-
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
Bojxona ishi
Mazkur qo‘llanmada bojxona ishiga oid qarorlar, normativ-huquqiy hujjatlar va bojxona ishida amalga oshiriladigan jarayonlar bayon qilingan. “Bojxona ishi” fanidan tayorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan tovarlar, ularni “Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi” qoidalariga muvofiq bojxona to‘lovlarini to‘g‘ri hisoblash va undirish, undirilgan mablag‘larni davlat byudjetiga o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlash hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni boshlagan tadbirkorlik sub’ektlari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida ishlab chiqildi.
-
National and cultural heritage of Uzbekistan
Mazkur o‘quv qo‘llanma 61010500 – Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha) yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar va turizm sohasiga oid ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan. Ushbu adabiyot CEFR shkalasi bo‘yicha B2 darajasiga erishishni maqsad qiluvchilar uchun bo‘lib, 3 ta qismdan tashkil topgan 20 ta bo‘limdan iborat. Qo‘llanma sohaviy so‘zlarni, audio mashqlarni, interaktiv mashg`ulotlarni va mavzuga doir matnlarni o‘z ichiga oladi.
-
Inklyuziv ta'lim. Gospital pedagogika
Mazkur o‘quv qo‘llanmada “Inklyuziv ta’lim va gospital pedagogika” fanining asosiy masalalari, uning nazariy-metodologik asoslari, imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv taʼlim va uzoq davom etuvchi kasallik bilan ogʻrigan bolalarni shifoxona taʼlimi muhitida taʼlim-tarbiya berishning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning mazmun mohiyati, tamoyillari, shakl va usullari nazariy jihatdan yoritib berilgan.
-
Kimyodan nazariyalar,masalalar,test topshiriqlari va ularning yechish usullari
Ushbu o‘quv qo‘llanma оliy ta’lim muassasalarining kimyо mutaxassisliklari fan dasturiga muvоfiq yоzilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmadan kimyоdan ta’lim оluvсhi оliy o‘quv yurtlarining talabalari,umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey o‘quvсhilari, kimyо o‘qituvсhilari va abituriyentlar unumli fоydalanishlari mumkin.Har bir bo‘limda qisqa nazariy material, masalalar yeсhish va test tоpshiriqlarining namunalari, hisоblash uсhun zarur bo‘lgan fоrmulalar va metоdik yo‘llanmalar berilgan. So‘ngra mustaqil yeсhish uсhun masalalarva dasturiy (prоgrammalashtirilgan) nazоrat ishlari keltirilgan.
-
Methodology of teachihg adults
Mazkur o‘quv qo‘llanmada katta yoshdagilarda ingliz tili o‘rganish va o‘rgatish bilan bog‘liq jarayonlar, o‘quvchilarning yoshga oid psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olib ingliz tilini o‘rganilishining muvaffaqiyatli va samarali tashkil etish yo‘llari ochib berilgan.
-
Ekologiya o‘qitish metodikasi
Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining 5630100-Ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar, shuningdek, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, o‘qituvchilar hamda shu sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
-
Tuproq fizikasi
Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining 60530700- Tuproqshunoslik, 60810700-Agrokimyo va agrotuproqshunoslik ta’lim yo‘nalishlarida “Tuproq fizikasi” majburiy kursini o‘qitishda namunaviy o‘quv dasturiga muvofiq ravishda yaratildi. Unda tuproqning qattiq fazasi fizikasi, ya’ni tuproqning mexanik elementlari, tarkibi, umumiy fizik va fizik-mexanik xossalari hamda strukturasi, shuningdek, ushbu xossalarning ahamiyati va ularni aniqlash usullariga oid ma’lumotlar batafsil yoritilgan.
-
Ma’naviyat va tarbiya fanini o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari.
Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurti, professional ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar hamda oliy o‘quv yurtlarida ta’lim berayotgan professor-o‘qituvchilar, magistrlar va mustaqil izlanuvchilarga “Ma’naviyat asoslari” “Tarbiya” fanlaridagi mavzularni o‘zlashtirishlariga qo‘shimcha manba sifatida foydalanishlari uchun mo‘ljallangan
-
Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi
Mazkur o'quv qo'llanma "Boshlang'ich ta‘lim pedagogikasi" fanining o'quv rejasi va ish dasturiga muvofiq yaratilgan. U nazariy va amaliy mashg'ulotlarning ta‘lim texnologiyalarini qamrab oladi. Ushbu o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Mehmonxona marketingi
Mehmonxonalarda servis xizmatlarini jahon andozalariga moslashtirish, ulardagi xizmat turlarini takomillashtirish va sifatini oshirish, ularni o‘rganishda marketing tadbirlarini qo‘llash soha rivojini ta’minlaydi. Demak, ushbu sohani rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotini yuksalishiga olib kelar ekan, bugungi kunda uning holatini marketing yondashuvi asosida tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
-
Методика преподавания математики (геометрии)
Данное учебное пособием может быть полезным для студентов, аспирантов, учителям математики и научным сотрудникам, проводящие научные исследования в области преподавания геометрии и они могут использовать данное пособие в своей учебе и работе.
-
Kimyоviy texnоlоgiyadan praktikum
Ushbu о'quv qо'llanma оliy о'quv yurtlarining kimyо mutaxassisliklari о'quv dasturlariga muvоfiq yоzilgan. Ushbu о'quv qо'llanma kimyоning bakalavriat ta‘lim yо'nalishlarida tahsil оlayоtgan talabalar uсhun mо'ljallangan. Har bir bо'limda оid qisqa nazariy ma`lumоt, tajribalar, mavzu оxirida esa savоl, mashq va masalalar berilgan.
-
Onа tili o‘qitish metodikаsi
Mаzkur metodik qo‘llаnmаdа boshlang‘ich sinflаrdаgi sаvod o‘rgаtish dаvrining mаzmuni, o‘qish vа yozish mаlаkаlаrini tаkomillаshtirish usullаri, onа tilini o‘rgаnish jаrаyonidа nutqni o‘stirish vа boyitish yo‘llаri, bаdiiy аsаr ustidа ishlаsh metodlаri hаmdа test topshiriqlаri qаmrаb olingаn.
-
Umumiy fizika
shbu “Umumiy fizika” o‘quv qo‘llanmasi Oliy o‘quv yurtlarining 60510100 – Biologiya ta'lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Mazkur qo‘llanma hodisalar va jarayonlarning fizik mohiyatini yanada chuqurroq o‘rganish, nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun mo ‘jallangan.
-
Tuproq biogeokimyosi
Qo‘llanmada tuproqshunoslik, agrokimyo va agrokimyoshunoslik yunalishi talabalari va magistrantlari uchun yozilgan bo'lib, undan biologiya, geografiya , kimyo yo'nalishi talaba va magistrlari ham foydalanishlari mukmin.
-
Bino va inshootlar tipologiyasi
Ushbu o'quv qo'llanmada past o'rta va yuqori qavatli binolarni loyihalash jarayonining umumiy qoidalari va tipologiyasi bayon qilingan