-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
Umumsan`at tarixi
Mazkur o‘quv qo‘llanma “Umumsan’at tarixi” fanini o`rganuvchi talabalar uchun mo`ljallangan bo`lib, jahon me’morchiligi va tasviriy san’atidagi badiiy jarayonlami o`rganishdagi eng muhim bosqichlardan biri o`rta asrlar Vizantiya va roman davri san’atini yoritib beradi. Unda Vizantiya hamda roman uslubi me’morchiligi, tasviriy san’ati shakllanishiga ta’sir ko'rsatgan asosiy omillar, sanamnavislikning badiiy kanonlari va o`ziga xos uslubiy jihatlari ochib berilgan, davr madaniyatidagi asosiу chizgilarni namoyon etuvchi durdona asarlar tahlil etilgan. Qo`llanmada san’atshunoslik va me’morchilik ilmida keng muomalaga kirgan atamalarga batafsil izoh keltirilgan. “Umumsan’at tarixi (O`rta asrlar san’ati)” o`quv qo`llanmasi badiiy ta’lim yo`nalishidagi oliy, o`rta mahsus va kasb-hunar kolleji talabalari uchun mo`ljallangan.
-
Ijtimoiy sug`urta. Tibbiy mehnat ekspertizasi tushunchasi va uning mohiyati. Mehnatga yaroqsizlikning vrachlik ekspertizasi vazifalari. Nogironlik. Reabilitatsiya
Bu o`quv qo`llanma barcha davolash, kasbiy ta`lim, stomatoloiya, pediatriya yo`nalishlar bakalarviat talabalari va magistratura mutaxassislarining reabilitatsiya yo`nalishi magistrantlari, va “Jamoat salomatligi va sog`liqni saqlashni boshqarish” fani hamda “Medisina reabilitasiyasi, sport mesisiani va xalq tabobati” kafedrasidagi “Sport tibbiyoti va reabilitologiya” fani bo`yicha ushbu mavzuni o`rganishda katta ahamiyatga ega. O`quv qo`llanma mavzuga oid barcha materiallar, nazorat savollari va test shaklida topshiriqlar, vaziyatli masalalar keltirilgan
-
Кўтариш-ташиш машиналари
"Кўтариш-ташиш машиналари" дарсликда замонавий юк кўтариш, ташиш ва ортиш машиналарининг констукциялари, уларнинг тузилиш принципи, ишлатилиш соҳалари, бу машиналарни назарий ҳисоблаш ва лойиҳалаш тартиби ҳақидаги маълумотлар келтирилган. Дарслик олий техника ўқув юртлари механика факультетларининг ҳамда бошқа факультетларнинг "Кўтариш-ташиш машиналари" курси ўрганиладиган ихтисосликлари студентлари учун мўлжалланган.
-
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish
Mazkur darslikda Respublikada ekologik siyosatning shakllanishi, ekologik omillar, ekologik tizimlar, ekotizimlar, biosfera haqida ma'lumot va boshqa mavzular tasdiqlangan o'quv dasturiga muvofiq kiritilgan.
-
Фан ва техникада системавий ёндашиш асослари
Қўлланмада системавийликнинг асосий тушунмалари - тасниф, моделлар, система чегаралари, шунингдек уларни тадқиқ этиш методологияси берилди. Системавий ёндашиш асосида техника объектларини лойиҳалаш: лойиҳалаш тамойиллари ва жиҳатлари, техника объектининг конструкциявий тамойиллари, ишлаб чиқариш талаблари системаси, техника объектларидан фойдаланиш ва уларни тугатиш кўриб чиқилди. Бирор қарорга келиш асоси, мақсадни аниқлаш ва муқобилларни ахтариш, танловни самаралилаштириш асослари берилди.
-
Strategik menejment
Mazkur darslikda strategik menejmentda rejalashtirish va ijrosini ta'minlash usullari qo'llay olish,mavjud xavf-xatarlarni hisobga olish,raqobat muhitini tahlil qilish,strategik menejmentning ijrosini ta'minlash va ularning natijalaridan foydalanishga oid masalalar batafsil yoritilgan.Darslik namunaviy o'quv dasturi asosida tayyorlangan bo'lib,oliy o'quv yurtlari magistrantlari,va o'qituvchilari,ilmiy xodimlar,rahbar va mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
-
Дирижирование
Пособие предназначено для учащихся музыкально-педагогических колледжей, будет полезно и для студентов музыкальных факультетов педагогических вузов.
-
Машина-трактор паркидан фойдаланиш
Қўлланма талабаларнинг муетакил ишларини ташкил этишга ёрдам берадиган мисол, масалалар ва зарурий қушимча маълумотлар билан тўлдирилган бўлиб, улар инновацион педагогик технологиялардан фойдаланиб модулларга бўлинган ва муаммоли баҳс-мунозара юритиш асосида тахлил қилиш, мавзунипг максад ва мохияпши очиб беришга қаратилган.
-
Amaliy suyuqlik mexanikasi
Ushbu qo`llanmada fizik xossalari, gidrostatik bosimni aniqlash va ixtiyoriy sirtga ta`sir etuvchi kuchini topish, uzluksiz va D. Bernulli tenglamalari, yo`qolgan damlar, qo`ndirg`ichlardan suyuqlikning oqib chiqishi, oddiy va murakkab bo`lgan quvurlarni gidravlik hisoblashni o`rgatadi.
-
Kimyo
"O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini talabalar ongiga singdirish ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish tarmoqlariga malakali kadrlar etishtirib chiqarish jarayonida ta’lim mazmunini milliy istiqlol g‘oyalari bilan to‘ldirib borish lozim bo‘ladi. Zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlatish yoki yosh avlodga milliy istiqlol g‘oyasini etkazish uchun jahon standartlari darajasidagi fan va texnika hamda ilg‘or tajriba va texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan boxabar bo‘lgan, raqobatbardosh, o‘z sohasini ham ilmiy ham amaliy bilgan mutaxassislarni tayyorlashda ta’lim yo‘nalishlari fanlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyatga egadir."
-
Кўкаламзорлаштириш асослари
Дарсликда Ўзбекистонда аҳоли яшаш жойларини кўкаламзорлаштириш, дарахт, бута ва манзарали ўсимликларни алоҳида объектлар учун танлаш услублари келтирилган. Бундан ташқари, кўкаламзорлаштириш тарихи, дарахтзорларнинг микроиқлимга таъсири, режалаштириш турлари, ҳар хил ранглар композициясидан фойдаланиш, дарахтларни меъёрлаштириш ҳақида маълумотлар келтирилган.
-
Neft-gaz kimyosi va fizikasi
Mazkur darslikda neft va gazni qayta ishlash sanoati haqida umumiy ma`lumotlar, neft va gazning umumiy xossalari va singlanishi, neftning paydo bo`lishi haqidagi nazariyalar, uning fizik-kimyoviy xossalari, neft-gazlarning tarkibidagi alkanlar, katalitik jarayonlar va katalizatorlar to`g`risida umumiy ma`lumotlar termokatalitik jarayonlarda uglevodorodlarni o`rganish, neftni qayta ishlashda gidrogenlash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar keltirilgan.
-
Ўзбекистон Республикасининг меҳнат ҳуқуқи
Дарслик юридик институтлари ва факультетларининг талабаларига мўлжалланган.
-
Elektr ta’minoti asoslari
Elektr ta’minoti asoslari darsligi o'quv dasturi asosida tayyorlangan. Mazkur darslik xorijiy adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlar asosida va xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida mazkur fanni o ‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar asosida takomillashtirilib qayta nashrga tayyorlandi. Darslikda sanoat korxonalarida elektr ta’minotini tashkil etish va loyihalash to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tilgan. Sanoat korxonalarida energiya nazorati va hisobini amalga oshirish va avtomatlashtirilgan tizimlarni qurish orqali energiyadan ratsional foydalanish usullari keltirib o'tilgan.
-
Умумий электротехника
Дарсликда электротехниканинг назарий ва амалий масалалари баён қилинади. Электр ўлчов асослари, электромашиналар, трансформаторларнинг тузилиши, ишлаш принциплари ва асосий характеристикалари кўриб чиқилган. Электромеханик материаллар, электр юритма ва электр таъминотига доир маълумотлар келтирилган.
-
Suv ta’minoti va oqava suvlarni oqizish tizimlari
"Mazkur o’quv qo’llanma davlat ta’lim standartlari va namunaviy o’quv dasturi asosida tuzilgan bo’lib, texnika oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan 5340400 «Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji» (Suv ta’minoti va oqava suvlarni oqizish) ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan. O’quv qo’llanmada, O’zbekiston Respublikasi hududlarida tabiiy ichimlik suvi manbalaridan oqilona foydalanish, ichimlik suvi iste’moli dinamikasini barqarorlashtirish, suvni qabul qiluvchi inshootlarni loyihalash, gidravlik hisoblar, qurilish ishlari bajarilishi va ekologik muxofazasi masalalarini tashkil qilish, shaharlarda atmosfera yo’g’ini oqava suvlari va kanalizatsiya tizimlarini boshqarish, sanoat korhonalaridan chiqadigan oqava suvlarni tozalash, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsyiya qilish va markazlashgan boshqaruv tizimlarini sohaga joriy qilish muammolari haqida ma’lumotlar, mukammal keltirilgan."