-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
Ekologiya va atrof - muhit muhofazasi
Mazkur o`quv qo`llanmada tabiat, jamiyat va inson o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning tadrijiy rivojlanishi, ekologiya fanining tushunchasi, predmet va vazifalari, o`zbekistondagi ekologik vaziyat, organizm va muhit, ekotizimlar va ularning xususiyatlari, biosfera, biologik xilma-xillik, ijtimoiy ekologiya, tabiiy resuurslardan oqilona foydalanish, atmosfera, suv va tuproq resurslarini muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta`minlashning tashkiliy-huquqiy va tqxnik asoslari, ekologiya ta`lim-tarbiya va barqaror rivojlanishga oid masalalar yoritilgan.
-
Ветеринария протозоологияси
Мазкур ўқув кулланма “Ветеринария” таълим сохасининг 5А 44010. Хайвонларнинг паразитар ва юкумли касалликлари мутахасислиги буйича тахсил олаётган магистрантлар учун Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўpта махсус таълим вазирлиги томонидан тасдиқланган. Давлат таълим стандарт талаблари асосида тузилган намунавий ўқув режа ва фан Дастурига мос равишда тайёрланган. Қўлланмада паразитология фанининг асосий бўлими хисобланиб “Ветеринария протозоологияси” нинг у мумий ва хусусий қисмлари махала ва хорижий илмий-ўқув манбалар асосида батафсил ёритилган бўлиб замонавий педагогик технологиялари ва таълим услублари талабларига мос равишда баён қилинган.
-
Непал
Книга представляет собою очерк новой и новейшей истории Непала - древнего королевства в центре Гималаев. Она содержит краткое сведения о природе и населении страны, подробно освещает историко - политическое развитие Непала.
-
Fizika
Qo‘llanma akademik litsey o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan kasb-hunar kollejlari hamda o‘rta maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari, shuningdek, fizika o‘qituvchilari, fizikani mustaqil o‘rganuvchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Fizika
Mazkur darslik O'zbekision Respublikasi Oliv va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tasdiqlagan ,,Fizika“ bo'yicha namunaviy o'quv dasturi asosida yozilgan bo'Iib, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan. Unda fizikaning mexanika, molekular fizika va termodinamika asoslari, elektrodinamika asoslari bo'limlari yoritilgan.
-
Этические и ценности социальной работы.
Учебник подготовлен в рамках реализации совместного проекта НУУз и Детского фонда ООН ЮНИСЕФ "Совершенствование системы подготовки кадров в области социальной работы в Узбекистане на основе международных стандартов".
-
Geografiya ta'limi metodikasi
Unda geografiya ta'limi metodikasi fanining nazariy masalalari va tarixi, maqsad va vazifalari, geografiya o'qituvchisi va uning kompetensiyasi, xorijiy davlatlarda geografiya ta'limi, ta'lim metodlari va vositalari, ta'limni tashkil qilish shakllari va rejalashtirish, geografiya ta'limida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularning turlari, geografiya ta'limida sinfdan tashqari ishlar, maktabda geografiya ta'limi o'qitish metodikasi to'g'risiga doir ma'lumotlar yoritilgan.
-
Шаҳарлар географияси
Ўқув қўлланмада шаҳарлар географияси фанининг предмети, объекти, вазифалари, тадқиқот усуллари, дунё шаҳарларининг пайдо бўлиши, уларнинг тарихий ривожланиш босқичлари, географик ўрни, урбанизация жарайони, шаҳарлар агломерацияси, шаҳарларнинг функционал типлари, классификацияси, глобал шаҳарлар, шаҳарларнинг глобал муаммолари ҳақидаги маълумотлар ёритилган.
-
Siyosiy geografiya
Mazkur o‘quv qo‘llanma “Siyosiy geografiya” deb nomlangan bo‘lib, DTS talablari va o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. Qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari geografiya, geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, undan sohaga qiziquvchi oliy o‘quv yurtlarining ijtimoiy - gumanitar ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar hamda xalq ta’limi muassasalarida faoliyat olib boruvchi geografiya fani o‘qituvchilari ham yordamchi qo‘llanma sifatida foydalanishlari mumkin.
-
Ўрта асрлар тарихи
Қўлланмада Ғарбий Рим империясининг қулашидан инглиз буржуа революциясигача бўлган даврни ўз ичига олган ўрта асрлар тарихи курсидан семинар машғулотлари ўтказиладиган мавзулар бўйича методик масалалар баён қилинади, айниқса ўрта асрлар тарихига доир биринчи манбаларга ва улардан фойдаланиш методикасига, талабаларнинг ўрганиши зарур бўлган адабиётларга алоҳида эътибор берилади.
-
Ma'muriy menejment
Ushbu o'quv qo'llanmada makroma’muriy tizim menejmenti va nodavlat tuzilmalar tahlil etilgan. Davlat hokimiyati, davlat boshqaruvi va xo'jalik boshqaruvi organlari tizimining nazariy, amaliy va huquqiy jihatlari keng bayon etilgan. Ma’muriy personal sonining miqdoriy asosi keltirilgan va ularga sarflanadigan xarajatlarning maqbullashtirish shartlari mavjud. Qonunchilik hokimiyati faoliyatining amaliy huquqiy asoslari tavsiflangan.
-
Тарихий атамашуносликдан ёрдамчи материаллар
Мазкур қўлланмада Ўзбекистоннинг қадимги тарихи билан атамалар, хусусан, Ўрта Осиё хонликларидаги мансаб атамалари билан боғлиқ қимматли маълумотлар баён қилинади. Шунингдек, қўлланмада қадимги туркий халқларнинг урф одатлари, табиат ҳодисалари билан боғлиқ мароимлари ва қадимги туркий тақвим хақида сўз юритилади.
-
Marketingni boshqarish
Ushbu darslik bakalavr, magistrlar uchun mo‘ljallangan «Marketingni boshqarish» fani uchun tuzilgan o‘quv dasturi asosida yozildi va o‘z ichiga boshqarish tushunchasi va ta’rifini, boshqaruv jarayonini, boshqarishning asosiy funksiyalarini, marketingni boshqarishning tarkibiga tegishli masalalarni oladi. Darslikda asosiy e’tibor firmalarning tovar va narx siyosatini ishlab chiqishga, strategik va taktik rejalashtirish, marketingning faolligini oshirish va uni axborot texnologiyalari yordamida yanada faollashtirishga> tovarlarning raqobatbardoshligini baholash usullari va yo‘lyo‘riqlariga qaratilgan.
-
Korxona iqtisodiyoti
Ushbu darslikda korxona to‘g‘risidagi ijtimoiy va tashkiliy-iqtisodiy tizimning ajralmas birikmasi sifatida zamonaviy umumiy tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. Asosiy e’tibor, korxonalarning ichki faoliyatida sodir bo'layotgan mikroiqtisodiy jarayonlar va ularni tashqi iqtisodiy muhit bilan o'zaro munsabatlarini muvofiqlashuvini o‘rgatadi. Jumladan, investitsiyalarni jalb etish masalalari va korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlili, asosiy resurslarga bo'lgan ehtiyoji hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida zamonaviy korxonani bozor munosabatlarining asosiy subyektlari miqyosida faoliyat ko'rsatishining dolzarb masalalari yoritib berilgan. o ‘z navbatida, darslik o'rganilayotgan umumnazariy masalalar bilan bir qatorda, korxonani ko‘p qirrali va murakkab faoliyatini yanada kengroq va har tomonlama o‘rganib chiqish imkonini beradi.
-
Кўҳна қалъалар диёри
Қўлланмада қадимий Хоразм (Хозирги Қорақалпоғистоннинг Элликқалъа, Тўрткўл, Беруний туманлари) заминида антик ва ўрта асрлар даврида қурилган кўҳна қалъалар, янги шаҳарлар тарихи қизиқарли ҳикоя қилинади. Қўлланма тарих ўқитувчиларига мўлжалланган бўлиб, ундан талаба ва мактаб ўқувчилари ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Нейропсихология
В учебнике нового поколения рассматривается развитие науки о мозге и формирование нейропсихологии как самостоятельной отрасли психологического знания, анатомические и физиологические принципы работы головного мозга, синдромы поражения корковых отделов коры больших полушарий головного мозга, поражения глубинных структур, мозолистого тела, принципы синдромного анализа нарушений высших психических функций, подход к их реабилитации и восстановлению.