-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
-
-
Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi
O‘quv qo‘llanmada kurash turlarining rivojlanish tarixi, rivojlanish bosqichlari, kurashchining texnik, taktik va jismoniy tayyorgarligini tashkil etish usullari va vositalari hamda musobaqalarni tashkil qilish va hakamlik qilishga doir ma'lumotlar bayon etilgan. Qo'llanma oliy o'quv yurtlari jismoniy madaniyat ta'lim yo'nalishi talabalari, kollej o'quvchilari hamda murabbiy va sportchilar uchun mo'ljallangan.
-
Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi (2-qisim)
Mazkur o‘quv qo‘llanmada tarbiya mazmuni va uning jismoniy tarbiya va sportdagi ahamiyati, jismoniy tarbiya va sport sohasida qo‘llaniladigan tarbiya metodlari, jismoniy tarbiya va sport ta’limini loyihalashtirish va boshqarish, sportchi shaxsini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning o‘ziga xos spesifik ahamiyati, sport sohasidagi kreativlikka oid nazariy va amaliy masalalar yoritilgan.
-
TANLANGAN SPORT TURI NAZARYASI VA USLUBIYATI (KURASH)
Ushbu o‘quv qo‘llanma 61010200 – Sport faoliyati ta’lim yo‘nalishi talabalari, jismoniy tarbiya mutaxassislari va sport soxasidagi trenerlar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari hamda ixtisoslashtirilgan sport maktablari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda kurashni o‘rgatish jarayonida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va olib borishning uslubiy asoslari, ikkinchi qismda esa kurash texnikasi va taktikasini o‘rgatish usullari berilgan.
-
Meteorologik hisoblashlar
O‘quv qo‘llanmada meteorologik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishning umumiy masalalari bayon qilingan. Ma’lumotlarni tahlil qilishning zamonaviy statistik, obyektiv va to‘rt o‘lchovli usullari hamda ularni obyektiv nazorat qilish usullari havola qilingan.
-
Geodeziya (I va II qism)
O'quv qo'llanma «Geodeziya va geoinformatika» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qiydigan talabalar uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, masofaviy ta'limdan o'qiydigan talabalar, geologiya, geografiya va landshaft dizayn yo'nalishlarida ta'lim olayotgan bakalavrlar hamda sohada ishlaydigan muhandis-texnik xodimlar foydalanishlari mumkin.
-
Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги фанидан ўқув қўлланма
Ушбу ўқув қўлланмада ҳаёт фаолияти хавфсизлиги тушунчаси, Ўзбекистонда ҳаёт фаолияти хавфсизлигининг ҳуқуқий асослари, меҳнатни муҳофаза қилиш ва фавқулодда вазиятлар фуқароларни муҳофаза қилиш, ёнғин хавфсизлиги ва тиббий биринчи ёрдам кўрсатиш йўллари ҳақида маълумотлар келтириб ўтилган. Қўлланма барча таълим йўналишларидаги бакалаврлар учун мўлжалланган.
-
Tuproqshunoslik
O'quv qo'llanma Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakultetining tuproqshunoslik ta'lim yo'nalishi bakalavr talabalari uchun mo'ljallangan. Kitob umumiy tuproqshunoslik, tuproq hosil qiluvchi sharoitlar va omillar, tuproq xossalari, sistematikasi, tasnifi, tarqalishi va dunyo tuproqlariga bag'ishlangan uch qismdan iborat.
-
HAYVONLAR EKOLOGIYASI
Mazkur o’quv qo’llanma oliy o’quv yurtlarining biologiya, ekologiya va atrof muhit muxofazasi yo’nalishlari magistr va talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, hayvonlar ekologiyasi fani va uning bo’limlari, ekologiyada foydalaniladigan uslublar, fanning qisqacha tarixi, vazifalari va boshqa dolzarb masalalarni o'z ichiga oladi.
-
Экология
Ўқув қўлланма олий ўқув юртлари талабалари ва ўқитувчилари, мактаб, лицей ва коллежлар юқори синф ўқувчилари ва ўқитувчилари, атроф муҳитни муҳофаза қилиш масалалари билан шуғулланувчилар учун мўлжалланган. Китобда «Экология» курсида ўрганилиши зарур бўlgan асосий муаммолар - экология асослари, амалий экология, экологик хавфсизлик ва барқарор ривожланиш масалалари ёритилган.
-
Экология
Қўлланмада экология фанининг қисқача тарихи, экологик муаммолар, тирик организмларнинг ташқи муҳитга мосланишлари, популяциялар экологияси, биоценоз, биогеоценоз, экотизимлар, биосфера ва унга инсон фаолиятининг таъсири, шунингдек минтақавий экология ҳақида умумий маълумотлар келтирилган.
-
Экология
Ўқуv қўлланмасида экологiя асослари, амалий экология, экологик хавфсизлик ва барқарор ривожланиш масалалари ўрганилади. Экологик хавфсизликни таъминлашнинг ҳуқуқий, ташкилий ва иқтисодий асослари берилган. Ўзбекистоннинг экологик муаммоlarini ўрганиш ва ҳал қилиш масалаларига алоҳида эътибор берилган.
-
Qishloq xo‘jaligi ekinlari sitologiyasi va embriologiyasi fanidan laboratoriya mashg‘ulotlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanma
Ushbu qo‘llanma qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlari qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada qishloq xo‘jaligi ekinlari sitologiyasi va embriologiyasi fani amaliy va laboratoriya darslarida mashg‘ulotning maqsadi, kerakli o‘quv qurollari, asbob-uskunalar, o‘tkazilish tartiblari, tahlil va natijalar hamda har bir mavzu uchun savollar keltirilgan.
-
-
Umumiy selyeksiya va urug‘chilik
Ushbu oʻquv qoʻllanma Oliy oʻquv yurtlarining qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, unda qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining oʻsuv davri davomiyligini baholash va seleksiya jarayonlarini tashkil etish tartiblari yoritilgan.
-
Umumiy selyeksiya va urug‘chilik
Ushbu oʻquv qoʻllanma Oliy oʻquv yurtlarining qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun tayyorlangan boʻlib, qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi fanining mohiyati, navlar va duragaylarni yaratish usullarini oʻrgatishga qaratilgan.
-
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan
O'quv qo'llanma qishloq xo'jalik oliy o'quv yurtlari agronomiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha o'qiyotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, tuproq haydalma qatlamining tuzilishi va struktura holati, suv va havo rejimlari, almashlab ekish tizimi, begona o'tlarga qarshi kurashish, dala va vegetatsion tajribalarini o'tkazish texnikasi va uslublari, shuningdek tadqiqot natijalarini statistik tahlil qilish usullarini yoritadi.