-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Siyosat. Siyosiy fanlar
-
-
-
-
-
-
Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti
Darslikda qishloq xo'jaligida erkin bozor munosabatlarini shakllantirishning nazariy, uslubiy hamda amaliy asoslari "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablari asosida yoritilgan; tarmoqda amalga oshirilayotgan huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy islohotlarning mazmun va mohiyati respublika Prezidenti asarlari va amaliyotdagi huquqiy-me'yoriy hujjatlarga asoslangan hamda jahon iqtisodiyotidagi holatlari e'tiborga olgan holda bayon etilgan; iqtisodiyotning barcha bosqich-larida (turg`unIik inqiroz, jonlanish) qishloq xo'jaligida mavjud moddiy-texnika va mehnat resurslari, investitsiyalar, innovatsion texnologiyalardan foydalanishning hozirgi holati, tadbirkorlik turlarining, tarmoqlaming rivojlanishi, iqtisodiy samaradorligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan holda tizimli tahlil qilinib, kelajakda ularning samaradorligi yuksalishini ta'minlovchi omillar, yo' llari imkon doirasida yoritilgan.
-
Odam genetikasi
Genetika irsiyat va o'zgaruvchanlikni o'rganadigan fan bo'lib, odam genetikasi ana shu fanning muhim shahobchalaridan biri hisoblanadi. Sizga havola qilinayotgan ushbu darslik ana shu umuminsoniy muammo - odam genetikasiga bag'ishlangan. Mualliflar darslikni yozishda irsiyat va o’zgaruvchanlikni o'rganish borasidagi bir necha asrlik tajriba hamda kashfiyotlar mujassamlangan xorijiy tillardagi adabiyotlardan mahalliy sharoitni hisobga olgan holda foydalanishga harakat qilishgan.
-
O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning huquqiy asoslari
0‘quv qo'llanma mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning huquqiy asoslarini o‘rganish, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar va sport qonunchiligidagi o‘zgarishlarni jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarga o‘qitish orqali, ularning shu sohadagi huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan. Taqdim etilayotgan o‘quv qo'llanma oliy o‘quv yurtlarininng jismoniy tarbiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari, tadqiqotchi va barcha qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Geografiya o’qitish metodikasi
Ushbu darslikda unda bo’lg’usi geografiya o’qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini tarkib toptirish va rivojlantirish uchun zarur bo’lgan geografiya o’qitish metodikasining maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi, geografiya o’qitishning dolzarb muammolariga doir ma’lumotlarni o’z ichiga olgan.
-
Давлат ва ҳуқуқ назарияси
Дарслик давлат ва ҳуқуқ сохасидаги хозирги замон илмий концепцияларини инобатга олган холда тайёрланди. У давлат ва хуқуқлари талқин этишдаги анъанавий ёндашувлар билан бир қаторда янги муаммолар хамда нуқтаи назарларни ҳам қамраб олган. Шунингдек, унда Ўзбекистонда шаклланаётган демократик давлатчилик ва хуқуқий тизим хусусиятларига оид назарий хулосалар ўз ифодасини топган. Давлат ва хуқуқи мохияти, механизми, функциялари ва ислохотлар давридаги роли жонли тарзда баён этилди.
-
Tibbiy texnika va yangi tibbiyot texnologiyalari
Ushbu o'quv qo'llanma Tibbiy texnika va tibbiyot texnologiyasi fani bo'yicha namunaviy dastur asosida yozilgan bo'lib, oliy o'quv yurtlari talabalari va o'qituvchilari hamda tibbiyot elektronikasi apparaturalarini o'rganuvchi boshqa soha mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
-
Til va adabiyot:Ilmiy va amaliy izlanishlar yo'lidagi ilk odimlar I qism
Ushbu to'plam O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi ToshDO'TAU Yosh filolog olimlar jamiyati tomonidan tashkil etilgan "Til va adabiyot:Ilmiy va amaliy izlanishlar yo'lidagi ilk odimlar" mavzusidagi universitet talabalarining II ilmiy-amaliy anjumani materiallaridan tashkil topgan.
-
Парламентаризм: хорижий мамлакатлар тажрибаси
1991 йил, Ўзбекистон мустақиллиги эълон қилиниши билан, қисқа муддат ичида, демократик тамойилларни шакллантириш, бозор муносабатларига ўтиш, ҳаётнинг барча соҳаларида қонун устуворлигини таъминлаш, ҳокимиятнинг бўлиниши (ижроия, қонунчилик ва суд) каби асосий принциплардан иборат бўлган янги давлатчиликнинг қонунчилик базаси вужудга келди. 1994 йилнинг 25 декабрида Ўзбекистон тарихида биринчи марта кўппартиявийлик асосида шаклланган парламент - Олий Мажлиснинг таркиб топиши ана шу йўлдаги асосий қадамлардан бири бўлди. Ўзбекистон Республикаси Конституциясига мувофиқ Олий Мажлис Қонунчилик ҳокимиятини амалга оширувчи олий давлат вакиллик органи ҳисобланади.
-
Boshqaruv hisobi
Mazkur darslik xarajatlarni hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish, ishlab chiqarish zararsizligini tahlili, budjetlashtirish, transfert bahoni shakillantirish, segmentlar bo'yicha hisob va hisobot kabi boshqaruv hisobining zamonaviy yo'nalishlariga bag'ishlangan.
-
Pivo, vino mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi
O’quv qo'llanmada pivo va vino sanoati, pivo olishda ishlatiladigan xomashyolar, arpa donidan solod tayyorlash, pivo sharbati tayyorlash, sharbatni bijg’itib pivo tayyorlash texnologiyalari, tayyor pivoni idishlarga qadoqlash va chiqitlardan foydalanish.
-
Электротехнологик қурилмалар
Мазкур ўқув қўлланма техника олий ўқув юртларининг бакалаврлар тайёрлаш "Электроэнергетика" ва "Касбий педагогик тайёргарлик (электроэнергетика соҳаси) таълим йуналишлари ва уларга турдош мутахасислар буйича магистратура талабаларига қўлланма сифатида тавсия этилади.
-
Qurilish materiallari
O'quv qo'llanmada bino va inshootlar qurilishida ishlatiladigan qurilish materiallari va buyumlarining turlari, xossalari va ishlab chiqarish texnologiyalari berilgan. Mazkur o'quv qo'llanma o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim muassasalarining "Bino va inshootlar qurilishi" tayyorlov yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan o'quvchilari uchun mo'ljallangan.
-
Таълим технологиялари
Мазкур услубий қўлланма узлуксиз таълим тизимининг барча босқичларида фаолият кўрсатаётган ўқитувчи ва педагогларга ўқув машғулотларини таълим технологияларининг ўзбек миллий модели асосида лойиҳалашда методик йўл-йўриқ вазифасини ўтайди.
-
Инсон манфаати ,ҳуқуқи ва эркинликларини таъминлаш ,ҳаётимизнинг янада эркин ва обод бўлишига эришиш-бизнинг бош мақсадимиз.
Биз Ўзбекистонимизнинг янги тарихидан қутлуғ сана -ҳалқимиз тараққиёт йўлини белгилаб,миллий давлатчилик,янги сиёсий -ижтимоий тизим барпо этиш ,демократик давлат ва фуқоролик жамияти қуришнинг ҳуқуқий пойдеворини яратиб берган конститутциямизни байрам қилмоқдамиз.Конститутциямизнинг ҳаётбахш қудрати ва салоҳиятини ,унда мужассам бўлган принциплар,қоида ва нормаларнинг нақадар чуқур ўйлангани ,ҳар томонлама мустаҳкам асосга эга эканини яққол намоён этади.
-
Ўзбекистон Республикасининг меҳнат ҳуқуқи
Ҳуқуқшунослик фанлари номзоди Анвар Иноятовнинг "Ўзбекистон Республикасининг меҳнат ҳуқуқи" дарслигида мамлакатимизда қабул қилинган меҳнатга оид ҳуқуқий норма ва қоидалар ҳамда уларнинг амалиётга қўлланилиши баён этилган.
-
Оборудование предприятий общественного питания. Том 2
Учебник знакомит с устройством и принципами работы весоизмерительных приборов, контрольно-кассовых машин, подъемно-транспортного оборудования, поточно-механизированных линий комплектации и раздачи обедов.