-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
San’at. San’atshunoslik
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslari
O‘quv qo‘llanmada islom dinining tinchlikparvar, bag‘rikenglik mohiyati, ekstremizm hamda terrorizmning salbiy jihatlari keng qamrovli ma’lumotlar va dalillar asosida bayon qilingan. Davlat va din orasidagi munosabatlar, uning O‘zbekistonda namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari bo'yicha yoritilgan. Ekstremizm va terrorizmning mohiyati, unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kabi masalalar tizimli ochib berilgan.
-
Ботаника асослари
Дарсликда ўсимликлар дунёсининг табиатдаги ва қишлоқ хўжалигидаги аҳамияти, уларнинг ҳужайра тузилишидаги асосий хусусиятлари, вегетатив ва генератив органларининг морфологик, анатомик тузилишлари, уларнинг метаморфозлари ҳамда ўсимлик оламининг кўпайиши тўғрисида батафсил маълумотлар келтирилган.
-
Служба информационного обеспечения
Служба информационного обеспечения. Что это такое? Зачем она? Такие вопросы невольно могут возникнуть у любого, берущего в руки эту книгу. Хотя каждый из нас по личному опыту знает, что и на работе и дома он постоянно живет в «информационной среде», информацию использует сам, а какую-то выдает другим.
-
Озиқ-овқат маҳсулотлари товаршунослиги ва экспертизаси асослари
Ўқув қўлланмада озиқ-овқат маҳсулотлари товаршунослиги ва экспертизаси асослари, товаршуносликда қўлланиладиган усулларнинг гуруҳланиши, озиқ-овқат товарлари ассортименти, кимёвий таркиби, физикавий хусусиятлари, микробиологик хавфсизлиги ва улар билан боғлиқ хавф-хатарлар, сақлаш, консервалаш усуллари ҳақида баён қилинган.
-
Geologiya va geomorfologiya
Darslikda geologiya va geomorfologiya fanlarining rivojlanish tarixi, tarmoqlari, yerning ichki tuzilishi va uni tashkil etgan jinslar, relyef haqida umumiy ma`lumotlar ochib berilgan. Darslikdа fan mazmuniga mos zamonaviy illyustratsiyalar, jadval va turli chizmalar berilgan bo‘lib, ular talabalarning mavzularni to‘laqonl o‘zlashtirishiga xizmat qiladi.
-
Aholi va reproduktiv salomatlik
Mazkur o‘quv qo‘llanmada aholining rivojlanish tendensiyalari, reproduktiv huquq va salomatlik, unga ta’sir etuvchi omillar, kasallik, nogironlik va o‘limning mamlakat aholisining o‘rtach hayot davomiyligiga ta’siri va oqibatlari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maqsadi va vazifalari, rivojlangan davlatlarning aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash borasidagi tajribalari, oilani rejalashtirish dasturlari va ularni tug‘ilishga bo‘lgan ta’siri, reproduktiv salomatlik borasidagi konsepsiya, barqaror rivojlanish maqsadlari va ularning aholi salomatligidagi ahamiyati bayon etilgan.
-
Арабча-ўзбекча бошланғич луғат
Луғат араб адабий тилининг кенг истеъмолдаги сўзларини ўз ичига қамраб олган. Ўқувчи луғатдан араб тилидаги бадиий, ижтимоий-сиёсий ва бошқа турдаги ўртача қийинликдаги адабиётни ўқиб тушиниш учун зарур сўзларнинг ҳаммасини топади.Шунингдек эски араб матнларидаги сўзларни ҳам луғатдан топиши мумкин.
-
Мактабгача педагогика
Ушбу ўқув қўлланмада мактабгача педагогика фанининг таркибий қисми мактабгача муассасаларни ташкил этиш ва уларга рахбарлик қилиш бўлими фаолияти,мудира ва касбий сифат ҳамда малакаларини шакллантириш, уларнинг педагогик қобилятларини ривожлантириш омиллари,мактабгача таълимни бошқаришда педагогик-инновация технологияларни қўллаш жараёнларининг илмий-услубий жиҳатлари ёритилган.
-
Turizm asoslari
Ushbu o'quv qo'llanmada bozor munosabatlari sharoiti asosida turizmni rivojlantirishning asosiy tamoyillari va turizm to'g'risidagi me'yoriy hujjatlar berilgan. Mahalliy, milliy va hududiy turizmni rivojlantirishning tamoyillari va metodlarini qo'llash orqali sezilarli darajada iqtisodiy daromad olishga alohida e'tibor berilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining iqtisodiy mutaxassisliklari bo'yicha bilim olayotgan talabalar, tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, turizm kasb-hunar kollejlari o'quvchilari hamda turizm sohasi bilan shug'ullanayotgan barcha xodimlarga mo'ljallangan. O'quv qo'llanma ayrim kamchiliklardan xoli bo'lmasligi mumkin. Kitobxonlarning bu boradagi barcha fikr-mulohazalari va takliflari mualliflar tomonidan minnatdorchilik bilan qabul qilinadi.
-
Ярим ўтказгичлар физикаси
Ярим ўтказгич моддалар ва улар асосида тайёрланаётган асбоблар ва курилмалар тобора кенг кўламда кўлланилмокда. Бунинг асосий сабаблари ярим утказгич моддаларнинг ажойиб хоссаларидир: ярим ўтказгичлар турли ташки таъсирларга жуда сезгир, улар заминида ишлаб чикарилаётган асбобларнинг ўлчамлари, хажми кичик, ишлаш муддати катта ва бажарадиган хизматлари доираси жуда кенг. Шу билан бир вақтда улар турли зарбларга чидамлидир.
-
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish
O`quv qo`llanma mavjud namunaviy va ishchi dasturlar asosida tuzilgan. Qo`llanmada mustaqil Respublikamiz va Xalqaro ISO tashkiloti standartlaridan hamda keyingi yillarda chop qilingan texnik adabiyotlar ma`lumotlaridan foydalanilgan. Qo`llanma keng ma`noda muhandis-texnik xodimlar, bakalavrlar, konchilik sohasi mutaxassislari, yosh mutaxassislar, oliy o`quv yurti va kollej talabalari hamda bu sohaga qiziqishi bo`lgan kasb egalari uchun foydali bo`lishi mumkin.
-
Zamonaviy marketing konsepsiyalari asosida..........
Ushbu ilmiy-amaliy anjumanning ilmiy maqola va tezislar to'plami hozirgi kunda respublikamizda iqtisodiyotning real sektor tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilishda innovatsion marketing strategiyalaridan samarali foydalanish, O'zbekiston turizm infratuzilmasini rivojlantirish, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub'yektlarini o'zida mujassamlashtirgan.
-
Методика преподавания народно-сценического танца
Учебное пособие подготовлено для студентов отделения бакалавриата по направлению 5111000-Профессиональное образование (5151300-Хореография (Педагог-хореограф). Работа содержит описание методики исполнения упражнений у станка и движений народных и сценических танцев, составляющих содержание учебной программы предмета Методика преподавания народно-сценического танца перых двух лет обучения. Пособие предназначено для студентов и молодых педагогов высших образовательных учреждений хореографической направленности, профессиональных хореографических колледжей и всех любителей народного танца.
-
Maxsus sharoblar texnologiyasi
Darslikda uzumchilik va sharobchilik tarixi, uzumchilikning iqtisodiy taraqqiyoti, xom ashyoning tarkibi va tavsifi, uni qayta ishlash jarayon va uslublari, achitqilarda bijgʼitish uslublari, vinomaterial ishlab chiqarish, ularga ishlov berish hamda uzumdan tayyorlanadigan turli mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonlarining tafsiloti, texnologik sxemalari, standart tushunchasi va turlari bayon etilgan.
-
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti
Darslikda atrof-muhit muammolari, atrof-muhitni qadrlash, resurslarni taqsimlash: vaqt davomiyligi va qazib olish narxi, energiya bo‘yicha qayta tiklanadigan manbaalardan foydalanish, suv resurslaridan samarali foydalanish, yerdan oqilona foydalanish, biologik resurslar va alohida muhofaza qilinadigan hududlar, umumiy hovuz resurslari va baliqchilik, ekotizim tovarlari va xizmatlari, tabiatga tahdid solish, ifloslanishni boshqarish iqtisodiyoti, umumiy nuqtai-nazar, havoning mahalliy va mintaqaviy ifloslanishi, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
-
Tehnik tizimlarni boshqarish
Darslikda avtomobil transporti texnik ekspluatatsiyasida boshqarishni tashkil qilish, boshqaruv qarorlarini optimailashtirishning va transport tizimlarida tashkiliy tuzilmalarni qurishning amaliy va nazariy jihallari keng yoritilgan. Transport tizimlarida harakat tarkibining sifati, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash tizimini boshqansh va qaror qabul qilishning zamonaviy usullari tadqiq etilgan.