-
Avtomatika. Hisoblash texnikasi
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Tengsizliklar-I. Isbotlashning klassik usullari
Qo'llanmada asosiy klassik sonli tengsizliklar hamda ularning qo'llanishiga doir turli matematik olimpiadalardagi masalalar keltirilgan. Qo'llanma umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining iqtidorli o'quvchilari, matematika fani o'qituvchilari hamda pedagogika oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Analitik funksiyaning chegaraviy masalalari va singulyar integral tenglamalar
Ushbu o'quv qo'llanma analitik funksiyalarning chegaraviy masalalari va singulyar integral tenglamalar fanidan namunaviy o'quv dasturiga moslab tuzilgan bo'lib, universitetlarning matematika ta'lim yo'nalishi magistrlari hamda ilmiy xodim-izlanuvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Математик анализ, 2- қисм
Ушбу ўқув қўлланма университетлар ҳамда педагогика институтлари ва олий техника ўқув юртларининг студентлари учун мўлжалланган бўлиб, кўп ўзгарувчили функциялар дифференциал ва интеграл ҳисоби, функционал қаторлар назарияси ва Фурье қаторлари назариясини батафсил баён этади.
-
Проектирование систем автоматизации технологических процессов
Справочное пособие содержит систематизированные и методически переработанные сведения и нормативные материалы, необходимые для разработки проектов автоматизации производственных процессов. Во втором издании отражены изменения в нормативно-технических документах, учтены требования совершенствования и снижения трудоемкости монтажных работ. Книга предназначена для инженерно-технических работников, занимающихся проектированием, монтажом и эксплуатацией средств и систем автоматизации.
-
Теория систем массового обслуживания
Учебное пособие посвящено теории систем массового обслуживания, которая является областью прикладной математики и базируется на теории вероятностей и математической статистике. В книге излагаются основные понятия предметной области, история её возникновения и развития, математические методы моделирования, а также характеристики и анализ существующих систем массового обслуживания в коммерческой и финансовой деятельности.
-
Matematika o‘qitish metodikasi
Mazkur o‘quv qo‘llanmada ta’lim oluvchilar mustaqil ishlarining asosiy shakllari va ularning mazmuni, mustaqil ishni amalga oshirishda ta’lim oluvchi bajarishi zarur bo‘lgan vazifalar, mustaqil ishni bajarish metodikasi, ularni nazorat qilish va baholash tartibi bayon etilgan. Undan barcha ta’lim yo‘nalishlari ta’lim oluvchilari, soha professor-o‘qituvchilari o‘rganilayotgan o‘quv fani bo‘yicha mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholashda foydalanishlari mumkin.
-
Ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyot nazariyalari
O'quv qo'llanmada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning xususiyatlari, iqtisodiy taraqqiyot mexanizmlarining amal qilishi, davlatning iqtisodiy rivojlanish siyosati va uning asosiy yo'nalishlari, iqtisodiy taraqqiyot to'g'risidagi qarashlar, uning asoslari va manbalariga oid mavzular yoritilgan. Shuningdek, mamlakatni modernizatsiya qilish va isloh etishni yanada chuqurlashtirishga yo'naltirilgan davlat iqtisodiy siyosatining amalga oshirilayotganligi natijasida O'zbekistonda barqaror iqtisodiy o'si
-
Ижтимоий – иқтисодий ривожланишнинг инновацион моделлари
Ўқув қўлланмада ижтимоий-иқтисодий ривожланишнинг инновацион моделлари фани дастурига мувофиқ унинг назарий асослари, иқтисодиётнинг инновацион типи, билимларга асосланган иқтисодиёт, инновацион инфратузилма ва иқтисодий ўсишга таъсири мазмун-моҳияти ёритилган. Шунингдек, инсон ривожланиш концепцияси, инсон капитали ва инновацияларнинг ўзаро боғлиқлиги масалаларига алоҳида эътибор қаратилган.
-
MULTILEVEL MASTER LISTENING
Multilevel imtihonining Listening bo'limiga tayyorlanish uchun mo'ljallangan qo'llanma bo'lib, turli mashqlar va testlarni o'z ichiga oladi.
-
Multilevel Master Mock Tests
Ushbu o'quv qo'llanma ingliz tilidan Multilevel imtihoniga tayyorlanayotgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, haqiqiy imtihon formatidagi 10 ta to'liq test, tinglab tushunish, o'qish, yozish va gapirish bo'limlari uchun namunalar hamda tavsiyalarni o'z ichiga oladi.
-
Математическая статистика
Ushbu o'quv qo'llanma matematika statistikasi bo'yicha to'liq ma'ruza kursini o'z ichiga oladi. Unda to'qsoninchi yillardan buyon o'qitib kelinayotgan an'anaviy materiallar, jumladan, parametrlarni nuqtaviy baholash, gipotezalarni tekshirish hamda regressiya va dispersion tahlil elementlari yoritilgan. Qo'llanma iqtisodiy mutaxassisliklar talabalari va OTM talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Iqtisodiy-matematik modellar va usullar
O'quv qo'llanma bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy-matematik modellar va usullarni amalda qo'llash, korxonalarning iqtisodiy-matematik modelini tuzish, ularni optimallashtirish usullarini o'rganish, ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarish masalalariga bag'ishlangan. Asar oliy o'quv yurtlarining iqtisod, menejment, marketing yo'nalishlari talabalari hamda o'qituvchilarga mo'ljallangan.
-
Hisoblash usullari: mexaniklar uchun amaliy mashg‘ulotlar. 1-qism
Ushbu o'quv qo'llanma mexanika, matematika hamda amaliy matematika va informatika bakalavriat ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, hisoblash usullari fanidan amaliy mashg'ulotlarni bajarish va fanni chuqurroq o'zlashtirishga qaratilgan. Kitobda hisoblash xatoligini baholash usullari, nochiziqli tenglamalar va ularning sistemasini yechishning sonli usullari batafsil o'rganilgan.
-
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
O'quv qo'llanmada fanning maqsadi, vazifalari, asosiy bo'limlari va ularda o'rganiladigan masalalar, rivojlanish tarixi, boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi, fanning nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslari yoritilgan. Shuningdek, ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi, xavfsizlik texnikasi, yong'in xavfsizligi asoslari hamda jarohatlanganda yoki shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko'rsatish qoidalari va usullari bayon etilgan.
-
Iqtisodiy xavfsizlik
Ushbu o'quv qo'llanmada iqtisodiy xavfsizlik shakllari, asosiy ko'rsatkichlari, tahdidlari, iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash mexanizmi, shaxs, korxona, sanoat tarmoqlari, mamlakat va mintaqa iqtisodiy xavfsizligi muammolari, axborot xavfsizligi, xufyona iqtisodiyot va unga qarshi kurashning huquqiy asoslari kabi masalalar yoritilgan.
-
KORPORATIV BOSHQARUVNING INSTITUTSIONAL ASOSLARI
Mazkur o'quv qo'llanma 5231900 - korporativ boshqaruv bakalavriat ta‘lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, korporativ boshqaruvning institutsional asoslari, nazariyalari, tamoyillari va huquqiy jihatlarini o'z ichiga oladi. Qo'llanmada ma'ruza mavzulari, tayanch konspektlar, mustaqil ta'lim topshiriqlari, nazorat materiallari va glossariylar keltirilgan.