-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
-
-
Botanika va o'simliklar fiziologiyasi
Mazkur o‘quv qo‘llanmada o‘simlik hujayrasi va to'qimasi, vegetativ, generativ a’zolarining anatomik, morfologik xususiyatlari, o‘simliklar sistematikasi, ekologiyasi va geografiyasiga oid ma’lumotlar bayon etilgan. 0‘quv qollanma kollej talabalari va о‘qituvchi
-
Sport turlarini o'qitish uslubiyati (yengil atletika, gimnastika)
Qo'llanmada, shuningdek, nayza, disk, yadro irg'itish va bosqon uloqtirish texnikalari haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan.
-
Maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish
O‘quv qo‘llanmada maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etishni o‘qitishning umumiy va xususiy masalalari chuqur yoritilgan bo‘lib, darslikning 1-modulida unda Maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fan sifatida rivojlanishi va uning mazmuni, didaktik tamoyillari va variativ o‘qitish usullari, o‘qitish mеtodlari, o‘qitishni tashkil qilishda interfaol metodlardan foydalanish usullariga alohida ahamiyat berilgan. Maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish tashkil qilish shakllari, fakultativ darslarni o‘qitishni tashkil qilish shakllari, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari o’z mutaxasisiliklarini o‘qitish xususiyatlari, darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish xususiyatlari, maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish o‘qitishda o‘quv vositalari, ixtisoslashtirilgan maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘qitish xususiyatlari yoritib berilgan.
-
Ijtimoiy-maishiy hayotga tayyorlash metodikasi
Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentabrdagi 438-sonli buyrug'iga asosan nashrga ruxsat etilgan. dolzarbligi.Imkoniyati cheklangan bolalar maktablarining o'quv rejalarida o'quvchilar rivojlanishidagi ikkilamchi og'ishlarni bartaraf etishga qaratilgan turli xil korreksion mashg'ulotlar ko'zda tutilgan.
-
Ijtimoiy menejment
Ushbu o'quv qo'llanma menejment yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, uning asosiy maqsadi - ijtimoiy menejment munosabatlar tizimi, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy soha, ijtimoiy resurslar va ularning zimmasiga tushadigan boshqaruv va tashkiliy munosabatlar, ularning qonuniyatlari va tamoyillarini o'rganish kabi masalalarni qamrab olgan.
-
Sifat menejmenti
O'quv qo'llanma "Sifat menejmenti" fani bo'yicha tayyorlangan bo'lib, 3ta bobdan iborat. O'quv qo'llanmaning birinchi bobida sifat ko'rsatkichi va sifatni boshqarishning nazariy asoslari yoritilgan. Ikkinchi bobda sifatni boshqarishda metrologiya, standartlashtirishning tutgan o'rni, standartlashtirishning nazariy asoslari va iqtisodiy samaradorlikni baholash masalalari ko'rib chiqilgan. Uchinchi bobda ISO 9001 xalqaro standartlariga asoslangan SMTlarni joriy etish asoslari yoritilgan. Uslubiy ko'rsatmalar talabalarning auditoriyadan tashqari bajaradigan mustaqil ishlarining mazmunini yoritib berish bilan bir qatorda har bir mavzu bo'yicha nazorat ishlarini
-
Xalqaro menejment
O'quv qo'llanmada xalqaro menejmentning nazariy asoslari, xorijiy firmalarning qabul qiluvchi mamlakatda faoliyat yuritish sharoitlariga moslashuvi, xalqaro kompaniyalarni boshqarish tizimi, xalqaro kompaniyalarning davlat bilan munosabatlari, xorijiy tadbirkorlik rivojlanishiga xalqaro iqtisodiy integratsiya ta'siri, chet elda menejment uslubi xususiyatlari, xalqaro biznesda kadrlar siyosati, xalqaro biznes etikasi va boshqa masalalar ko'rib chiqilgan. Xalqaro menejment boshqarishning alohida turi bo'lib, uning asosiy maqsadlari turli mamlakatlarda biznes yuritish imkoniyatlaridan va ularga mos ravishda mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, madaniy va boshqa xususiyatlaridan hamda davlatlararo munosabatlardan foydalanish evaziga firmaning raqobat afzalliklarini shakllantirish, rivojlantirish va foydalanish hisoblanadi. bu
-
O‘zbek adabiyoti
Filologiya fanlari doktori Islamjon Axmedjanovich Yakubovning ushbu o‘quv qo‘llanmasida O‘zbek adabiyotining tarkibiy qismi bo‘lgan jadid nasri tarixi 1900-1929-yillar madaniy hayoti va adabiy jarayoni kontekstida yaxlit va izchil o‘rganilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim tizimi 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili, nemis tili, fransuz tili) ta’lim yo‘nalishlari bakalaviatura bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan. O‘zbek jadid nasri muammolarini o‘rganishga ixlosmand magistratrant, mustaqil izlanuvchi, tayanch doktorant va doktorantlar ham undagi yangicha talqinlardan foydalanishlari mumkin.
-
О‘zbek аdаbiy tаnqidi tаriхi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Yakubov Islamjon Axmedjanovich tomonidan tayyorlangan “O‘zbek adabiy tanqidi tarixi” o‘quv qo‘llanmasi fan dasturi va “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”da ko‘zda tutilgan xalqimizning boy ma’naviy va intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlari asosida ta’limning insonparvarlik yo`nalishini ta’minlash tamoyili negizida ishlab chiqilgan. Qo‘llanma muallifi estetik tаfаkkur mаydоnigа kirgаn Otajn Hoshimov singari аzаmаt о‘g‘lоnlаrning qаlb tug‘yоnlariini olimning vaqtli matbuotda sochilin yotgan mаqоlаlаri zаmirigа yаshiringаn sаmimiyаtdаn izlаgan. Munаqqid ijоdining fаzilаt vа qusurlаrini kо‘rsаtish аsnоsidа, qatag’onlik dаvri dаxshаtlаri asrorini ham ochiq-oydin ko‘rsatgan. Oddiy bir insоn va ulkan eruditsiyali olimning kо‘ksidаn silqiyоtgаn iztirоb vа nоlаlаr, hаyqiriqlarning оvоzlаriga quloq tutgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim tizimi 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. O‘zbek adabiy tanqidi tarixi muammolarini o‘rganishga ixlosmand mustaqil tadqiqotchi, tayanch doktorant va doktorantlar ham undagi yangicha talqinlardan foydalanishlari mumkin.
-
Педагогик технология - Замонавий ўзбек миллий модели
Олий ва ўрга махсус таълим вазирлигининг Вазирлик тизимида 2007-2011 йилларга мўлжалланган фундаментал тадқиқотлар дастурлари доирасидаги ОТ-Ф8-208 - Таълим муассасалари ўқув-тарбия жараёнига замонавий педагогик технологиялар ва илғор тажрибаларни жорий этишнинг илмий-назарий асослари мавзусидаги фундаментал лойиҳа асосида тайёрланган.
-
Navoiyshunoslik (“Hayrat ul-abror” misolida)
Mazkur “Navoiyshunoslik” (“Hayrat ul-abror” misolida) o‘quv qo‘llanmasi amaldagi o‘quv reja va shu reja asosidagi o‘quv dasturiga muvofiq yaratilgan. Unda “Navoiyshunoslik” fani doirasida o‘rganish ko‘zda tutilgan mavzular, xususan, Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni va unga oid masalalar batafsil yoritilgan. O‘zbek navoiyshunosligi erishgan eng so‘nggi ilmiy yutuqlardan samarali foydalanilgan. O‘quv qo‘llanma 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, undan 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti, 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti (kechki) ta’lim yo‘nalishi talabalarini o‘qitishda ham foydalanish mumkin.
-
Texnologiya fanini o'qitish metodikasi" (tiflopedagogika yo'nalishi uchun).
Mamlakatimizda ta'lim sohasida olib borilayoygan yangilanish, modernizatsiya jarayoni uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo'g'inlari jumladan, oliy ta'limda ham zamon talablariga javob bera oladigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularda yangi bilim va ko'nikmalarini shakllantirishni, o'z ustida ishlash, zamonaviy texnologiya yutuqlaridan maqsadli foydalana olish mahoratini oshirishni taqozo etmoqda.
-
Neyropedagogika. Neyrologopediya
Ushbu o'quv qo'llanmada "Neyropedagogika va neyrologopediya" kursining asosiy nazariy hamda metodik masalalari kompleks yondashuv asosida yoritilgan. Unda mazkur fanlarning predmeti, maqsadi va vazifalari, shuningdek, nutqida nuqsoni bo'lgan bolalarning psixofiziologik va neyropsixologik xususiyatlari keng tahlil qilingan.Mazkur o'quv qo'llanmada neyropedagogika fanining maqsad va vazifalari, kognitiv neyrologiyaning asoslari, miya va ta'lim o'rtasidagi bog'liqlik, bolalarning neyropedagogik xususiyatlari va bilish jarayonlari, inson nerv sistemasining tuzilishi hamda oliy nerv faoliyati kabi fundamental masalalar tizimli ravishda yoritilgan. Shu bilan birga, neyropedagogikaning tamoyillari va tarmoqlari, imkoniyati cheklangan o'quvchilarning neyropedagogik diagnostikasi, yetakchi yarimsharni aniqlash usullari, reprezentativ tizimlar va ularning ishlash dinamikasi ilmiy asosda tahlil qilingan.
-
Noorganik moddalar texnologiyasi
Ўқув қўлланмада калий хлорид технологияcи, асосий жараёнлари, уларнинг назарияси, қурилмалари ва ишлаш принциплари баён этилган.
-
Jismoniy tarbiya va sport
Ushbu o`quv qo`llanma o`quv fani sifatida oliy va o`rta maxsus ta`lim tizimida malakali mutaxasislar tayyorlashga yordam berishdek ijtimoiy va davlat ahamiyatiga ega vazifani bajaradi.
-
Hindiy tili
Ushbu o'quv qo'llanma nofilologik yo'nalishlar, jumladan, 61010100-Turizm va mehmondo'stlik, 60220500-Falsafa, 60220300-Tarix, 60230500-Antropologiya va etnologiya, 60411900-Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, 60320100-Jurnalistika yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan.