-
-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
CHIZMATASVIR
Mazkur darslik bugungi kun talablarini hisobga olingan holda xorij adabiyotlari asosida yozildi. Darslik talabalarini “Chizmatasvir” fanining nazariy hamda amaliy asoslari bilan chuqur tanishtiradi. Unda olib boriladigan mashg‘ulotlarning mavzusi va mazmuni to‘liq qamrab olingan. Darslikda chizmatasvir tarixi, fanga kirish hamda oddiy qog’ozni planshetga tortish, karkas tayyorlash, tasvirlash ashyolari haqida keng ma’lumotlar berilgan. Dastur asosida rejalashtirilgan dars soatlari bo‘yicha amaliy ishlar vazifalarni oddiydan murakkabga qarab tamoyili tarzida ishlanmasi tayyorlangan hamda foydalanish uchun mahalliy va xorij adabiyotlari berilgan.
-
Yong'in xavfsizligi
Mazkur darslik oliy oq'uv yurtlarida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bakalavriat ta'lim yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan.
-
Amaliy mexanika
O’quv-uslubiy qo’llanmada «Amaliy mexanika» fanidan talabaning mustaqil ta’lim ishlarini zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib bajarish bo’yicha bilish kerak bo’lgan barcha topshiriq mavzulaming nomlari keltirilgan bo’lib, ularda kurs loyihasining na’munaviy mavzulari to’liq ko’rsatilgan.
-
Bolalar xirurgiyasi fanidan praktikum
Bolalarda o‘tkir xirurgik kasalliklar, odatda, to‘satdan, soppasog‘ vaqtida yoki tushunarsiz holsizlik fonida namoyon boiadi. Ulami to‘g‘ri va o‘z vaqtida payqashni umumiy amaliyot shifokori, pediatr va jarroh oldidagi kundalik, ko‘pincha, adashadigan va eng mas’uliyatli vazifalari sarasiga kiritish mumkin. UTT, endoskopiya, MSKT vaMRT, ekspress laboratoriya, radionuklidtekshiruvlari kabi zamonaviy tashxislash vositalarining ulkan zaxirasiga qaramasdan, tashxislashdagi adashishlar hamda konservativ yoki xirurgik davolash uslubi va muddatlarini tanlashdagi taktik xatoliklar soni yetarlicha yuqori darajada qolmoqda.
-
TAYYORLASH PAYVANDLASH MONTAJ ISHLARI TEXNIKA VA TEXNOLOGIYASI
O‘quv qo‘llanma Samarkand Davlat arxitektura – qurilish universitet kengashi tomonidan tasdiqlangan fan va o‘quv dasturlari asosida ishlab chiqilgan. O‘quv qo‘llanmada payvandlash ishlarini rivojlanish tarixiy bosqichlari, payvandlash materiallari, payvandlashni amaliyotda sinalgan turlari, payvandlash ishlarini bajarishda qo‘llaniladigan asbob uskunalar yordamchi materiallar va hakozalar keltirilgan.
-
TERMODINAMIKA 1,2
Mazkur darslik 60713500 – Mexanika muhandisligi mutaxassisligi bo‘yicha o‘qiyotgan bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, darslikning birinchi qismiga termodinamika qonunlari, gaz qonunlari va siklari hamda gazlarda sodir bo‘ladigan issiqlik hodisalari kiritilgan. Ikkinchi qismida issiqlikni uzatish asoslari, issiqlik almashuv apparatlari va nurlanishning zamonaviy manbalari bayon etilgan. Darslikning issiqlik energetik qurilmalari deb nomlangan uchinchi qismida yoqilg‘ining yonish jarayonlari, qozon agregatlari va ularning qurilmalari, bug‘ va gaz turbinali qurilmalar, sovitish mashinalari va ichki yonuv dvigatellari o‘rganilgan. Har bir bobda nazorat uchun savollar va masala echish namunalari berilgan. Darslikdan texnikaviy yo‘nalishlarda ta’lim olayotgan magistrantlar, talabalar hamda texnika yuo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan doktorantlar va mustaqil izlanuchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Bolalar kasalliklari propedevtikasi
Bolalar salomatligini saqlash, ular orasida ko'p uchraydigan kasalliklarning oidini olish, bolalarga tibbiy yordam ko'rsatadigan tizimlarni takomillashtirish tibbiyot muassasalarida uzluksiz tibbiy yordamni ta'minlashga asoslanadi. Bolalar kasallanishidabirinchi yordam ko'rsatish, ularni tekshirish, kasallikni aniqlash va to'g'ri tashxis qo'yish birlamchi tibbiy sanitariyayordam muassasalaridafaoliyatyuritayotgan umumiy amaliyot shifokorlarining bilimi, malaka va ko'nikmasiga bog'liqdir. Respublikamizda barcha tibbiyot muassasalarida umumiy amaliyot shifokorlari tayyorlanadi. Respublikamiz aholisining 33,3 % ini bolalar tashkil etayotganligini inobatga olib, UASH tayyorlashda bolalarni tekshirish, anamnez yig'ish, tizimlar jarohatlanishi semiotikasiga urg'u berish muhimdir. Shu sababli, Toshkent Tibbiyot akademiyasi professor-o'qituvchilari tomonidan tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun ushbu darslik yozildi.
-
Bolalar travmatologiyasi va ortopediyasi
Darslikda bolalar tayanch-harakat a'zolarining nisbatan ko'p uchraydigan turli shikastlanishlari, orttirilgan va tug'ma kasalliklarining sabablari, mexanizmi, klinik manzarasi, tashxislash, konservativ va xirurgik davolash usullari hamda profilaktik chora-tadbirlari batafsil bayon etilgan. Shuningdek, rivojlanayotgan organizm suyaklarining anatomik tuzilishi va o'sish zonalarining paydo bo'lish xususiyatlariga alohida e'tibor berilgan. Dunyoning ilg'or rivojlangan mamlakatlarining ilmiy adabiyotlarida yoritilgan davolash - profilaktik tadbirlarning bemorlar uchun xavfsiz va kaminvaziv usullari, Yevropa Osteosintez Assotsiatsiyasi prinsiplari hamda davolash usullari darslikka asos qilib olindi.
-
Pedagogik maxorat fanidan o`quv-uslubiy majmua
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsi hаmdа Prеzidеntimiz tоmоnidаn qаbul qilinаyotgаn hаr bir Qаrоrdа bаrkаmоl аvlоd tаrbiyasi vа ulаrning kаsbiy mаhоrаtini аvvаlо tа’lim muаssаsаlаridа оshirib bоrishgа jiddiy e’tibоr qаrаtilmоqdа. Оliy pеdаgоgik tа’lim muаssаsаlаridа ushbu muаmmоlаrning yеchimini tоpishdа “Pеdаgоgik mаhоrаt” fаnini chuqur o’rgаnish muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Pеdаgоgik mаhоrаt nimа? Uning mоhiyati nimаlаrdаn ibоrаt? Ulаrni egаllаsh uchun nimаlаrni bilish kеrаk? Hоzirgi zаmоn pеdаgоgikаsi vа psiхоlоgiyasi «pеdаgоgik mаhоrаt» tushunchаsigа turlichа izоh bеrаdi. Jumlаdаn, “Pеdаgоgik entsiklоpеdiya”dа tа’rif quyidаgichа izоhlаngаn: “O’z kаsbining mоhir ustаsi bo’lgаn, yuksаk dаrаjаdа mаdаniyatli, o’z fаnini chuqur bilаdigаn, yondаsh fаnlаr sоhаlаrini yaхshi tаhlil etа оlаdigаn, tаrbiyalаsh vа o’qitish uslubiyatini mukаmmаl egаllаgаn mutахаssis”. Ushbu tа’rifning mоhiyatidаn kеlib chiqib o’qituvchining pеdаgоgik mаhоrаti tushunchаsi mаzmunini shundаy izоhlаsh mumkin: 1. Mаdаniyatning yuqоri dаrаjаsi, bilimdоnlik vа аql zаkоvаtning yuksаk ko’rsаtkichi. 2. O’z fаnigа dоir bilimlаrning mukаmmаl sоhibi. 3. Pеdаgоgikа vа psiхоlоgiya kаbi fаnlаr sоhаsidаgi bilimlаrni puхtа egаllаgаnligi, ulаrdаn kаsbiy fаоliyatidа fоydаlаnа оlishi. 4. O’quv – tаrbiyaviy ishlаr mеtоdikаsini mukаmmаl bilishi.
-
Umumiy psixologiya fanidan o`quv-uslubiy majmua
Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi bo‘lib, u ob’ektiv olamni alohida bir tarzda aks ettiradi. Yuksak darajada tashkil topgan materiya deganda biz miyani tushunamiz. Demak inson va hayvonlar psixikasining moddiy asosini markaziy nerv sistemasining eng yuksak qismi bo‘lmish bosh miya tashkil etadi. Ammo insonlar miyasi hayvonlar miyasiga qaraganda ancha murakkabroq tuzilgan bo‘ladi. Odam miyasi hajmi jihatidan ham katta. Bosh miya orqa miya bilan markaziy nerv tuzilmasini tashkil qilib, odam organizmidagi barcha organlarning o‘zaro faoliyati va bir-biri bilan bog‘lanishini hamda uning tashqi muhit bilan bo‘ladigan aloqasini ta’minlaydi. Psixik faoliyatlarning ko‘pgina qismi bir necha qator bo‘lib, joylashgan nihoyatda ko‘p nerv hujayralaridan (15 milliarddan ko‘p) tashkil topgan, kulrang modda qatlamidan iborat bo‘lgan bosh miya katta yarim sharlari qobig‘ining faoliyati bilan bog‘liqdir. Nerv tizimi nerv to‘qimasidan tashkil topgan bo‘lib, u o‘z navbatida nerv hujayralaridan iborat. Har bir nerv hujayrasi, ya’ni neyron yadrosi bo‘lgan juda ko‘p tarmoqlangan kalta o‘simtalar – dendritlar va bitta uzun o‘simta - aksondan iborat hujayradan tashkil topgan.
-
Oila psixologiyasi fanidan o`quv-uslubiy majmua
Ma`lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o`zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlari ham, ayniqsa, shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo`lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o`ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi: hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari va vositalarining taraqqiyoti, qishloq xo`jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, umuman, halq xo`jaligining barcha jabhalarida yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo`lgan inson omiliga, inson shaxsiga ham o`ziga xos yangicha talablar qo`ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o`zlarida ro`y berayotgan ijtimoiy-psixologik, fiziologik va boshqa o`zgarishlar o`zaro muloqot munosabatlari doirasining ma`lum darajada chegaralanib qolishiga, ularda o`tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikning ma`lum darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional zo`riqishlarning yuzaga kelishiga asos bo`lmoqda. Bularning ta`siri oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda ham o`z ifodasini topadi.
-
Elektrotexnika va elektronika asoslari
Mazkur o‘quv qo‘llanmada dvigatellarini tashxislash va ta'mirlash faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlar, ularning mazmuni, xususiyatlari hamda ta’sir etuvchi omillarni o’rganish asosida faoliyatni samarali tashkil etish hamda uni baholashning asosiy yo’nalishlari va tendensiyalari ochib berilgan.
-
Xulq atvor iqtisodiyoti va davlat siyosati
Ushbu o‘quv qo‘llanma xulq-atvor iqtisodiyotining nazariy va amaliy masalalarini o‘rganishga bag‘ish!anadi. Xulq-atvor iqtisodiyoti ikki mustaqil fan-iqtisodiyot va psixologiyani o4zida mujassam etgan nisbatan yangi fan hisoblanadi. Xulq-atvor iqtisodiyotini o‘rganish iqtisodiy hodisalami tadqiq qilishda psixologik omillarni hisobga olgan holda uni yanada yaxshi tushunishga, muayyan iqtisodiy va psixologik qonuniyatlardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
-
Umar Xayyom dahosiga bir nazar
Ma’lumki, olam va odam muammolarini ijtimoiy-falsafiy, ma'naviy- axloqiy jihatdan talqin etishda ruboiy janri eng qulayva qiziqarlidir. Zero, salmoqli mazmunni chuqur falsafiylik qatiga o'rash orqaligina uni ixcham shakl bag'riga jo etish mumkin. Shoir va olim, zukko faylasuf Umar Xayyom olam evolyutsiyasi va evrilishlariga donishmandona bosiqlik, taassuf aralash loqaydlik bilan yondashdi: dunyoni o'zgartirishki qo'lingdan kelmas ekan, uni deb qayg'urish behuda. Uning uchun tug'ilish va o'lish, yaxshilik va yomonlik, adolat va zulm - barchasi o'z tabiiy qonuniyatiga asoslanadi dcmoqchi buyuk alloma Umar Xayyom.
-
Differensial psixologiya
Ushbu darslik oliy ta’lim muassasasining Psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda “Differensial psixologiya”ning umumiy asoslari haqida ma’lumotlar yoritilgan.
-
Electronic devices
Unless otherwise indicated herein, any third-party trademarks, logos, or icons that may appear in this work are the property of their respective owners, and any references to third-party trademarks, logos, icons, or other trade dress are for demonstrative or descriptive purposes only. Such references are not intended to imply any sponsorship, endorsement, authorization, or promotion of Pearson's products by the owners of such marks, or any relationship between the owner and Pearson Education, Inc., or its affiliates, authors, licensees, or distributors.