-
-
-
-
Menejment, tashkilot va boshqaruv
-
-
-
-
-
-
-
-
Analitik geometriya
Ushbu darslik oliy ta'lim muassasalari "Matematika" bakalavriat ta'lim yo'nalishining "Analitik geometriya" fani dasturiga mos yozilgan bo'lib, unda kordinatalar sistemasi, ikkinchi tartibli chiziqlar va ularning klassifikatsiyasi, vektorlar nazariyasi, to'g'ri chiziq va tekisliklar shuningdek ikkinchi tartibli sirtlar bo'limlaridan nazariy materiallar, asosiy masalalar yechish usullari, misol va masalalar berilgan.
-
Falsafa. Pedagogik ta’lim yo‘nalishlari uchun
Ushbu darslik barcha pedagogik ta’lim yo‘nalishlarida majburiy fan sifatida kiritilgan. Dаrslikning zаrurligi vа dоlzаrbligi аlоhidа е'tibоrgа lоyiqdir. Mualliflar darslikni ishlab chiqarishda fanlar bo‘yicha soatlar hajmi, mavzu va rejalarini, adabiyotlar ro‘yhatini, mustaqil ishlarning mavzularini va ularga tayyorgarlik ko‘rishda foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati ham ko‘rsatib o‘tganliklari talabalarga fanni o‘zlashtirishlari uchun qulayliklar yaratadi. Darslikda fanning maqsad va vazifalari, o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, uslubiy jihatidan uzviy ketma-ketligi, ushbu fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish jarayoni hamda ma’ruza va seminar mavzularini o‘z ichiga qamrab olgan. Darslik institut fakultetlarining barcha yo‘nalish talabalariga ma’ruza va seminar mashg‘ulotlar o‘tish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, oliy ta’lim me’yoriy hujjatlari talablariga javob beradi, undan pedagoglar va talabalar dars davomida foydalanishiga tavsiya etilgan.
-
Hozirgi zamon raqobat nazariyalari
Darslik talabalarga raqobat toʻgʻrisida, uning nazariy rivojlanishi, zamonaviy iqtisodiyotda raqobat kurashining mazmun-mohiyati, yoʻnalishlari, raqobat ustunligi, raqobat strategiyalari, raqobatbardoshlik va firmalarning raqobat mavqei, monopoliyaga qarshi kurash, tartibga solish, raqiblar funksiyasini differensiatsiyalash toʻgʻrisida yaxlit bilimlar berishga yoʻnaltirilgan. Darslikda raqobat tushunchasi, uning iqtisodiy fanlarda nazariy bayon etilishi va namoyon boʻlishi bilan bogʻliq muammolar, raqobat ustunligi konsepsiyasi, korxona, tarmoq va mamlakat raqobatbardoshligi, raqobat muhitini shakllantirish va raqobat siyosatini tartibga solish boʻyicha xalqaro amaliyot masalalari yoritib berilgan.
-
Oliy Matematika
Mazkur o'quv qo'llanma oliy matematika fanining determenantlar, matritsa, matritsa rangi, teskari matritsa, chiziqli tenglamalar sistemalari, vektorlar algebrasi, tekislikda analitik geometriyaning sodda masalalari, matematik tahlil elementlari, aniqmas va aniq integrallar va ularning tatbiqlari hamda oddiy differensial tenglamalar bo`limlaridan dastur asosida ajratib olingan qismlaridan tuzilgan. Qo`llanma oliy o'quv yurtlarining nomatematikaviy fakultetlari talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda oliy matematika fani bo`yicha nazariy va amaliy mashg`ulotlar to`plami keltirilgan.
-
Charm va mo'ynani pardozlash
Darslikda pardozlash jarayonlari ya'ni, fizik-kimyoviy jarayonlar to'ldirish, bo'yash, moylash, quritish,ho'llahs, qoplab bo'yash va mexanik operatsiyalar siqish, cho'zish,chig'irlash, presslash, tayyor maxsulotlarni chetlarini qirqish va maydonini o'lchash hamda ularni bajarishning nazariy asoslari bilan birgalikda amalda bajarishi keltirilgan.
-
Banklarda buxgalteriya hisobi
Banklarda buxgalteriya hisobi fani dasturiga muvofiq tayyorlangan bo'lib, unda banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish bilan bog'langan nazariy va amaliy masalalar ko'rib chiqilgan.
-
Управление проектами Фундаментальный курс
Учебник содержит полное и сестематическое изложение основопологающее положений методов и инструментов управленияпроектами Рассматриваються вопросы управления проектами в компании
-
Ёнилғи мойлаш материаллари ва техник суюкликлар
Дарсликда трактор, автомобил ва бошқа қишлоқ хўжалиги ҳамда мелиоратив машиналарида ишлатилаётган ёнилғи мойлаш материаллари ва техник суюкликларни сифатини аниқлаш, танлаш ва улардан самарали фойдаланиш бўйича фан ва илғор тажрибаларда тўпланган энг янги ютуқлар ўз ифодасини топган.
-
Ijtimoiy pedagogika
Ushbu darslik "Ijtimoiy pedagogika" kursining mazmuni talabalarni ijtimoiypedagogik faoliyatga tayyorlash zarurati, ijtimoiy pedagogika-ning fan sifatida bugungi kundagi real talablarni aks ettirishda, ijtimoiy pedagogik amaliyotning dolzarb muammolari bilan bog'liq bilim va malakalarni egallashda, boʻlg'usi mutaxassisga bu muammolarni sama-rali hal etishga ko'maklashish hamda ijtimoiy zarur sifatlar majmuinini, metodlarini tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilish muammolariga ba-g'ishlanagan. Shuningdek, mazkur dasrlikda ijtimoiy pedagogik faoli-yatning o'ziga xosliklari va uning gumanistik yo'nalganligi, turli toifadagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat olib borishning asosiy metod va shakllari, ulardan amaliyotda foydalana olish, talabalarda ijtimoiy pedagogik jarayonlarni tahlil qilish usullarini qoʻllash, ijtimoiy metodik savodxonlikni hamda pedagogikpsixologik tayyorgarlikni shakllantirishning pedagogik vositalari yoritib berilgan.
-
Texnologik jarayonlarni loyihalash
Darslikda Respublikamizdagi paxta, ipak, jun,kanop,sun'iy va kimyoviy xom ashyolardan tayyorlanadiganto'qimalar uchun texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari kiritilgan. Loyihalashda dastlabki topshiriqlar, bajariladigan ishlar, to'qimani oldindanberilgan xususiyatlari bo'yicha loyihalash, yangi to'qima uchun texnologik jarayon va uskunalar tanlash, sarflanadigan xom ashyo miqdorini aniqlash usullari keltirilgan.
-
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari
"Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" fanini bilish bakalavriaturaning barcha yo' nalishlari va magistraturaning ixtisosliklari uchun o' quv rejaning muhim tarkibiy qismi bo' lib qoladi. Modomiki oliy ta' lim muassasalarini bitiruvchilari metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish mahsulot sifati menejmentining imkoniyatlarini va afzalliklarini bilishi hamda ulardan foydalanish imkoniyatlariga ega bo' lishi lozim.
-
Contemporary linguisties
Mazkur darslik zamonaviy tilshunoslik nazariyasi va tahliliga oid muhim bo‘limlarni qamrab oladi. Darslik fonetika, fonologiya, morfologiya, sintaksis, semantika, pragmatika va sotsiolingvistika kabi sohalarni o‘z ichiga olgan. Talaba va tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan bu asar nazariy tushunchalar, zamonaviy misollar va amaliy mashqlar bilan boyitilgan. Unda turli tillar va madaniyatlardagi til xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi.
-
Ma'muriy huquq
Darslikda davlat boshqaruvining mazmun-mohiyati, mamlakatni modernizatsiya qilish «Ma'muriy uquq» fani tushunchasi, ma'muriy huquq tamoyillari va boshqa m`lumotlar berilgan.
-
Elektron Hukumat
Darslikda elektron hukumat yurdik va jismoniy shaxslar uchun xizmatlarni osonlashtirish, axborot tizimlari, sohasiga innovatsion yondashuvlar , yaratuvchanlik va yangiliklar kiritish yordamida ish jarayonlari amaliy jihatlari berilgan.
-
Kreativ pedagogika
Mаzkur dаrslikdа kreаtiv pedаgogikаning umumiy аsoslаri, kreаtiv psixologik-pedаgogik texnologiyаlаr turlаri vа mаzmuni yoritilgаn. Shu bilаn birgа dаrslik fаn boʻyichа mustаqil tа’lim topshiriqlаri, glossаriy, hаmdа test sаvollаri toʻplаmini hаm oʻz ichigа qаmrаb olаdi. Dаrslik oliy tа’limning 60110100-“Pedаgogikа” yo‘nаlishi tаlаbаlаri uchun “Kreаtiv pedаgogikа” fаnidаn tаvsiyа etilаdi. Shuningdek, dаrslikdаn “Mаktаbgаchа tа’lim” vа “Boshlаng‘ich tа’lim” yoʻnаlishidа tаhsil olаyotgаn tаlаbаlаr hаm foydаlаnishlаri mumkin.
-
Yunogogika
Darslik oliy ta’limning 60110100- Pedagogika. Tarbiya fani o‘qituvchisi ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning mazmunida yoshlar bilan ishlash, ularni pedagogik qo‘llab-quvvatlash jarayonini pedagogik bilimlarning bir tarmog‘i sifatida ko‘rib chiqish zarurligi asoslab berilgan. Yunogogikaning ob’ekti, predmeti, vazifalari, yoshlar o‘rtasidagi ijtimoiy-pedagogik faoliyatning tamoyillari va asosiy yo‘nalishlari belgilanadi. Yoshlarning ijtimoiy faolligi va ijtimoiy mas’uliyatini rivojlantirish muammosiga alohida e’tibor qaratilib, ilg‘or tajribalar umumlashtirilib, yoshlarni pedagogik qo‘llab-quvvatlashning o‘ziga xos usullari taklif etilgan.