-
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Interyerda kompozitsiya va rang
Ushbu o`quv qo`llanma "interyer dizayn" yo`nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan va unda topshiriqlarning berilishi, ularning bajarilish jarayonlari to`liq tahlil etilgan. Kompozitsiya tamoyillari va ranglar uyg`nligi, ranglarning insonga psixologik ta`siri haqida loyihalashdagi nazariy tushunchalarni amaliy mashg`ulotlarda bajarilishi atroflicha bayon etilgan.
-
Социология
Китобда социология фани, унинг жамият ҳаётидаги роли, функцияси, тарихий ривожланиш босқичлари, унинг назарий масалалари, махсус соҳалари, методологияси, ҳамда конкрет социологик тадқиқот ўтказиш усуллари баён қилинган.
-
Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi
Darslikua belon va temir-beton buyumlari hamda mahsulotlarini ishlab chiqarish. xususan. ularni tayyorlash jarnyonida issiqlik bilan ishlov berish, ushbu mahsulotlarni armaturalash, quyma femir-beton mahslIlotlnrini tayyorlash texnologiyasi, opalubkalar va uch qatlamli temir-beton konstruksiyalarini loyihalashtirish hamda ulardan foydalanish haqida batavsil ma 'Iumotlar berilgan.
-
An'anaviy xonandalik
Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasining Davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq va pedagogik OTM Musiqa ta'limi yo'nalishi uchun mo'ljallangan.
-
Qurilish materiallari texnologiyasi
Ohak gips,magnezial bog`lovchi materiallari, turli sementlatlar, xrizotil va sement aralashmasi asosida tayyorlanadigan asbessement listlar va quvurlarni tayyorlashning texnologik sxemalari, ularda ishlatiladigan xomashyolar hamda bu materiallarning tavsifi, sinflanishi haqida ma`lumotlar keltirilgan.
-
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
Mazkur o ‘quv qo'llanmada tabiat, jamiyat va inson o ‘rtasidagi o ‘zaro munosabatlarning tadrijiy rivojlanishi, ekologiya fanining tushunchasi predmeti va vazifalari, O 'zbekistondagi ekologik vaziyat, organizm va muhit, ekotizimlar va ularning xususiyatlari, biosfera, biologik xilma-xillik, ijtimoiy ekologiya, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atmosfera, suv va tuproq resurslarini muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta'minlashning tashkiliy-huquqiy va texnik asoslari, ekologiya va xalqaro hamkorlik, ekologik ta’lim-tarbiya va barqaror rivojlanishga oid masalalar yoritilgan.
-
Adabiyot nazariyasi asoslari
Ushbu darslikda nazariy masalalar bugungi o‘zbek adabiy-nazariy tafakkur va xorijdagi ilmiy qarashlami uyg'unlashtirgan holda yoritilgan, material didaktik talablar va o‘quv dasturiga muvofiq tarzda, izchillik va ketma-ketlikda taqdim etilgan.
-
Biologik kimyo va molekulyar biologiya. (1-qism)
Mazkur darslikda oqsillarning strukturasi, xossalari, ularning biologik ahamiyati, nuklein kislotalar, lipidlar va ularning almashinuvi, tirik oganizmlardagi boshqa muhim biologik birikmalar haqida ma’lumotlar berilgan . Shuningdek , fermentlarniing tuzilishi, xossalari, gormonlar va ularning moddalar almashinuvidagi ahamiyati ham yoritilgan.
-
Jismoniy tarbiya va sport menejmenti (II qism)
Mazkur darslik «Jismoniy tarbiya va sport menejmenti» fani bo`yicha Davlat standartiga mos ravishda yaratilgan bo`lib, Oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida jismoniy tarbiya va sport sohasida menejerlar tayyorlashda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Darslikning bosh maqsadi — yurtimizda va xorijda rivojlanib kelayotgan menejment, jumladan, jismoniy tarbiya va sport menejmentining asosiy kategoriyalari, ya'ni uning qonun qoidalari, vazifalari, usullari, axborot texnologiyasi hamda tashkiliy tizimlarini nazariy va amaliy tomonidan chuqur o`rganishga mo`ljallangan.
-
Plastik anatomiya
Mazkur o'quv qo'llanma tasviriy va amaliy san'at yo'nalishida o'qiyotgan talabalarga hamda shu sohaga aloqador bo'lgan barcha mutaxassislarga mo'ljallangan. Ushbu qo`llanmada tasviriy san'atning asoslaridan biri bo'lgan plastik anatomiya fanining qisqacha yujudga kelish tarixi hamda inson skeleti, bosh suyagi va undagi muskullar haqida bayon etilgan. Xususan, odam bosh suyagi qismlarining nomlanishi va bo'lajak rassom ijodkorlarning badiiy obraz yaratishlari uchun bosh qismidagi mimik muskullarning harakat holati haqida batafsil ma'lumot berilgan.
-
Гидротехника иншоотлари
Мазкур ўқув қўлланма талабаларга гидротехника иншоотлари ва унra яқин фанларни ўрганишдаги назарий билимларни чуқур ўзлаштириш учун ёрдам мақсадидa бу кўникмаларни сув олиш иншоотлари бўғинини лойиҳалаштиришда конкрет масалаларни мустақил ечиш учун қўллаш мақсадида тузилган.
-
Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati
Adabiy tahrir hamon til va uslub bilan jips bog‘liq ekan, demak, termin (maxsus so‘z va so‘z birikmasi)ning o ‘rinli qo‘llanilganligi hamda uslubga muvofiqligi masalasi ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa ilm, fan- texnika jadal rivojlanayotgan, axborot ayirboshlash sur’ati mislsiz oshgan bugungi kunda ushbu masala alohida dolzarblik kasb etadi.
-
Tarmoq mashinalarini hisoblash va loyihalash
«Tarmoq mashinalarini hisoblash va loyihalash» darsligi ikki qismdan iborat bo’lib,birinchi qismda mashinalar, jihozlarni hisoblash va konstruktsiyalashning umumiy masalalari, ya'ni mashina va apparatlarning tasnifi, texnologik mashinalarning sinflanishi,mashinani loyihalashning umumiy sxemasi, loyihalashdagi hujjatlar, mashina va apparatlarning unumdorligini hisoblash, mashinalar uchun siklogrammalar loyihalash.Mexanizmlarni kinetostatik tahlili va boshqa hisoblash usullari batafsil bayon etiladi.
-
Matematik tahlil I
Qo'llanma bakalavriatning ''fizika'' yo'nalishi uchun mo'ljallangan bo'lib, undan bakalavriatning ''matematika'', ''mexanika'', ''amaliy matematika va informatika'' yo'nalishlari talabalari hamda o'qituvchilar ham o'qituvchilar ham foydalanishi ko'zda tutilgan.
-
Маъмурий ишлар бўйича суд амалиёти
Мазкур қўлланма маъмурий судлар томонидан маъмурий ҳуқуқбузарликлар тўғрисидаги ишлар ҳамда маъмурий ва бошқа оммавий ҳуқуқий муносабатлардан келиб чиқадиган ишларни кўриш натижалари бўйича ўтказилган суд амалиёти умумлашмалари ва қабул қилинган суд қарорлари асосида тайёрланган бўлиб,ушбу қўлланмани тайёрлашдан мақсад судларда ягона суд амалиётини шакллантириш, фуқаролар ва хўжалик юритувчи субъектлар вакилларининг ҳуқуқий маданиятини янада ошириш, уларнинг хуқуқлари ва қонуний манфаатлари ҳимоясини ҳар томонлама таъминлашдан иборат.
-
English for art and design students
Ushbu o`quv qo`llanma zamonaviy pedagogik texnogiyalar asosida tayyorlangan.Undagi tanlangan matnlar asosida nutq malakalari turlari,tinglab tushunish,gapirish,o`qish va yozuv orqali talabalarni ingliz tilida nutqini o`stirish ko`zda tutilgan.O`quv qo`llanma oliy o`quv yurtlari tasviriy va amaliy san'at,san'atshunoslik hamda dizayn yo'nalishlarida tahsil oluvchi III kurs talabalari uchun mo'ljallangan.