-
"Yolg'izlikning yuz yili"
Gabriel Garsiya Markes,Qo'lingizdagi ushbu kitob Janubiy Amerikada yashab ijod etgan adib(tug'ilgan joyi-Kolumbiya,vafot etganjoyi Meksika) Gabriel Garsiya Markesning ispan tilida yozilgan "Cien anos de soledad" romanining rus tili orqali Nurali Qobul,Anvar Jo'raboyev va Tohir Qahhorlar tomonidan "Yozlg'izlikning yuz yili" nomi ostida tarjima qilish orqali ona tilimizning lug'at boyligining boyishiga va kitobxonlarning badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqishlarining yuksalishiga ulkan hissa qo'shgandir...
-
Karl IX saltanatining yilnomasi
Prosper Merime,Prosper MerimeXIX asr fransuz adabiyotida buyuk novellachi,romannavis,shoir,adabiyot va teatr tanqidchisi ,tarixchi,tarjimon sifatida nom qoldirgan. U adabiyotning realizm oqimi ruhida yozilgan novellalar muallifi sifatida jahon miqiyosida mashhur adib hisoblanadi.Ozod Sharafiddinov tarjimasidagi "Karl IX saltanatining yilnomasi" romani hamda Abdumurod Ko'chiboyev tomonidan bevosita fransuz tilidan o'zbekchaga o'girilgan "Kolomba", "Karmen" kabi novellalari O'zbek kitobxonlariga yaxshi tanish. P.Merime o'z asarlarida sayohatlarida sayohatlari davomida to'plangan tarixiy voqealarini inson taqdiri bilan omixta holda qiziqarli uslubda bayon qiladi. Milliy koloritning tarixiy ana'analar,badiiy bo'yoqlar orqali ta'sirchan va haqqoniy obrazlarda tasvirlaydi.
-
Mening Dog'istonim
Rasul Hamzatov,Ziyolilarimiz hamma o'qishi kerak bo'lgan yuzta kitobning ro'yxatini tuzishdi.Bu kitoblar ro'yxatida "Mening Dog'istonim"asari ham bor. Agar bu kitob o'ntaga qisqartirilganda ham,unda "Mening Dog'istonim"asari albatta bo'lardi.Chunki til,millat,xalq,qadriyat,Vatan mehri,davr ruhi ,sevgi sehri,haqiqat va yolg'on,yaxshilik va yomonlik,tinchlik va urush mavzulari hassosona yoritilgan "Mening Dog'istonim" day asar jahon adabiyotida kam topiladi.
-
Choliqushi
Rashod Nuri Guntekin,Ayolning iztiroblari,ayolning og'riqlari,ayolning og'ir o'y-kechinmalari... Ularning tugal yechimi bormi?Uni qanday muammo doim qiynoqqa soladi?U nimadan tasalli topadi?Bu savollarning javobi bitta,u-muhabbatdir! Muhabbat mavzusiga bag'ishlangan asarlarni millati va dinidan,yoshidan qat'iy nazar barcha birdek sevib,ko'ziga yosh olib,qahramoni taqdiriga o'zini hamdard qilib o'qiydi. Rashod Nuri Guntekinning ushbu mashhur "Choliqushi"asarini ham xuddi shunday hissiyot bilan qo'lga olasiz .Unda bu tuyg'u o'zining butun qudratini birgina ojiza-choliqushi timsolida yaqqol gavdalantirib beradi.
-
"Ma'naviy masnaviy"
Jaloliddin Rumiy,Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlarining «Ma’naviy masnaviy» asari yetti asrdan buyon Sharq tafakkuri badiiy kalom muxlislarini о‘ziga maftun etib kelmoqda. Ushbu tengsiz adabiy obida har bir inson egasini Haq va haqiqat sari yuksaltiruvchi ruhiy-qalbiy narvondir. Qo'lingizdagi kitob Kо‘niyo kutubxonasida saqlanayotgan eng mо‘tabar qо‘lyozma asosida nashrga tayyorlandi. O’zbek tilidagi tarjimasi esa iste’dodli shoir Odil IKrom tomonidan amalga oshirildi. Umid qilamizki,aziz o’quvchimiz o’z imkoni darajasida ushbu bepoyon ma’naviy ummondan bahramand bo’ladi.
-
Ichindagi ichindadur
Jaloliddin Rumiy,«Ichindagi ichindadur» Mavlono Jaloliddin Rumiyning turli majlislarda bildirgan «о‘tlug‘» fikrlaridan tarkib topgan. Siz ushbu risolani о‘qib, inson va olam, ong va borliq, inkor va isbot, xayol va amal singari falsafiy tushunchalarning asl mohiyatini anglaysiz. Va hamma narsa О‘zingizda, hamma narsa О‘zingizdan ekanligiga yana bir bor iymon keltirasiz.
-
O'n besh yoshli kapitan
Jyul Vern,Asrlar osha qo`ldan qo`ymay o`qib kelinayotgan mazkur asarda o'n besh yoshli kaitan - Dik Sendning bir-biridan qiziqarli sarguzashtlari qalamga olinadi Janubiy Afrikada kechgan xunrezliklar, qullar savdosi bilan bog`liq ayanchli voqealar, turli xavf-xatarlarga qolgan kapitan Dik va sayohatchi do`stlari - xizmatchisi Gerkules, missis Ueldon va uning kichik o`g`li Jek, xayolparast olim Benedikt tog`aning boshidan kechirganlari o'quvchini befarq qoldirmaydi
-
Urush va tinchlik
Lev Tolstoy,Bu kitob faqat urush yoxud tinchlik haqida emas. Unda mavzular qamrovi – odamlar qismati, ularning taqdiri, o‘ylari, qarashlari va ayni paytda bo‘layotgan jarayonga munosabati kitobxon e’tiboridan chetda qolmaydi. Qolaversa, mutolaa jarayonida qalbingizga yaqin bo‘lib qolgan yoxud jamiyatda qanday mavqega ega bo‘lishdan qat’i nazar urushni o‘zining taqdiri bilan bog‘lagan va bo‘layotgan voqealarga faol munosabat bildirayotgan qahramonlar qismati sizga favqulodda hodisa emas, balki o‘z erki, o‘z nomusi uchun kurashayotgan timsol sifatida gavdalanadi. Andrey Bolkonskiy, Per Bezuxov, Nikolay Rostov, Natasha, Sonya, Mari – ular bilan uzoq muddat o‘zingizni hamfikr, yo‘ldosh, hamsuhbatdek his qilasiz...
-
-
Halima Xudoyberdiyeva
Halima Xudoyberdiyeva,O'zbek xalqining ardoqli farzandi, O'zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva nima bitgan bo'lsa yurak qoni bilan, To'maris momolarga xos jasorat, shijoat bilan, Zebunniso, Nodirabegimlar kabi nafosat bilan yozgan. Ishonamiz, shoiraning ushbu kitobga kiritilgan she'rlari qalbingizga dilbar tuyg'ularni armug'on etadi.
-
Tavallo
Ibrohim Paydo,Shoirning ushbu she'rlar to'plamidan insonning insonga,tabiatga ,ona-Vatanga ,ulug' ajdodlarimizga bo'lgan mehr-muhabbat chizgilari joy olgan.Ularni o'qir ekansiz,beixtiyor ko'nglingizda turfa hislar jilva qiladi,mehr-u muhabbat uyg'onadi.
-
Qoraqush yulduzining siri
Isajon Sulton,«Беш ташаббус - беш китоб» лойиҳасининг навбатдаги «Китобхонлик ва мутолаа» йўналиши бўйича Исажон Султон асарлари жамланди. Мазкур китобда йигирмадан ортиқ ҳикоя ва бир қисса ўрин олган.To'plamga "Genetik","Boqiy darbadar" romanlari,"Robiya Balxiy qissasi" hikoyalar va esse jamlandi. BU kitobga kiritilgan asarlar ulug' ajdodlarimiz,boy tarixiy merosimiz va yuksak ma'naviyatimiz -bir so'z bilan aytganda-o'zligimiz haqidadir.
-
Yosh Verterning iztiroblari
Iogann Volfgang Gyote,Yuraklarni titratuvchi,larzaga soluvchi ushbu roman sevgi haqidagi hazin qo'shiq kabidir.Pokiza qalbning yaralangan muhabbati hijron damlarida yonib olovlanib ,oqibatda,muhabbat sohibi Verterni xazon qiladi.Har satri sevgi bilan limmo-lim bo'lgan,iztirobdan yaralgan maktublar shaklida roman ko'nglingiz to'ridan joy olishi aniq. Shauning uchun ham bu asar Gyotening shoh asarlaridan biriga aylangan. Hamon kitobxonlarning sevimli asari bo'lmish sevgi qissasi mutolaasi sizga muborak bo'lsin.
-
"Chol va dengiz"
Ernest Xeminguey,Ushbu kitobga dunyo miqyosida mashhur adib, «Nobel» mukofoti sovrindori Ernest Xemingueyning eng sara asarlari kiritilgan. «Chol va dengiz» qissasida insonning ulug’ligi, undagi iroda va matonat, oqillik va azm-u qaroridan ogʻishmaslik o’zgacha talqinda aks etgan. «Alvido, qurol» romani esa qahramonlarning fikr-xayollari, kechmishlari, urushning insoniyat boshiga solgan mudhish kulfatlari haqida o’ylashga, tinchlikning qadriga yetishga chorlaydi. Serqirra ijodkorning millionlab nusxalarda chop etilgan asarlarini mutolaa qilishga shoshiling, aziz kitobxon.
-
O'zbegim
E.Vohidov,Ushbu to'plam o'zbek adabiyotining zabardast vakili,O'zbekiston qahramoni ,O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning she'r,doston,hajviya,muxammas va tarjimalaridan tarkib topdi. E.Vohidov qalamiga mansub bir asarning she'rlarini saralashga hojat yo'q;qaysi satrini o'qimang,kitobga kiritgingiz,mutolaaga kirishgan o'quvchiga xoh katta yoshli,xoh bugungi davr farzandi bo'lsin,shoir ijodini taqdim etgingiz,she'rlar zamiridagi faqat so'z san'atkorigagina xos bo'lgan haqiqatlardan boxabar etgingiz keladi.
-
Semiz va oriq
Anton Chexov,Dunyo adabiyotidaA.P. Chexov o‘z ovozi va o‘z so‘ziga ega bo'lgan noyob ijodkorlardan biri sifatida tan olingan. U hikoyalari orqali ushbu janmi yana bir taraqqiyot pog‘onasiga ko‘tarib berganligi ham bor gap. O‘zbek adabiyotida realistik hikoyalaming paydo bo'lishiga ham ayni yozuvchining asarlarisabab bo‘lib, Abdulla Qahhor va undan keyingi bir qator yozuvchilarimiz hikoyalarining muvaffaqiyatida mazkur adibning maktabi alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu kitobda yozuvchining eng sara hikoyalari jamlangan.
-
Kichkina shahzoda
Antuan de Sent-Ekzyuperi,Antuan de Sent-Ekzyuperi – XX asr fransuz adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, mohir uchuvchi, shoir va yozuvchi, yosh-u qarining sevimli asari «Êichkina shahzoda»ning muallifi. «Uchuvchi» (1926), «Janubga õat» (1929), «Òungi parvoz» (1931), «Bashar sayyorasi» (1939), «Harbiy uchuvchi» (1942), «Istehkom» (1948), «Yoshlik maktublari» (1953) kabi asarlar Antuan de SentEkzyuperining qalamiga mansubdir. Antuan de Sent-Ekzyuperining asarlari dunyoning 200 tiliga tarjima qilingan. Jumladan, uning «Êichkina shahzoda» asari Xayriddin Sultonov tomonidan va «Istehkom» qissasidan parcha Abdug‘opir Qosimov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Ushbu kitob Antuan de Sent-Ekzyuperining o‘zbek tilida chop etilayotgan yangi to‘plamidir. Asar keng kitobõonlar ommasiga mo‘ljallangan.
-
-
-