-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
-
-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
NAVOIYSHUNOSLIK. LIRIK ASARLARNI SHARHLASH: G‘AZAL SHARHI
Mazkur o‘quv qo‘llanma respublika oliy o‘quv yurtlari 60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili), 60111400 - O‘zbek tili va adabiyoti, 60230300 - Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o‘zbek) ta’lim yo‘nalishlari talabalariga o‘tiladigan "Navoiyshunoslik" fani dasturining "Navoiy asarlarini sharhlab o‘qish tamoyillari" moduli asosida tayyorlangan bo‘lib, unda ulug‘ shoir asarlariga sharhlar bitish an’anasi, lirik asarlarini sharhlash tamoyillari va g‘azallarini sharhlash mezonlar
-
Комил инсон – адабиёт идеали
Ушбу рисолада Шарқ мумтоз шеъриятида жуда катта ўрин тутган ҳамсанавислик анъаналари қаламга олинар экан, тўрт буюк даҳо – Низомий Ганжавий, Амир Хусрав Деҳлавий, Абдураҳмон Жомий ва Алишер Навоий “Хамса”ларининг илк достонлари қиёсий таҳлил қилинади.
-
Адабий манбашунослик ва матншунослик
Ушбу ўқуv қўлланма ўзбек тилида манбашунослик ва матншунослик соҳасида қўйилган биринчи қадам бўлиб, ўрта асрлар арабий, форсий ва туркий адабий мерос материаллари асосида ёзилган. Китоб филология соҳаси мутахассислари ҳамда талабаларга, шунингдек, манбашунослик ва матншунослик масалалари билан қизиқувчиларга мўлжалланган.
-
Aruz vazni qoidalari
Mazkur o'quv qo'llanmada turkiy va fors-tojik mumtoz she’riyatining asosiy o'lchov tizimi bo'lgan aruz, uning nazariyasi va amaliyoti, turkiy aruzning o'ziga xos ritmikasi hamda qonuniyatlari yoritilgan. Qo'llanma filologiya va tillarni o'qitish yo'nalishi talabalari, magistrantlari hamda shu soha yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarga mo'ljallangan.
-
БУЮК ИПАК ЙЎЛИ (Қитъалар ва асрлар оша)
Ушбу китоб қадимдан Шарқ ва Ғарб мамлакатларини иқтисодий, маънавий-маданий жиҳатдан камардек боглаб турган, қитъалараро ўтган савдо карвон йўли - Буюк швах йўлининг тарихини ўрганишга бағишланган. Китобда Ипак йўлининг пайдо бўлиши, ривожланиш босқичлари, бу йўл ёқасида барпо қилинган шаҳарлар, карвонсаройлар, ҳунармандлар устахоналари ҳақида сўз юритилган. Шунингдек, Ипак йўлидаги танга-пул муомаласи, бу йўлда амалга оширилган элчилик муносабатлари ҳамда ушбу йўлдан тарқалган динлар, гоялар, а
-
Tarix o‘qitish metodikasi
Ushbu qo‘llanmada Tarix o‘qitish metodikasi o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining tarix ta’lim yo‘nalishi va gumanitar fanlari blokidagi “Tarix o‘qitish metodikasi” fani namunaviy o‘quv dasturiga mos ravishda bakalavriat talabalari va o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanma tarixchilar, arxeologlar, etnograflar va qadimgi dunyo tarixi bilan qiziqqan keng jamoatchilikka mo‘ljallangan.
-
Tilshunoslik nazariyasi
Mazkur o‘quv qo‘llanmada oliy ta’lim Davlat ta’lim standartlari talabiga binoan 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim bakalavriaturada tahsil oladigan talabalarga o‘qitilayotgan «Tilshunoslik nazariyasi» fanini o‘zlashtirishning zamonaviy va qulay usullari ko‘rsatilgan.
-
Hozirgi o'zbek tili
Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining filologiya yo'nalishi sirtqi ta'lim talabalari, o'qituvchilar va soha bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo'ljallangan bo'lib, mavzulari izchil tarzda sodda uslubda bayon qilingan va til haqidagi amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga asosiy e'tibor qaratilgan.
-
Qadimgi sharq harbiy san’ati
Risolada qadimgi sharq davlatlarida harbiylarning paydo bo'lishi va armiyalar tashkil etilishi haqida tarixiy ma'lumotlar beriladi. Harbiy san'at tarixi insoniyat tarixining bir qismi bo'lib, uni o'rganish barqaror taraqqiyotni belgilashda va zamonaviy armiyaning o'rnini anglashga yordam beradi. Ushbu risola tarix ixtisosligi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar, o'quvchilar va shu mavzuga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Matn tarjimasi va tahriri
Mazkur o'quv qo'llanma magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, matn tarjimasi va tahriri sirlari, tarjima texnikasi hamda tarjima matnlarini tahrir qilish ko'nikmalarini shakllantirishga bag'ishlangan. Kitobda ilmiy, badiiy va publitsistik matnlarni tarjima qilish tamoyillari yoritilgan.
-
Tarix o‘qitish metodikasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining tarix ta’lim yo‘nalishi va gumanitar fanlari blokidagi “Tarix o‘qitish metodikasi” fani namunaviy o‘quv dasturiga mos ravishda bakalavriat talabalari va o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, qo‘llanma tarixchilar, arxeologlar, etnograflar va qadimgi dunyo tarixi bilan qiziqqan keng jamoatchilikka mo‘ljallangan.
-
Afg‘oniston tarixi
Mazkur o‘quv qo‘llanmada Afg‘oniston davlatining qadimgi davrdan boshlab tarixiy rivojlanish jarayonlari, ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayoti va davlatchilik tarixi yoritilgan. Kitobda mamlakat hududidagi ilk manzilgohlar, arxeologik topilmalar, etnik va hududiy muammolar hamda tashqi siyosat masalalari ilmiy jihatdan tahlil etilgan.
-
Жаҳон тарихи. Янги давр (1800 — 1918 йиллар)
Mazkur o'quv qo'llanma XIX asr va XX asr boshlaridagi jahon tarixi, industrial sivilizatsiyaning qaror topishi, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarga bag'ishlangan. Unda sanoat to'ntarishi, burjua inqiloblari, mustamlakachilik va boshqa muhim tarixiy voqealar tahlil qilingan.
-
Jahon tarixi (Yangi davr)
Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma Jahon tarixi fanining namunaviy fan dasturi va o'quv-me'yoriy hujjatlar talablari asosida tuzilgan bo'lib, unda Jahon mamlakatlarida kapitalistik munosabatlarni shakllanishi, burjua inqiloblari, ilmiy-texnikaviy inqiloblar va bugungi dunyo sivilizatsiyasining tarixiy ildizlari ko'rsatib berilgan.
-
XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMIYAT TARIXI
Ushbu o'quv qo'llanmada chet el mamlakatlarining xalqaro munosabatlari va diplomatiyasi tarixiga oid dolzarb masalalar ko'rib chiqilgan. Mualliflar xalqaro munosabatlar va diplomatiya taraqqiyotining asosiy bosqichlari, yo'nalishlari va tendentsiyalarini alohida davlatlarning tashqi siyosati negizida tahlil qilishgan. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixini yoritishga taalluqli turli faktik ma'lumotlar qo'llanmada umumlashtirilgan.
-
O‘rta asrlar diplomatiyasi va xalqaro munosabatlar tarixi
O‘quv qo‘llanmada o‘rta asrlarda Yevropaning Franklar, Fransiya, Italiya, Vizantiya imperiyasi, Rus davlati, Rim papaligi va Osiyoning Xitoy, Hindiston, Arab xalifaligi, mo‘g‘ul davlatlarining diplomatiyasi va xalqaro munosabatlari tarixi yoritilgan. G‘arb va Sharq davlatlaridagi tashqi siyosat tuzilmalarining shakllanishi, ulardagi o‘ziga xos elchilik munosabatlari va tartiblari masalasiga e’tibor qaratilgan.