-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
-
-
-
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
-
Ekologik monitoring
Ushbu qo`llanma “Ekologik monitoring” fanidan yuzaga kelgan va shakllantirilgan yo`nalishlarning asosiy mazmunini ochib berishga qaratilgan. Unda ekologik monitoringning ilmiy-nazariy asoslari, monitoring turlari, ekologik monitoringning xalqaro jihatlari, O`zbekiston Respublikasining ekologik monitoring tuzilmasi va uni turli ekotizimlarda amalga oshirish kabilar atroflicha yoritilgan. Qo`llanma iqtisodchi-ekolog bakalavrlarga mo`ljallangan. Undan sohaga aloqador boshqa ixtisoslikdagi talabalar, mutaxassis ekologlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Hаrаkаt хаvfsizligini tashkil etish asoslari
Ushbu o’quv qo’llanma 5310600 - “Yer usti tarnsport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti)” va 5620100-“Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi (avtomobil transporti)” bakalavriyat ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun Oliy va o'rta masxsus ta'lim vazirligining 2019-yil 4- oktyabrdagi 892-sonli va 2020-yil 4-maydagi 285-sonli buyrug'i bilan ma'qullangan va tayanch oliy ta'lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan “Avtomobillarda tashish va harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari” va “Hаrаkаt хаvfsizligini tashkil etish asoslari” fanlarining namunaviy dasturlari asosida tayyorlangan.
-
Математик моделлар ва муҳандислик масалаларини сонли ечиш усуллари
Дарсликда тенгламалар тизими, оддий дифференциал ва интеграл - дифференциал ҳамда ҳусусий ҳосилали дифференциал тенгламалар орқали моделлаштириладиган муҳандислик масалалари ва уларни сонли ечиш усулари баён этилган. Ушбу китоб биринчи навбатда техника олий ўқув юртларининг бакалавр талабалари учун мўлжалланган бўлиб, ундан муҳандислик масалаларини ЭҲМ да ҳисоблаш муаммолари билан шуғулланадиган илмий тадқиқотчилар ва муҳандислар ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Atrof-muhitni muhofaza qilish va shahar iqlimshunosligi
Ushbu qo‘llanmaning I qismida urbanizasiya sharoitlarida atrof-muhit muammolarining holati, shohorni о'rab turuvchi muhit holatini baholash masalalari atroflicha ко‘rib chiqilgan edi. Bu о ‘quv qo'llanma faqat talabalar uchungina emas, balki shu sohada faoliyat olib borayotgan imitaxassislar uchun ham foydali bo'lishi mumkin.
-
Mikroiqtisodiyoti
Darslikda iqtisodiyotning quyi pog'onasi, ya'ni bozorda toʻgʻridan toʻgʻri harakat qiladigan subyektlarning iqtisodiy faoliyatining nazariy va amaliy tomonlari yoritilgan. Korxonalarning raqobatlashgan bozordagi harakati, monopol va oligopolik bozorlardagi harakati bilan bogʻliq nazariy va amaliy masalalar oʻrganilgan va grafiklar asosida tahlil qilingan hamda korxonalar foydasini maksimallashtirishga doir masalalarning iqtisodiy qo'yilishi va ularning yechimi ko'rsatib berilgan. Shuning bilan birga bozor tuzilmalari va ularning oʻziga xos xususiyatlari, bozor iqtisodiyotiga davlatning ta'siri hamda uning oqibatlari bilan bogʻliq nazariy masalalar ham darslikda o'z aksini topgan.
-
Kartashunoslik
Ushbu darslik oliy ta ’lim muassasalarining 5311500 — Geodeziya kartografiya va kadastr yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalariga mo'ljallangan bo'Iib, unda kartografiya va geografik kartalar, kartalarning matematik asos, kartografik belgilar va kartografik tasvirlash usullari, kartografik generelizatsiya hamda uning mohiyati va omillari, generelizatsiya turlari, shuningdek geografik karta va atlaslarning ta'rifi, tasnifi, turlari, tiplari, ularni loyihalash va tuzish, bunda zarur bo'lgan manbalar tuzilgan kartalardan foydalanish, ular orqaili geografik tadqiqotlar olib borish, kartografiyaning geoinformatika hamda telekommunikatsiya tarmoqlari bilan aloqalari bayon qilingan. Darslikda kartografiyaning rivojlanish tarixi atroflicha ko‘rib chiqilgan.
-
Маънавият ва шахс тарбияси
Ушбу услубий қўлланмада маънавият ва шахс тарбияси, шахс камолотида маънавиятнинг ўрни, ҳамда жадидчиларнинг ватанпарварлик ва халқпарварлик қарашлари, бўш вақтдан унумли фойдаланиш, диний фундаментализм, экстремизм ва терроризмнинг мохияти, салбий оқибатлари ҳусусида фикр мулохазалар илгари сурилган.
-
Sport pedagogik mahoratini oshirish
O‘quv qo‘llanmada Sport pedagogik mahoratini oshirish (voleybol, basketbol, gandbol) dan sportchilarning texnik – taktik mahorati va jismoniy tayyorgarligini mukammallashtirish masalalari, sportchilarning nazariy va ruhiy tayyorgarlik masalalari, shuningdek tayyorgarlik jarayonida umumiy mukammallikka erishish masalalari ko‘rsatilgan va sodda tilda bayon etilgan. O‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasasi talabalari, mintaqaviy malaka oshirish markazi tinglovchilari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport o‘yinlari bo‘yicha jamoalar murabbiylari uchun mo‘ljallangan.
-
Назарий механика
Ушбу ўқув қўлланма педагогика институтларн учун назарий механика бўйича белгиланган дастур асосида ёзилган. Қўлланмада бутун курс статика, кинематика ва динамика қисмларига ажратилган ҳолда баён этилди. Кўпгина мавзулардан сўнг масалалар ечиб кўрсатилган ҳамда мустақил ечиш учун масалалар берилган
-
Teatr, kino va musiqa san'ati
Mazkur o`quv qo`llanmada teatr, kino va musiqa san'ati tarixi va bu san'at turlarining xususiyatlari atroflicha bayon etilgan. O`quv qo`llanma bu san’at turlarining paydo bo`lgan davrdan to XX asr oxiriga qadar bo`lgan barcha asosiy bosqichlarni bir kitob doirasida qamrab olishga va tahlil etishga qaratilgan. O`quv qo`llanmada talabalar yaratilgan asarlar tarixi; teatr, kino, televidenie, musiqa, san’ati ijodkorlari, asosiy turlari va ularning o`zaro bir biriga ta’siri; janrlar to`g`risidagi to`la-to`kis ma’lumot topishlari mumkin. U talabalarning mustaqil ma’ruzalar tayyorlashlarida, ilmiy izlanishlarida alohida ahamiyat kasb etishi mumkin.
-
Suv ta’minoti va oqava suvlarni oqizish tizimlari
"Darslik "Suv ta’minoti va oqava suvlarni oqizish tizimlari" Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy fan dasturiga mos bo'lib, suv ta’minoti va oqava suvlarni oqizish tizimlari tarixi va rivojlanish tendensiyalari, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari to'g'risida umumiy ma’lumotlar, suv ta’minoti va oqava suvlarni oqizish tizimlarining asosiy elementlari, vazifasi, konstruktsiyalari, turlari, markirovkasi, ularni hisoblash va loyihalash asoslari, parametrlarini hisoblash, ularning xarakteristikalarini qurish tartibi va qoidalari to‘g‘risida nazariy va amaliy ma’lumotlar berilgan."
-
Amaliy tarjima (fransuz tili)
Mazkur o‘quv qo'llanma fransuz tili bo'yicha o'z bilimlarini mustahkamlab, yanada chuqurlashtirmoqchi bo'lganlarga hamda taijimonlik fakultetlari o'quv dasturiga binoan 3 - 4 - bosqich talabalariga mo'ljallangan. Qo'llanmaning asosiy maqsadi talabalarda fransuz tilidan o'zbek va rus tillariga, o'zbek va rus tillaridan fransuz tiliga og'zaki taijima qilish bilim, malaka va ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdir.
-
Антрополо-гические и биомеханические основы конструирования изделий из кожи
Приведены основы анатомии физиологии верхних и нижних конечностей: строение и функции скелета, мышц, сосудистой и нервной системы конечностей . Рассмотрены методы массовых антропологических измерений, применение ЭВМ для обработки движений человека.
-
Нанотехнологии в строительстве и архитектуре ХХI века
В учебном пособии излагается история открытия нанотехнологи приводятся методы получения наночастиц и наноматериалов раскрыты области применения в настоящее время и возможные перспективы развития данного направления в промышленности строительных материалов и стройиндустрии и архитектуре.
-
Amaliy mexanika
Laboratoriya praktikumi talabalarni mexanika sohasida eksperimental tatbiq qilish usullarini qo‘llashga undaydi. Bunda talabalar asosiy gipotezalar va farazlarni hisoblash modellari va formulalarining tatbiq etish chegaralarini baholash, konstruksiya materiallarining mexanik xarakteristikalarini tekshirish va tasvirlash yo‘li bilan bunga ishonch hosil qiladilar.Ushbu darslik oliy o ‘quv yurtlarining bakalavr darajasiga tayyorlanadigan talabalar uchun mo‘ljallangan.
-
Neft va gaz kimyo sanoati katalizi
“Neft va gaz kimyo sanoati katalizi” darsligida katalizning maqsadi va vazifasi, neftni neft mahsulotlarini qayta ishlashda katalizatorlarni qo’llashning nazariy asoslari, katalizator tayyorlashda ishlatiladigan yozuvchilar hamda ularning barqarorligini oshirish, aktivligini qayta tiklash va tayyorlash usullari kiritilgan.