-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Hayot yutqazgan joyingdan bishlanar
Yosh bo'lishiga qaramay, millionlab turk kitobxonlari mehrini qozonib ulgurgan Mirach Chag'ri Oqtoshning ushbu kitobi ilk bor o'zbek tiliga o'girilib, o'quvchilar hukmiga taqdim etilmoqda. Mazkur asarida muallif muqaddas Qur'oni Karim-dagi suralar, payg'ambarlar hayotidan ibratli voqealardan misollar, jahonga tanilgan ko'plab mutafakkirlar, donishmand allomalarning purma'no fikrlaridan iqtiboslar keltirib, falsafiy mushohada yuritadi. U insonlarni ezgulikka, xayr-u saxovat ko'rsatishga, doimo yaxshilik qilish va kek saqlamaslikka chorlab, sabr-qanoatli bo'lishga undaydi; hayotdagi qiyinchiliklar Allohning bir sinovi ekani, ular oldida esankiramay, muammolarga yechim izlash, doimo olg'a intilish zarurligini uqtiradi, o'quvchida shukronalik tuyg'ularini uyg'otadi.
-
XXI ASRDA MUVOZANAT
Bu kitob o'zlikni anglash, botindagi muvozanatni yo'lga qo'ya olish kabi ma'naviy ehtiyojni to'ldirishga ko'mak maqsadida bitilgan. Inson zoti borki, baxtga erishmoqchi ekan, o'zining kimligi-yu, nimalarga qodirligi haqida bot-bot tafakkur qilgani ma'qul. O'ylasagina o'z ruhiy muvozanatidan tortib butun zamon muvozanati qadar tahlil tajribasini shakllantira oladi. Baxt tushunchasi sari yaqinlashadi. O'z maqsadi yo'lida muvaffaqiyatga erishganlar hayoti misolida bahs yuritilgan ushbu kitob sizni suhbatga tortadi. «Suhbat» davomida o'zingizda bardosh topish ham, aslida sizning ruhiy muvozanatingizni ko'rsatadi, aziz o'quvchi. Maqsadimiz sizni yanayam kengroq tafak-kurga undash. Xulosa esa sizdan. Kitobni o'qishni boshlarkansiz, isho-ning, uning yosh, jins, kasb, toifa, daraja tanlamasligiga amin bo'lasiz. Maroqli mutolaa tilaymiz, zamondoshim, anglashdan charchamang
-
ХАЛҚ БЎЛ ЭЛИМ
Ўзбекнинг ардоқли шоири Муҳаммад Юсуфнинг ушбу тўплами «Халқ бўл, элим» деб бежиз номланмади. Унинг ижодида халқига, Ватанига чексиз садоқат ва фидойилик мавзуси асосий ўринни эгаллаган. Ушбу тўпламга шоирнинг турли даврларда битилган энг сара шеърлари, достонлари киритилди. Ўйлаймизки, у шеърият мухлисларига муносиб туҳфа бўлади.
-
Falsafa asoslari
Okzbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2017-yilda tasdiqlangan yangi dastur asosida tayyor- langan mazkur qoilanm ada falsafaning umumnazariy masalalari, uning mantiq, etika va estetikaga doir yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy ma’lumotlar, ushbu sohadagi qonunlar va kategoriya- lar, asosiy tushunchalar va tamoyillar haqidagi bilimlar muxtasar tarzda bayon qilingan.
-
MATEMATIK ANALIZ II-qism
Ushbu darslik pedagogika oliy ta‟lim muassasalari «Matematika va informatika» ta‟lim yonalishining «Matematik tahlil» fani dasturiga mos yozilgan bo„lib, bunda matematik analizning qatorlar nazariyasiga oid nazariy materiallar to„liq berilgan. Nazariy holatlarni ochib beruvchi misol va masalalar keltirilgan.
-
Иблис ва Прим хоним:
Жаҳон адабиётининг етук намояндаларидан бири Пауло Коэльо асарларида инсон руҳиятининг эврилишлари маҳорат билан очиб берилади. «Алкимёгар»да ҳам, «Иблис ва Прим хоним»да ҳам бетакрор тақдир эгаларининг қисматини тасвирлаш асносида эзгулик ва ёвузлик, сабр ва нафс, муҳаббат ва нафрат, иймон ва гуноҳ сингари умуминсоний мавзулар борасида баҳс кетади.
-
ЧўКИНТИРГАН ОТА ЁКИ МАФИЯ САРДОРИ
Америго Бонасера Нью-Йорк шаҳар жиноий ишлар судининг учинчи бўлимида кизини уласи килиб калтаклаган ва бадном килишга уринган кимсалар тегишли жазосини олиб адолат юзага чикишини кутиб ўтирарди.
-
Жараён
Нашриётимиз номига келган мактублар орасида Франс Кафка ижодига қизиқувчилар талайгина эканлиги, очиғи, бизни ҳайратга солди. Демак, ўзига хос фавқулодда истеъдод эгаси бўлган, ёзганларини англашга интилишимиз мутолаага қайта ва яна қайта «мажбур» қиладиган адиб асарлари ўзбек китобхонининг ҳам қалбига яқин. Бундан бошимиз кўкка етди.
-
INSONIYATNING BUGUNGI AHVOLI
«Bugun insonning baxti «lazzat olishdan iborat. Frommning ushbu fikri o'tgan asr kishisiga aytilganiga qaramay, hali anchagacha dolzarb. Hozirgi odam iste'molchi. U uchun hamma narsa muhayyo. U, xuddi Fromm aytganidek, sifatli ichkilik, lazzatli ovqat, ulkan siy-nalar ortidan nay ovoziga sehrlangan kalamushdek ketib boryapti. <<Insoniyatning bugungi ahvoli» to'plamida jahonning buyuk intellektuallari odamzodning buguni va ertasi, uning psixologik holati, ta'sirchanligi va buning oqibatlari bo'lmish dahshatli urushlar haqida fikrlaydilar va o'z bashoratlarini bildiradilar
-
BOLALIK
Tor ko‘chada, qo‘shnimizning eski, shaloq eshi- gi oldida mening chol bobom o‘z o‘rtog‘i — uzun soqolli, yirik jussali, kar quloq mo‘ysafid bilan nimalar to‘g‘risidadir ezmalanib so‘zlashadi.
-
INTENATDA SODIR BOʻLGAN VOQEA SHERLOK XOLMS HAQIDA HIKOYALAR
Artur Konan Doylning «Sherlok Xolms haqida hikoyalar»i nafaqat Yevropada, balki butun dunyoda mashhur. Va ayni paytda yurtimiz kitobsevarlariga ham yaxshi tanish. Bu ikkinchi to'plamda yozuvchining detektiv, ilmiy fantastika, sarguzasht voqealar, hayotiy dalillarga boy hikoya va qissalari joy olgan. Bu to'plamdan o'rin olgan «Internatda sodir bo'lgan hodisa» hikoyasidagi qiziq va ajobtovur voqealar kishilarni internetning sirlaridan voqif qilgandek go'yo. Faqat bugina emas, mashhur izquvarlar Sherlok Xolms va doktor Uotsonning qator jinoyatlarni fosh qilishdagi bir-biridan qiziqarli hayotiy sarguzashtlarini mazkur kitobdan bilib olishingiz mumkin. Detektiv voqealarga boy mazkur to'plam Siz aziz kitobxonlar iltimosiga ko'ra, kichik hajmdagi 3 ta kitob shaklida chop etilmoqda. Qo'lingizdagi mazkur kitob biz tuhfa etib kelayotgan to'plamning ikkinchisi, ya'ni siz intiq kutgan hikoyalarning mantiqiy davomidir
-
APELSIN QIZ
Hali farzandi ulg‘aymasdan turib dunyodan o'tgan ota farzandiga maktub qoldiradi. Bu xatni oradan o‘n bir yil o‘tgandan keyin marhumning onasi topib oladi va uni nabirasiga beradi.
-
-
DAFTAR HOSHIYASIDAGI BITIKLAR
Har bir inson hayotdan ma'no izlaydi. Umri davomida ko'rgan kechirganlaridan saboq oladi. Hayotiy xulosalar chiqaradi. Ardoqli adib O'tkir Hoshimovning kuzatishlari, hayotiy xulosalari qo'lingizdagi ushbu kitobda o'z ifodasini topgan. Yozuvchining qatralab yig'ilgan hayot falsafasi ko'ngil mulkingizni boyitishiga ishonamiz.
-
Alvon yelkanlar:
Aleksandr Grinning «Alvon yelkanlar» povesti Assol ismli qizchaning og‘ir va iztirobli hayoti haqida so'zlaydi. Assol go'daklik chog'ida onasidan ajrab qoladi. Otasi esa o'zini qizalog'ining tarbiyasiga bag‘ishlaydi. Uni mo'jizalarga ishonch ruhida o'stiradi.
-
KOMPLEKS ANALIZDAN MUSTAQIL ISHLAR TO’PLAMI I
Ushbu uslubiy qo’llanma oliy ta’lim muassasalarining “Matematika”, ”Amaliy matematika va informatika” hamda ”Fizika” ta’lim yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. Qo’llanmada asosan kompleks analiz fanidan mavzular bo’yicha bir qancha tipik masalalarning namunaviy yechimlari va talabalar mustaqil bajarishlari uchun ko’plab masalalar keltirilgan.