-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
San’at. San’atshunoslik
-
-
История русского литературного языка: Хрестоматия
В хрестоматии даются тексты, которые охватывают круг памятников русской письменности от времени становления литературного языка до периода закрепления национальных норм русской речи.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
Darslik bir-biri bilan mantiqan bog'langan to`rt qismdan iborat bo`lib, ularda iqtisodiyotning umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti, makroiqtisodiyot va jahon xo`jaligiga oid mavzular o`rin olgan. Ayniqsa, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotining qonun-qoidalariga, moliya, kredit, bank va pul tizirmning roliga katta e'tibor berilgan. Darslikning 20-bobini tayyorlashda TDIU dotsenti B.E'Mamaraximovningiqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi tadqiqot natijalaridan foydalanildi. Darslik bakalavriatning barcha ta`lim yo`nalishlaridagi talabalar uchun mo`ljallangan.
-
Texnologiya fanini o'qitish metodikasi
Mazkur darslikda umumiy o'rta ta'lm maktablarining 5-9 sinf o'quvchilarini Texnologiya fanidan Texnologiya va dizayn servis xizmatibo'yicha metalga,yog'ochga va gazlamaga ishlov berish texnologiyalari,pazandachilik asoslari bo'limlarini o'qitish uchun pedagogika,psixologiya va o'quv rejasidagi umumkasbiy va ixtisoslik bloki dagi fanlardan olgan bilimlarini mujassamlantirish bilan birga tanlangan ixtisosliklari bo'yicha ta,lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga oshirish yo'llari bayon qilingan.
-
Nemis tili
"Mustaqillik tomonidan hayotning barcha jabhalariga o’z ta’sirini o’tkazayotgan ekan oliy va o’rta maxsus ta’lim ham bundan mustasno emas. Vazirlar Mahkamasining ta’limni isloh qilish haqidagi qarori oliy o’quv yurtlarida faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar oldiga talabalarni yetuk mutaxassislar qilib tayyorlashdek ulkan vazifani qo’ymoqda. Dolzarb vazifalardan biri talabalarni zamon talablariga javob beradigan o’quv qo’llanmalari, darsliklar bilan ta’minlashdir. Ayniqsa, chet tillarini o’rgatishda darslik va o’quv qo’llanmalarining axamiyati beqiyosdir. Biz, mualliflar bugungi ehtiyojdan kelib chiqib, nemis tilidan ushbu o’quv qo’llanmani yozdik.Uslubiy qo’llanma 120 soatga mo’ljallangan bo’lib, har bir dars bir necha yordamchi matnlarni, grammatik mavzular hamda fonetik qoidalar, dialog, leksik va grammatik mashqlarni o’z ichiga oladi. Uslubiy qo’llanmada oziq –ovqat yo’nalishi talabalari uchun maxsus matnlar va yangi so’zlar berilgan.Talabalar o’zlarini mutaxassisligiga oid so’zlarni nemis tiida o’rganishlari uchun bemalol foydalanishlari mumkin."
-
Кавказ асири
Қўлингиздаги ушбу тўплам хориж адабиётининг энг буюк намоёндаларидан бири бўлмиш А.С.Пушкиннинг энг сара асарларидан бири ҳисобланади. Унда ёш қизнинг ўй-фикрлари, кўнгил кечинмалари, илк муҳаббати ва унинг изтиробларига қаламга олинган. Асар ўндан зиёд кичик бўлимлардан иборат бўлиб, сизни беэътибор қолдирмаслигига ишонамиз.
-
Физикавий кимё.
Ушбу дарслик университетларнинг кимё факультетларида ўқитиладиган физикавий кимё фани ўқув дастури асосида тайёрланган бўлиб, унда кимёвий термодинамика, статистик термодинамика, номувозанат жараёнлар термодинамикаси, гомоген ва гетероген мувозанатлар, кимёвий кинетика ва катализ, эритмалар ҳақидаги таълимот ва электрокимё бўлимлари баён этилган. Унинг ҳар бир боби фаннинг тугалланган мустақил қисмини ташкил қилади ва алоҳида маърузанинг мавзуси бўлиши мумкин. Дарслик университетларнинг кимё факультетларида таҳсил олаётганлар учун мўлжалланган бўлиб, ундан кимё-технология институтларининг талабалари ҳамда илмий ходимлар ва ўқитувчилар ҳам фойдалансалар бўлади.
-
O'simliklar sitoembriologiyasi
O'quv qo'llanmada o'simliklar sitoembriologiyasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi, mikrosporogenez, otalik gametofitining tuzilishi, megasporogenez, urug'chi gametofitining rivojlanishi, changlanish, chang donasining unishi, chang nayining o'sishi, qo'sh urug'lanish, endospermning rivojlanishi, embriogenez, apomiksis, sitoembriologiyasining asosiy tamoyillari haqida asosiy ma'lumotlar tegishli illyustratsiyalar bilan keltirilgan.
-
Elektrotexnikaning nazariy asoslari
Darslik ikki qismdan iborat bo`lib, uning birinchi qismida chiziqli elektr va magnit zanjirlari nazariyasi asoslari yoritilgan. Har qanday mustaqil va rivojlangan davlatning iqtisodiy va industrial qudratiga baho berishda uning energetikasi va energoresurslari (ko`mir, neft, gaz va h.k.) hisobga olinadi.
-
Nazariy elektrokimyo
Ushbu o’quv qo`llаnmа 70710106 – Mаtеriаllаr kimyoviy qаrshiligi vа zаnglаshdаn himоyalаsh magistratura mutaxassisligi bo’yicha tа’lim оlаyotgаn mаgistrаntlаr uchun mo’ljаllаngаn bo’lib, unda elеktrokimyo sohasining asosiy kimyoviy va elеktrokimyoviy jarayonlarida sodir bo’ladigan fizik va kimyoviy o’zgarishlarning nazariy asoslari to’laligicha yoritib bеrilgan. O’quv qo’llanmada elеktrokimyo bo’yicha amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ko’p miqdorda matеrial yig’ilgan bo’lib, kimyoviy va elеktrokimyoviy qoplashda sodir bo’ladigan jarayonlarning alohida turlari bo’yicha tavsiyalar kеltirilgan. Undagi matеriallardan Kimyoviy tехnоlоgiya ta’lim yo’nalishi bo’yichа tа’lim olayotgan tаlаbаlаr vа kаttа ilmiy хоdim-izlаnuvchilаr hаm fоydаlаnishlаri mumkin.
-
Быстрые и медленные подсистемы в атомной физике
Посвящено аналитическим методам описания различных процессов взаимодействия атомарных систем на основе концепции быстрых и медленных подсистем, сильно взаимодействующих друг с другом. Большое внимание уделяется физической интерпретации теории. Пособие представляет собой часть общего курса квантовой механики, читаемого в Московском физико-техническом институте.
-
Noosfera: geosiyosat va mafkura
Qo`llanma materiallaridan Milliy g`oya yo`nalishidagisiyosatshunoslik, falsafa, etika, fanlaridan dars berayotgan barcha professor-o`qituvchilar hamda bu yo`nalishlarda ta`lim olayotgan talabalar ham foydalanishlari mumkin.
-
Амалий математика, дастурлаш ва компьютернинг дастурий таъминоти
Ўқув қўлланма “Амалий математика, дастурлаш ва компьютернинг дастурий таъминоти”дан лаборатория ва амалий машғулотлар учун мўлжалланган бўлиб, ундан “Информатика ва ҳисоблаш техникаси”, “Сонли усуллар”, “Ҳисоблаш математикаси”, “Алгоритмлаш ва дастурлаш”, ’’Компьютер ва унинг тизимлари” каби курсларни ўқитишда хам фойдаланиш мумкин. Қўлланмада ёритилган барча мавзулар бўйича масалани ечиш намуналари, Бейсик ва Паскал алгоритмик тилидаги дастур матни хамда етарли даражада мустақил бажариш учун топшириқлар келтирилган. Қўлланма олий ўқув юртларининг талабалари учун мўлжалланган.
-
Моделирование и оптимизация потокораспределения в инженерных сетях
Значительное место в структуре топливно-энергетического комплекс занимает класс трубопроводных систем энергетики, к которому относятся системы газ -нефть- тепло- и водоснабжения
-
Muhandislik geologiyasi va gidrogeologiya
Mazkur darslik 60730400–“Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo’yicha)” ta‘lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan bo‘lib, unda “Muhandislik geologiyasi va gidrogeologiya” fanining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi, boshqa fanlar bilan munosabati, mamlakatimiz xalq xo’jaligida tutgan o’rni va mazmuni, vazifalari, yerni tuzilishi va uni tarkibi, cho‘kindi hosil bo‘lish jarayonlari va tektonika, tog‘ jinslarini yotish sharoiti va shakli, yer osti suvlari, nurash, yer usti suvlarini faoliyati, dengiz va ko‘l yotqiziqlari, qor va muzliklarni faoliyati, abadiy muzliklar, ko‘chkilar, yer silkinishi, shuningdek, yer osti suvlarining paydo bo’lishi, harakat qilish, tarqalish, tarkibi, xossa va xususiyatlari, rejimi, balansi, zaxiralari ularni o’rganish usullari va muhandis-geologik tadqiqotlar to‘g‘risida tushunchalar kabilar keltirilgan.
-
Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi
Ushbu darslik "Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi" bakalavriat yo‘nalishi hamda Muhandislik grafikasi va uni o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha amaldagi dastur asosida tayyorlandi. Darslik ikkita bobga bo‘lingan bo‘lib, birinchi bob muhandislik grafikasini o‘qitishning umumiy masalalariga, ikkinchi bob esa, chizmachilikning asosiy mavzularini o‘rgatish muammolariga bag‘ishlangan.
-
San'at asarlarining fizik-kimyoviy ekspertizasi
Mazkur darslik «San'at asarlarining fizika-kimyoviy ekspertiza» fani bo‘yicha tayyorlangan. Darslikda fizika-kimyoviy ekspertiza tushunchasi va uning mohiyati, art-kriminalistikaning maqsad va vazifalari, texnologik ekspertiza jarayonida qo’llaniladigan uslublar haqida batafsil to‘xtalib o‘tilgan. Bundan tashqari darslik san'nt asarlarining tinlari bo'yicha ekspertiza o‘tkazishning o‘ziga xosliklaridan kelib chiqqan holda rangtasvir, haykaltaroshlik, zargarlik, gazlama va gilam, chinni buyumlar ekspertizasiga oid mavzularni o‘z ichiga qamrab oladi.