-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
-
-
-
-
Оral Diagnosis
a dentist's systematic process of examining the mouth to identify any existing conditions or potential problems with teeth, gums, bones, and surrounding tissues
-
Me'morchilik II QISM. FUQAROLIK BINOLARIme'moriy
Darslik oliy oʻquv yurtlarining 5140900 — «Kasb ta'limi (Binolar va inshootlar qurilishi)» va 5580200 - «Binolar va inshootlar qurilishi» bakalavr ta'lim yoʻnalishlari oʻquv dasturlariga mos holda yaratilgan boʻlib, uch qismdan iborat. Darslikning I qismi (Me'morchilik tarixi) ikki boʻlimdan iborat boʻlib, 1-boʻlimida jahon me'morchilik tarixi, 2-boʻlimida Oʻzbekiston milliy me'morchilik tarixi masalalari bayon etilgan. Kitobning ushbu II qismi (Fuqarolik binolarí) toʻrtta boʻlimni oʻz ichiga olgan. Uning 1-boʻlimida binolarni loyihalash asoslari, 2-boʻlimida turar-joy binolari, 3-boʻlimida fuqarolik binolarining konstruksiyalari va 4-bo'limida o'ziga xos jamoat binolarining loyiha va konstruktiv masalalari oʻrganilgan. Darslikning III qismi (Sanoat binolari) uch boʻlimdan iborat boʻlib, 1-boʻlimida sanoat binolarini loyihalash asoslari, 2-boʻlimida ularning konstruksiyalari, 3-boʻlimida me'morchilik fanini oʻqitish metodikasi yoritib berilgan. Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar darslikning barcha boʻlimlari tarkibidan oʻrin egallagan.
-
Частотный словарь общенаучной лексики немецкого языка.
Словарь составлен на основе статистического обследования выборов из 34 научных дисциплин общим объемом в 400 000 словоформ и содержит 3 028 слов.
-
Tanlangan asarlar
Qirg'iz xalqining mashhur farzandi Chingiz Aytmatov asarlari kirib bormagan o'zbek xonadoni bo'lmasa kerak. Yarim asrdan beri bu zahmatkash yozuvchining qalamiga mansub »Jamila», «Sarv- qomat dilbarim»>, «Oq kema», «Alvido, Gulsari», «Sohil yoqalab chopayotgan olapar» kabi qissalari, «Asrni qaritgan kun»>, «Qiyomat» romanlari butun jahonda katta shuhrat qozonib kelmoqda. Aytma- tov asarlarining qahramonlari jasur, mard, halol, olijanob odamlardir. Ular hayotdagi turli illatlarga, jaholat, yovuzliklarga qarshi kurashadilar, adolat, haqiqatni qattiq turib himoya qiladilar. Ruhan boy bu qahramonlar boshidan kechirgan shiddatli voqealar tasviri har qanday kitobxon qalbini lar- zaga soladi, ularning ma'naviy yo'ldoshiga aylanadi. Chingiz Aytmatovning qo'lingizdagi eng sara qissalari yosh o'zbek kitobxonlarining eng yaqin do'sti bo'lib qoladi deb umid qilamiz.
-
Algoritmik tillar va C# da dasturlash
Mazkur ma'ruzalar matni C# dasturlash bo'yicha talabalardan nazariy va amaliy bilimlarni mustaxkamlash bilan bir qatorda , dasturlashni endi o'rganayotganlar uchun ham foydali adabiyot
-
Тарих фани ва архив иши: интеграция муаммолари
Мазкур тўплам академик Я.Ғ.Ғуломов номидаги “Ўзбек халқи ва унинг давлатчилиги тарихи" республика илмий семинари доирасида илк бор ўтказилаётган “Тарих фани ва архив иши: интеграция муаммолари” мавзуига бағишланган материалларни ўз ичига олади. Тўпламдан ўрин олган мақолаларда архившунослик назарияси ва амалиёти, давлат архивлари ишини ташкил этишдаги ютуқ ва камчиликлар, соҳанинг истиқболлари каби масалалар ёритилган. Шунингдек, архив манбашунослигининг долзарб масалалари ва архив хужжатларининг Ўзбекистон тарихини ёритишдаги аҳамияти таҳлил этилган.
-
Energiya tejamkorligi asoslari
O'quv qo'llanmada ventilyatorlar, kompressorlar hamda sanoat korxonalarining asosiy elementlari va energetik ko'rsatkichlarini hisoblash bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar berilgan.
-
Qalamtasvir
Ushbu o`quv qo`llanma tasviriy san`at va muhandislik grafikasi bakalavr ta`lim yo`nalishi kunduzgi va sirtqi ta`lim talabalari uchun tuzilgan
-
MODDA TUZILISHI
Kimyo fanini hozirgi zamon talabi darajasida o'qitishni atommolekulalarning hamda kimyoviy bog'larning tabiati haqidagi tasavvurlardan keng foydalanmay turib amalga oshirib bo'lmaydi. Ma'lumki, hozirgi zamon kimyoviy fanlarning asosiy vazifasi, moddalarning ichki tuzilishini va ular asosida yaratilayotgan yangidan-yangi materiallarning oldindan aytib berilgan xossalarga ega bo'lishini ta'minlash, xohish-istaklarimizga javob bera oladigan modda va materiallar yaratishdan iboratdir.
-
Qadimgi dunyo tarixi
Mustaqillikka erishganimizdan so'ng ta'lim tizimini tubdan isloh qilinishi tarix fanini oʻqitishni yuqori sifat darajasiga ko'tarish vazifasini qo'ydi. Ushbu qo'llanma NDPI tarix fakultetida o'qilgan ma'ruzalar kursi tajribasi hisobga olingan holda tayyorlangan. Oʻquv qo'llanmada qadimgi dunyo tarixini eramizdan avvalgi IV ming yillikdan eramizning V asrigacha boʻlgan davri yoritiladi. Qadimgi Sharq svilizatsiyalari, Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rimning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti, ular yaratgan madaniy yutuqlarning asosiy jihatlari ochib beriladi. Qadimgi dunyo tarixining Qadimgi Sharq, Yunoniston, Rim tarixi boʻyicha ushbu o,quv qollanma pedagogika institutlarining tarix fakultetlari I kurs talabalari uchun moʻljallangan. Oʻquv qoʻllanma darsliklarni takrorlamaydi, faqat fanning asosiy muammolarini yoritadi va talabalarga qadimgi dunyo tarixini o'rganishga yordam beradi. Har bir mavzu boʻyícha asosiy sanalar, tayanch iboralar, reyting savollari, mustaqil ishlar, kurs ishlari, manba va adabiyotlar tavsiya qilingan. Qo'llanma davlat ta'lim standartlari asosida tarix fakultetilarining umumiy tarix boʻyicha zamonaviy dasturlariga mos keladi. O'quv qo'llanma oliy oʻquv yurtlari-ning tarix fakultetlari I kurs talabalari va boshqa qadimgi dunyo tarixi bilan qiziquvchilar uchun moʻljallangan.
-
Modda tuzilishi
Kimyo fanining o`rganish metodlarining kimyoviy xususiyatlarini o`rganish demakdir. Kimyoviy jarayon xossalari ma’lum bo`lgan moddalardan xossalari aksariyat hollarda noma’lum bo`lgan yangi moddalarni olish demakdir. Ikkala holda ham boshlang`ich va yangidan hosil bo`lgan moddalarni to`liq harakterlash (identifikatsiya) qilish uchun ularni kimyoviy va ayniqsa hozirgi zamon fizik –kimyoviy usullar yordamida tekshrish kerak bo`ladi. Ma’lumki kimyoda “tartib – tuzilish va xossa” uchburchagining aniq bo`lishi hal qiluvchi rol o`ynaydi.
-
МОДДА ТУЗИЛИШИ
Кимёнинг барча йунапишлари учун мутахасснслар тайёрлашда умумтаълим ахамиятига эга булган «Модда тузилиши» фани буйича тузилган мазкур Укув кУлланма Узбекистон Республикаси давлат университетлари кимё факультетларида амалда булган Укув дастурига биноан ёзилган.
-
Me'morchilik
Ushbu darslik oliy oʻquv yurtlarining 5140900 - «Kasb ta'limi (Binolar va inshootlar qurilishi)» va 5580200 - «Binolar va inshootlar qurilishi»> yoʻnalishlari oʻquv dasturlariga mos holda yaratilgan, u uch qismdan tashkil topgan. Darslikning ushbu I qismi - Me'morchilik tarixi ikki bo'limdan iborat bo lib, 1 - bo'limida jahon me'morchilik tarixi, 2 - bo'limida O'zbekiston milliy me'morchilik tarixi masalalari bayon etilgan. Kitobning II qismi - Fuqarolik binolari toʻrtta bo'limni o'z ichiga oladi, uning 1 boʻlimida binolarni loyihalash asoslari, 2 boʻlimida turar joy binolari, 3 - boʻlimida fuqarolik binolarining konstruksiyalari va 4- bo'limida jamoat binolarining loyihaviy va konstruksiyaviy masalalari bayon etilgan. Darslikning III qismi -Sanoat binolari uch bo'limdan iborat bo lib, 1 - boʻlimida sanoat binolarini loyihalash asoslari, 2 - boʻlimida binolarning konstruksiyalari, 3 - bo'limida me'morchilik fanini o'qitish metodikasi yoritib berilgan. Kitobning barcha qismlari tarkibidan mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar ham o'rin egallagan.
-
OLTIN ZANGLAMAS
XX arsrning oltmishinchi yillaridan boshlab o'zbek adabiyoti yangi davrga qadam qo'ydi. Bu davrga kelib shaxsga sig'inish illatlarining qoralanishi adabiyot ahli ijodiga nisbiy erkinlik ato etdi. Ijodkorlarimiz o'z asarlarida badiiylikka, qahrannon ruhiyati qirralarini haqqoniy tasvirlashga harakat qila boshladilar. Bundan ham muhimi urishdan keyingi qatog'on slyosatining qurbonlari bo'Igan ziyolilar, adib va shoiriar ozodlikka chiqdilar. Ularning ijodkorlik maqomi tiklanib, ijod bilan shug'ulianish imkonlyati paydo bo'ldi. Ana shunday iste’dodli adiblarimizdan biri Shuhrat edi.
-
English vocabulary in use: Pre-intermediate and intermediate
Этот учебник предназначен для изучающих английский язык на уровне pre-intermediate и intermediate. Книга включает в себя разнообразные упражнения и тесты для укрепления знаний лексики и грамматики, а также улучшения навыков общения. Он содержит практические задания, направленные на расширение словарного запаса и улучшение понимания языка
-
Ўзбекистон санъати (1991-2001 йиллар)
Мазкур нашр миллий санъатимизнинг янги тарихий шароитидаги тараққиёт таҳлилига бағишланган илк фундаментал тадқиқот бўлиб, 1991-2001 йилларда Ўзбекистон санъатида, бадиий-маданий ҳаётида кечган жараёнлар, янги ижодий йўналишлар ва анъанавий шаклларнинг мутаносиблик шакллари ёритилади.