-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
-
-
-
-
Ижтимоий психология
Дарслик шахс ва жамият муносабатларини тизимли тарзда ўрганувчи психологиянинг муҳим тармоқларидан бири бўлган ижти-моий психология фанига бағишланган. Унда ижтимоийпсихологиянинг фундаментал муаммолари бўлмиш мулоқот, гуруҳлар ижтимоий психологияси, шахснинг ижтимоий-психологик сифатлари, унинг жамиятда ижтимоийлашуви, жумладан, иқтисодий ижтимоийлашуви жараёнлари, бошқарув психологияси асослари ва унинг татбиқий жабҳалари баён этилган. Ижтимоий психологиянинг предметига оид турли қарашлар, ривожланиш тарихига оид материаллар ҳамда ижтимоий-психологик жараёнларни ўрганиш усуллари ҳам китобда ўз ўрнини топган. Илк маротаба ахборот-психологик хавфсизлик масалалари ижтимоий психологиянинг предмети сифатида баён этилиб, турли коммуникатив хуруж-лар шароитида шахснинг ўзини ўзи ҳимоя қилиш шартлари илмий жиҳатдан асосланган. Зеро, олий ўқув юртларида таҳсил олаётган бакалавр-талабалар ҳамда магистрларнинг ижтимоий хулқ турли кўринишлари борасида аниқ билимларга эга бўлиши, юртимизда психологик хизматни ташкил этишга оид кўникма ва малакаларга эга бўлиши ўта долзарбдир.
-
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
Ushbu darslikda iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning hozirgi zamon mazmuni, tadqiqot obyekti va predmeti, shakllanishi hamda rivojlanish xususiyatlari, ichki tuzilishi, tadqiqot usullari ko'rib chiqilgan.
-
Физик кимё
Дарсликда физик кимёнинг асосий бўлимлари — молекулаларнинг тузилиши, термодинамиканинг уч бош қонуни, қайтар реакцияларда реакцияга (чиқимига) таъсир этувчи омиллар ва унумини ошириш чоралари, агрегат (фазалар) ҳолатларининг ўзгариши билан борадиган жараёнларда моддаларнинг тақсимланиши, эритманинг (электролит) хоссалари ва электр ўтказувчанлиги, гальваник элементларда кимёвий энергиянинг электр-энергияга айланиши, электролиз жараёнида электродларда моддаларнииг ажралиши, кимёвий реакциялар тезлигига таъсир этувчи омиллар ва реакция тезлигини ошириш чоралари баён этилган.
-
Француз тили дарслиги
Мазкур дарслик гуманитар йўналишдаги педагогика олийгоҳлари талабалари учун мўлжалланган. Дарслик француз тилини мактаб дастури даражасидан биладиган талабаларга мослаштирилган, лекин чуқурроқ билим бериш мақсадида, мактаб дастурининг бошланғич давридаги ўқув материалини такрорлаш ва мустаҳкамлаш вазифасини ҳам ўз ичига олади.
-
Klinik farmakologiya
Darslikda klinik farmakologiyaning umumiy va xususiy savollari, aniq kasallik va sindromda bemorga dorining klinik va farmakologik tavsifidan kelib chiqib, samarali va xavfsiz dori va dorilar aralashmasini tavsiya qilish, o 'tkazilayotgan farmakoterapiyani samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish usullari kabi, umumiy amaliyot vrachlari uchun dolzarb masalalar yoritilgan.
-
Xalqaro mehmonxonalar tizimi
Ushbu darslik xalqaro mehmonxonalarning jahon tizimida roli, xalqaro mehmonxona tizimining evolutsiyasi, uning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi o'rni, mehmonxona va turistlarni joylashtirish vositalarining turlari, mehmonxona xizmatlarining transmilliylashuvi va globallashuvi, mehmonxona xizmatlar bozorining rivojlanish tendensiyalari, xalqaro mehmonxona tizimlarining boshqaruv shakllari va mamlakatlarning mehmonxona biznesning rivojlanish xususiyatlari va tendensiyalari to'g'risida batafsil ma'lumot beradi.
-
O'zbek musiqasi tarixi
Unda XX asr o'zbek musiqa madaniyatining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, musiqiy hayot, bastakorlik ijodi, o'zbek bastakorlarining yaratgan asarlari va rivoji yoritib berilgan.
-
Fitoterapiya
Mazkur darslik qabul qilingan o'quv dasturi bo'yicha yozilgan bo'lib, Toshkent farmatsevtika instituti talabalari uchun mo'ljallangan. Darslik Toshkent Farmatsevtika institutining farmokologiya va klinik farmatsiya kafedrasi xodimlari tomonidan yaratilgan. U ikki-umumiy va xususiy qismdan iborat. Fitoterapiyaning umumiy masalalari fan tarixi, dorivor Q'simliklar tasnifi. fitopreparatlarni yaratilishi. dozalanishi va boshqalar o'rin olgan. Xususiy masalalar qismida esa dorivor o'simliklar va ulardan olingan farmokologik faol moddalar saqJagan fitopreparatlarning kimyoviy tarkibi, farmodinamikasi va turti kasalliklarda ishlatilishi to'g'risida ma'iumot berilgan. Fitoyig'malarga misollar keltirilgan. Darslikda sobiq ittifoqda, shu jumladan. asosan, Markaziy Osiyo va ayniqsa, O'zbekistonda o'sadigan va o'stiriladigan shifobaxsh o'simliklar va ularning ko'pchiligini rasmlari, dorivor o'simliklarning o'zbekcha, ruscha-Iotinca nomlarining ko'rsatgichlari ham berilgan.
-
Biokimyo va biokimyoviy tekshirish usullari
Mazkur darslik tibbiyot kolledjlarning tibbiy laborant yo'nalishlari talabalari uchun o'quv adabiyoti sifatida tayyorlangan. Darslikda oqsillar, uglevodlar, lipidlar, vitaminlar, gormonlar, fennenlarning kimyoviy strukturasi, xossasi va vazifalari, hamda fanga oid bir qator yangi ma'lumotlar keltirilgan. «Biokimyo va biokimyoviy tekshirish usullari» fanining farmatsiyada va amaliy tibbiyotdagi ahamiyatini e'tiborga olib, darslikda moddalar almashinuvining turli bosqichlarini buzilishida kelib chiqadigan kasalliklarning asoslari ko'rib chiqilgan Darslikning umumiy strukturasiga mos ravishda bir qator laboratoriya ishlari ham keltirilgan.
-
Ноорганик материаллар кимёвий технологияси
Ноорганик материаллар кимёси теехнологияси фанига оид дарсликда кимё, силикат ва металлургия саноатининг асосий маҳсулотларини ишлаб чиқаришнинг кимёвий технологиясига оид маълумотлар келтирилган.
-
Факультет педиатрияси
Дарслик факультет педиатрия фанининг бешта бўлимини ўз ичига олган. Булар эрга ёшдаги болалар касалликлари,, пульмоналогия, кардиоревматология, нефрология ва гастроэнтерология бўлимларидир. Хар бир бўлимда ҳозирги вақтда кўп учрайдиган болалар касалликлари батафсил ёритиб берилган.
-
Элементы теории функций и функционального анализа
Содержит строгое систематизированное изложение основ функционального анализа и тонких вопросов теории функций действительного переменного. Основой явился курс функционального анализа (вначале «Анализ III»), читавшийся академиком А. Н. Колмогоровым в течение ряда лет на механико-математическом факультете МГУ им. М. В. Ломоносова. 5-е изд. — 1981 г. Для студентов университетов, аспирантов, преподавателей, а также для научных работников в области математики и в смежных областях
-
Bioorganik kimyo
Tibbiyot fanining yanada rivojlanishi,shifokorlik kasbiga bo`lgan talabning oshishi tibbiyot ta`limi sistemasida organik kimyodan bioorganik kimyoga o`tishni taqazo etdi,sistemasida organik kimyodan bioorganik kimyoga o`tishni taqazo etdi,binobarin bioorganik kimyo yuqori malakali shifokorlarni tayyorlashda zamon talablariga javob beradi.
-
Bioorganik kimyo
Tibbiyot fanining yanada rivojlanishi, shifokorlik kasbiga bo`lgan talabning oshishi tibbiyot ta`limi sistemasida organik kimyodan bioorganik kimyoga o`tishni taqazo etdi,sistemasida organik kimyodan bioorganik kimyoga o`tishni taqazo etdi, binobarin bioorganik kimyo yuqori malakali shifokorlarni tayyorlashda zamon talablariga javob beradi.
-
Туркистон чор Россияси мустамлакачилиги даврида
"Ўзбекситоннинг янги тарихи "халқимиз ва мамлакатимизнинг кўҳна ва бой тарихини чуқур ўрганиш ҳамда ҳаққоний таҳлил қилиш йўлида қўйилган дастлабки қадамдир.Бу китобнинг ёзилишида юртбошимиз Ислом Каримовнинг:"Тарихга мурожаат қилар эканмиз,бу халқ хотираси эканлигини назарда тутишимиз керак.Хотирасиз баркамол киши бўлмаганидек ,ўз тарихини билмаган халқнинг келажаги ҳам бўлмайди",-деганг сўзлари датуриламал бўлиб хизмат қилади.Янги тарихни ёзиш эса яқин ўтмишни ,бир ярим асрлик тарихни ўз ичига олади.Ундан ташқари ўтган воқеаларнинг жонли гувоҳлари бор,эсдаликлари ҳам мавжуд.Ишончли тарихий манбалар бор.
-
Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari
Mazkur darslik hozirgi zamon fan va texnika yutuqlarini inobatga olgan holda mineral tog‘ jinslarini, kerakli ma’danlarni nokerak tog‘ jinsidan ajratish usullari: gravitatsiya, flotatsiya, magnit, elektr va maxsus usullarda boyitishda foydali qazilmalarni boyitish jarayonlarining nazariyalari va boyitish mahsulotlarini suvsizlantirish, quritish jarayonlari hamda changsizlantirish jarayonlari keltirilgan. Har bir jarayon uchun sanoatda ishlatiladigan dastgohlar to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan. Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining «Konchilik ishi» va «Metallugiya» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim layotgan talabalar va shu sohada tahsil olayotgan magistrlar hamda yosh boyituvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.