-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Elektronika. Radiotexnika
-
-
-
-
Жой ва рельефнинг рақамли модели мавзусини ўқитишда компьютер дастурларидан фойдаланиш
Ушбу ўқув-услубий қўлланма географик ахборот технологиялари ва масофадан маълумотлар олиш усуллари асосида жой ва рельефнинг рақамли моделини яратиш, халқ хўжалигининг турли соҳаларида улардан фойдаланиш, таҳлилий натижалар олиш ва карталаштиришга оид назарий ҳамда амалий кўрсатмаларни ўз ичига олади.
-
Жадид мунаққиди Вадуд Маҳмуд
Мазкур китобда Вадуд Маҳмуд ижоди мисолида 20-йиллар адабий танқидчилиги тарихига назар ташланган.
-
Ekalogiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari
Tabiat o ‘ziga xos murakkab tizim bo‘lib, inson va jamiyat uning hosilasidir. U tabiat evaziga mavjud va rivojlanadi. Inson o‘z ehtiyojlarini tabiat hisobiga qondiradi. U tabiatdan havo, suv, oziq ovqat, mineral va yonilg‘i xomashyolarini oladi va o‘zining hayot faoliyati davomida tabiatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Natijada tabiat uchun yod bo‘lgan yangi obyektlar vujudga keladi. Bular: shahar va qishloqlar, zavod va fabrikalar, yo‘llar, konlar, suv omborlari,qishloq xo‘jalik yerlari va boshqalardir. Inson aql-idroki va mehnati tufayli yuzaga kelgan bunday antropogen landshaftlar atrof tabiiy muhitiga o ‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Yer yuzida aholi sonining keskin o ‘sib borishi, fan va texnikaning shiddatli taraqqiyoti, mamlakatlar hududida tabiiy resurslarning bir tekis tarqalmaganligi mavjud tabiiy resurslardan imkon qadar ko‘proq foydalanish va shu yo‘l bilan jamiyat taraqqiyotini tezlatishni taqozo qiladi. Natijada tabiat va inson o'rtasidagi o ‘zaro munosabat qonunlari buziladi. Bu qonunlarning buzilishi esa ertami-kechmi ekologik inqirozga olib keladi.
-
Muhandislik geologiyasi
O`quv qo`llanmada yerning geologik tuzilishi to`grisida umumiy tushuncha, minerallar, tog` jinslari to`g`risida ma`lumotlar keltirilgan, bulardan tashqari, geologik yilnoma, tektonik hodisalar, seysmik xududlarda qurilish ishlari, yer osti suvlari, ularning harakatlanish qonuniyatlari, tabiy geologik hodisalar, muhandislik-geologik jarayonlar to`g`risida batafsil ma`lumotlar keltirilgan.
-
Buxgalteriya hisobi va audit
O‘quv qo'llanmada buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, korxonalarda aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital hisobini yuritish, moliyaviy hisobotni tuzish tartibi, shuningdek audit nazariyasi, uning umumiy metodologiyasi va tashkil qilinishi, audit natijalarini umumlashtirish, rasmiylashtirish va tadbiq etish oxirgi yillarda qabul qilingan qonunlar va boshqa me‘yoriy hujjatlarga muvofiq yoritilgan. Oliy o'quv yurtlarida 5340100 «Iqtisodiyot», 5340200 «Menejment», 5340300 «Marketing» va 5340400 «Biznes» ta‘lim yo'nalishlari bo'yicha bakalavriatda ta‘lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan. Undan o'qituvchilar, ilmiy xodimlar, magistrlar, iqtisodchilar, buxgalterlar va auditorlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Quyosh energetikasi
Yarim o'tkazgichli materiallar asosidagi Quyosh elementlarining asosiy xarakteristikalari,parametrlari,shuningdek ularning foydali ish koeffissientiga ta'sir etuvchi tashqi omillar tahlil qilingan.Quyosh energetik qurilmalaridan maqsadli foydalanish usullari va energetik, issiqlik-texnikaviy xarakteristikalari batafsil yoritilgan.
-
Замин ва пойдеворлар ҳисоби
Ўқув қўлланма замин ва пойдеворларни чегаравий ҳолатлар бўйича лойиҳалаш ҳамда ҳисоблашнинг асосий қоидалари берилган. Китобнинг ҳар бир боби ҳисоблаш формулалари ва ҳисоблаш усулига оид кўрсатмалар билан бошланади. Қурилиш соҳаси бўйича таҳсил олаётган бакалавр ва магистрлар учун мўлжалланган.
-
Жиноят ҳуқуқи
Ҳозиргача “Жиноят ҳуқуқи. Умумий қисм” ига оид мавжуд дарсликлар давр талабига тўла жавоб бера олмай қолди. Суд-ҳуқуқ тизимини либераллаштирилиши муносабати билан Жиноят кодексига киритилган кўплаб қўшимча ва ўзгартиришлар дарсликнинг янги нашрини чиқаришни тақозо қилди. Ушбу дарсликнинг қўлёзмаси 102 параграфни ўз ичига олган йигирма бобдан иборат бўлиб, етти бўлимга ажратилган. Унда Жиноят ҳуқуқининг умумий қоидалари; жиноят қонуни; жиноят тушунчаси; жиноий жавобгарлик ва унинг асослари; жиноят таркиби, жиноят таркиби турлари ва элементлари; жиноят босқичлари; жиноятда иштирокчилик тушунчаси, иштирокчиликнинг турлари ва шакллари баён қилинган.Ушбу дарслик “Жиноят ҳуқуқи. Умумий қисм” дастурига ҳамда амалдаги Жиноят кодекси тизимига асосланган ҳолда “Таълим тўғрисида”ги қонунга, кадрлар тайёрлаш Миллий дастури ва Давлат таълим стандартларига мувофиқ ҳолда ёзилди
-
Оптика 1-қисм
Ушбу қўлланма умумий физиканинг оптика бўлимига тегишли бўлиб у икки қисмдан иборат. Биринчи қисмда геометрик оптиканинг асослари, фотометрик катталиклар, ёруғлик интерференцияси ва голографиянинг физик асослари баён этилган.
-
Топырақтаныўда гис технологиялар
Усы сабақлық замоногөй технологиялардың жедел пәтлер менен раўажланып атырған геоинфармациялар системалары ҳәм технологиялар бағдарына арналған. Сабақлықта географиялық хабар системасы тийкарлары ГИС мағлыўматын мәканға сай бөлниўдеги рөли, жәнеде ГИС дәстүрий өнимлериниң шолыў, мағлыўматлар топлаў ҳәм киритиў процесслери, мағлыўматларды топырақтаныў ҳәм дийқаншылықта сақлаў ҳәм пайдаланыў ушын дәслепки қайта ислеў мағлыўматлар базасын басқарыў системаларын жаратыў принсиплери келтирилген.
-
Pedagogika nazaryasi va pedagogik texnologiya asoslari
Darslik birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida»gj qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» tamoyillariga tayanilgan holda yozildi. Shuningdek jahon pedagogika fani tajribasi va Sharq mutafakkirlarining ta'lim-tarbiya to'g'risidagi fikrlari, o'tmishdagi boy an'analarga tadbiqan yondashildi. Kitob oliy ma'lumotli hamshiralarni kasbga tayyorlashda qo'yilgan davlat standartlari talablari asosida tayyorlangan.
-
Основы внешнеэкономической деятельности
В учебном пособии излагается содержание внешнеэкономической деятельности в условиях рыночной экономики. Раскрыты основные способы внешней торговли, структура и содержание контрактов купли-продажи, внешняя торговля через посредников. Дана характеристика различным видам внешнеэкономической деятельности: лизингу, туризму, торговле изобретениями и ноу-хау, страхованию и арбитраж.
-
Малогабаритные магнитопроводы и сердечники
Дан информационно-технический материал по современным магнитопроводам и сердечникам из электротехнических сталей и магнитодиэлектриков. Приведены основные конструктивные и электрические параметры ленточных, пластинчатых и прессованных магнитопроводов и сердечников.
-
Ўзбек нутқ маданияти
Мазкур қўлланма техника олий ўқув юртларининг "Касбий таълим" кафедралари ва талабалар учун мўлжалланган.
-
Adabiyotshunoslikka kirish
«Adabiyotshunoslikka kirish» kursi davomida adabiyotshunoslik fani bilan ilk bor sistemali tarzda tanishiladi. Zero, kursning maqsadi ham maktabda olingan adabiy-nazariy bilimlarni muayyan bir tizimga keltirgan holda mustahkamlashdan iboratdir. «Adabiyotshunoslikka kirish» kursi filologiya fakulteti birinchi bosqich talabalarining maktabda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash asosida ularni adabiyot tarixi kursidan ma’ruzalar tinglashga tayyorlashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
Mazkur qo'llanma iqtisodiyotni nazariy jihatdan o'rganishda jahon tajribasidan kelib chiqib, iqtisodiy kategoriyalar, bozor iqtisodiyotining qonuniyatlari, amal qilish mexanizmi, iqtisodiy jarayonlar dinamikasini o'zlashtirishning yengillashtirish, fanning mazmunini chuqurroq tushunishga yordam berish maqsadida tayyorlangan.