-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
San’at. San’atshunoslik
-
-
-
«DISKRET MATEMATIKA VA MATEMATIK MANTIQ»
Hozirgi kunda Diskret matematika va matematik mantiq amaliy masalalarni yechishning eng keng tarqalgan fanlaridan biri, masalan, hisoblash texnikasining mantiqiy asoslari va dasturiy ta’minotini rivojlantirishda, . Usulning qo’llanilishi qulayligi, uning har qanday murakkab shaklli soha uchun ham qo’llanilishi soddaligi sababli bu usul amaliychi va ayniqsa muhandislar orasida keng qo’llanilib kelinmoqda. Bu usul asosida ishlab chiqarish tizimining bir qator hisoblari muvaffaqiyatli qo’llanilib kelinmoqda. Bu esa Diskret matematika va matematik mantiqning amaliy ahamiyati naqadar yuqori ekanligini bildiradi. Diskret matematika va matematik mantiq avvalo muhandislar tomonidan taklif etildi, undan keyinroq esa u o’zining matematik asosiga ega bo’ldi.
-
« DIFFERENSIAL GEOMETRIYA VA TOPOLOGIYA»
Ushbu majmuada «Differensial geometriya va topologiya» fanining maqsadi va vazifalari, fanni o’zlashtirishga qo’yilgan talablar, fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlari turlari va ularning hajmi (soatlarda), fanning mazmuni, fan bo’yicha talabalar o’zlashtirishining nazorati, fanning o’quv, o’quv-uslubiy qo’llanmalar bilan ta’minlanganlik darajasi, fanni o’zlashtirish uchun kerakli jihozlar va (asbob uskunalar) apparatura, o’qituvchilar uchun uslubiy tavsiyalar, talabalarning mustaqil ishini bajarish bo’yicha uslubiy tavsiyalar, mustaqil ishlarni bajarish bo’yicha eslatmalar, mustaqil ishlarni bajarish uchun o’quv - uslubiy qo’llanmalar keltirilgan. Shuningdek, oraliq nazoratlar uchun savollar va variantlar namunalari, yakuniy nazorat uchun nazariy savollar va variantlar namunalari, test savollari, mustaqil (individual) bajariladigan kontrol ishlar, « Differensial geometriya va topologiya» fanidan ma’ruza darsi ishlanmasi namunasi, « Differensial geometriya va topologiya » fanidan amaliy mashg’ulot darsi ishlanmasi namunasi ilovalar shaklida berilgan.
-
Differensial tenglamalar
Ushbu o‟quv uslubiy majmua «Differensial tenglamalar» fani amaldagi dasturiga asosan tayyorlangan bo‟lib, oddiy differensial tenglamalarni integrallashni, koshi masalasini qo‟yilishini, yechimning mavjudligi va yagonaligi teoremalarini isbotlashni, differensial tenglama yechimining turg‟unligi nazariyasi, differensial tenglamalar sistemasini yechishni qamrab olgan. Ushbu o‟quv uslubiy majmuaning har bir mavzuga tegishli tayanch iboralar berilgan bo‟lib, ular asosida zaruriy nazariy bilimlar bayon etilgan hamda nazariy bilimlarni qo‟llab misol va masalalar yechib ko‟rsatilgan. O‟zlashtirishga yordam beruvchi chizma va jadvallar bilan ta‟minlangan hamda yetarli miqdorda mustaqil bajarish uchun misollar jamlamasi keltirilgan. Zarur bilimlarni izlash va topish ehtiyojini uyg‟otuvchi hamda o‟zlashtirilgan bilimlarni talabalarning o‟zlari tomonidan nazoratni amalga oshiruvchi savollar va testlar turkumi ishlab chiqilgan
-
Differensial tenglamalar
Annotatsiya Differensial tenglamalar fani turli xil fizik jarayonlarni o’rganish bilan chambarchas bog’liqdir. Bunday jarayonlar qatoriga gidrodinamika, elektrodinamika masalalari va boshqa ko’plab masalalarni keltirish mumkin. Turli jarayonlarni ifodalovchi matematik masalalar ko’pgina umumiylikka ega bo’lib, differensial tenglamalar fanining asosini tashkil etadi. Differensial tenglamalar oliy matematikaning asosiy fundamental va tadbiqiy bo’limlaridan biri bo’lib, u bakalavriatning matematika, mexanika, amaliy matematika va informatika kabi yo’nalishlari o’quv rejasidagi umumkasbiy fanlardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda fan va texnikaning jadal rivojlanib borishi turli murakkab texnik, mexanik, fizik va boshqa jarayonlarni o’rganish, ularni matematik nuqtai nazardan tasavvur qilish, matematik modellarini tuzish va yechish nafaqat tadbiqiy jihatdan balki nazariy jihatdan ham dolzarb, ham amaliy axamiyatga ega bo’lgan muammolardan biri hisoblanadi.
-
DASTURLASH ASOSLARI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
Axborot. Axborot o‘lchov birliklari. Axborotni kodlashtirish. Axborot almashinuvi. Axborot texnologiyalari. Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari. Shaxsiy kompyuterlar. Kompyuter tarmoqlari. Lokal va global tarmoq. Axborot texnologiyalarining apparatli vositalari. Axborot texnologiyalarining dasturiy vositalari. Amaliy dasturlar. 2-modul. Filologiyada axborot texnologiyalari Matnni avtomatik o‘qish tizimlari. Matnni “tarjima qilish” tushunchasi. Avtomatik tarjima vositalari. Tarjima bosqichlari: Mark Tuliy Sitseron, V-XVII asrlarda tarjimashunoslik, XX asr o‘rtalarida tarjima, lug‘atlar va maxsus kompyuter dasturlari. Mashina vositasida tarjima qilish. Matnni interpretatsiya qilish. So‘zlarni morfologik tahlil qilish. Gaplarni sintaktik tahlil qilish mexanizmlari. Mashina tarjimasidagi avtomatik lug‘atlar. Tarjima qilinadigan matnning sintaktik mosligini aniqlash tizimlari. Matnni bir tildan boshqasiga o‘tkazish algoritmlari. Lingvistik va filologik resurslar. Sun’iy intellekt.
-
Optimal boshqaruv nazariyasi
Mаzkur o’quv-uslubiy mаjmuа Andijon davlat universitetining 2024 yil 30 avgustdаgi 1-sоnli bayyonomasi bilаn tаsdiqlаngаn o’quv sillabusi аsоsidа tаyyorlаndi. Ob’ektning harakat dinamikasi. Optimal boshqaruv masalasi uchun vaqt mobaynida harakati o’zgarib turuvchi ob’ektning mavjudligi xarakterlidir. Faraz qilaylik vaqtning har bir momentida ob’ektning holati parametlarning tanlanishi bilan to’la aniqlansin. Bu parametlar qandaydir koordinatalar sistemasida ob’ektning holatining koordinatalari, koordinatalari va hokazolar bo’lishi mumkin.
-
Учебно методический комплект практикум решения задач по математике
Учебно-методический комплекс по предмету была подготовлена на основе программы "Практикум решения задач по математике "которая была утверждена протоколом 1-го заседания коллегии Координационного совета по деятельности учебно-методических объединений Андижанского государственного университета от 30 августа 2024 года
-
Funkional analiz
Matematikada juda xilma-xil toʻplamlarga duch kelamiz. Haqiqiy sonlar toʻplami, tekislikdagi koʻpburchaklar toʻplami, ratsional koeffitsiyentli koʻphadlar toʻplami va hokazo.Toʻplam tushunchasi matematikada tayanch tushunchalardan boʻlib, unga ta’rif berilmaydi. «Toʻplam» soʻzining sinonimlari sifatida «ob’ektlar majmuasi» yoki «elementlar majmuasi» soʻz birikmalaridan foydalaniladi.
-
Manbashunoslik va tarixshunoslik
Tarixshunoslik tarix fanlari tizimida o’ziga xos mustaqil o’ringa ega bo’lib, uning o’zining manbalari va tadqiqot usullari mavjud. Tarixshunoslikning ob’ekti tarixiy jarayonning o’zigina bo’lib qolmay, balki tarixiy tafakkur, uni o’rganish va tarix haqidagi fan hisoblanadi. Masalan, Markaziy Osiyo hududidagi ilk o’rta asrlar davri tarixi mintaqada mavjud davlatlar, arablar istilosi, islom dinining yoyilishi, markazlashgan davlatlarning paydo bo’lishi va hokazolarni o’rganadi. Ilk o’rta asrlar Markaziy Osiyo tarixshunosligi esa bu davr tarixi o’rta asrlarda, yangi davrda va bizning kunlarda qanday tadqiq etilganligini o’rganadi.
-
O'zbekistonning davlat muassasalari tarixi
O’zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab tariximizga bo’lgan munosabat tubdan o’zgarib, sovet davrida noto’g’ri baho berilgan yoki yuzaki ko’rib chiqilgan masalalarga jiddiy ilmiy yondashuv kuchaydi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyuldagi “O’zRFA tarix instituti faoliyatini takomillashtirish haqidagi” qaroridan so’ng haqqoniy tarixni yaratish, bu jarayonda birlamchi manbalarga asosiy e’tibor berish, qo’yilgan muammoni soha mutaxassislari tomonidan hal etilishi, mavjud muammolar echimini ilmiy asoslash borasida anchagina ishlar amalga oshirildi. Shunga qaramasdan, uzoq o’tmishlarga borib taqaluvchi ulkan tariximizda echimini kutayotgan muammolar talaygina. Ana shunday fundamental masalalardan biri – o’zbek xalqi davlatchiligi hamda davlat boshqaruvi tarixidir
-
ДАМЛИ ВА ЗАРБЛИ ЧОЛҒУЛАР ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИ
“Дамли ва зарбли чолғулар ижрочилиги тарихи” курси маърузавий-амалий ва семинар тарзда ўтилиши кўзда тутилади. Маърузавий-амалий машғулотларда ўқитишнинг интерактив шаклларидан аудиовизуал, муаммоли маъруза, маъруза конференция, амалий масалаларни ечиш учун ахборотли маърузалардан фойдаланилади. Семинар машғулотларда “Билимларни чуқурлаштириш ва кенгайтиришга бағишланган семинар”, “Муаммоли семинар” ва “Семинар - конференция” турлари қўлланилади. “Дамли ва зарбли чолғулар ижрочилиги тарихи” курсида янги инновацион педагогик технологияларнинг “Кластер”, “ФСМУ”, “Инсерт”, “Ақлий ҳужум”, “Давра суҳбати” ва соҳанинг ўзига хос бўлган “Аудио” ёзувлар асосида “Мусиқий топишмоқ” “Мусиқий викторина” каби услублар қўлланилади.
-
Bioekologiya
Ushbu o’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 25 avgustdagi 355-sonli buyrug‘i 2-ilovasi bilan tasdiqlangan «Bioekologiya» fanining namunaviy dasturi asosida ishlab chiqilgan. O’quv-uslubiy majmua Andijon davlat universitetida tayyorlandi.
-
Ozbek davlatchiligi tarix fani
Tayanch so‘z va iboralar.Davlatchilik tushunchasi, qarindosh-urug‘chilik jamoasi, hududiy qo‘shnichilik jamoasi, ijtimoiy mansablar, davlat boshqaruvi, boshqaruv tasnifi, rahbarlik, boshqaruv vazifalari, ijtimoiy boshqaruv, davlatning vazifalari
-
Pedagogik psixologiya psixologiya o'qitish metodikasi
Bugungi kunda mamlakatimizda barcha soxalarda tub isloxotlar amalga oshirilyapdi.O’zbek millati uchun xos bo’lgan ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga katta e’tibor karatilgan.Bu borada Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tomonidan bir qancha farmon va qarorlar ishlab chiqilib, ijtimoiy sohalarning barcha jabhalarida dastur sifatida qo’llanilmoqda.
-
Pedagogik psixologiya psixologiya o'qitish metodikasi
Bugungi kunda mamlakatimizda barcha soxalarda tub isloxotlar amalga oshirilyapdi.O’zbek millati uchun xos bo’lgan ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga katta e’tibor karatilgan.Bu borada Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tomonidan bir qancha farmon va qarorlar ishlab chiqilib, ijtimoiy sohalarning barcha jabhalarida dastur sifatida qo’llanilmoqda.
-
“C++ TILIDA DASTURLASH ASOSLARI”
Dasturlashda ma’lumotlarning turli tarkibiy tuzilmalarini tadbiq etish. Tilning sodda va murakkab tuzilmalarini qo’llash. Algoritmlarni baholash. Qo’yilgan masalani yechish algoritmini tanlash, tanlovni asoslash, algoritmni tadbiq etish. Fanning mazmuni:C/C++ dasturlash tilining asosiy konstruksiyalari, ma’lumotlar toifalari va tuzilmalarini qo’llash. C/C++ dasturlash tilida aniq algoritmlarini tadbiq etish. Tilning statik va dinamik imkoniyatlarni tadbiq etish. Obyektga yo’naltirilgan dasturlash asoslarini qo’llash. Dasturiy ishlanmalarni ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash. Ma’lumotlarning dinamik informasion tuzilmasini tadbiq etish. Aniq loyihalarni ishlab chiqish va tadbiq etish. Dasturiy ishlanmalarni testlash va sozlash. Murakkab dasturiy tizimlarni tashkil etish. Natijalarni tahlil qilish. Dasturlash asoslari qismida dasturlash tilining tuzilmasi (C++ tili asosi), funksiyalari va asosiy parametrlari;dasturiy ta’minot konfigurasiyasini boshqarish;dasturiy ta’minotni testlash va sifatini ta’minlash usullari haqida bilimlarga ega bo’lishi