-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
-
-
-
-
-
-
Ichki savdo iqtisodiyoti
Ushbu darslikning maqsadi talabalarga savdo korxonalari faoliyati bo`yicha chuqur bilimlar berish; ularning ko`rsatkichlarini tahlil qilish usullarini chuqur o`rganishni ta`minlash; bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda savdo sohasining prognozlash va rejalashtirish usul-uslublarini bayon etish; ularni amaliyotda qo`llash yo`llarini talabalarga tushuntirish, bozor konyukturasidagi o`zgarishlarni baholay bilish; tijorat muammolarini hal qilishga ijodiy yondoshish; ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy islohotlarni savdo sohasida amalga oshirishi yuzasidan strategik va joriy qarorlarni ishlab chiqish, ularni amaliyotda ijrosini ta`minlash, savdoning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish yo`llarini aniqlash kabi masalalar to`g`risida nazariy va metodologik bilimlarga, ko`nikmalarga ega bo`lishini ta`minlashdan iborat.
-
Общий курс высшей математики:
Книга состоит из трех разделов. Первый раздел посвящен изложению аналитической геометрии, второй математическому анализу, элементам теории поля и основным уравнениям математической физики, третий теории вероятностей.
-
Ichki yonuv motorlari nazariyasi va dinamika asoslari
Darslikda porshenli ichki yonuv dvigatellari nazariy va haqiqiy sikllari, ularning indikator va effektiv ko`rsatkichlari, xarakteristikalari, issiqlikdan foydalanish va issiqlik balansi, yonish mahsulotlarining insonga va ekologiyaga ta`siri hamda dvigatel (krivoship-shatunli mexanizm) kinematikasi va dinamikasi ko`rsatilgan; dvigatel ishiga va uning ko`rsatkichlariga konstruksion omillar va ekspluatatsiya sharoitlarining ta`siri batafsil bayon qilingan; ko`rilayotgan jarayon mohiyatini tushunishga alohida urg`u berilgan; mustaqil ishda o`rganilayotgan jarayonlar bo`yicha amaliy ko`nikmalar hosil qilish uchun zarur bo`lgan eng yangi ma`lumotlar yetarli darajada keltirilgan.
-
O`zbek xalq og`zaki ijodi
Darslikda o`zbek folklorshunosligining XX asrdagi ilmiy yutuqlari milliy g`oya konsepsiyasiga muvofiqlashtirilgan holda bo`lakak filologlarga tushunarli qilib, sodda va ravon uslubda bayon etildi. Har bir mavzu oxirida talabalarning mustaqil o`qishiga mo`ljallangan ilmiy va badiiy adabiyotlarning eng so`nggi nashrlari berildi.
-
To`qimachilik materiallarini o`rash nazariyasi
"To`qimachilik materiallarini o`rash nazariyasi" fani ip va ipsimon materiallarni o`rab joylama hosil qilishning nazariy asoslarini va amaliy jihatlarini o`rganish va tadqiq qilishda ishlatiladigan asosiy matematik usul va hisoblash vositalaridan foydalanish, o`rash mxanizmlari turlari, tuzulishi va usullari va bunda talab qilingan ko`rsatkichlarni ta`minlash yo`llari va imkoniyatlarini o`rganishga qaratilgan.
-
Odam va hayvonlar fiziologiyasi
Dasturga kiritildan 11 ta tizimning hayotiy jarayonlarini bajarilishidagi funksiyalari, ularni tashkil qiluvchi to`qimalar, boshqa tashkiliy qismlar orasidagi fiziologik bog`lanishlar to`lig`icha talqin qilingan. Faqat ayrim tizimlarning ozganizmdagi hayotiy jarayonlarini bajarilishidagi o`rni, funksiyalari va amaliyotdagi ahamiyati hisobga olingan holda joylari almashtirildi.
-
Suv resurslaridan mukammal foydalanish va muhofaza qilish
Darslik oliy o`quv yurtlarining bakalavriatlari va magistrantlari uchun mo`ljallangan. Shuningdek, darslikdan kasb-hunar kollejlari, ilmiy xodimlar va amaliyotchilar ham foydalanishlari mumkin. Darslikda mualliflar tomonidan katta hakmda to`plangan ma`lumotlar asosida suv resurslari, ularning zaxiralari va ularni boshqarish tahlil qilingan.
-
Inson va jamiyat (11-sinf)
Inson va jamiyat predmeti inson, kishilik jamiyat hamda ular o`rtasidagi o`zaro munosabatlar to`g`risidagi bililmlarni umumlashtirish orqali kishining shaxsga aylanish jarayonlarini o`rganadi. Bunda inson va kishilik jamiyatning turli sohalari to`g`risidagi fan bilimlarning dunyoqarashiga oid bilimlar bilan masalasi o`rtaga chiqadi.
-
Автомобилларда юк ва пассажирларни ташиш асослари
"Автомобилларда юк ва пассажирлар ташиш асослари" дарслиги мазкур номдаги фан дастурига мувофиқ ёзилган бўлиб, олий ўқув юртларининг - Транспорт воситаларини ишлатиш ва таъмирлаш (автомобиль транспорти) бакалаврият йўналишидан таълим олаётган талабаларга мўлжалланган.
-
Тракторларни лойиҳалаш ва ҳисоблаш
Қўлланмада тракторларни ҳозирги замон тракторсозлигида эришилган фан ва техника ютуқлари асосида такомиллаштиришнинг истиқболли йўналишлари, давлат стандартлари бўйича лойиҳалаш қоидалари, уларнинг сифатини баҳоловчи кўрсаткичлар ҳамда ишлаш шароитларининг таҳлили, йиғма қисмлар ва деталларни ҳисоблаш усуллари, уларнинг тузилмасини такомиллаштиришга оид маълумотлар берилган.
-
Тракторларни ишлатиш ва таъмирлаш асослари
Ушбу дарслик икки қисмдан иборат. Биринчи - "Тракторларни ишлатиш" қисмида қишлоқ хўжалигида тракторлардан фойдаланиш, тракторларни қишлоқ хўжалик машиналари билан агегатлаш, трактор агрегатларининг кинематикаси ва тракторларни техник ишлатиш асослари масалалари ёритилган.
-
АТМОСФЕРА ФИЗИКАСИ
Дарслик университетларнинг физика ва гидрометеорология мутахассисликлари бакалавриат ва магистратура талабалари хамда метеорология ва Ер хакидаги бошка фанлар сохалари мутахассислари учун мулжалланган.
-
Қурилиш ашёлари
Олий ўқув юртлари қурилиш йўналишида таълим олаётган бакалавр ва магистрлар учун ўзбек тилида илк бор яратилган мазкур дарсликда қурилишда ишлатиладиган ашёларнинг асосий турлари, уларни ишлаб чиқариш технологияси, ишлатилиши, шунингдек, Ўзбекистон қурилиш ашёларига доир маълумотлар, уларнинг хоссалари ва қисқача тарихи ёритилган.
-
Пахта йигириш фабрикаларини лойиҳалаш
Мазкур дарсликда тўқимачилик ва йигириш фабрикаларини лойиҳалашдаги умумий йўналишлар, ишлаб турган фабрикаларни реконструция қилиш, қайта жиҳозлаш ва янги лойиҳаларни бажаришдаги ечимлар, уларга хомашё танлаш, йигириш тизими ва режаларини танлаш, ҳисоблаш машиналар сонини аниқлаш ва жойлаштириш масалалари атрофлича ёритилган.
-
Темирбетон ва тош-ғишт конструкциялари
Мазкур дарсликнинг мақсади талабага темирбетон конструкцияларини ҳисоблаш ва лойиҳалаш усулларини ўргатишдан иборатдир. Мустаҳкамлик, бикирлик ҳамда кўпга чидамлилик қурилиш конструкцияларига қўйиладиган асосий талаблардир. Бинокор-муҳандис конструкциянинг шундай ечимини топиши керакки, бунда конструкция ҳам юқоридаги талабларга жавоб берсин, ҳам тежамли бўлсин.
-
Ноорганик материаллар кимёвий технологияси
Дарсликда кимё, силикат ва металлургия саноатининг асосий маҳсулотларини ишлаб чиқаришнинг кимёвий технологиясига оид маълумотлар келтирилган.