-
Layli va Majnun
Navoiy A.,"Layli va Majnun" shunchaki sevgi haqidagi asar emas, balki insonning insonga boʻlgan muhabbati haqidagi muhtasham obidadir. Pokiza va samimiy muhabbat dostoni siz, aziz kitobxonlarga muborak bo'lsin.
-
Sab'ai Sayyor
Navoiy A.,Alisher Navoiyning bu sarguzasht dostonida ham shoirning adolatli shoh haqidagi qarashlari, haqiqiy muhabbat va insoniylik g'oyalari tarannum etilgan.
-
Farhod va Shirin
Navoiy A.,«Farhod va Shirin haqiqiy sevgi-muhabbat, vafo va sa- doqat, do'stlik va insonparvarlik g'oyalari qatorida, kasb-hunar o'rganishning foydalari, shohlar va ularning saltanatlari, shohlik tartib-qoidalari haqidagi keng qamrovli, ibratli rivoyatlarga boy dostondir. Ikki oshiqning beg'ubor sevgisi va sevishganlarning fojiali taqdiri nihoyatda mahzunlik bilan kuylangani uchun bu doston asrlar oshsa ham sevib o'qib kelinmoqda.
-
Hayrat ul-abror
Navoiy A.,Iskandar - har bir davr, xususan, oʻrta asirlardagi shoh-u shahzodalar uchun ibrat qilib ko'rsatishga arzirli adolatparvar hukmdor. Shuningdek, uning hikmat egasi ham boʻlganligi asar- ning badiiy ko'lami kengligini ta'minlagan. Iskandarning nabiy, hakim va haqiqiy ma'nodagi malik - "adolatli shoh" ekanligini ta'kidlagan Navoiy uni ideal obraz sifatida talqin etgan.
-
Лисон ут-тайр
Навоий A.,Iskandar - har bir davr, xususan, oʻrta asirlardagi shoh-u shahzodalar uchun ibrat qilib ko'rsatishga arzirli adolatparvar hukmdor. Shuningdek, uning hikmat egasi ham boʻlganligi asar- ning badiiy ko'lami kengligini ta'minlagan. Iskandarning nabiy, hakim va haqiqiy ma'nodagi malik - "adolatli shoh" ekanligini ta'kidlagan Navoiy uni ideal obraz sifatida talqin etgan.
-
Кечиккан қасос
Синдаров К.,Комил Синдаров ҳозиргача китобхонлар эътиборига ҳавола этилган "Қимматга тушган хато", "Темурийлар кутубхонаси сири", "Кечиккан қа- сос", "Амирликнинг олтин тахти изидан" китоблари орқали ўз ўқувчила- рини топишга улгурди. Ўқувчиларга тақдим қилинаётган ушбу асар ҳам воқеаларнинг қизиқарлилиги, жумбоқли ҳолатлар, турфа хил такдир- лар ёритилганлиги билан китобхонлар қизиқишини орттиради. Асар қаҳрамонлари Санжарбек ва Фахриддин ўз ишига виждонан ёндашадиган, кўнглига қараб иш тутадиган терговчилар. Лекин сезим- ларга таяниб иш тутиб бўлмайди, далил-исбот билан иш қилиш лозим. Суриштирув жараёнида жиноят иши баттар чигаллашиб боради. Нати- жада терговчиларнинг иши ҳам мураккаблашиб кетади. Ҳар ким айб- дор бўлиши мумкин. Бироқ ҳақиқий жиноятчини топиш шарт. Китобхон асар мутолааси давомида ечимнинг тезроқ якун топишини қанчалик истамасин, вазият чигаллашиб кетаверади. Бу эса ўкувчининг жиноятчини топишга бўлган қизиқишини янада орттириб юборади.
-
Тунги қотиллик

Темурийлар кутубхонасининг сири

Ёлгизликнинг юз йили
Маркес, Г.Г,Қўлингиздаги ушбу китоб Жанубий Америкада яшаб ижод этган адиб (тугилган жойи - Колумбия, вафот этган жойи Мексика) Габриэль Гарсиа Маркеснинг испан тилида ёзилган “Cien años de soledad" романининг рус тили орқали Нурали Қобул, Анвар Жўрабоев ва Тоҳир Қаҳҳорлар томонидан “Ёлгизликнинг юз йиили" номи остида таржима қилинган кўринишидир. Бу таржимонларимиз ушбу асарни тарижима қилиш орқали она тилимизнинг лугат бойлигининг бойишига ва китобхонларнинг бадиий адабиётга бўлган қизиқишларининг юксалишига улкан ҳисса қўшгандар.
-
If qal'asining mahbusi. Birinchi kitob.
Graf Monte-Kristo,"If qal'asining mahbusi" asari jahon adabiyotining o'lmas durdonalaridan biri hisoblanadi! Ushbu asar vatanimizda ham bir necha bor qayta chop etilgan. Chunki har doim bu kitobga talab katta bo'lgan. Asarni o'qish davomida biror joyda mantiqsizlikka duch kelmaysiz. - Asarning asosiy qahramoni Edmon Dantes bo'lsa ham, adib ikkinchi darajali qahramonlar orqali ham juda katta mazmun yaratadi. Buni siz Abbat Faria, Vilfor, Alber, Danglar kabi qahramonlarning tabiati va suhbatidan bilib olasiz. Asarda faqat Edmon Dantesning dushmanlaridan o'ch olish g'oyasi emas, balki dunyodan ezgulikni axtarishi ham namoyon bo'ladi. Ushbu kitob ilk bor o'zbek tilida 1974-yilda chop etilgan. Bu davrdagi nashrida ayrim so'z va jumlalarning ma'nosi izohlanmagan yoki ruscha so'zlar, yoki baynalmilal jumlalar orqali berilgan edi. Bu holat bilan biz tarjimonlarni yoki o'sha davr nashriyoti xodimlarini kamsitish fikridan yiroqmiz. Faqat hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga asosan asar tarjimasiga qo'shimcha iqtiboslar kiritildi va asar hozirgi o'zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi.
-
Andisha va g'urur
Ostin J.,Jeyn Ostin Andisha va g'urur. (Gordost i predubejdeni- yes) asarida qishloq dvoryanining qizi Elizabet Bennet bilan o'zining kelib chiqishi, boyligi ila mag'rur boy pomeshchikning o'g'li Fitsuilyam Darsi o'rtasidagi sarguzashtlarni hikoya qila di. Asar 1813-yilda nashr qilinib, adabiyot dunyosida katta shov-shuvga sabab boʻldi. Ushbu asar haqida o'sha paytdagi «Britaniya tanqidchisi» jurnali shunday yozgan edi: «Asar shu paytgacha o'quvchilar hukmiga havola qilingan bu turdagi hamma romanlardan yuqori turadi». Umid qilamizki, mazkur asar hurmatli o'zbek kitobxonlariga ham manzur boʻladi.
-
Анна Каренина
Толстой Л.Н,Бахтли оилаларнинг ҳаммаси бир-бирига ўхшайди, бахтсиз оилаларнинг эса ҳар бири ўзича бахтсиздир. Облонскийлар уйида ҳамма нарса остин-устун бўлиб кетди. Хотини эрининг уйларида мураббиялик қилган фран- цуз аёл билан алоқада бўлганлигини билиб қолиб, унга, энди сен билан бир уйда тура олмайман, деди. Эр-у хотиннинг ўзлари ҳам, оила аъзолари ҳам, уй хизматкорлари ҳам уч кундан бери давом этиб келаётган бу машмаша ҳаммалари- нинг таъбини хира қилганини сезиб турардилар. Оиланинг барча аъзолари ва уй хизматкорлари: ўзларининг бирга ту- ришларида хеч кандай маъно колмаганини ва ҳар қандай карвонсаройда тасодифан топишган одамларнинг улардан кўра, яьни Облонскийларнинг оила аъзолари билан уй хизматкорларидан кўра, бир-бирларига инокрок эканлик- ларини сезиб турардилар.
-
Kon-Tikida safar
Xeyerdal T.,Qo'lingizdagi Kon-Tiki-da safar kitobi dunyodagi ko'p xalqlar tiliga tarjima qilingan. Asarda norvegiyalik etnograf olim Tur Xeyerdalning besh sayohatchi hamrohi bilan birga oddiy palma yog'ochidan yasal- gan (sol) qayiqda (1947-yil) Tinch Okeaniga chiqib, Peru orolidan Polineziya orollarigacha suzib borgani haqida hikoya qilingan. Mustaqillikdan so'ng erishgan yutuqlarimiz ichida eng hay- ratlanarlisi yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg'otish bo'ldi. Ayni ma'noda bu kitob yetti yashardan yetmish yashargacha boʻlgan kishilarni irodali, e'tiqodli qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi hamda kishilarda birdamlik kayfiyatini uyg'otadi. Zero, Kon-Tiki da safar romanida ochiq dengiz manzaralari va ana shu poyonsiz ummondagi qahramonlar har qanday qiyinchi- liklarga barham berib o'z ko'zlagan manzillariga eson-omon yetib boradilar. Bu safardagi ramz-ishoralar kishi qalbini yoshartiradi, unda hayotga boʻlgan tashnalikni ikki hissa oshiradi. Aslida bu asar qaysidir ma'noda ko'ngil sari bir safar hamdir.
-
Abdurauf Fitrat
Abdurauf Fitrat,Taniqli fitratshunos olim Hamidulla Boltaboyevning ushbu risolasida oʻzbek jadid adabiyotining asoschilaridan biri Fitratning hayot yo'li, ilmiy-adabiy merosi yoritilgan. "Munozara", "Qiyo- mat", "Yurt qayg'usi", "Abulfayzxon" kabi mashhur asarlarining tahlili berilgan. Shuningdek, risoladan Fitrat domlaning hikmatlari, ulug' olimlarning u zot haqidagi e'tiroflari o'rin olgan. Risola keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallangan.
-
Munavvar qori Abdurashidxonov
Munavvar qori Abdurashidxonov,Tarixchi olim Sotimjon Xolboyev qalamiga mansub ushbu risolada jadidchilik harakati rahnamolaridan biri Munavvar qori Abdurashidxonovning hayot yo'li va ijtimoiy-ijodiy faoliyatiga nazar tashlanadi. Uning tarixda tutgan o'rni hamda eng muhim madaniy-ijtimoiy xizmatlari tahlil etiladi. Shuningdek, risoladan adibning hikmatli so'zlari va ziyolilarning e'tiroflari ham o'rin olgan. Risola keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallangan.
-
Is'hoqxon To'ra Ibrat
Is'hoqxon To'ra Ibrat,Pedagogika fanlari doktori, professor Ulug'bek Dolimovning mazkur risolasida Is'hoqxon Ibratning hayot yo'li, tarixnavis, tilshunos va shoir sifatidagi ijodiy faoliyati yoritiladi. Shu bi- lan birga, risoladan Ibratning noshirligi, jamoat arbobi sifatidagi faoliyati haqida e'tiroflar hamda uning hikmatli so'zlari o'rin olgan. Risola keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
G'ulom Zafariy
G'ulom Zafariy,O'zbek jadid adabiyoti tarixini G'ulom Zafariy ijodisiz tasav. vur etish qiyin. Zero, o'zbek adabiyotida musiqali drama janri va bolalar dramaturgiyasining vujudga kelishi bevosita uning nomi bilan bog'liq. Adib o'z asarlari bilan o'tgan asrning 20-30-yillari ma'naviy-ijtimoiy hayotida sezilarli iz qoldirdi. G'ulom Zafariy shoir, dramaturg, publitsist, aktyor, rejissor, bastakor, teatrshunos, musiqashunos, folklorchi olim ham bo'lgan. Mazkur risolada G'ulom Zafariy ijodining ayni jihatlariga e'tibor berildi. Risola keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Abdulla Qodiriy
Abdulla Qodiriy,XX asr o'zbek adabiyotining mumtoz namoyandasi, iste'dodli adib Abdulla Qodiriy o'zbek romanchilik maktabining asoschisi sanaladi. Uning asarlari o'zbekning har bir xonadoniga kirib bordi, har bir o'zbek kitobxonining sevimli asarlari qatoridan o'rin oldi. Abdulla Qodiriyning nomi asarlari bilan birga jahonga tanildi. Shu e'tibordan Bahodir Karimovning mazkur risolasida yozuvchining hayoti, ijodi, romanlari, satirik asarlari tahlili va qodiriyshunoslik xususida ma'lumot beriladi. Shu bilan birga, kitobdan adibning hikmatli so'zlari hamda boshqalar tomonidan e'tirof etilishi ham o'rin olgan. Risola keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan.
-
Abdulla Avloniy
Abdulla Avloniy,Abdulla Avloniy - Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyotining yirik vakili. Bu davr adabiyotining biror-bir qirrasi yo'qki, Avloniy ijodida bo'y ko'rsatmagan bo'lsa: millatni uyg'otishga va milliy ozodlikka chaqiruvchi she'rlarini deysizmi, teatr sohasidagi faoliyatini hamda dramatik asarlarini sanaysizmi, yangi avlod tarbiyasiga bag'ishlangan pedagogik asarlarini ayta- sizmi, milliy matbuotni oyoqqa turg'izishdagi sa'y-harakatlari yoxud shu matbuot sahifalarida bosilgan publisistik maqolalarini olasizmi bular- - ning barchasi bizga Abdulla Avloniy shaxsiyatini millat taraqqiyoti yo'lida fidoyilarcha xizmat qilgan ulkan mutafakkir sifatida namoyon etadi. Ushbu risolada shoir ijodining mana shunday muhim qirralarini qamrab olishga harakat qilindi. Risola keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Muhammadxo'ja Behbudiy
Muhammadxo'ja Behbudiy,Mahmudxo'ja Behbudiy jadidchilik harakatining yirik namo- yandasi, oʻlka jadidlarining yetakchisidir. U pedagogika, jurnalis- tika, matbaachilik, noshirlik, siyosat, tijorat va boshqa qator ishlar bilan shug'ullangan. Bundan tashqari, Behbudiy yangi o'zbek adabiyotining shakllanishi va rivojiga ham o'z hissasini qo'shdi. Ushbu risolada ma'rifatparvarning hayot yo'li, faoliyati, jadidchilik harakatining yirik vakillari bilan munosabati, ijodidan ayrim asarlari tahlilga tortilgan. Risola keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallangan.