-
-
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Odam va uning salomatligi
Ushbu kitobda o'simlik va hayvonlarning hayoti, oziqlanishi, tashqi va ichki tuzilishi, ko'payishi, ularni muhofaza qilish chora tadbirlari bilan yaqindan tanishasiz.
-
Ҳиндистон
Ҳиндистон (Ижтимоий-иқтисодий, маданий ва географик жиҳатлари) ўқув қўлланмаси биринчи марта Олий Аттестация Комиссиясининг номенклатурасига кирган фанлар қаторидан ўрин олган "Ҳорижий мамлакатлар иқтисодиёти", "Минтақа иқтисодиёти", "Иқтисодиёт назарияси" каби фанларини ўқитишда зарур бўлган Ҳиндистоннинг табиий иқлими, ҳудуди, жойлашуви, табиати, саноат тармоқлари, илғор ахборот технологияси ва бошқа томонлари тўғрисида бирламчи эътироф этилган. Мазкур қўлланма. ўқитувчиларга, аспирантларга, тадқиқотчиларга, магистрантларга ва хорижий мамлакатлар билан қизиқувчиларга мўлжалланган.
-
Bolalar jismoniy tarbiyasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma 5112700 – Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish shakllari va o‘tkazish metodikasi, jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirish va hisobga olish, sport bayramlarini tashkil etish qonun-qoidalari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya bo‘yicha ishni tashkil etishda ma’sul bo‘lgan shaхslar va ularning malaka talablari, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishi ustidan pedagogik nazorat shuningdek jismoniy tarbiya yo‘riqchisining kasbiy vazifalari bo‘yicha talabalarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish masalalari yoritilgan.
-
Funksional analizdan misol va masalalar
Funksional analizning asosiy tushunchalari to`plamlar nazariyasi, o`lchovlar va lebeg intervali, metrik fazo, normalangan, hilbert fazosi, ularda aniqlangan operator va funksionallarning xossalari va ularning integral tenglamalarga tatbiqlari bilan tanishtirishga mo`ljallangan.
-
Bioximiya
Darslikni yozishda muallif bioximiya predmetining barcha bo‘limlarini zamonamiz talabiga javob beradigan tartibda bayon qilingan. Shuning bilan birga , muallif bioximiyaning barcha sohalarida so‘nggi o‘n yilliklar ichida to‘plangan ma’lumotlarni, rivojlangan yangi g‘oyalar va ta’limotlarni yetarli darajada berishi lozim. Shuningdek, ularni kengroq yoritish uchun , darslikka ayrim bob va bo‘limlar, jumladan, oksidlovchi fosforlanish, uch karbon kislotalar sikli, allosterik regulyatsiya, prostaglandiyalar, gen injenerligi, molekulyar kasaliklar va boshqalar kiritildi.
-
Tilshunoslikka kirish
Darslikda til va uning ijtimoiy hodisa sifatidagi o'rni, tilning barcha egallagan bilimlarimizning asosi ekanligi va u orqali tariximiz, o'tmishimiz haqida tasavvurga ega bo'lishimiz, xullas, uning barcha xususiyatlari, ahamiyati hamda boshqa jihatlar haqida so'z boradi. Kitob filologiya fakultetlari talabalari uchundarslik sifatida tavsiya etilgan.
-
Dizayn-loyihalash
O'quv qo'llanmada zamonaviy liboslami dizayn-loyihalash sohasidagi ibora, atamalar, tushunchalarga ta’riflar keltirilgan. Xorijiy ilg‘or tajribalardan kelib chiqqan holda badiiy loyihalash bosqichlarini o‘rganish va har bir bosqichda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlami tahlil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar keltirilgan. Undan tashqari liboslar va gazlamalami badiiy-dekorativ bezashning turli texnikalarining usullari, vositalari, turlarini tahlil qilish va o'rganish hamda ulaming an’anaviy va zamonaviy vosita, texnikalari bilan tanishishga imkon beruvchi ma’lumotlar keltirilgan. Bo‘lajak libos dizaynerlari uchun sodda shaklli buyumlar loyihalari hamda “Recycling” yo‘nalishidagi libos loyihalari ustida ishlash bo‘yicha nazariy ma’lumotlar keltirilgan.
-
Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti
Qishloq xo`jaligi tarmog`i aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan,sanoatning ko`pgina sohalarini esa xomashyo bilan ta'minlovchi muhim tarmoqdir. Shu sababli mustaqillikning ilk davridan boshlab yurtboshimiz rahnamoligida hukumatimiz tomonidan mazkur tarmoqda iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirishga alohida e'tibor berib kelinmoqda.Qishloq xo`jaligining rivojlanishida malakali iqtisodchi kadrlarning ham o‘z o`rni bor. Shu sababli oliy o`quv yurtlarining iqtisodiy ta'lim yo`nalishlarida tahsil oluvchi talabalarga Davlat ta'lim standartlariga muvofiq o`tiluvchi "Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti" fanini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida o`tish, talabalarga chuqur ta'lim berish, ularda mazkur fan bo`yicha bilim va ko`nikmalar hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Mazkur o`quv qo`llanma O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida va yurtimizdagi yetakchi iqtisodchi olimlar ilmiy ishlaridan foydalangan holda tayyorlandi. Unda qishloq xo`jaligiga oid nazariy bilimlar bilan birga mamlakatimiz qishloq xo`jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan me'yoriy hujjatlar, amalga oshirilayotgan dasturlar, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida tarmoqni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlani yoritishga hamda mavzular bo`yicha statistik ma`lumotlardan keng foydalanishga harakat qilindi. O`quv qo`llanma oliy o`quv yurtlarining iqtisodiy ta`lim yo`nalishidagi bakalavrlar uchun mo`ljallangan.
-
Oliy matematika 1-qism
Ushbu o'quv qo'llanma universitetlarning tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar sohalariga kiruvchi yo'nalishlardagi oliy matematika fanini o'rganuvchi talaba yoshlar va barcha kitobxonlar uchun tavsiya etiladi.
-
Diskret matematika va matematik mantiq fanidan misol va masalalar to'plami
O'quv qo'llanma 4 bob 14 paragrafdan iborat. Birinchi bobi to'plamlar nazariyasi bo'lib, ikkita to'plamlar va munosabatlar paragrafiga ajratilgan. Ikkinchi bob mulohazalar algebrasi, uchinchi bob bul funktsiyalarida beshta paragraf va to`rtinchi bob mulohazalar hisobidan iborat. O`quv qo`llanma Oliy ta'lim muassasalarining 5130100-Matemetika, 5130200-Amaliy matematika va informatika ta'lim yo`nalishlari fan dasturidagi mavzular asosida tuzilgan.
-
Analitik mexanikadan masalalar yechish
Mazkur o`quv qo‘Ilanma Universitetlarning fizika, mexanika, matematika va amaliy matematika yo'nalishlarining o'quv dasturi asosida yozilgan. O‘quv qo'llanmada, e’tibor asosan analitik mexanikaning asosiy qonunlari va usullarini bayon etishga, bu qonun hamda usullarni masalalar yechishda qo'Ilashga qaratilgan. Ushbu o ‘quv qollanmadan shu sohada tahsil olayotgan talabalar va texnika yo'nalishidagi ta’lim oluvchilar hamda muhandislar ham foydalanishlari mumkin.
-
Общий курс железных дорог
Приведены характеристика железнодорожного транспорта и показана его роль в транспортной системы страны. Изложены основные сведения о железных дорогах.
-
Mehnat resurslarini bosharish
Ushbu o`quv qo`llanmada mehnat resurslarini boshqarish nazariy asoslari, mehnat resurslarining takror barpo bo`lishi, aholining ish bilan bandligi va ishsizligi, mehnat bozorini tartibga solish va boshqarish, mehnat resurslari balansini tuzish uslubiyoti, korxonalarda xodimlarni boshqarish strategiyasi va taktikasining mohiyati yoritilgan.
-
Руководство по изучению учебника "Основы инвестирования"
В Руководстве обобщены основные понятия и выводы учебника "Основы инвестирования", раскрывающие механизм принятия решений об инвестициях в акции, облигации, производные ценные бумаги, недвижимость и другие материальные ценности
-
Fizika
Fizika fani materiya harakatining eng oddiy va shu bilan birga eng umumiy shakllari haqidagi fandir. Fizika fani o‘rganadigan harakatining shakllari (mexanik, issiqlik va boshqa) materiya harakatining boshqa hamma yuqori va yanada murakkab (kimyoviy, biologik va boshqa) shakllarida ishtirok etadi. Shuning uchun ular eng oddiy bo‘lishi bilan birga materiya harakatining eng umumiy shakllaridir. Materiyaning yuqori va ancha murakkab shakllarini kimyo, biologiya va boshqa fanlar o‘rganadi.
-
Tilshunoslik asoslari
“Tilshunoslik asoslari” fanidan yozilgan ushbu o'quv qo'llanmada tilshunoslikning tarixi va nazariyasiga oid materiallar berilgan. U nda “Tilning paydo bo'lishi’’, “Til va tafakkur”, “Til va jam iyat” , “Yozuv va uning paydo bo'lishi”, “ Leksikologiya” , “Grammatik kategoriyalar”, “Sotsiolingvistika”, “Tillarning tipologik tasnifi” kabi mavzular atroflicha yoritib berilgan