holatlarda organizmning hayotiy muhim tizimlaridagi faoliyat- larning buzilishlarini bartaraf etish, ularni qoʻllash va kerakli darajada mo'tadil saqlash hamda boshqarish prinsiplariga asoslanadi. Intensiv terapiyaning amaliy usullari (respirator terapiya, infuzion terapiya, traxeya intubatsiyasi va hokazolar)ni tashkil etish ham bir xil kechadi. Terapevtik va xirurgik muolajalar avvalo patogenetik boʻlsa, anesteziolog qo'llanmalari organizm hayotiy muhim tizimlari faoliyatini operativ muolaja davomida to'ldirib, ularning normal faoliyatini ta'minlaydi.
-
Tibbiy kimyo 1 -2 tom
Mazkur darslik tibbiyot institutlari uchun tasdiqlangan yangi das- turga asoslangan bo'lib, stomatologiya mutaxassisliklarining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, shuningdek, xorijiy manbalardan foydalangan holda stomatologiya instituti talabalari uchun tuzilgan. Darslikda muhim reaksiyalar mexanizmiga katta e'tibor qilingan, atomlar yoki atomlar guruhi o'zaro ta'sirining elektron mexanizmlari haqida tushunchalar keltirilgan, organik kimyoning qonuniyatlari, aso- san biologik ahamiyatga ega boʻlgan moddalar va tabiiy dorilar misolida bayon qilingan, ularning organizmga ta'siri haqida axborotlar berilgan. Darslikda stomatologiyada sun'iy tish protezlarini tayyorlashda ishlati- ladigan polimerlar, tishning kimyoviy tarkibi, tishning qattiq to'qima- si (emal, dentin, sement), tish kariyesi, paradontoz, tish toshining hosil boʻlishi, tishning ona to'qimasi, aminokislotalarni, karbon suvlarni, li- pidlarni va boshqa organik moddalarning tuzilishi, kimyoviy va tibbiy xossasi, ularni stomatologik kasalliklarning kelib chiqishi, rivojlanishi va davolanishidagi ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan. Darslikda mu- taxassis fanlar bilan integratsiya jarayoniga katta e'tibor qaratilgan.
-
Oliy matematika
Ushbu o`quv qo’llanma oliy ta`lim muassalarning “Oliy matematika” fani o`qitiladigan barcha mutaxasisliklari fan dasturini qamrab olingan bo`lib, u ma`ruza va amaliy mashg`lotlarni olib borishga mo`ljallangan. Har bir mavzu oxirida nazorat savollari, o`quv xonasida va mustaqil bajarish uchun misol va masalalar (javoblari bilan), talabalar bilimlarini tekshirish uchun bitta yoki bir necha to`g`ri javobli testlar berilgan.