-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
-
Основы системного анализа
Данное учебное пособие подготовлено для магистрантов, которые обучаются по специальности 70711401 - «Автоматизация технологических процессов и производства (в водном хозяйстве)». Оно может быть использовано для направлений и специальностей, связанных с анализом сложных систем, их проектированием, разработкой моделей систем при управлении технологическими процессами и объектами. Учебное пособие предназначено для магистрантов вузов, обучающихся по специальности «Автоматизация технологических процессов и производства».
-
O‘ZBEKISTON TARIXI
O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari tarix fakultetlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda O‘zbekiston tarixi eng qadimgi davrlardan boshlab XIV asrning o‘rtalariga qadar bo‘lgan davrni qamrab oladi. Mazkur darslik mustaqillik yillarida olib borilgan tadqiqotlarning umume’tirof etilgan natijalari bilan boyitilgan, fan bo‘yicha innovatsiyalar o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan. Darslikdan magistrlar, izlanuvchi-tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va tarixchi olimlar ham foydalanishlari mumkin.
-
O'zbekiston tarixi: (Turkiston Chorizm mustamlakachiligi davrida) 1-kitob
Ushbu kitob Turkiston o'lkasining chor Rossiyasi mustamlakasiga aylanishi, uning sabablari va mustamlakachilik tuzumining Turkiston xalqlari boshiga solgan zulmi hamda bedodliklari to'g'risida ilmiy-ommabop tarzda hikoya qiladi. Asarda Qo'qon xonligi, Buxoro amirligi va Xiva xonligidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, o'lkaning istilo qilinishi, chor Rossiyasining siyosati va milliy davlatchilikni tiklash uchun olib borilgan xalq kurashlari atroflicha tahlil qilingan.
-
Mikrobiologiya va mikrobiologik tekshirish usullari
Darslikda yuqumli kasalliklarga sababchi bo'lgan mikroorganizmlarning barcha xossalari, ularning tashxis usullari yoritilgan.
-
O‘zbek tilining amaliy uslubiyati
Ushbu darslik oliy ta’lim muassasalarining filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz, nemis, ispan, fransuz) ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan. Unda hozirgi o‘zbek adabiy tilining bo‘limlari va ularning uslubiy imkoniyatlari ilmiy va nazariy jihatdan olingan matnlar va terma misollar asosida tahlil etilgan. Tilning vazifaviy uslublari, ularning uslubiy imkoniyatlari bo‘yicha nazariy ma’lumot hamda amaliy mashg‘ulotlarga tahlil uchun matnlar taqdim qilingan. Nazariy bilimlarni mustahkamlovchi testlar va muammoli vaziyat matnlari kiritilgan. Shuningdek, talabalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga qaratilgan “So‘z xususida so‘z” rukni asosida so‘z ma’nolarini tahlil etish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berilgan.
-
Metrologiya,standartlastırıw hám sertifikatlastırıw
Oqıw qollanba joqarı oqıw orınlarında bilim alıp atırǵan qurılıs injenerligi bakalavr tálim baǵdarı studentleri ushın arnalǵan.
-
O‘ZBЕK TILINING АMАLIY USLUBIYATI
Ushbu darslik оliy tа’lim muаssаsаlаrining filоlоgiya yo‘nаlishidа tahsil olayotgan bаkаlаvr tаlаbаlаrgа mo‘ljаllаngаn bo‘lib, hоzirgi o‘zbеk аdаbiy tilining bo‘limlаri vа ulаrning uslubiy imkоniyatlаri ilmiy vа nаzаriy jihаtdаn оlingаn mаtnlаr vа tеrmа misоllаr аsоsidа tаhlil qilinadi. Tilning vazifaviy uslublari, ularning uslubiy imkoniyatlari bo‘yicha nazariy ma’lumotlar hamda amaliy mashg‘ulotlar uchun matnlar jamlangan, shuningdek, talabalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga qaratilgan qo‘shimcha topshiriqlar ham o‘rin olgan.
-
O‘zbek tili
Ushbu darslik o‘zbek tilini intensiv ravishda sodda gap qurilmalaridan murakkab grammatik shakllargacha kompleks o‘rgatish asosida yozma va og‘zaki nutqni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Unda xorijiy tillarni o‘qitish tajribalaridan ijodiy foydalanilgan hamda o‘zbek tilini chet elliklarga o‘qitishning noan’anaviy usullari qo‘llanilgan. Undagi materiallar til bilish bo‘yicha A2 darajasiga to‘liq mos keladi. Mazkur darslik oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek tilini o‘rganayotgan xorijlik talabalari va o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan.
-
Oddiy differensial tenglamalar
Ushbu qo‘llanma oliy matematika kursining differensial tenglamalar bo‘limidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan. Ishda oddiy differensial tenglamalar va bunday tenglamalar sistemalarini yechish usullari bo‘yicha asosiy tushuncha va nazariy ma’lumotlar keltirilgan. Koshi masalasi yechimining mavjudlik va yagonalik teoremalari, birinchi tartibli differensial tenglamalarni integrallash usullari, yuqori tartibli tenglama tartibini pasaytirish, ixtiyoriy n-tartibli chiziqli differensial tenglamalarni integrallash, chiziqli va chiziqsiz differensial tenglamalar sistemalari uchun asosiy yechish usullari bayon etilgan.
-
O‘ZBEK TILI
Mazkur adabiyot ta'lim qoraqalpoq tilidagi guruhlarda sirtqi va kechki ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Uning tuzilishi va tarkibi kundalik turmushda, ijtimoiy-madaniy, rasmiy-idoraviy sohalarda, mehnat faoliyatida o‘zbek tilining kommunikativ imkoniyatlaridan foydalanishga qo‘yiladigan talablarga mos keladi. Darslik Qoraqalpog‘istonda o‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘qitishning ko‘p yillik pedagogik tajribasini umumlashtiradi.
-
Multivariate Statistical Methods
Multivariate Statistical Methods: A Primer offers an introduction to multivariate statistical methods in a rigorous yet intuitive way, without an excess of mathematical details. In this fifth edition, all chapters have been revised and updated, with clearer and more direct language than in previous editions, and with more up-to-date examples, exercises, and references, in areas as diverse as biology, environmental sciences, economics, social medicine, and politics.
-
O‘zbek tili
Mazkur darslik oliy ta'lim bakalavr yo'nalishlarining ta'lim qardosh tillarda olib boriladigan guruhlarida tahsil olayotgan talabalarga o'zbek tili (davlat tili)dan saboq berishga mo'ljallangan bo'lib, o'zbek tilining lisoniy boyliklari, grammatik qurilishi, nutq tuzilishi va uslublarini, shuningdek ish yuritishning rasmiy vositalarini bayon qiladi hamda Vatanimizning tabiati, iqlimi, qazilma boyliklari, aholisi, tarixi, urf-odatlari, milliy qadriyatlari va san'ati haqida ma'lumotlar berib, talabalarda Vatanparvarlik hissini shakllantirishga xizmat qiladi.
-
Erkin millat poydevori
Ushbu kitob O'zbekistonning eng yangi tarixiga bag'ishlangan bo'lib, unda davlatchilik, jamiyat tafakkuri va mamlakatning rivojlanish yo'llari chuqut tahlil qilinadi.
-
O‘zbek tili
“O‘zbek tili” darsligi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Darslik iqtisodiyot oliy o‘quv yurtlarining bakalavr bosqichi umumiy guruh talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv yili davomida olib boriladigan mavzularni o‘z ichiga oladi. Har bir dars matnlar, grammatik materiallar, mavzuni o‘zlashtirish va mustahkamlash uchun yo‘naltirilgan topshiriqlar, pedagogik texnologiyalar bilan boyitilgan. Darslikda talabalarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish maqsadida rus tilida ham matnlar va topshiriqlar berilgan.
-
Oila va gender sotsiologiyasi
Mazkur darslik “Oila va gender sotsiologiyasi” fanining namunaviy va ishchi dasturi asosida yozilgan bo`lib, unda Respublikamizda oilalarni qo`llab-quvvatlash, xususan oilalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta‘minlash, ijtimoiy-siyosiy sohalarda ayollarning rolini oshirish, nikoh va oilaning paydo bo`lishi, rivojlanishi va vazifalarini bajarish kabi masalalar o`z aksini topgan.
-
Oila huquqi
Ushbu darslikda oila huquqining umumiy va maxsus qismlari, jumladan, oila, oila huquqi tushunchasi, nikoh, er va xotinning huquqiy munosabatlari, ota-onalar va bolalarning huquq va majburiyatlari, aliment majburiyatlari, shuningdek, oila huquqining yangi institutlari, xususan, nikoh shartnomasi va uning ahamiyati yoritilgan.