-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
San’at. San’atshunoslik
-
Texnika va amaliy fanlar
-
Geodeziya. Kartografiya
-
-
Тадбиркорлик ва кичик бизнес
Ушбу ўқув қўлланмасида тадбиркорликни ривожлантиришнинг ташкилий xуқуқий асослари атрофлича кўриб чиқилган тадбиркорлик фаолияти доирасида тадбиркорлик муҳитида юзага келган вазиятни ҳисобга олган ҳолда танлаш муаммоси батафсил ёритиб берилган.
-
Boshqaruv hisobi
Mazkur darslik xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish, ishlab chiqarish zararsizligining tahlili, budjetlashtirish, transfert bahoni shakllantirish, segmentlar bo'yicha hisob va hisobot kabi boshqaruv hisobining zamonaviy yo'nalishlariga bag'ishlangan. Darslik Davlat ta'lim standartlari asosida tuzilgan ishchi o'quv dasturiga muvofiq tayyorlandi.
-
Акустические основы вещания
Предлагаемая книга написана как учебное руководство по первой (акустической) части курса „Радиовещание и акустика”, читаемого студентам факультета радиосвязи и вещания электротехнических институтов связи. Содержание книги соответствует действующей в настоящее время программе этого курса.
-
Marketing asoslari
Marketing o'quv qo'Ilanmasida bozor munosabatlari sharoitida marketingning zarurligi va mohiyati, bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing faoliyatini tashkil qilish, korxona mahsulot va xizmatlari reklama faoliyatini amalga oshirish kabi bir qator masalalar ko'rib chiqilgan. O'quv qo'Ilanmaning amaliy ahamiyati shundaki, undagi ma'lumotlardan iqtisodiy yo'nalishlarda ta'lim olayotgan talabalar keng foydalanishlari mumkin.
-
Xorshunoslik va xor jamoatlari bilan ishlash uslubiyoti
«Xorshunoslik va xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti» o‘quv qo‘llanmasi xor san’ati haqidagi nazariy bilimlarni o‘rgatish bilan birga, o‘quvchi-yoshllarda xor ijrochiligini tashkil etish bo‘yicha dastlabki ijodiy jarayonni shakllantirish ko‘nikmalarini ham o‘zida mujassam etgan. O‘quv adabiyoti sifatida u tajribali xor dirijori va ustoz G.Mansurova tomonidan tayyorlangan.
-
Ноорганик материаллар кимёвий технологияси
" Ноорганик материаллар кимёвий технологияси" фанига оид дарсликда кимё, силикат ва металлургия саноатининг асосий маҳсулотлари ишлаб чиқаришнинг кимёвий технологиясига оид маълумотлар келтирилган. Дарслик олий ўқув юртларининг "В 522400 - Кимёвий технология йўналиши" "силикат ва зўрға суюқланувчи материаллар технологияси", "Камёб тарқоқ ва нодир материаллар технологияси", "Ноорганик моддалар технологияси" соҳаси талабалари учун мўлжалланган.
-
Yer tuzishda iqtisodiy-matematik usullar va modellar
O'zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o'tilayotgan hozirgi davrda yer tuzish masalalarini talab darajasida yechishga katta ahamiyat berilmoqda. Bu borada axborotlar bog'liqligiga ega bo'lgan masalalani yechishni takomillashtirish uchun yer tuzish loyihalarining sifatini oshirish, yer tuzish va yerdan foydalanish, yer kadastri masalalarini tezlik bilan yechish uchun zamonaviy kompyuterlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun yer tuzish fakulteti talabalariga, magistrantlar, malaka oshirish fakulteti tinglovchilariga iqtisodiy-matematik modellashtirish asoslarini o'rganish va o'rgangan bilimlarini tajribada sinab ko'rish katta ahamiyatga ega.
-
Kolloid kimyo
Darslik 5140500-Kimyo fanlari bakalavri ta'lim yo'nalishida ta'lim oladigan talabalr uchun mo'ljallangan. Darslikda dispers sistemalar haqidagi asosiy ma'lumotlar (klassifikatsiya, quyimolekulyar birikmalardan tozalash, molekulyar-kinetik xossalar), sirt xodisalari, adsorbsion jarayonlar, elektrik va optik hodisalar va dispers muhitlar, kolloid sistemalarning barqarorligi, struktura va mitsella hosil bo'lishlari bayon etilgan.
-
Умумий ва қишлоқ хўжалик энтомологияси ҳамда уйғунлашган ҳимоя қилиш тизимининг асослари
Дарсликда ихтисослашган мутахассислар учун мазкур соҳага оид маълумотлар мажмуи берилган.
-
Interfaol ta’lim usullari
«Interfaol ta’lim usullari» deb nomlangan o'quv-uslubiy qo'llanma yangi pedagogik texnologiyalar yo'nalishiga bag'ishlangan bo'lib, unda xllma-xil sohalarda dars beruvchi o'qituvchilar uchun dars berishning bir qancha interaktiv bo’lgan zamonaviy usullari yoritilgan. Qo‘llanmada bir qancha amaliy ish o'yinlari, aktivatorlar, kuchaytirgichlar, boshqotirmalar va muzyorarlar berilganki, ularni amaliyotda qo'llash darslarni yana ham qiziqarliroq hamda faolroq qilishga yordam beradi.
-
Amaliy geografiya
Aziz o‘quvchilar! Siz geografiya fani bilan tanishishni boshlang‘ich sinflarda «Atrofimizdagi olam», «Tabiatshunoslik» o‘quv fanlarini o‘rganishdan boshladingiz. 5-sinfda «Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi» darslarida ko‘plab bilimlarni egalladingiz, y’ani geografik xaritalar, joy planini olish, Yer qobiqlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, Yer yuzi tabiati, iqlimi, yil fasllarining almashinishi, tabiat zonalari, yirik daryolar, okeanlar, relyef shakllari va Yer yuzi aholisi haqidagi ma’lumotlarni o‘rgandingiz. 6-sinfda «Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi» fanidan har bir materikning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi, relyefi, tabiati, iqlimi to‘g‘risida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarni bilib oldingiz. 7-sinfda O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiati haqidagi, 8-sinfda «O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi» kursida mamlakatimizning, 9-sinfda esa «Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi» kursida xorijiy mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi bilan tanishib chiqdingiz.
-
Ўсимликлар карантини зараркунандалари тарқалишининг олдини олиш ва назорат ўтказиш тартиби
Ўқув қўлланмада уч қисмдан иборат бўлиб, биринчи қисмда ўсимликлар карантинида назорат ўтказиш тадбирлари, ички ва ташқи карантин зараркунандалар ва зараркунандаларни энтомофаглари бўйича маълумотлар жамланган.
-
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi (6-sinf)
Mazkur metodik qo‘llanmada 68 soatga mo‘ljallangan barcha mavzularga oid darsni o ‘tish yo‘riqnomasi berilgan. Ushbu yo‘riqnomalarga ijodiy yondoshib, pedagogik faoliyat olib borilsa, geograliya ta’limida ijobiy samaraga erishish mumkin.
-
Эндокринология
В учебнике изложены новые современные положения о механизмах действия гормонов и механизмах регуляции функции эндокринных желез, методы диагностики и лечения. Издание предназначено для студентов, суборнидаторов, клинических ординаторов и врачей.
-
Bolalar travmatologiya va ortopediyasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar
O‘quv qo'llanma lotin grafikasida yozilgan bo‘lib, unda umumiy travmatologiya va ortopediyaning dolzarb masalalari ko‘rsatilgan: travmatologik yordamni tashkillashtirish, tayanch-harakat apparati jaroxatlarida og'riqsizlantirish va bolalarga xos bo‘lgan jaroxatlar. Ortopedo-travmatologik kasalliklarni tashxislashninig asosiy kliniko-instrumental tekshirish usullari keltirilgan.
-
Ўрмон биоценозида фитофаг турлари ва улар миқдорини бошқариш
Ушбу ўқув қўлланма ўрмон энтомофаунаси, ўрмон хўжаликларини зараркунандаларидан ҳимоя қилиш, ва ўрмон хўжалигини барпо этишда фитосанитария назорати, ўрмончиликда учровчи фитофаглар ва энтомофагларнинг тур таркибини ҳамда улар миқдорини бошқаришни ташкил этиш бўйича маълумотлар ва тадқиқот натижаларини ўз ичига олади.