-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
-
Cтpaтeгии экoнoмичecкoгo paзвития
Учeбник пpeднaзнaчeнo для пoдгoтoвки и пpoвeдeния пpaктичecкиx зaнятий пo диcциплинe «Cтpaтeгии экoнoмичecкoгo paзвития». Мaтepиaл xopoшo cтpуктуpиpoвaн и дaeт cиcтeмнoe пpeдcтaвлeниe oб уcтoйчивoм paзвитии кaк пapaдигмe paзвития чeлoвeчecтвa в XXI вeкe, ocнoвoй кoтopoгo являeтcя фopмиpoвaниe «зeлeнoй» экoнoмики. Пpoaнaлизиpoвaны пoдxoды, cвязaнныe c oцeнкoй уcтoйчивoгo paзвития нa ocнoвe индикaтopoв и цeлeй уcтoйчивoгo paзвития, пpиpoднoгo кaпитaлa, экoнoмичecкoй цeннocти пpиpoды. Идeнтифициpoвaны ocнoвныe нaпpaвлeния и мexaнизмы пepexoдa oт тexнoгeннoгo типa paзвития к уcтoйчивoму, экoлoгизaции кoмплeкcoв и ceктopoв, poли гocудapcтвa и pынкa в тaкoм пepexoдe.
-
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash
Ushbu darslik ikki qismdan iborat bo‘lib, darslikning birinchi qismida turar-joy binolari loyihalashning umumiy qoidalari, arxitektura bilan uzviy bog‘lanish jarayoni ko‘rsatib berilgan. Turar-joy binolarining tipologiyasi, ularning umumiy muammolari, uy-joy qurish masalalari, uy-joylarning turlari (klassifikatsiyasi), xonadon va uning tarkibi hamda funksional-texnologik bog‘liqligi yoritilgan bo‘lib, bunda jamiyat taraqiyoti, iqlim sharoiti, aholining demografiyasi, funksional joylashish vazifasi, yechimi, tashqi ko‘rinishiga ta’siri ko‘rsatilib va ularni asoslab berilgan
-
Transport va muhandislik obodonlashtirish
Darslikda muhandisona obodonlashtirish elementlari infrastrukturasi (ichimlik suv tarmog‘i, oqova suv tarmog‘i, isitish tarmog‘i, gaz tarmog‘i, elektr tarmog‘i, radio va telefon, sport inshootlari, suv havzalari, vertikal rejalashtirish, ko‘priklar) va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish, ularni loyihalash me’morlari, hamda ko‘cha-yo‘l harakati va jamoat transporti tizimini tashkil qilish haqida umumiy ma’lumotlar beradi
-
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
Ushbu darslikda kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati, iqtisodiyotda tutgan o‘mi, tadbirkorlikning turlari va shakllari, xorijiy mamlakatlarda hamda O'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, tahlil etish, boshqarish, kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko'rsatuvchi bozor infratuzilmalari, kichik biznes va tadbikorlik sub’ektlarining moliyaviy faoliyati, kredit bilan ta’minlash shakllari, kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini baholash usullari, shuningdek O'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari bayon etilgan.
-
Interyer va jihozlash
Ushbu darslikdagi material talabalarning bilim doirasini malakali saviyalar, uslublar va intuitsiya bilan yanada boyitish uchun xizmat qiladi. Ushbu bilimlar zamonaviy turar-joy, jamoat va sanoat binolarining ichki muhitini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab masalalarni yechish imkonini beradi
-
Axborot texnologiyalari va jarayonlarini matematik modellashtirish
Darslikda talabalar tomonidan muhandislik sohasida qo'llaniladigan axborot texnologiyalarni mavjud fanlar doirasida tasavvur va bilimga ega bo'lishi,boshqaruv jarayonlarida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishning nazariy asoslari,muhandislik sohasida axborot tizimlari va texnologiyalarini qo'llash maxsus dasturiy ta'minotlar bilan ishlash malakasiga ega bo'lishi yoritilgan.
-
Yo`l harakati qoidalari va avtomobilni amaliy boshqarish
"Yo`l harakati qoidalari va avtomobilni amaliy boshqarish" darslikdan kirish umumiy qoidalar va majburiyatlar; yo`l belgilari; yo`l chiziqlar; yo`llarda harakatni boshqarish va yo`lning qatnov qismida harakatlanish; chorrahada harakatlanish, tezlik va quvib o`tish, to`xtash va to`xtab turish; piyodalarning o`tish joylari va yo`nalishli transport vositalarining bekatlari, temir yo`l kesishmalari orqali, avtomagistrallarda , turar joy dahalarida, tik nishablik va balahdliklarda harakatlanish tog`risida ma'lumotlar keltirilgan.
-
Atrof-muhit komyosi
Ushbu darslikda yerdagi evolyutsion jarayonlar,yerning kelib chiqishi va evolyutsiyasi yer gidrosferasi haqida umumiy ma'lumotlar,yer gidrosferasi haqida umumiy ma'lumotlar,yer osti suvlari kimyosi suvning gidrologik aylanma harakati tabiiy suvlarning sinflanishi va radiatsion ifloslanishlari batafsil bayon etilgan.
-
LANDSHAFT DIZAYNI STUDIYA 6
“LANDSHAFT DIZAYNI STUDIYA 6” fani tabiiy va sun’iy muhit elementlarini uyg‘unlashtirib, estetik, ekologik va funksional jihatdan mukammal tashqi makonlarni yaratishni o‘rgatuvchi fan hisoblanadi. Ushbu fan landshaft arxitekturasi, ekologiya, urbanistika va dizayn yo‘nalishlari kesishgan sohada joylashib, hududning tabiiy resurslari, relyefi, o‘simliklar qoplami, suv manbalari va iqlim sharoitlarini tahlil qilish orqali optimal rejalashtirish yechimlarini ishlab chiqishni o‘rgatadi
-
Sodda gap sintaksisi va uslubiyati
Ushbu qo'llanmada sodda gap qolipi va uning ichki turlari xususida nazariy fikr yuritilgan holda uni o'qitishda ta'lim jarayonini sifatli tashkil etish, talabalar ongiga bilim, ko'nikma va malakalarni singdirishda yangicha yondashish usullari, grafik organayzerlardan foydalanish xususida mulohaza yuritilgan.
-
Elektr tarmoqlari va tizimlari
Darslikda elektr tarmoqlari va tizimlari, elektr tarmoq liniyalari tuzilishi, elektr tarmoqlarda quvvat va energiya isroflari, elektr tarmoqlarni texnik-iqtisodiy hisoblash asoslari, elektr tarmoqlarni loyihalash, elektrlashgan temir yo'l tortuvchi va notortuvchi yuklamalari elektr ta‟minoti ko'rib o'tilgan. Shuningdek, elektr energiyasining asosiy sifat ko'rsatkichlari va elektr energiyasi iste‟moli enyergetik balansi tahlili, elektr tarmoqlari va tizimlarida energiya tejash tadbirlari, iste‟mol qilinayotgan elektr energiyasiga o'rnatilgan tariflarning turlari keltirilgan
-
Turar joy va jamoat binolarini loyihalashning tipologik asoslari
Darslikda zamonaviy qurilish tajribasi tahlil qilingan, asosiy turar joy va jamoat binolari arxitekturasini shakllantirish qonuniyatlari aks ettirilgan. Asosiy e'tibor O'zbekiston sharoitida shunday binolarni qurish tajribasiga qaratilgan
-
Qog'oz texnologiyasining asoslari
Ushbu darslikda qog'oz dish texnologiyasining asoslari yo- ritilgan: xomashyo, qog'oz massasini tayyorlash, qog'oz polot- nosini shakllash, uni quritish, ishlov bcrish, olingan mahsulot- laming sifat ko'rsatkichlari hamda qog'oz olishda qo’llaniladigan suvning turlarini tayyorlash, suv sarfini kamayti- rish usullari, oqova suvlarni tozalash yo'llari keltirilgan. Kimyo texnologiya mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan talabalarga va selluloza-qog'oz olish korxonalarida xizmat qila- yotgan muhandis-texnik xodimlariga mo'ljallangan. Shu bilan birga «Kimyoviy texnologiya» va «Sanoat ekologiyasi» fanlaridan pedagogika institutlari talabalari va o'qituvchilari uchun ham foydali hisoblanadi.
-
Matn tilshunosligi
Mazkur darslik fanning zamonaviy, ya'ni keyingi davri yutuqlari asosida tayyorlangan bo‘lib, undan matn va u bilan bog'liq masalalarni tadqiq etuvchi izlanuvchilar, jumladan, magistrantlar, mustaqil tadqiqotchilar foydalanishi mumkin
-
O'zbek tili sintaksisi
Darslik 60230100 - Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) bakalavr yo'nalishi "Hozirgi o'zbek adabiy tili" fanining o'quv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Unda o'zbek tili sintaksisiga doir masalalar substansial tilshunoslik nazariy asoslari negizida yoritilgan. Darslik filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) yo'nalishi talabalari, soha mutaxassis va tadqiqotchilariga mo'ljallangan.
-
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari.
Hozirgi kunda dunyoda tez rivojlanayotgan qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalari asosida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash muhim vazifa hisoblanadi.