-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Ameriсan Culture
Mazkur o’quv qo’llanma “Tili o`rganilayotgan mamlakat madaniyati” fanidan tayyorlangan “American culture” deb nomlangan bo`lib oliy ta’limning 60230100- – Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili), 5120200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi (ingliz tili), 5111400 –Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo’nalishlari I va II bosqich bakalavriat talabalari uchun mo’ljallangan, O’quv qo’llanmada tili o’rganilayotgan mamlakatlar madaniyati (Amerika madaniyati), tarixi, san’ati, urf-odatlari, musiqa, haykaltaroshlik, rassomchilik va boshqa madaniyatga oid sohalar haqida talabalarni boshqa davlat madaniyati bilan tanishish, undagi o’ziga xos jihatlarni o’rganish, o’zimizning milliy madaniyat bilan taqqoslash imkonini beradi. O’quv qo’llanmaga kiritilgan nazariy va amaliy vazifalar talabalarning zamonaviy mamlakatshunoslikga, AQSh madaniyatiga oid ko’plab yangi ma’lumotlarni o’zlashtirishga ko’maklashadi, ularni vazifalarga yangicha yondashishga, tanqidiy fikrlashni yanada shakllantirishga turtki beradi.
-
Тупроқ кимёси
Ушбу ўқув қўлланмада тупроқ кимёсининг тарихи, моҳият ва вазифалари, кимёвий хоссалари, тупроқ типларининг таркиби, кимёвий жараёнлари, ҳамда тупроқдаги кимёвий тенглик, тупроқларнинг ион алмашиниш қобилиятларининг қоидалари, тупроқдаги кислоталик ва ишқорийлик, оксидланиш ва қайтарилиш жараёнлари, ўзига хос чириндили моддаларнинг тузилиши ва лойли минераллар хусусидаги маълумотлар баён қилинган.
-
-
Complete IELTS Bands 4-5 Workbook
This publication is in copyright. Subject to statutory exception and to the provisions of relevant collective licensing agreements, no reproduction of any part may take place without the written permission of Cambridge University Press.
-
Ўзбек терминологияси ва лексикографияси масалалари
Ушбу китоб икки қисмдан иборат: биринчи қисмидан муаллифнинг турли йилларда ёзган хамда ўзбек тили лексикаси ва терминологиясининг ривожланиши, ўзбек лексикографияси ва унинг тарихи, ўзлаштирма сўз ва терминлар, сўз ва терминларнинг турли тип луғатларда берилиши каби назарий ва амалий масалаларга бағишланган тадқиқотларидан намуналар, айрим лексикографик ишлар ҳақидаги фикр-мулоҳазалари, устозлари ҳақидаги хотира ва қутлов мақолалари ўрин олган.
-
Oziq-ovqat mahsulotlarini konservalash korxonalarining loyihalash asoslari va texnologik hisoblar
Darslikning konserva korxonalarini loyihalash bo`limi "Konservalash texnologiyasi" yo`nalishida mutaxassilikning korxona umumiy tuzilishi, korxonani yurg`izish uchun kerakli bo`limlar, ularning maydoni va jihozlanishi, ishlatiladigan energiya turi va miqdori kabi eng kerakli bo`limlari haqida to`la ma`lumotni o`z icihiga oladi.
-
Суд тиббиёти. Врач фаолиятининг хуқуқий асослари
Суд тиббиёти ва врач фаолиятининг хуқуқий асослари фанлари студентларда судга оид тиббий экспертизанинг қонунчилик асослари, ташкилий масалаларини хамда турли патологик холатлар билан боғлиқ суд тиббий экспертизалар ўтказишни, шунингдек, тиббиёт хуқуқи сохасида назарий билим, кўникма ва тиббий фаолиятининг хуқуқий-норматив асосларини ўрганиш ва ўзлаштириш имконини беради.
-
Oliy matematika: 1-qism
Ushbu darslik oily ta’lim muassasalarining texnika yo’nalishlari bakalavrlari uchun “Oliy matematika” fani dasturi asosida yozilgan bo’lib fanning chiziqli algebra, vektorlar algebrasi, analitik geometriya, matematik analizga kirish, bir o’zgaruvchili funksiyaning differensial hisobi, hosilaning tadbiqi, ko’p o’zgaruvchili funksiyalar, aniqmas integral, aniq integral, integralning tadbiqlari mavzulari bayon qilingan. Paragraflarning har birida mavzuga oid asosiy tushunchalar keltirilgan, tegishli teoremalar isboti bilan va unga doir namunaviy misollar yechimlari biln berilgan. Mavzuga oid mustaqil yechish uchun misollar ham berilgan.
-
Она тили ва ўқиш дарсликларида концентризм тамойили асосида тақдим этиладиган ўқув материалларини синфлар кесимида лойиҳалаштиришш.
Мазкур қўлланмада Она тили ва Ўқиш ўқув предметлари бўйича танланадиган ўқув материалларини блокларга ажратиш ва тизимлаштиришнинг дидактик асосларини аниқлаш, бериладиган матнларни лойиҳалаштириш, тақдим этиладиган ўқув топшириқлари, бадиий асар намуналарини блокларга ажратиш ва тизимлаштириш бўйича тавсиялар ишлаб чиқилган.
-
Pedagogik menejment
Ushbu qo'llanmada bo'lg'usi iqtisodchi- pedogoglarni pedagogik menijment fani bo'yocha bilimlarini kengaytirish hamda yangi tushuncha va qarashlar bilan qurollantirish, ilg'or tajribalarni tadbiq qilish uchun yoritib berilgan.
-
O`zbek adabiy tili tarixining ilk davrlari
Mustaqillik munosabati bilan milliy qadriyatlarimizni yangicha anglash, idrok etish jarayoni kuchaygan bir davrda Davlat tili mavqeiga ega bo'lgan ona tilimizga munosabat tamoman o‘zgardi. O‘zbek tilining mavqei oshdi, uni o‘rganishga bo'lgan havas kuchaydi.Ona tilini rivojlangan tillar qatori taraqqiy ettirish, til bilimining barcha sohalarini to‘g‘ri talqin etish, ayniqsa, uning tarixini keng miqyosda mukammal yoritish dolzarb masalaga aylandi. Natijada o‘quv adabiyotlarini yangicha, zamonaviy talab asosida yaratish hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Mazkur o‘quv qo‘llanmasi ham aynan shu maqsad yo'Iida yozilgan xayrli ishlardan biri bo‘lib, o‘zbek adabiy tili tarixini o‘rganishga bag'ishlangan. O‘quv qo‘llanma, asosan, ikki qismdan tashkil topgan. I qism « O‘zbek adabiy tili tarixining ilk davrlari» nomi bilan atalib, unga V—XIV asrlar til materiallari asos qilib olindi.
-
Odam anatomiyasi
Tibbiyot institutlarda hozirgi zamon talablariga to‘la javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlash vazifasi yuklatilgan. Zero talabalar chuqur bilim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni davlat tilidagi o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash maqsadida Respublikamizdagi Tibbiyot institutlarning oliy malakali hamshira ishi fakultetlari talabalari uchun o‘zbek tilida odam anatomiyasi darsligi yaratildi.
-
Заболевания шейки матки у беременных
В книге в соответствии с Международной классификацией болезней 10-го пересмотра отражены особенности диагностики, лечения и мониторинга при фоновых и предраковых заболеваниях шейки матки во время беременности. Рекомендованы способы родоразрешения, предложены профилактические мероприятия по предупреждению рецидивов указанных заболеваний шейки матки вне беременности.
-
Ички ишлар вазирлиги академик лицейлари учун юридик атамалар изоҳли луғати
Ўқув қўлланмада мутахассислик ва касбий соҳага оид юридик атамаларнинг изоҳли луғати берилган бўлиб, ўқув қўлланма ИИВ академик лицей профессор-ўқитувчилари ва ўқувчилари, ҳуқуқшунослар, давлат ҳокимияти органлари ходимлари, Олий ва ўрта махсус таълим муассасалари профессор ўқитувчилари ҳамда талабаларининг фойдаланишлари учун мўлжалланган.
-
Ўзбекистон Республикасининг фуқаролик ҳуқуқи
"Ўзбекистон Республикасининг фуқаролик ҳуқуқи (1-қисм)" дарслигининг мантиқий ва узвий давомидир. Унда мажбуриятларнинг алоҳида турлари, шу жумладан, бозор муносабатлари тизимида ғоят муҳим аҳамиятга эга бўлган турли шартномалар мазмуни, интеллектуал фаолият натижаларига бўлган шахсий ва мулкий ҳуқуқлар, ворислик ҳуқуқи, халқаро хусусий ҳуқуқ нормаларини фуқаролик ҳуқуқий муносабатларига нисбатан тадбиқ қилиш масалалари батафсил ёритилган.
-
Fizikadan masalalar to'plami
Maktab fizika kursini o'rganish-fizik hodisalar va qonuniyatlarni tushunibgina qolmay, balki ularni amalda tatbiq qila bilish ham demakdir. Muayyan masalani hal qilish uchun fizikaning umumiy qoidalarini har qanday qo'llanish fizik masala yechish demakdir.