-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Офис техникаси: бошқариш ва иш юритиш учун
Мазкур китобда корхона, ташкилот, турли хил фирмалар бошқариш ва иш юритишда фойдаланадиган ўта зарур машинка, компьютер, уяли телефон, факс каби иш қуроллари ҳақида сўз юритилиши, шунингдек ушбу жиҳозларнинг турлари ва улардан фойдаланиш усуллари баён этилган. Китоб касб-ҳунар коллежлари талабалари учун мўлжалланган.
-
Tuproq iqlimshunosligi
Darslik “Tuproq iqlimshunosligi” fani bo`yicha qabul qilingan Davlat ta`lim standard talablari asosida yozilgan. Ushbu darslik 8 bobdan iborat bo`lib: ularda tuproq iqlimshunosligi fanini o'rganishning ahamiyati, tuproq issiqlik xossalari va rejimi, 0`zbekiston hududida tuproq haroratining geografik tarqsimlanishi, tuproqning suv rejimi, tuproqning havo xossalari va rejimi, yilning issiq va sovuq davrlarida tuproq iqlimini boshqarish hamda tuproq iqlimini rayonlashtirishga oid ma`lumotlar yoritilgan.
-
Farmatsevtik texnologiya
Ushbu o`quv qo`llanma qattiq dori shakllaridan: kukunlar, granulalar, tabletkalar, kapsulalar va drajelar, yumshoq dori shakllaridan: surtmalar, shamchalar, suvli va suvli bo`lmagan eritmalar, inyeksion dori turlari, nastoykalar, ekstraktlar, novogalen preparatlari kabi dori turlari borasidagi umumiy tushunchalar bo`yicha barcha ma`lumotlarni o`z ichiga olgan bo`lib, 5510500 – Farmarsiya va 5111000 – Kasb ta`limi, 5310900 – Metrologiya, standartizatsiya va mahsulot sifati menejmenti, 5320500 – Biotexnologiya va 5510600 – Sanoat farmatsiyasi ta`lim yonalishlari talabalari uchun “Tayyor dori turlari texnologiyasi” fanidan bilim va konikmalarini shakllanishiga xizmat qiladi
-
Hujayra biologiyasi
Hujayra biologiyasi fani organizmning asosiy tarkibiy qismi -hujayralarning mikroskopik va ultramikroskopik tuzilishini o'rganishga bag'ishlanadi. Talabalar bu fanni o’rganish bilan prokariot va eukariot hujayralarning tuzilishi asoslari va xususiyatlari, hujayraning bo’linishi, hujayra evolyutsiyasi, bir-biriga bog’lagan holda tasvirlab berishi mumkin. Shunday qilib, hujayra biologiyasi fani malakali biologlar umumbiologik tayyorgarligidagi asosiy poydevorlardan biri hisoblanadi.
-
Bolalarda intensiv terapiya xususiyatlari
Inson sog‘lig‘i uchun o‘ta xavfli hisoblangan holatlar tibbiyotda “Kritik holatlar” deb ataladi va bunday holatlarda bola organizmi uchun intensiv terapiya usullari tadbiq etiladi. Bunday holatlarda organizmning hayotiy muhim tizimlaridagi faoliyatlarning buzilishlarini bartaraf etish, ularni qo‘llash va kerakli darajada mo‘tadil saqlash hamda boshqarish prinsiplariga asoslanadi. Intensiv terapiyaning amaliy usullari (respirator terapiya, infuzion terapiya, traxeya intubatsiyasi va hokazolar)ni tashkil etish ham bir xil kechadi. Terapevtik va xirurgik muolajalar avvalo patogenetik bo‘Isa, anesteziolog qo‘llanmalari organizm hayotiy muhim tizimlari faoliyatini operativ muolaja davomida to‘ldirib, ularning normal faoliyatini ta’minlaydi.
-
Matematika o'qitish metodikasi
Bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan davlatlarda kompetentsiyaviy yondoshuv ta’lim mazmunini modernizatsiya qilib, yangicha o`qitish yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bu davlatlardagi umumiy ta'limning yangicha mazmunining asosini o'quvchilarning tayanch kompetentsiyalarini hosil qilish va rivojlantirish tashkil etadi.
-
Каракалпакский язык. 1-том. Материалы по диалектологии
Материалы по лексике древних и живых тюркских языков для сопоставления с лексикой современного каракалпакского языка приведены в Словаре в транскрипции авторов, опубликовавших соответствующие источники.
-
Veterinariya akusherligi fanidan amaliy-laboratoriya mashg'ulotlari
O'quv qo'llanmada fan va amaliyotning keyingi yillardagi yutuqlarini hisobga olgan holda hayvonlar jinsiy a'zolarining anatomo-morfologik va fiziologik xususiyatlari, jinsiy sikl fiziologiyasi, turli hayvonlarni sun'iy urug'lantirish va murtakni ko'chirish, bo'g'ozlik fiziologiyasi va patologiyasi, bo'g'ozlik va bepushtlik diagnostikasi, hayvonlarning tug'ishida yordam ko'rsatish, akusher-ginekologik kasalliklar, sut bezlari va yangi tug'ilgan hayvonlar kasalliklarining diagnostika usulida oldini olish usullari bayon qilingan.
-
Ўзбекистон тарихи манбалари
Ушбу китоб-"Ўзбекистон тарихи манбалари(қадимги замон ва ўрта асрлар)" "Ўзбекистон тарихи"дан қўлланма сифатида ёзилган бўлиб,Ўзбекистоннинг қадимги ва ўрта аср тарихини ўрганишда ёрдам беради.Китобдэ кадимги Эрон, юнон, Рим, Хитой, араб, форс ва қадимги ҳамда ўрта аср туркий тилларида ёзилган ва бизнинг замонимизгача етиб келган. Қўлёзма манбалар таҳтил килинади. Қўлланма тарих муаллимлари, олий укув юртлари тарих факульгетларининг талабалари, умумтаълим мактабларининг юқори синф ўқувчиларига мўлжалланган.
-
Ingliz tili
Mazkur o`quv qo`llanma Oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari nofilologik bakalavr yo`nalishi talabalari uchun yangi dasturlar va Davlat ta'lim standartlariga muvofiq yozilgan. Ushbu qo`llanmadan maqsad, talabalar nutq malakalarini oshirish, ularda bilim va ko`nikmalarni chuqur rivojlantirishdir. Talabalar bilimlarini kasblariga tadbiq eta olishi hamda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda ushbu qo`llanma samarali yordam beradi.
-
Analitik kimyo
Darslikning birinchi qismida gravimetrik va titrimetrik analiz usullari bayon etilgan. Kislota-asosli o'zaro ta'sirlashuv cho'ktirish, kompleks hosil bo'lish va eritmada boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari hamda bu reaksiaylar asosida qilinadigan analiz usullari berilgan.
-
Амир Темур даври маънавияти
Таниқли файласуф олим, профессор Наим Ғойибовнинг ушбу рисоласи давлат арбоби ва буюк саркарда Амир Темур даври маънавияти тадқиқига бағишланган Шунингдек, муаллифнинг Покистонда хизмат сафарида бўлганида ўрганган материлларнинг мавзуга доир қисми ҳам рисоладан ўрин олган.
-
Микроэкономика
Перед вами фундаментальный учебник всемирно известных авторов, который выдержал уже пять изданий и по-прежнему вызывает ажиотажный интерес среди читателей. В книге рассмотрены принципы микроэкономической теории: основы теории спроса и предложения; принципы ценообразования; структура рынка и конкурентная стратегия; издержки, эффективность и рынки факторов производства; капитальные вложения и рынки капитала; общее равновесие и экономическая эффективность; стратегическое взаимодействие фирм и многое другое. В книге предложена новейшая трактовка микроэкономики, в основе которой связь теории с управленческой практикой и выработкой социальной политики. Множество практических примеров, графических и табличных иллюстраций и отсутствие сложного математического аппарата облегчают понимание предмета. Учебник может быть рекомендован аспирантам, студентам и преподавателям экономических факультетов и вузов.
-
100 мест России, которые вы никогда не забудете.
Серия книг о самых лучших в мире местах и достижениях человечества. В каждой книге представлены 100 объектов по теме с красочными иллюстрациями, интересными описаниями и полезной информацией. Соберите всю коллекцию этих потрясающих книг, и на вашей книжной полке будут издания о самых красивых в мире местах, дворцах, замках, автомобилях, о самых известных предметах оружия, о лучших в мире спортсменах и многом другом. Это будет коллекция, которой, без сомнения, можно гордиться!
-
Tuproq bonitirovkasining ilmiy asoslari
Darslikda Davlat kadastri tizimini yuritishda tuproqni sifati, unumdorlik darajasi, uni o`ziga mansub tabiiy-iqtisodiy mintaqada joylashganligi bo`yicha ilmiy asoslangan ma`lumotlar keltirilgan. Darslikda tuproqni bonitirovkalash uslublari, ishlami davrlari, ya‟ni tayyorgarlik, dala ishlari, kameral-tahlil ishlari mazmuni yoritilgan. Sug`oriladigan, lalmikor yerlami bazali bonitirovka shkalasi keltirilgan. Sug`oriladigan, lalmikor tuproqlari bonitirovkalashda tuproqning asosiy xususiyatlari va tabiiy sharoitlariga ko'ra pasaytirish omillari yoritilgan.
-
Evolyutsion ta’Iimot
Mazkur darslikni nashrga tayyorlashda keyingi yillarda evolyutsion ta’limotga oid rus tilida nashr etilgan darsliklar, o‘quv qollanmalar va turli adabiyotlardan hamda mahalliy materiallardan foydalanildi. Darslik uch bo‘limdan iborat. Birinchi bo‘lim evolyutsion ta’Iimot tarixiga bag‘ishlangan. Bu bo'limda tabiat to ‘g‘risidagi tasavvurlarning shakllanishi, tirik tabiatni va undagi voqea-hodisalarni tushuntiruvchi turli oqimlar, g‘oyalar, nazariyalar va ular o‘rtasidagi kurash; ikkinchi bo‘Iimda evolyutsion ta'limot vujudga kelishidagi ijtimoiyiqtisodiy shart-sharoit, Ch. Darvinning o‘zgaruvchanlik, irsiyat haqidagi qonuniyatlari, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, organizmlarning xilma-xilligi, muhitga moslanishi, urlarning paydo bo‘lishi yoritiladi. Uchinchi bo'limda genetika, ekologiyaning evolyutsion nazariyaga ta’siri, organik olamdagi mikroevolyutsiya, makroevolyutsiya jarayonlari,evolyutsiya jarayonini idora etish kabi masalalar o'z ifodasini topgan.