-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Buxorlik qatag'on qilingan uch buyuk siymo: Tarix va taqdir (Usmon Xo'janing hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar)
Ushbu kitobda Usmon Xo'janing hayoti va faoliyatiga oid ma'lumotlar jamlangan bo'lib unda Buxoro va Istanbuldagi o'qish yillari , Buxoro Xalq Sovet Respublikasining davlat rahbari sifatidagi faoliyati, so'ngra muhojirlikda Turkiya hamda boshqa davlatlarda Turkiston mustaqilligi uchun olib borgan mashaqqatli kurashi yoritilgan.
-
“OʻZBEKISTON MADANIY MEROSI” Oʻzbekiston Rossiya arxivlari to'plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda XXXVII (37) jild
“O‘zbekiston madaniy merosi” turkumidagi “O‘zbekiston Rossiya arxivlari to‘plamlarida saqlanayotgan XIX asr va XX asr boshlariga oid tarixiy fotosuratlarda” kitob-albomida XIX asrning so‘nggi choragi – XX asr boshlarida O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qilgan aholining an’anaviy madaniyati 150 dan oshiq fotosuratlar misolida namoyish etilgan. Kitob to‘rt qismdan iborat bo‘lib, ularda me’moriy yodgorliklar, hukmdor tabaqa vakillari hamda oddiy odamlarning portretlari, Buxoro, Samarqand vohasi va Toshkentda, Farg‘ona vodiysining shaharlari va Xorazm mintaqasining turli yerlarida yashagan aholining kundalik turmushi aks etgan. Bunday albom ilk bor nashr etilganini ta’kidlash lozim. Zero, O‘zbekiston o‘tmishiga oid tarixiy fotosuratlar jamlangan avvalgi albomlar alohida mavzularga yoki ma’lum bir tarixiy-madaniy maskanlarga bag‘ishlab nashr etilgan. Mazkur albomda o‘quvchilar mintaqaning madaniy qiyofasiga kengroq nazar solish imkoniga ega bo‘lishadi. Shuningdek, o‘quvchilar Turkiston hududida fotografiya sohasining rivoji, mintaqaning o‘ziga xos qiyofasini kelajak avlodlar uchun asrab qolishga erishgan fotosuratchilarning ishlari haqida ma’lumot olishadi. Ushbu nashr nafaqat olim va tadqiqotchilar, balki O‘zbekistonning boy madaniy merosiga qiziquvchi barcha mahalliy va xorijiy o‘quvchilar, yosh avlod vakillari uchun mo‘ljallangan. Jahonda o‘xshashi yo‘q ushbu Loyiha mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek xalqining madaniy, tarixiy va intellektual merosini asrab-avaylash, boyitish hamda yanada ko‘paytirish masalalariga bo‘lgan shaxsan e’tibori tufayli amalga oshirilmoqda. Sahifalarda qo‘shimcha vizual ma’lumotlarni olish uchun planshet yoki smartfonda skanerlashga mo‘ljallangan QR-kodlar mavjud.
-
Sharof Rashidov — O‘zbekiston fidoyisi
Monografiyada har tomonlama barkamol inson bo’lgan, o’z davrining farzandi bo’lgan Sharof Rahidovich Rahidov haqida so’z boradi. To’plamda Sharof Rashidovning bolalik va yoshlik yıllari, urush yıllari va siyosiy sahnaga kirish jarayonlari, davlat boshqaruvidagi yillari, rahbarlik faoliyati, yurtimizning ma’naviyat, madaniyat va adabiyot rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, oila, insoniy fazilatlari haqida, asarlari va adabiy merosi hamda asosiysi bugungi Yangi O‘zbekiston yoshlariga u insonning saboqlari, u insonga erilgan jamiyatning tarixiy bahosi hususida so’z yuritilgan Monografiya oliy o‘quv yurtlari talabalari, magistrlari, professor-o‘qituvchilari hamda keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
-
Yangi yaratilgan g'o'za navlari aralashmasidan mustahkam raqobatbardosh tikuv iplari ishlab chiqarish
MonografiyadaMonografiyada respublikamizda yangi yaratilgan gʻoʻza navlari tolasidan tikuv iplari ishlab chiqarish va tikuv iplarining sifat koʻrsatkichlariga taʻsir etivchi omillarga bagʻishlangan. Tikuv iplari ishlab chiqarishda yangi yaratilgan gʻoʻza navlari tolasining uzunligi va ipdagi buramlar sonini ipning mustahkamligiga ta’siri tadqiq etilgan va bu omillarning mos ratsional qiymatlari aniqlangan. Respublikamizda yangi yaratilgan gʻo‘za navlarining fizik-mexanik xususiyatlarini tahlil qilish orqali yigiruv korxonasida optimal variantda aralashma tuzish hamda nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida yigirilgan yakka iplardan tikuv iplari ishlab chiqarishni loyihalash jarayonlari toʻgʻrisida ma’lumotlar keltirilgan. Monografiya katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, soha magistratura va bakalavriatura talabalari hamda yigiruv korxonalari mutaxassislari uchun moʻljallangan. tolasidan tikuv iplari ishlab chiqarish va tikuv iplarining sifat koʻrsatkichlariga taʻsir etivchi omillarga bagʻishlangan. Tikuv iplari ishlab chiqarishda yangi yaratilgan gʻoʻza navlari tolasining uzunligi va ipdagi buramlar sonini ipning mustahkamligiga ta’siri tadqiq etilgan va bu omillarning mos ratsional qiymatlari aniqlangan. Respublikamizda yangi yaratilgan gʻo‘za navlarining fizik-mexanik xususiyatlarini tahlil qilish orqali yigiruv korxonasida optimal variantda aralashma tuzish hamda nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida yigirilgan yakka iplardan tikuv iplari ishlab chiqarishni loyihalash jarayonlari toʻgʻrisida ma’lumotlar keltirilgan. Monografiya katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, soha magistratura va bakalavriatura talabalari hamda yigiruv korxonalari mutaxassislari uchun moʻljallangan.
-
Маданий-маърифий муассасаларда меҳнаткашлар ҳаваскорлик ижодиётини ташкил этиш назарияси ва методикаси
Ушбу китобда маданий-маърифий муассасаларда меҳнаткашлар ҳаваскорлик ижодиётини ташкил этиш назарияси ва методикаси ҳақида маълумотлар берилган.
-
Маданий-маърифий муассасаларда меҳнаткашлар ҳаваскорлик ижодиётини ташкил этиш назарияси ва методикаси
Ушбу китобда маданий-маърифий муассасаларда меҳнаткашлар ҳаваскорлик ижодиётини ташкил этиш назарияси ва методикаси ҳақида маълумотлар берилган.
-
Печать Ашшура. Восточносемитские заимствования в славянских языках
Книга является продолжением исследования автора, посвященного анализу лексических, грамматических и фонетических схождений между семитскими языками и языками народов Европы и Северной Азии. В работе рассматривается гипотеза о длительном периоде двуязычия древних славян, в ходе которого семитский язык выступал в качестве второго языка, оказавшего существенное влияние на развитие славянской лингвистической системы. Автор пытается найти историческое обоснование для этих языковых контактов, связывая их с миграцией народов и влиянием древних семитских культур на формирование лексического фонда славянских языков.
-
Vergessene Wörter: Österreich
Das Buch bietet eine faszinierende Sammlung österreichischer Begriffe, die im Laufe der Zeit in Vergessenheit geraten sind. Peter Ahorner erforscht die sprachlichen Schätze Österreichs und rettet sie vor dem endgültigen Verschwinden. Mit einem humorvollen und informativen Ansatz lädt der Autor dazu ein, die reiche, manchmal skurrile und oft tief verwurzelte Wortkultur des Landes neu zu entdecken. Von Mundartausdrücken bis hin zu historischen Bezeichnungen werden Wörter beleuchtet, die heute kaum noch im aktiven Sprachgebrauch vorkommen, aber dennoch die kulturelle Identität Österreichs widerspiegeln. Ein Werk, das zum Schmökern, Nachdenken und Erinnern anregt.
-
Гўзаллик билан учрашув
Ушбу китобда ёзувчининг ахлоқий позицияси, болаларнинг нафосат олами ва бошқа мавзулар берилган.
-
Terminologiyada semantik transformatsiya xodisasi
Monografiyada kompyuter va internet sohasi terminlarining yaratilishida kognitiv modelining bir qismi sanaladigan metaforik termin yasalish mexanizmi muhim ahamiyatga eganligi yoritib berilgan. Bu sohada kognitiv modellar xilma-xil va o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi, ingliz va o'zbek tilidagi kognitiv modellarning qiyosiy tahlili bu modellar orasidagi korrelyatsiyani aniqlash, farqlarni ko'rsatish hamda ularning manbalarini aniqlash imkonini berishi, tasniflash termin shakllanishi jarayonida metaforik kognitiv mexanizmlar hukmronligini hamda bunday mexanizmlar turli kontseptual sohalarni birlashtirish uchun asos bo'lishi tahlilga tortilgan. Mazkur monografiya filologiya yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar va ilmiy xodimlar va soha mutaxassislariga moʻljallangan.
-
Raqamli iqtisodiyotda moliyaviy texnologiyalar tranformatsiyasi
moliyaviy ko'rsatkichlarni yaxshilash uchun texnologiyadan foydalanadigan rivojlanayotgan sanoatdir. Mobil banking, investitsiya, onlayn kreditlash va kriptovalyutalar uchun smartfonlardan foydalanish moliyaviy xizmatlarni keng jamoatchilikka yanada qulayroq qilishga qaratilgan texnologiyalarga misoldir.
-
Андижон
Бобур юрти бўлмиш Андижон деярли икки минг йиллик тарихга эга бўлиб, қанчадан - қанча Андижоний, Фарғоний исмли улуғ зотлар ўтди бу тупроқда. Бугунги Андижон барча моддий ва маънавий бойликлар, ёдгорликлар, халқ хўжалигининг барча соҳаларида эришилган ютуқ - муваффақиятлар улуғ аждодларимиз ақл - заковатларининг самараси, олтин қўллари меҳнатининг натижасидир.
-
Raqamli elektron biznes bozori va elektron marketing
Marketing - bu sizning kompaniyangiz mahsuloti yoki xizmatiga odamlarni qiziqtirish jarayoni. Bu bozorni o'rganish, tahlil qilish va ideal mijozingiz manfaatlarini tushunish orqali sodir bo'ladi. Marketing biznesning barcha jabhalariga, jumladan, mahsulotni ishlab chiqish, tarqatish usullari, sotish va reklamaga tegishli.
-
Postmodernizm. julian barns: janr va poetika
Ushbu monografiya ingliz adabiyotida postmodern roman janrining shakllanishi, tadrijiy taraqqiyoti va adabiy-estetik xususiyatlarini tadqiq etishga bag'ishlangan. Tadqiqotda postmodernizm oqimining jahon adabiyotidagi rivojlanish bosqichlari, ingliz postmodern romanlarining badiiy-poetik oʻziga xos jihatlari hamda Julian Barns ijodining postmodernizm estetikasi doirasidagi oʻrni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Monografiyada Julian Barns postmodern romanlar poetikasiga xos boʻlgan intertekstuallik, metaadabiy va tarixiy metadabiy romanlarning janriy xususiyatlari, satira, janrlar qorishmasi va janrlar transformatsiyasi kabi muhim nazariy masalalar yoritilgan. Monografiya natijalari postmodernizm nazariyasi, zamonaviy ingliz adabiyoti va Julian Barnsning roman janri poetikasini oʻrganishda muhim ilmiy ahamiyatga ega. Mazkur monografiya filologiya sohasida faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilar, adabiyotshunoslar, oliy ta'lim muassasalari professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, magistrantlar hamda zamonaviy adabiyot muammolari bilan qiziquvchi talabalarga moʻljallangan boʻlib, nazariy va amaliy manba sifatida foydalanilishi mumkin.
-
Mikrobiologiyadan amaliy mashgʻulotlar
Mikrobiologiya fani egallagan soha juda keng boʻlib, uni oʻquvchiga toʻliq yetkazish uchun bir necha qismga boʻlib oʻrganiladi. Birinchi qismda mikroorganizmlar morfologiyasi va fiziologiyasi, ularning tabiatda tarqalishi haqida umumiy ma'lumotlar berilgan.
-
Dialogik nutqda subyektiv modallikning ifodalanishi
Ushbu monografiyada ilk bor o'zbek tiliga xos dialogik nutqda subyektiv modallikning ifodalanish usullari hamda ifoda vositalar tahlil qilingan. Monografiyada subyektiv modallik ifodalashdagi fonetik, morfologik, leksik va sintaktik usullari haqida fikr yuritilgan, shuningdek, subyektiv modallik ifodalovchi vositalardan har birining oʻziga xos xususiyatlari aniqlanib ilmiy mohiyati ochib berilgan. Monografiyada dialogik nutqda subyektiv modallikning frazeologizmlar bilan ifodalanishi, subyektiv modallikni ifodalovchi turg'un iboralarning mazmun turlari hamda etimologiyasiga tegishli ma'lumotlar keltirilgan.