-
-
Yolg'izlikning yuz yili
Makkes G.G,Qo'lingizdagi ushbu kitob Janubiy Amerikada yashab ijod etgan adib(tug'ilgan joyi-Kolumbiya,vafot etganjoyi Meksika) Gabriel Garsiya Markesning ispan tilida yozilgan "Cien anos de soledad" romanining rus tili orqali Nurali Qobul,Anvar Jo'raboyev va Tohir Qahhorlar tomonidan "Yozlg'izlikning yuz yili" nomi ostida tarjima qilish orqali ona tilimizning lug'at boyligining boyishiga va kitobxonlarning badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqishlarining yuksalishiga ulkan hissa qo'shgandir...
-
Mehrobdan chayon
Qodiriy A.,Abdulla Qodiriy nomini yod etarkanmiz, ko'z oldimizda oʻzbek adabiyotida romanchilik maktabiga asos solgan buyuk siymo gavdalanadi. Adibimizning milliy adabiyotimiz oldidagi ulkan xizmati har tomonlama beqiyosdir. Qo'lingizdagi muallifning.,Mehrobdan chayon" asari yozilganiga qariyb bir asr bo'lgan ersa-da, roman hamon mutolaasevarlarning sevimli asarlaridan biri bo'lib kelmoqda. Shu bois bugun siz, aziz kitobxonni, Anvar va Ra'noning badiiy bo'yoqlarda tarannum etilgan sof muhabbatiga yana bir bor oshno bo'lishga taklif etamiz.
-
Shum bola
G'afur G'ulom,Biz bugun sevib o'qiyotgan kitoblarni yigirma-o'ttiz yil o'tib, balki varaqlagimiz ham kelmas, xohish topa olmasmiz. Lekin, "Shum bola" qissasini esa har gal, har qanday yoshda bolalik sho'xliklarini qoʻmsab, sog'inib, mutolaa qilishga ehtiyoj sezamiz. Adibimiz G'. G'ulom- ning bu qissasi tasviriy vositalarga boyligi bilan boshqa asarlaridan ajralib turadi. "Dandon sopli pichoq"dan boshlanib, chuvalashib ketgan gapni boyning qizi Adolning "o'g'il tug'ib bergani"ga borib ulab "innankeyin"chi, o'lgudek injiq, ziqna, ezma Sariboyni mot qilgan Shum bolaning bir-biridan qiziq sarguzashtlaridan xabardor bo'lishni xohlasangiz kitob mutolaasiga shoshiling. Asar keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
-
-
Chinor
Muxtor A.,Romanning boshida butun yurtga tarqab ketgan uzoq-yaqin qarindoshlaridan xabar olgani otlangan Ochil boboga qo'shilishib muallif olis safarga chiqadi. Mana shu o'ta qiziqarli va ibratli safar asnosida bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutinasiz. Bu taqdirlar bir-birlari bilan Ochil bobo orqali bog'lanib, yagona shajarani - azim Chinorni vujudga keltiradi. Bu romandan o'rin olgan hikoya va qissalar, ko'p asarlarda bo'lgani singari, albatta, yaxshilik bilan, ezgulikning yovuzlik ustidan qozonadigan g'alabasi bilan tugayvermaydi. Asarda o'nlab insonlar taqdiri borki, shafqatsiz va chigal hayot bo'roni ularni xuddi cho'ldagi bir uyum xashak singari sarson-sargardon qiladi. Adib qahramonlar taqdiriga behuda aralashish, ularni "to'g'ri yo'lga solib yuborish"dan o'zini tiyadi. Ortiqcha hayajon Asqad Muxtor uslubiga mutlaqo yot ekani "Chinor" romanida yaqqol o'zini ko'rsatgandi. Bu jihatdan, yozuvchi yoshligidan o'qib-o'rgangan tamoyillarini milliy adabiyotimiz maydonida ham dadil qo'llashdan cho chimaganiga guvoh bo'lamiz.
-
Ikki eshik orasi
Hoshimov O',O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning «Ikki eshik orasi romani qayta-qayta juda ko'p adadda nashr etilgan bo'lsa-da, bu asarga kitobxonlarning talabi hamon susaygani yo'q. Bu navbat uni lotin alifbosi asosidagi o'zbek imlosida nashr etmoqdamiz. Buning sababi uchta: birinchidan, bu asarga nisbatan kitobxonlarning talabi kuchli bo'lsa, ikkinchidan, o'tgan asrning 90-yillari arafasida tug'ilgan avlodimizning aksariyati hozirda lotin alifbosi asosidagi o'zbek imlosida o'qiydi. Uchinchi va eng muhim sababi, O'tkir Hoshimovning asarlari, ayniqsa, qo'lingizdagi «Ikki eshik orasi romani mumtoz asarlar qatorida o'z zamonaviyligini yo'qotgan emas. Bu roman o'tgan va bugungi avlodninggina emas, keyingi avlodlarning ham sevimli asari bo'lib qolaveradi.
-
O'nta negr bolasi
Kristi A.,Agata Kristi nomini alohida tanishtirishga hojat yo'q. Adabiyot ahli tomonidan haqli ravishda detektiv janrining yetakchilaridan biri sifatida tan olingan. Uning mazkur asarida ham kitobxon sirli va qiziqarli olamga sayohat qilishi muqarrar. Muallifning o'zi aynan shu asarini eng yaxshisi deya e'tirof etgani ham bejiz emas. Ushbu asarda bir-biriga hech qanday aloqador bo'lmagan o'nta odam xilvat oroldagi uyga keladi. Sirli taklifnoma bilan ularni bu yerga kim chaqirdi? Yaxshi detektiv ixlosmandlarining yuragi darrov shuv etib ketadigan manzara. Dunyodan ajrab qolgan bo'm- bo'sh orol, ko'p xonali, zimiston yo'lakli katta sirli uy va Zanjilar orolining sohibi taklifiga ko'ra uyga kelgan o'nta odam. Bu yerda ularni qulay shart-sharoitlar, mazali taom vashinam yotoqxo alar kutib turibdi. Lekin havas qigudek mehmondo'stlik tez orada sarobga aylanib, mehmonlar savdoyi qotil qurgan tuzoqqa tushib qolgani ma'lum bo'ladi. Ular orolning toshloq zaminiga qadam qo'ygan zahoti tuzoq yopilgan. Oroldan qochishning iloji yo'q. Borchani shubha-gumon chulg'ab olgan. Chehralarda ajal soyasi. Qo'rquv va dahshat. Faqatgina bolalar sanoq she'ri va mitti negr bolalari tugashi bilan bu dahshatli o'yinga ham xotima yasaladi. Biroq nega? Ularni birin-ketin eng g'ayrioddiy yo'llar bilan o'ldirish kimga kerak? Nima uchun sodir bo' layotgan voqealarning bari quvnoq bolalar she'ri bilan shambarchas bog'liq? Nahotki bu jumboqning yechimi topimasa, nahotki o'limga mahkum bo'lsa? Lekin nima uchun? Ular rostdan ham aybdormi?
-
O'nta negr bolasi
Agata Kristi,Agata Kristi nomini alohida tanishtirishga hojat yo'q. Adabiyot ahli tomonidan haqli ravishda detektiv janrining yetakchilaridan biri sifatida tan olingan. Uning mazkur asarida ham kitobxon sirli va qiziqarli olamga sayohat qilishi muqarrar. Muallifning o'zi aynan shu asarini eng yaxshisi deya e'tirof etgani ham bejiz emas. Ushbu asarda bir-biriga hech qanday aloqador bo'lmagan o'nta odam xilvat oroldagi uyga keladi. Sirli taklifnoma bilan ularni bu yerga kim chaqirdi? Yaxshi detektiv ixlosmandlarining yuragi darrov shuv etib ketadigan manzara. Dunyodan ajrab qolgan bo'm- bo'sh orol, ko'p xonali, zimiston yo'lakli katta sirli uy va Zanjilar orolining sohibi taklifiga ko'ra uyga kelgan o'nta odam. Bu yerda ularni qulay shart-sharoitlar, mazali taom vashinam yotoqxo alar kutib turibdi. Lekin havas qigudek mehmondo'stlik tez orada sarobga aylanib, mehmonlar savdoyi qotil qurgan tuzoqqa tushib qolgani ma'lum bo'ladi. Ular orolning toshloq zaminiga qadam qo'ygan zahoti tuzoq yopilgan. Oroldan qochishning iloji yo'q. Borchani shubha-gumon chulg'ab olgan. Chehralarda ajal soyasi. Qo'rquv va dahshat. Faqatgina bolalar sanoq she'ri va mitti negr bolalari tugashi bilan bu dahshatli o'yinga ham xotima yasaladi. Biroq nega? Ularni birin-ketin eng g'ayrioddiy yo'llar bilan o'ldirish kimga kerak? Nima uchun sodir bo' layotgan voqealarning bari quvnoq bolalar she'ri bilan shambarchas bog'liq? Nahotki bu jumboqning yechimi topimasa, nahotki o'limga mahkum bo'lsa? Lekin nima uchun? Ular rostdan ham aybdormi?
-
-
-
Xitobnoma
Abdurashidxonov M.Q,1991-yil 1-sentyabr millatimiz taqdirida ziyo sari tub burilish sodir bo'lgan ulug' kundir. Mustaqillik davriga qadar xalqimiz ma'rifatdan ayro saqlanib kelindi. Ko'plab ma'rifatparvarlarimiz boshiga turli savdolar yog'ildi va ularning nomi sun'iy tarzda o'chirilishga harakat qilindi. O'zbekning o'rni faqat paxta dalasida ekanligi, uning insoniyligi ham, qahramonligi ham yetishtirgan paxtasi bilan oʻlchanishi borasidagi qarashlar xalqimizga zo'rlab singdirildi. Biroq Istiqlol sharofati ila tarixiy haqiqatlar tiklandi va biz o'zligimizni anglay boshladik. Nomi unuttirilgan ma'rifatparvarlar sha'niga yog'ilgan tuhmatlar olib tashlandi hamda ularning risolalari to'siqlarsiz kengroq tadqiq etila boshlandi. Bundan qirq-ellik yil muqaddam jadidlar nomi ko'pchilik uchun notanish bo'lgan boʻlsa, hozirda har bir yurtdoshimiz jadidlar va ular vujudga keltirgan ma'rifiy harakatlar haqida tobora koʻproq ma'lumotlarga ega boʻlishmoqda. Jadidlar o'z vaqtida jamiyat tanazzulining asosiy saba- bi aholining ilm-ma'rifatsizligiga qarshi munosib kurash olib borishgan. Ularning har biri millatimiz qahramoni, ulardan qolgan har bir ma'naviy me'ros esa oltindan ham qimmatdir. Shu o'rinda ijodiy jamoamiz bilan bir qator jadid namoyondalari asarlarini nashr etishga qaror qildik. Ushbu to'plamga Is'hoqxon to'ra Ibratning sara ijodiy va ilmiy ishlari kiritilgan boʻlib, ularni mutolaa etish jarayonida siz ham jadidlarning o'sha vaqtlardagi maqsadlari, orzu-umidlari, dard-iztiroblarini yaqindan his etasiz, degan umiddamiz!
-
Sarvqomat Dilbarim
Aytmatov Ch.,Chingiz Aytmatovning ushbu qissasida tom ma'noda hayotiy-maishiy haqiqat va muammolar tasvirlanadi desak mubolag'a bo'lmaydi. Asar qahramonlari Ilyos, Asal, Xadicha, Boytemir, Jontoylarning har birining o'ziga xos fe'l-atvori hozirgi kunda ham zamondoshlarimizning qaysidir birlarida takrorlanadi. Asal bilan Ilyos asar boshida tasodifan uchrashib, taqdir taqazosi bilan o'zaro turmush qurishadi. Lekin negadir Ilyos o'z muqaddas oilasiga xiyonat qiladi... Nima uchun? Asal nega Ilyosni kechirmadi? Jontoy nega Ilyosga hasadgo'ylik bilan qarardi? Ilyos uzoq yillardan keyin farzandini topganda unga nega otasi ekanligini aytolmay qiynaladi? Boytemir Ilyos va Asal taqdirida qanday rol o'ynaydi? Asarni o'qish davomida bu savollarga javob topasiz.
-
Ota izidan
Yoqubov O.,Mazkur ikki holat turli jabhalarda oralari qil sig'masdek yonma-yon bo'lishadi. O'ylanmay bosilgan bir qadam, kutilmagan muammolarga yetaklashi kamdek, ortga boʻlgan yo'lni butkul yopadi. Shunda kishi orzusidagi ozodlikka qanchalar intilmasin, erksizlikning mudhish asirligidan qutula olmaydi. Atirgulni suyib, tikoni tufayli uni tutib bo'lmaganidek, qalb og'riqdan mudom aziyat chekadi. Asar katta hayot bo'sag'asida turgan yoshlarni noto'g'ri bosiladigan qadam tashvishlaridan ogoh eta oladi, deya umid qilamiz.
-
Abdulla Qodiriy
Qodiriy A.,Vatanining mustabidlar zulmidan ozod bo'lishini, millati farzandlarini sharafga to'lganlar qatorida ko'rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg'oq farzandlari Jadid adabiyoti namoyandalari» bugun yana o'z o'quvchilari bilan yuzlashmoqda. Xalq ma'naviyatini boyitish yo'lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyinib yozgan, bu borada fidoyilik ko'rsatgan, alaloqibat, qatag'onga uchraganlar haqida so'z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Is'hoqxon Ibrat siymolari ko'z oldimizda gavdalanadi. Ular o'z asarlarida ko'targan muammolar hamon bizning qarshimizda bo'y ko'rsatib turibdi. Biz hamon «millatni uyg'otish uyg'onganlarning vazifasi» degan chorlovga munosib javob qaytarolganimiz yo'q.
-
Тийрамоҳ
Муаллифлар жамоаси,Атоқли рус шоири ва ёзувчиси, рус адиблари орасидан адабиёт йўналиши бўйича Нобель мукофотининг илк совриндори Иван Бу- нин Россия замини табиатини яхши билган, бу ерда кечадиган йил фасллари ўзгаришларига хос нозик ва нафис жиҳатларни гоятда те- ран ҳис этган, бог-роглар ва дала-даштлар, дарё ва кўллар, ўрмон ва чаманзорлар, қир-адир ва яйловлар, олис йўл ва довонлар тилини ва айниқса, инсон дилини чуқур тушунган ҳамда буларнинг барчасини беҳад қадрлаган атоқли рус адибидир.
-
Inson qadri
Mualliflar jamoasi,Yangi O'zbekistonda xalqimiz turmush farovonligini oshirish, millati, tili va dinidan qat'i nazar, barcha O'zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Qo'lingizdagi kitob inson sha'ni va qadr-qimmatini yuksaltirish, uning hayotdan rozi bo'lib yashashini ta'minlashdek ulug'vor maqsadlarning yurtimizdagi amaliy ifodasi haqida hikoya qiladi. To'plamda davlat va jamoat arboblari, taniqli yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, mashhur san'atkorlar hamda o'z hayoti misolida mehr va e'tibor ko'rgan oddiy insonlarning fikr-mulohazalari, samimiy e'tiroflari jamlangan.