-
San’at. San’atshunoslik
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
-
Aktyorlik san'ati va badiiy o'qishda ijro mahorat
Ushbu o'quv qo'llanma aktyorlik san'ati va havaskorlik ijrosiga erishish yo'lida qilinishi lozim bo'lgan ishlarni o'z ichiga oladi. Bu esa talabadan o'qish va nutq texnikasini mukammal egallashni talab qiladi. O'quv qo'llanma oddiy o'quvchilar, kollej talabalari, nutq san'ati bo'yicha professional maktablar va shaxsiy studiyalar uchun mo'ljallangan.
-
Fundamentals of English Grammar
Students have even more opportunities to share their experiences, express their opinions, and relate the target grammar to their personal lives. The text often uses the students’ own life experiences as context and regularly introduces topics of interest to stimulate the free expression of ideas in structured as well as open discussions.
-
Tarixning qisqacha tarixi
Qo'lingizdagi mazkur mo'jaz o'quv qo'llanma butun dunyodagi ilk sivilizatsiya o'choqlari, xususan, qadimgi Yaqin Sharqda paydo bo'lgan eng qadimiy tarixiy yozuv shakllaridan tortib, hozirgi global zamongacha bo'lgan davrni qamrab oladi. Albatta, bunday ulkan davrni ushbu muxtasar kitobda batafsil qamrab olish imkonsiz bo'lardi. Mana shundan kelib chiqqan holda, muallif uni "Tarixning qisqacha tarixi" deb nomlab, o'tmishda kechgan, dunyo tarixiga ta'sir ko'rsatgan asosiy voqealarnigina batafsil yoritib o'tadi. Shu bois ham mazkur o'quv qo'llanma jahon tarixini o'rganayotganlar bilan birga uni o'qitayotganlar uchun ham mukammal kirish hisoblanadi. Kitob aynan shu jihati bilan ahamiyatlidir.
-
Ekologiya
O'quv qo'llanmada sanoat korxonalarning atrof-muhitiga ya'ni atmosferaga, litosferaga, gidrosferaga ta'sirini, ekologik tanglik holatlarida ulardan chiqish chora-tadbirlarini tanlay bilishlari, resurslardan oqilona foydalanish va shunga munosib ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo'yicha chuqur bilim olish hamda ilmiy nazariyalarni amalda samarali qo'llashni o'rganish bo'yicha ma'lumotlar mujassamlangan bo'lib, talabalarda bu boradagi ma'ruza va amaliyot darslarida olgan bilimlarni mustahkamlashga imkon beradi.
-
Ўзбекистонда картографиянинг шаклланишиб ҳозирги ҳолати ва ривожланиш истиқболлари
Рисола Ўзбекистонда картогроафиянинг шаклланиши, ҳозирги ҳолати ва ривожланиш истиқболлари ёритилган. Рисола "География", "Геодезия, картография ва кадастр" ва "Гидрометеорология" таълим йўналишлари бўйича таҳсил олаётган талаба-магистрантларга мўлжалланган.
-
Qishloq xo'jaligi muhandislik asoslari
«Qishloq xo'jaligi muhandislik asoslari» nomli ushbu o'quv qo'llanma keng jamoatchilik tomonidan iliq kutib olingan. Chunki bu sohada turli kitoblar ko'p bo'lsa-da, aniq va lo'nda ma'lumotlar kam edi. Shu bois, ushbu kitobda qishloq xo'jaligi muhandisligining keng va xilma-xil sohasi asosiy nuqtalar shaklida qisqa, lo'nda va oson eslab qolinadigan tarzda bayon etilgan. Ya'ni taxminan 5000 ta asosiy nuqtalar keltirilgan.
-
Fan falsafasi
Amerikalik olim Aleks Rozenberg tomonidan nashr qilingan ushbu o'quv adabiyoti Falsafa bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalariga "Ontologiya va bilish nazariyasi" fanining 3 moduli va "Falsafa va fan metodologiyasi" fani bo'yicha ma'ruza va seminar mashg'ulotlariga tayyorgarlik ko'rish uchun yordamchi qo'llanma sifatida tarjima qilingan va nashrga tayyorlangan.
-
"Jahon musiqa tarixi" fanidan talabalarning mustaqil ta'limini tashkil etish bo'yicha o'quv- uslubiy tavsiyalar
Ushbu o’quv-uslubiy tavsiyalarning maqsadi о‘qitishning barcha yо‘nalishlari va о‘quv shakllari bо‘yicha talabalarning «Jahon musiqa tarixi» fanidan mustaqil ta’limini samaradorligini oshirish, talabalarni о‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan ishlashga, о‘rganilgan va o‘zlashtirilgan materialni tanqidiy idrok etishga о‘rgatish. O’quv-uslubiy tavsiyalarda «Mustaqil ta’lim»ning nazariy va uslubiy asoslari ochib beriladi, talabalarning mazkur jarayonni tashkil etish shakllari va usullari bayon etilgan.
-
Grammar Dimensions 2
Lesson Planners contain step-by-step teaching instructions with a choice of lesson plans to suit the needs of individual classrooms and teachers. Grammar explanations focused on form, meaning, and use help students understand the target language.
-
Raqamli topografik xaritalar va rejalarni yaratish va yangilashda fotogrammatik ishlar bo'yicha yo'riqnoma
Mazkur yo'riqnomani texnologik jarayonlar va olinadigan mahsulotlar chekli aniqligiga qo'yiladigan talablarga bog'liq qismi majburiy bo'lib,qo'llanadigan usullar, vositalar va texnologiyalar qismi esa, tavsiyalar hisoblanadi.
-
Tut genetikasi
Ushbu kitob tut daraxti (Morus L.) haqidagi hozirgi bilimlarni o'z ichiga olgan birinchi keng qamrovli to'plamdir. Unda botanika, sitogenetika, biologik xilma-xillik, genetika va seleksiya, biotexnologiya va genetik transformatsiya, biotik va abiotik omillar, molekulyar xaritalash, QTL aniqlash, to'liq genom ketma-ketligi hamda faol genomikaga oid izohlar keltirilgan.
-
Теория вероятностей Математическая статистика
Авторы П.П. Бочаров — доктор технических наук, профессор, заведующий кафедрой теории вероятностей и математической статистики Российского университета дружбы народов, академик М еж дународной академии информатизации, А.В. Печинкин — доктор физико-математических наук, профессор Московского государственного технического университета им. Баумана, в первой части пособия рассм атриваю т основные понятия теории вероятностей.
-
Musiqiy mavzular va musiqiy ijro
Musiqashunoslikdagi mavzularning asosiy maqsadi musiqiy asar ichida ma'no yuklovchi birliklarni aniqlash bo'lib, ular o'z davridagi tinglovchilar tomonidan tushunilgan, shuningdek, boshqa kontekstda keyingi avlod tinglovchilari tomonidan ham tushunilishi mumkin, biroq tarixdan xabardor bo'lgan holda tinglashni talab qiladi. Leonard Ratner 1980-yilda mavzular g'oyasini ilgari surganidan beri, uning nisbatan sodda fikrlari bir qator yetuk mualliflar tomonidan rivojlantirilib kengaytirildi.
-
РУСТАМ ҚОСИМОВ замондошлари хотирасида
Яхшиларнинг иккинчи умри бўлади, деганлари рост. Улар дунёдан ўтсалар-да, бу ҳаётда амалга оширган эзгу ва хайрли ишлари, нурли хотиралари одамлар калбида яшайверади. Таниқли давлат ва жамоат арбоби, шарқшунос олим, моҳир педагог ва дипломат Рустам Собирович Қосимов ҳаёт бўлганида бу йил 70 ёшни қаршилар эди. Қўлингиздаги тўпламдан бу заҳматкаш ва фидойи инсоннинг ибратли ҳаёт йўли, қизғин ижтимоий-сиесий фаолияти, бетакрор фазилатлари ҳақида замондошлари ва яқин дўстлари, ҳамкасблари ва шогирдларининг самимий хотиралари ўрин олган. Китоб кенг ўқувчилар оммасига мўлжалланган.
-
Jahon musiqa tarixi
Ushbu oʻquv qoʻllanma mashhur nemis kompozitori, XIX asrning eng yirikopera kompozitorlaridan biri, “katta fransuz operasi” janrining asoschisi Jakomo Meyerberning hayoti va ijodiga bagʻishlangan. Qoʻllanma uch bobdan iborat boʻlib, unda kompozitorning ijodiy yoʻli, operalarining badiiy xususiyatlari va ularning jahon musiqa sanʼatidagi oʻrni atroflicha yoritilgan. Qoʻllanmada Jakomo Meyerberning operalari, xususan, “Robert-iblis”, “Gugenotlar”, “Afrikalik ayol” kabi asarlarining noyob ifoda vositalari, uslubiy xususiyatlari hamda opera ijodiyotining umumiy tamoyillari tahlil qilinadi. Qoʻllanma musiqashunoslik yoʻnalishi talabalari, tadqiqotchilar va keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallangan. Kitob yakunida bilimlarni mustahkamlash uchun test savollari, mavzuga oid atamalarni izohlovchi glossariy va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati keltirilgan. Ushbu nashr Jakomo Meyerber ijodini chuqurroq oʻrganishda muhim manba boʻlib xizmat qiladi.
-
Ijodiy tafakkur sohibi. Ijod faylasuflarining dizayn sohasida mahoratlari va oʻziga xos uslublari
Ilhom ijodkorlikning yagona manbai degan tushuncha bor. Xuddi ijodiy g'oyalar rassomlar, dizaynerlar va umuman ijod ahli qalbiga osmondan tushadi-ganday, kutilmaganda kelarmish. Mazkur qo'llanmada biz o'quvchiga butunlay boshqacha yondashuvni, ya'ni dizayn - g'oyalarni ijodiy ishga aylantirish uchun foydalaniladigan ma'lum qadamlar, bosqichlar va vositalardan tashkil topgan jarayon ekanligini isbotlashga harakat qilamiz. Mazkur xorijiy o'quv adabiyoti professor-o'qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning o'quv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun mo'l-jallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi.