-
Saylanma
Maxtumquli,Qо‘lingizdagi ushbu kitob turkman xalqining ulug‘ shoiri, turkman adabiy tili asoschisi, barcha xalqlar tomonidan she’rlar, dostonlari sevib о‘qiladigan, hofizlar baland pardalarda kuylaydigan, mashshoqlar inja kuylar bastalaydigan otashnafas shoir Maxtumquli-Firog‘iy asarlaridan tanlab tabdil etilgan. Bu noyob, xalqchil asarlar turkmanchadan о‘zbekchaga о‘girilish jarayonida iloji boricha asliyatga yaqin ruhda tarjima qilingan. Maxtumquli ijodining aziz muxlislari, О‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Muhammad Pirriyevning jiddiy say-harakatlari natijasida amalga oshirilgan bu tabdil Sizlarga manzur bо‘ladi, degan umiddamiz.
-
"Mirzo Ulug'bek"
Maqsud Shayxzoda,Maqsud Shayxzoda "Mirzo Ulug‘bek" asarida Ulug‘bekni "inson-olim-davlat arbobi" sifatida aks ettirishga intilgan. Ammo buning о‘zi ham oson ijodiy ish emas edi. Shubhasiz, Ulug‘bek fojiasini keltirib chiqargan bu hayotiy masalalarni о‘zaro aloqada va uzviy bog‘liqlikda tasvirlash Shayxzodadan katta mahoratni talab etdi. Mirzo Ulug‘bekning ham inson, ham olim, ham davlat arbobi sifatidagi obrazini badiiy mujassamlashtirish uchun kо‘plab personajlarni asar tо‘qimasiga olib kirdi va bu personajlar harakat etajak syujet chiziqlarini ishlab chiqdi. Bunday personajlar tarixiy voqelikning о‘zida serob bо‘lishiga qaramay, dramaturg ularni saralab ola bildi va shu bilan birga badiiy tо‘qimadan ongli ravishda foydalanib, ya’ni tо‘qima qahramonlar obrazini asarga dadil jalb eta oldi.
-
-
-
"Sarbadorlar"
Muhammad Ali,Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti laureati Muhammad Alining Sarbadorlar tarixiy romanida xalqimizning XIV asr ikkinchi yarmida Samarqandda yuz bergan Sarbadorlar xalq ozodlik harakati bilan bogʻliq voqealar qalamga olingan. Diologiyada Abu Bakr Kalaviy, Amir Temur, Xoʻrdak Buxoriy, Amir Husayn kabi tarixiy shaxslar ishtirok etadi. Unda o'zbek prozasida ilk marta Sohibqiron Amir Temur obrazi yaratilgani diqqatga sazovordir.Asar shirali til bilan yozilgan,katta qiziqish bilan o'qiladi.
-
"Spitamen"
Maqsud Qoriyev,Vatan uchun kurashgan o'g'lonlar talaygina.Spitamen ana shunday mard-jasur o'g'lon. Ushbu kitobda Spitamenning vatan ozodligi yo'lidagi jasorati qalamga olingan.Uning mardligi chindan-da ibrat olsa arzigulik.
-
"Murdalar gapirmaydilar"
Tohir Malik,Agronom yigitning suvga cho'kib o'lgani haqidagi ma'lumotni o'qigan boshliq ajablandi: «Suvga yaqinlashishga qo'rqadigan, suzishni bilmaydigan odam qanday qilib suvga cho'kib ketishi mumkin? Chindan ham baxtsiz hodisami yo...» «Charxpalak» qissasini o'qigan kitobxon shu kabi savollarga javob topadi. Hech qanday zulm jazosiz qolmaydi. «Murdalar gapirmaydilar» qissasida ana shu hayot falsafasi haqida fikr yuritiladi.
-
"Qo'rqinchli Tehron"
Mushfiq Kozimiy,Mazkur asr ikki kitobdan iborat bo'lib,unda o'tgan asr boshlaridagivoqealar qalamga olinadi.Oradan yillar o'tgan bo'lsa-da,undagi g'oyalar,0'lmas tuyg'ular,orzular va armonlar zanjiri o'z ahamiyatini yo'qotmagan.Bosh qahramon Farruhning ezgulik va jaholat,nafs yo'lidagi taloto'plarga qarshi kurashi,qasosga undagan turfa sarguzashtlari va Mahinga bo'lgan sof muhabbati ikki romanni bir biriga bog'lab turuvchi umumiy sujet chizig'ini tashkil etadi. "Qo'rqinchli Tehron" dunyo adabiyoti xazinasidan o'rin olgan asarlar sirasiga kiradi.Mushfiq Kozimiy qalamiga mansub ushbuasar olamiga oshufta bo'ling,aziz kitobxon.
-
-
"Ot kishnagan oqshom"
Tog'ay Murod,Tabiat va inson...Tabiat va inson o'rtasida ko'zga ko'rinmas uzviy birlik bor. Ana shu bog'liqlik,birlik O'zbekiston xalq yozuvchisi ,Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Tog'ay Murod "Ot kishnagan oqshom" qissasida mohirona tasvirlab bergan.Qo'lingizdagi kitob xalqimiz ko'nglidan mustahkam o'rin egallagan,chet tillarga tarjima qilinib,dovroq qozongan mashhur "Ot kishnagan oqshom" qissasidan tashkil topdi...
-
"Yomg'ir"
Somerset Moem,Somerset Moem jahon adabiyotida realistik hikoyalarning mohir ustasi sifatida shuhrat qozongan. Bu xikoyalarida yozuvchi kitobxonni inson ruhiyatining murakkab dunyosiga olib kiradi, hayotga yangicha nazar bilan – ham kuyunib, ham kulib qarashga majbur etadi. Adib asarlariga xos bo‘lgan jonli, aniq-tiniq, rostgo‘y va samimiy til ularning katta qiziqish bilan o‘qilishini ta’minlagan. Shuningdek, yozuvchining «Yomg‘ir» va «Malla» asarlari jahon hikoyachiligining mumtoz namunalari qatoridan o‘rin olgan.
-
"Odam bo'lish qiyin"
O'lmas Umarbekov,O‘tgan asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek nasri rivojida O‘lmas Umarbekovning o‘ziga xos o‘rni bor. Uning yoshlar hayoti, ma'naviy-axloqiy muammolar, insonlarning murakkab munosabatlari haqida yaratilgan roman, qissa va hikoyalari bugungi kunda ham sevib o‘qiladigan asarlaridir. Adib bolalarining bepoyon orzular olami, yoshlarning goh lazzatli, goh iztirobli muhabbati, sidq-u vafo, xiyonat, otalar va bolalar, umuman, tuhfa toifadagi insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni g‘oyat chuqur va samimiy tasvirlaydi. Shuning uchun ham adibning asarlari hamon kitobxonlar qalbini rom etib kelmoqda.
-
"Boburnoma"
Zahiriddin Muhammad Bobur,«Boburnoma» - o‘zbek mumtoz adabiyotidagi bebaho asarlar qatoridan munosib o‘rin egallab turgan asar sifatida e’tirof etiladi. Unda O’rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, jug'rofiyasiga oid qimmatli malumotlar o’rin egallagan. Asarning o‘sha davr o‘zbek adabiy tilining yorqin namunasi sifatidagi qadri, qimmati hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
-
"Ikki eshik orasi"
O'tkir Hoshimov,E’tiboringizga havola etilayotgan mazkur kitob O‘tkir Hoshimov asarlari ichida qamrovi, o‘quvchi qalbiga yaqinligi bilan alohida ahamiyatga ega. Unda adib qariyb qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan, bir qancha chigal va murakkab taqdirlar misolida o‘z xalqining urush davrida boshdan kechirgan hayoti, qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan. Zamon va davr qanday sharoitda kechishidan qat’i nazar insoniy qadr-qimmat tushunchalarini saqlab qolgan, taqdirini el-yurti, xalqi, Vatani taqdiri bilan bog‘lagan, farzandidan ayrilganida ham qalbiga quvonch baxsh etishi mumkin bo‘lgan boshqa sababni o‘zi uchun yarata olgan, hayotini sevgi-muhabbat tuyg‘ulari bilan bezamoqchi bo‘lgani holda urush hukmiga tobe bo‘lib qolgan insonlar qismatini ifodalovchi ushbu asar mutolaasidan so‘ng bugungi o‘tayotgan tinch-omon hayotingiz, farzandlaringiz baxti uchun shukrona aytasiz. Asar aynan shu jihati bilan qalblarga yaqin.
-
-
"Alkimyogar"
Paulo Koelo,Odam zodn ing bu dunyodagi yakkayu yagona, oliy vazifasi - Taqdirini ro’yobga chiqarishga erishuvidir... Barcha odamlar yoshlik paytlarida o’z taqdirlarini biladilar... Ammo fursat o’tishi bilan sirli bir kuch ularni O’z Taqdirlarini Ro’yobga chiqarish imkonsiz ekanligiga ishontira boradi Bu sirli qudrat inson zotiga g’animday tuyuladi, aslida esa O”z taqdirini qanday ro’yobga chiqarish Yo’lini xuddi ana shu qudrat ko’rsatib boradi. U insonning ruhini va erkini o’sha buyuk vazifaga tayyorlaydi. Bu kurrayi zaminda oliy bir haqiqat mavjud: qachonki sen nimanidir astoydil istasang, albatta unga erishasan, chunki bunday istak Olamning Ruhida dunyoga kelgan bo’ladi. Sen yer yuzida xuddi ana shuning uchun yaratilgansan. «Alkimyogar” romani zamiriddgi ushbu hikmat o’tmishda o’tgan yoxud rivoyat qahramoni bolgan kimningdir hayotigagina taalluqli emas, bu siz-u biz uchun ham, bizdan keyingilar uchun ham o’tilajak Yo’ldir. Balki bugun bu kitobning dunyodagi 120 mamlakatda sevib o’ilayotgani ham, Paulo Koeloning dunyoning eng mashhur yozuvchisiga aylangani ham bejiz emasdir. «Alkimyogar» haqida gapirganda Richard Baxning «Jonatan ismli chag’alay’, «Tasavvurlar» yoki Ekzyuperining «Kichik shaxzoda» singari ertak-rivoyatlarini eslamaslikning sira ham iloji yo’q. Ammo «Alkimyogar» ularning hech biriga o’xshamaydi.
-
"Navoiy"
Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek,«Navoiy» romani oʻzbek va rus tillarida bir necha marta nashr etilgan asar. Navoiydan keyingi davr uning asarlariga qiziqishni oshirsa oshirdiki, aslo kamaytirmadi. Oybek asarda Navoiy siymosini yaratadi. Bundan besh asr oldin yashab o'tgan ulug' shoirni aniq va yaqqol tasavvur etish buyuk yozuvchigagina xos. Oybek romanda buyuk shoir obrazini yaratishda Navoiyning turkiy til va adabiyotga boʻlgan munosabati tasviridan ham oʻrinli foydalangan. Asarda Navoiy obraziga xos xususiyatlar sofdillik, qat'iyat va olijanoblik kabi fazilatlarda namoyon bo'ladi. Darhaqiqat, «Navoiy» romani oʻzining badiiy-estetik qimmati, mazmun-mohiyati, badiiy-tasviriy vositalarga limmo-limligi, voqealarning izchilligi, tarixiy haqiqatning koʻzgusi bo'la olganligi, qahramonlarning bir-biri bilan, ya'ni toʻqima va tarixiy obrazlarning uyg'unlashganligi bilan ham yuksak tahsin va e'tiroflarga loyiq asardir. Shu bois ham bu asar mana necha yillarki, o'z qadr-qimmatini yo'qotgan emas, yo'qotmaydi ham. Chunki chinakam badiiy san'at asari hech qachon o'lmaydi. Bunday asarlarni xalq unutmaydi. Oybekning oʻzbek mumtoz adabiyotida yorqin siymo, ulug' mutafakkir sanalgan Navoiy obrazini goʻzal tasvirlab bera olgan bu romani mangu yashayveradi.
-
"Avlodlar dovoni" Humoyun va Akbar
Pirimqul Qodirov,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida»gi qarorida yosh avlodning ma'naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan. Ulug' adib, O'zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning «Avlodlar dovoni» romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlarning ma'naviy olami shunga yarasha bo'ladi. Ushbu nashrning o'ziga xos jihatlaridan biri shundaki, unda bugungi yosh kitobxonlarga ayrim so'z hamda iboralar yanada tushunarli bo'lmog'i uchun tegishli va zarur izohlar ham berilgan.
-
-
"Ulug'bek xazinasi"
Odil Yoqubov,...Odil Yoqubovning ushbu asari o'quvchini bir dam tarix sahnasiga olib chiqadi.Yaxshilar davrasuda ilm va odamiylikka,xiyonatkor amirlar qurshovida makkorlik va xudbinlikka guvoh bo'ladi.Vijdon amri va to'g'riso'zlik naqadar buyuk kuch ekanligiga amin bo'ladi. O'quvchi kitob mutolaasi davomida buyuk allomani yod etadi va uning ma'naviy merosi bugungi kungacha yetib kelishida sababchi bo'lgan tarixiy shaxslar va voqealar bilan badiiy tasvirlarda tanishadi.