-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Burg'ilash mashinalari va uskunalari
Burg'ilash uskunalarini ta'mirlash, tiklash va ishga tushirish kursi bo'yicha yozilgan ushbu qo'llanmada neft va gaz yo'nalishi sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun eng zarur ilmiy ma'lumotlar, amaliy ishlar natijalari uyg'unlikda keltirilgan
-
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
"Ushbu uslubiy qo’llanma texnika yo’nalishidagi oliy o’quv yurtlari talabalari, magistrlar va ehtimollar nazariyasini mustaqil o’rganuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda ehtimollar nazariyasi va matematik statistikadan masalalar hamda ularni yechishga oid uslubiy ko'rsatmalar berilgan. Mustaqil yechishga tavsiya qilingan masalalarning barchasi javoblari bilan berilgan bo’lib, bu talabalarning o’z yechimlarini tekshirib ko’rishlariga imkon beradi. Mazkur qo’llanmadan ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fani o’qitiladigan boshqa oliy o’quv yurtlari talabalari ham foydalanishlari mumkin."
-
Адабий герменевтика ва мумтоз бадиий тил
Ўқув кўлланмаси жахон адабиётшунослигининг сўнгги ютуқлари асносида бадиий асар матнинг герменевтик ўрганиш бўйича олиб борилган тадқиқотлар тахлили орқали ўзбек мумтоз адабиёти намуналарини поэтик истифода қилиш, лирик асарларда матн архитектоникаси хамда бадиий матнлар фалсафин-поэтик ва семантик-стилистик имкониятларини кенгайтиришнинг назарий асосларини яратишга қаратилган.
-
Ecology and Environmental Issues
"Mazkur o’quv qo’llanma chet tili asosiy mutaxasislik bo’lmagan ingliz tili dasturi asosida tuzilgan bo’lib, talabalarni mutaxasislik doirasida bo’lgan ilmiy adabiyotni o’qishi, tushunishi, ingliz tilida o’rganilayotgan mavzu bo’yicha o’zaro suhbat qila olishlarini ko’zda tutadi. O’quv qo’llanma 5630100 Ekologiya va atrof muhit muhofazasi(tarmoqlari va yo’naloshlari bo’yicha) yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan. Mazkur o`quv qo’llanma xorijiy tildagi maxsus terminlarni o`rganishning asosiy shakllarini tashkil qiluvchi 4 ta ko`nikmaga asoslanadi. O`quv uslubiy qo’llanma mavzularda ekologiya yo’nalishi 2 bosqich talabalari uchun chet tili o`qituvchisi o`z e`tiborini maksimal darajada mustaqil, ya`ni o`z-o`zini boshqarish, prezentatsiya ko`nikmalarini, matnlar bilan ishlash yozish ko`nikmalarini rivojlantirishiga qaratadi. 2-bosqich yakunida talabalar o`z fanlari yo`nalishida kasb ta`lim ustasi va chet tili o`qituvchisi bilan hamkorlikda kurs ishlarini amalga oshiradilar."
-
Қарақалпақ исмлери
Усы китапқа 6 мынға шамалас қарақалпақ исмлери кириллица хам латын жазыуында берилген. Олар ата-аналарға жана туўылған перзентлерине исм танлаўда жәрдем бериў менен бир қатарда адамларға хүжжет жазып бериўши рәсмий мекемелер хызметкерлери, сондай - ак латын жазыўында ис жүргизиўшилер ушын колланба хызметин атқарады.
-
Материалшунослик
Мазкур қўлланма техника олий ўқув юртлари талабаларига мўлжалган. Унда материалшунослик фани ва назариясига доир маълумотлар берилган. Металлар, қотишмалар ва металл бўлмаган материалларнинг хоссалари уларга ишлов бериш натижасида хосса ўзгаришлари аниқ мисоллар билан кўрсатилган.
-
Sport pedagogik mahoratini oshirish(gimnastika)
Ushbu darslikda oliy ta`lim muassalarida tahsil olayotgan talabalarning gimnastika ko`pkurash turlarida snaryadlarida mashqlarni bajarish texnikasi, har bir snaryadda bajariladigan mashqlar uchun yordamchi mashqlar bajarish haqida tavsiyalar batarsil keltirilgan.
-
Nemis tili
O’zbekiston Respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan nemis tili fanidan pedagogika va texnika oliy o’quv yurtlarining “Elektroenergetika” va “Pedagogika” yo’nalishlarii ta’labalari uchun mutaxassislikka oid o’quv qo’llanma sifatida tavsiya etilgan.
-
Ustrushona chorvadorlarining antik davrdagi madaniyati
Ustrushonadagi chorvadorlar moddiy madaniyati shu paytgacha deyarli o'rganilmagan. Muallif hali fanimizga ulkan ilmiy yangilik bo'lib kirishi mumkin bo'lgan ushbu mavzu yuzasidan olib borgan ko'p yillik tadqiqotlarini umumlashtirib, keng kitobxonlar ommasiga ilk bor taqdim etmoqda.
-
Maktabgacha ta'limning me'yoriy asoslari
Ushbu o‘quv qo‘llanmada maktabgacha ta’limning huquqiy- me’yoriy asoslari, maktabgacha ta’limda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning me’yoriy asoslari, maktabgacha ta’limni tashkil qilish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ish hujjatlarini yuritish kabi muammolar atroflicha yoritilgan. O‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlari, pedagogika kollejlarining maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar uchun mo‘ljallangan.
-
Учебное пособие по русскому языку обучение студентов письменной речи
Данное учебное пособие предназначено для студентов 1-го курса национальных групп, обучающихся по направлениям: педиатрическое дело и высшее мед сестринское дело, медико-педагогическое и лечебное дело.
-
Әжинияз шығармалары-тарийхый дерек
Әжинияз шайырдын 190 жыллык юбилейине багышланган бул китапта авторлар XIX асирдин тарийхый уакыяларын баянлауда шайырдын, косыкдары хам поэмаларынын тарийхый дерек сыпатында огада улкен орнын белгилеп отеди. Китап Әжинияз таныў илими бойынша қәлем тербетип атырған илимпазлар, магистр ҳәм студентлер ушын арналған.
-
Yurakning nokoronarogen kasalliklari
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini dunyo bo`yicha hozirgi kunga qadar nogironlik va o`limning asosiy sababi ekanligicha qolmoqda. Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, barcha o`lim holatlarining 56 foizi yurak-qon tomir tizimi kasalliklari oqibatida kelib chiqadi. Yevropa mamlakatlarida yurak-qon tomir kasalliklari yiliga 4,3 mln (48%) aholi o`limiga sababchi bo`ladi. Davlat statistika qo`mitasi xabariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasida 2019 yilning yanvar-iyun oylarida vafot etgan fuqarolarning 62,1 foizi holatida aynan qon aylanish tizimi kasalliklari sabab qilib ko`rsatilgan. O`quv qo`llanma 5510100 – “Davolash ishi”, 5111000 – “Kasb ta`limi”, fakulteti 6-kurs talabalari va 5A510105 – “Kardiologiya” mutaxassisligi magistratura rezidentlari uchun mo`ljallangan.
-
Deutsch für technische hochschulen
"Hozirgi kunda fan va texnika sohasida xalqaro hamkorlikning kun sayin rivojlanib borayotgani hamda ta’lim sohasida, jumladan, oliy o’quv yurtlari talabalaridan xorijiy tilni amaliy bilishlari, chet tilidagi mutaxassislikka oid adabiyotni erkin o’qiy olishi va undan zarur axborotni ola bilishi talab etiladi. Yuqoridagi talablar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6- noyabrdagi PQ-4884-son qarori bilan tasdiqlangan “Ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi”da ham aniq belgilab berilgan. Shuningdek, nofilologik yo’nalishlarda Xorijiy tilni o‘qitishdan maqsad – talabalarga tilning og‘zaki va yozma shakllarini integrallashgan holda o‘rgatish, turli kontekstlardagi muloqot malakalarini rivojlantirish, xususan o‘rganilayotgan chet tili ko‘nikmalari to‘g‘risidagi amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirish hamda egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qo‘llay olishlarini ta’minlashdir."
-
Maktabgacha ta'limning me'yoriy asoslari
Ushbu darslikda maktabgacha ta’limning huquqiy-me’yoriy asoslari, maktabgacha ta’limda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning me’yoriy asoslari, maktabgacha ta’limni tashkil qilish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ish hujjatlarini yuritish kabi muammolar atroflicha yoritilgan. Darslik pedagogika oliy o‘quv yurtlari, pedagogika kollejlarining maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar uchun mo‘ljallangan.
-
Deutsch für studenten des bachelors der technischen hochschulen
“Texnika o`quv yurti bakalavr talabalari uchun nemis tili ” o`quv qo`llanmasida kundalik hayot, ta'lim va mamlakatshunoslik hamda texnika yo`nalishlariga oid matn va mashqlar o`rin olgan. Qo'llanmada keltirilgan kommunikativ va leksik vazifalar umumiy so'z boyligini rivojlantirish, o'qishni tushunishni nazorat qilish, suhbatlashish ko'nikmalarini rivojlantirish va shaxslararo vaziyatlarda lug'atni faol ishlatishga qaratilgan.Bu kunduzgi va sirtqi oliy ta'limda nemis tilini o'rganayotgan birinchi kurs talabalari uchun mo'ljallangan.