-
-
Veterinariya va chorvachilik
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
-
-
Elektrotexnika va elektronika asoslari
Mazkur qo‘llanmada elektroenergetika fanining deyarli barcha bo‘limlari bayon etilgan va kasb-hunar kollejlarining barcha yo‘nalish va mutaxassisliklari uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘llanmada o‘quv materiali „Tajriba — nazariya—amaliyot“ uslubida bayon qilingan. Unda har bir mavzuni bayon qilishning uslubiy tomoniga alohida e’tibor berildi va matnlarning oddiy, tushunarli, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga mos bo‘lishga harakat qilindi.
-
Математик анализ курсидан мисол ва масалалар туплами
Ушбу китоб 1993 (I том) ва 1995 (М том) йилларда уцув цулланма сифат ида чоп этилга н «Математик анализкурсидан мисол ва масалалар туплам»ларининг давоми булиб, у комплекс Узгарувчили функцияларнинг анализи буйича мисол ва масалаларнн уз ичига олади
-
Veterinariya parazitologiyasi
O‘quv qo‘llanma umumiy parazitologiyaning fan sifatidagi rivojlanishi va uning biologik asoslari, invazion kasalliklar, parazitlarga qarshi kurash choratadbirlari, gelmintlar va ular keltirib chiqaradigan kasalliklar to‘g‘risida umumiy ma’lumot, veterinariya gelmintologiyasi, araxno-entomologiyasi, veterinariya protozoologiyasi kabi boblarni o‘z ichiga oladi. Bu boblarda parazitar kasalliklarga tasnif berilib, qo‘zg‘atuvchisining morfologiyasi, biologiyasi, epizoologiyasi, kasallik alomatlari, patologoanotomik o‘zgarishlari, tashxisi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlarining veterinariya ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Veterinariya jarrohligi
Hozirgi vaqtda Respublikamiz hududida ko‘plab qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejlari tashkil etilgan, ular tarkibida veterinariya bo‘limlari mavjud. Qo‘lingizdagi ushbu qo‘llanma veterinariya jarrohligi sohasidagi ilk qadam bo‘lib, u 4 bo‘limdan iborat. Qo‘llanmada veterinariya jarrohligining mohiyati, maqsad va vazifalari, operativ jarrohlik, umumiy va xususiy jarrohlik, ortopediya, oftalmologiya va boshqalarga oid ma’lumotlar berilgan
-
QADIMGI DUNYO TARIXI
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng ta’lim tizimini tubdan isloh qilinishi tarix fanini o‘qitishni yuqori sifat darajasiga ko‘tarish vazifasini qo‘ydi. Ushbu qo‘llanma NDPI tarix fakultetida o‘qilgan ma’ruzalar kursi tajribasi hisobga olingan holda tayyorlangan. 0‘quv qo‘llanmada qadimgi dunyo tarixini eramizdan avvalgi IV ming yillikdan eramizning V asrigacha bo'lgan davri yoritiladi. Qadimgi Sharq svilizatsiyalari, Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rimning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti, ular yaratgan madaniy yutuqlarning asosiy jihatlari ochib beriladi. Qadimgi dunyo tarixining Qadimgi Sharq, Yunoniston, Rim tarixi bo‘yicha ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika institutlarining tarix fakultetlari I kurs talabalari uchun mo'ljallangan. 0‘quv qo‘llanma darsliklarni takrorlamaydi, faqat fanning asosiy muammolarini yoritadi va talabalarga qadimgi dunyo tarixini o‘rganishga yordam beradi. Har bir mavzu bo‘yicha asosiy sanalar, tayanch iboralar, reyting savollari, mustaqil ishlar, kurs ishlari, manba va adabiyotlar tavsiya qilingan. Qo‘llanma davlat ta’lim standartlari asosida tarix fakultetilarining umumiy tarix bo‘yicha zamonaviy dasturlariga mos keladi. Q‘quv qo'llanma oliy o ‘quv yurtlarining tarix fakultetlari I kurs talabalari va boshqa qadimgi dunyo tarixi bilan qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқариш иқтисодиёти
Қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқариш иқтисодиёти фанидан ушбу қўлланма Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги ҳамда Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими Маркази томонидан тасдиқланган бўлиб, қишлоқ ва ўрмон хўжалиги йўналишидаги касб-ҳунар коллежлари ўқув режа ва дастурлари асосида тайёрланган.
-
Физика
КУлланма турт қисмдан иборат булиб, I кисми физика курсининг «Механика», 2 кисми «Молекуляр физика», III қисми «Электродинамика асослари» ва IV қисми «Оптика, атом, ядро ва элементар заррачалар физикаси» булимларидан иборатдир.
-
Агрокимё
Ушбу қўлланма олий ўқув юртларининг «Касб таълими – агрономия» йуналишининг Давлат таълим стандарти талаблари ва шу асосда ишлаб чиқилган фан дастури бўйича тайёрланган. Қўлланмада ўсимлик, тупроқ ва айрим ўғит хилларининг кимёвий хоссаларини ўрганишга оид хозирги замон усуллари билан бир қаторда уларни дала шароитида ҳамда мукаммал жихозланмаган лаборатория шароитида ҳам аниқлаш мумкин бўлган усуллар услубий қурсатмалар ҳолида баён қилинган.
-
Matematik fizika tenglamalari
O'quv qo‘llanma matematik fizika tenglamalari faniga bag‘ishlangan. Unda matematik fizika tenglamalari haqida umumiy tushunchalar, matematik fizikaning asosiy tenglamalari va ularni keltirib chiqarish hamda bu tenglamalar uchun asosiy boshlang‘ich-chegaraviy masalalarning qo'yilishi va ularni yechishning ayrim nsullari bayon qilingan. Ayrim mavzularga oid tipik misol va masalalarning yechilishi ko‘rsatilgan hamda mustaqil yechish uchun masalalar berilgan. Qoilanmada nazorat uchun testlardan namunalar keltirilgan.
-
Катта мумкуясини ( Galleriya mellonellal) биоэкологияси ва кўпайтириш технологияси
Ушбу ўқув қўлланма 5410300-Ўсимликлар ҳимояси ва карантини таълим йўналиши талабалари ва 5А410301-Ўсимликлар ҳимояси (усуллари бўйича) мутахасисслари магистрлари учун мўлжалланган бўлиб, ундан шу соҳа мутахасисслари, агрономлар илмий тадқиқотчилар ҳамда биолаборатория ходимлари фойдаланишлари мумкин.
-
QADIMGI SHARQ TARIXI
Qadimgi Sharq kishilik madaniyatining ilk markazlaridan biri hisoblanadi. Qadimgi Sharq tarixi deganda Yevropadan Sharqda joylashgan ko'hna Misrdan Xitoygacha bo'lgan hududlarda yashagan xalqlar va davlatlar tarixi tushuniladi. Mazkur o'quv qo'llanmada Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Kichik Osiyo, Arabiston, Eron, O'rta Osiyo, Hindiston, Xitoy, Koreya, Yaponiya va Janubi-sharqiy Osiyo xalqlari va davlatlarining tarixi, xo'jalik faoliyati, moddiy va ma'naviy madaniyati haqida ma'lumot beriladi. O'quv qo'llanmada Sharq davlatlarining tarixiga bog'liq xaritalar va rasmlar ilova qilingan.
-
Matematik fizika tenglamalari
0 ‘quv qo'llanma matematik fizika tenglamalari faniga bag‘ishlangan. Unda matematik fizika tenglamalari haqida umumiy tushunchalar, matematik fizikaning asosiy tenglamalari va ularni keltirib chiqarish hamda bu tenglamalar uchun asosiy boshlang‘ich-chegaraviy masalalarning qo'yilishi va ularni yechishning ayrim usullaxi bayon qilingan. Ayrim mavzularga oid tipik misol va masalalarning yechilishi ko'rsatilgan hamda mustaqil yechish uchun masalalar berilgan. Qo'llanmada nazorat uchun testlardan namunalar keltirilgan
-
QURILISH MATERIALLARI FANIDAN MISOL VА MASALALAR TO'PLAMI
O'quv qo'llanmada qurilish materiallari fanining hamma boblariga taalluqli misol va masalalar, ularni yechish usullari, talabalarning mushohada darajasini oshiruvchi krossvordlar berilgan. Mazkur o'quv qo'llanma qurilish va arxitektura mutaxassisliklarining barcha ta'lim yo'nalishlari bakalavriat va magistrantlari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan, shuningdek, injener-texnik xodimlar ham foydalanishi mumkin.
-
Harbiy tarix
Mazkur o‘quv qo'llanmada insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridan biri bo'lgan quldorlik jamiyati urushlaridan tortib, hozirgi kunda dunyoda yuz berayotgan kichik ko'lamdagi urushlargacha bo'lgan tarixiy voqelik, bu urushlarda harbiy san’atning qay tarzda rivojlanib kelganligi bayon qilingan.
-
Sotsiologiya
Sotsiologiya boshqa ijtimoiy- gumanitar fanlar tizimida o`ziga xos o`rniga ega bo`lib, jamiyatni bir butun tizim sifatida hamda ijtimoiy munosabatlarni va shahs hulq- atvorini konkret shart- sharoit bilan bog`liqlikda o`rganuvchi yagona fandir.
-
JAHON TEATRI TARIXI
Qo'llanmada Ovro'po teatrining antik davrdan XXI asrgacha bo'lgan ikki yarim ming yillik tarixi bayon qilingan. Unda qadimgi yunon fojianavislaridan boshlab keyingi davrlar Ovro'po teatri rivo- jida muhim o'rin tutgan dramaturglar, aktyor va rejissorlar ijodi, turlicha badiiy uslublar, ijodiy maktablar va ularning oʻziga xos xususiyatlari.atroflicha tahlil etilgan. O'quv qo'llanma san'at, madaniyat, ma'rifat oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan. Ayni chog'da u teatr ijodi bilan shug'ullanuvchi barcha yo'nalishdagi mutaxassis yoshlar uchun qimmatli manba bo'lib xizmat qilishi mumkin.