-
-
-
-
-
Siyosat. Siyosiy fanlar
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
O'zbek tilining orfoepik lug'ati
Ma'lumki o'zbek tili ko'p shevali bo'lganligi bois so'zlarni adabiy tilda orfoepik jihatdan to'g'ri talaffuz qilinishi va rus tili orqali o'zlashga so'zlarni adabiy tilda talaffuz qoidalarga mos ravishda qo'llash talab etiladi. Ana shu omillarni hisobga olib ushbu lug'at tayyorlandi. Lug'at asosan maktab o'quvchilari va tilimizga qiziquvchilarga mo'ljallangan bo'lib ularning so'zlarini to'g'ri yozish va to'g'ri talaffuz qilish me'yorlarini o'rgatishda muhim ahamiyatga ega.
-
Koreys tili grammatika lug’ati
Ushbu kitob Koreys tilini o'rganuvchilarga mo'ljallangan. Unda koreys imlo qoidalari, fe'l, ravish bog'lovchilar to'g'risida ma'lumotlar berilgan.
-
Философия луғати
Луғатда изоҳларнинг ягона системаси ва справочник нашрлар учун қабул қилинган одатдаги қисқартиришлар олинди.
-
Xalqaro terminelementlarning izohli lug'ati
Fan va texnika madaniyat va san'atsohalariga oid o'zlashma terminlar va ular tarkibidagi terminelementlar ilmiy adabiyotlar va turli sohaviy terminalogik lug'atlardan borgan sari mustahkam joy olmoqda. Asosan yunon va lotin tillari elementlaridan tarkib topgan bunday terminlar keyingi davrlarda xalqaro nufuziga ega bo'lgan ba'zi zamonaviy ezvropa tillaridan ham o'zlashmoqda.
-
Diccionario español-uzbeko
Lugat "ispanca-uzbekcha" lug`ati (Diccionario español-uzbeko) o`z aybu va yarashiqligini oshirish, akademik lisoniy va kasb-xunar sohalirilari o`rganishilarini yuksaltirishga xizmat qiladi. Shu sababli, o`zbek tilini o`rganishga qiziqchilar ispanlar ham bu lug`atdan foydalanishlari mumkin.
-
Diccionario español-uzbek
En el prefacio de este diccionario, se abordan ampliamente los fundamentos y enfoques específicos de la elaboración del diccionario. Este diccionario está diseñado para estudiantes, traductores y todas las personas que deseen aprender el idioma español o uzbeko y está basado en la comparación de ambos idiomas con ejemplos y aplicaciones de uso real. En este diccionario, se incluyen más de 15000 palabras y frases en español junto con sus equivalentes en uzbeko.
-
O'zbek tilining imlo lug'ati
Ushbu lug'at lotin yozuviga asoslangan o'bek alifbosida tartib berilgan o'zbek tili leksikasida bir qator so'zlar imlosida keyingi yillarda ro'y bergan sezilarli o'zgarishlarni hisobga olgan avvalgi imlo lug'atlariga nisbatan so'z va terminlarni kengroq aks ettirilgan lug'atdir. Lug'at ta'lim tizimining barcha bo'g'inlaridagi o'qituvchi o'quvchi va talabalarga ommaviy axborot vositalari xodimlariga nashriyotlar muharrirlariga umuman keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
القاموس الميسّر
هذا الكتاب عبارة عن قاموس يتضمن أكثر من 1000 كلمة مفيدة للراغبين في تعلم اللغات العربية والأوزبكية والإنجليزية. يهدف هذا القاموس إلى تسهيل عملية تعلم المفردات الأساسية والضرورية لأي متعلم مبتدئ، ويعد مرجعاً ممتازاً للطلاب والأساتذة والمترجمين وغيرهم.
-
O'zbek tilining o'quv imlo lug'ati
Ushbu lug'at umumta'lim maktablari akademik litseylar o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib unda 27000 ortiq so'z va so'z shakllarning to'g'ri yozilishi ko'rsatib berilgan. Shuningdek lug'atdan keyingi yillarda hozirgi o'zbek adabiy tiliga o'zlashgan o'zbek o'zbek adabiy tilida barqarorlashgan yangi o'zlashmalar ham joy olgan.
-
-
Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug'ati
Muayyan tilning rivojlanishi jarayonida uning lug'aviy tarkibi, jumladan, terminologiyasi boshqa sohalarga qaraganda tez, sezilarli, jiddiy o'zgarishlarga uchraydi. Buning obyektiv sabablari bor, albatta. Ijtimoiy-siyosiy terminologiyadagi taraqqiyot, o'zgarishlar ham yangi lug'aviy birliklarning paydo bo'lishi va ayrim lugaviy birliklarning iste’moldan chiqishi, so'zlarning yangi ma’nolar kasb etishi va ayrim ma’nolariningyo'qolishi kabi hodisalardan iborat bo'ladi. Bunday o'zgarishlar tegishli lug'atlarda aksettirilgandagina ularning salmog'i, ko'lami yaqqol namoyon bo'ladi. Ijtimoiy-siyosiy terminlar bo'yicha bir qator terminologik lug'atlar tuzilgan bo‘lsada, ular, birinchidan, izohli lug'at emas, ikkinchidan, ancha eskirgan. Qo'lingizdagi 4400 ga yaqin ijtimoiy-siyosiy termin va terminologik birikmalar jamlangan “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug'ati” ushbu bo'shliqni bir qadar to'ldirish maqsadida tuzilgan.
-
Ўзбек тилининг изоҳли луғати (З)
Луғат ҳозирги адабий тилида кенг истеъмолда бўлган 80 мингдан ортиқ сўз ва сўз бирикмаларини фан техника санъат маданият соҳаларига оид терминларни бир неча шевада қўлланадиган сўзларни баъзи тарихий ва эскирган атамаларини ўз ичига олади. Луғат ўзбек тилшунослиги ва туркийшунослик бўйича мутахасислар таржимонлар олий таълим ўқитувчилари ва талабалари учун мўлжалланган.
-
PEDAGOGIKA Izohli lug’at
Izohli lug’atda “Pedagogika” fani asoslarini yorituvchi, ta’lim-tarbiya mazmuni, pedagogik jarayon mohiyatini ochib beruvchi eng muhim tushuncha, iboralar imkon qadar qamrab olingan va ularning ma’nosi pedagogik nuqtai nazardan yoritilishiga e’tibor qaratilgan. Tushuncha va iboralarning berilishi lug’atlarni yaratishga qo’yiladigan asosiy talab – alifbo tartibiga qat’iy rioya etishga asoslangan. Bu esa undan foydalanish uchun qulaylik yaratadi. Izohli lug’at pedagogika kollejlarining o’quvchilari, pedagogika oliy ta’lim muassasalarining talabalariga pedagogik bilimlarni chuqur o’zlashtirish uchun imkoniyat yaratadi.
-
O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati
Ushbu lug'at umumta'lim maktablari akademik litseylar o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib undan o'zbek tili sinonimlarining izohlari o'rin olgan. Lug'atga faqat mustaqil so'zlardan iborat sinonimik qatorlargina emas balki yordamchi so'z turkumlari doirasidagi sinonimik qatorlar ham kiritilgan. mazkur lug'at o'qituvchilarning o'z ona tili boyligi bilan chuqurroq tanishishlariga xizmat qiladi.
-
Лақайлар диалектология ва фразеология
Ушбу тадқиқотда фанимизда кам ўрганилган лақай элати шевасида мавжуд бўлган айрим сўзлар ва ибораларнинг диалектологик ва фразеологик мазмунлари жонли мисоллар орқали берилганлиги билан эътиборлидир.
-
O'zbek tilining izohli lug'ati birinchi jild A-D
Ushbu ko'p jildli O'zbek tilining izohli lug'ati uning lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida tayyorlangan dastlabki nashri hisoblanadi. Lug'at hozirgi o'zbek adabiy tilida keng iste'molda bo'lgan 80 mingdan ortiq so' va so'z birikmalarini fan texnika san'at va madaniyat sohalariga oid terminlarni bir necha shevada qo'llanadigan so'zlarni ba'zi tarixiy va eskirgan atamalarni o'z ichiga oladi.