-
-
Узбекистон Республикасининг Конституцияси ва фукаролик
Хатамов Улугбек, Рахманов Акмал,Konsitutsiya, -
-
-
Konsitutsiya,
-
-
-
-
-
Konsitutsiya,
-
Konsitutsiya,
-
O'zbekistonda fuqarolarning ta'lim olish huquqini ta'minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari
Bokiyev J.N,Konsitutsiya, -
O'zbekistonda xotin-qizlar ijtimoiy himoyasining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish
Anvarova D.A,Konsitutsiya, -
-
-
-
Konsitutsiya,
-
O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi faoliyatining konstitutsiyaviy asoslari
Hoshimxonov A.M,Konsitutsiya, -
Moliya, pul va bank tizimning konstitutsiyaviy asoslar
G'oziyev K.J, Ilxombekov J.I,Konsitutsiya, -
-
-
Finlyandiya Konstitutsiyasi
Mualliflar jamoasi,Ushbu nashr 1999-yil 11-iyunda qabul qilingan Finlyandiya Konstitutsiyasining o'zbek tilidagi ilk tarjimasidir. Ushbu konstitutsiya Finlyandiya Respublikasining huquqiy asoslari, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari, shuningdek, davlat tuzilishining batafsil tavsifini o'z ichiga oladi. Finlyandiya Konstitutsiyasiga o'tgan vaqt davomida qator o'zgartirishlar kiritilgan bo'lib, mazkur tarjima uning 2018-yilda nashr etilgan ingliz va fin tilidagi matnidan o'zbek tiliga tarjima qilindi. Ushbu tarjima nafaqat huquqshunoslar va siyosatshunoslar, balki keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan bo'lib, u Finlyandiyaning demokratik qadriyatlari va huquqiy an'analarini chuqurroq tushunish imkonini beradi.
-
Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslikda "Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi" fanining tushunchasi, predmeti, manbalari, uni o'rganish uslublari, inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari, konstitutsiyaviy tuzum, davlat shakllari, saylov huquqi va referendum, davlat boshlig'i, qonunchilik, ijro va sud hokimiyat organlarining huquqiy maqomi, mahalliy boshqaruv va o'zini o'zi boshqaruvga oid masalalar yoritilgan. Darslik bakalavr va magistratura bosqichi talabalariga, aspirant va yuridik o'quv yurtlari o'qituvchilariga, mutaxassislarga, shuningdek, konstitutsiyaviy huquq fanini o'rganuvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.
-
Konstitutsiyaviy huquq
Husanov O.T,Mazkur Konstitutsiyaviy huquq fani bo'yicha darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr bosqichi ta'lim standartlari asosida yaratilgan. Darslikda Konstitutsiyaviy huquq fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi (tizimi) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi. Unda Konstitutsiyaga shu davrgacha kiritilgan barcha o'zgartirish va qo'shimchalar e'tiborga olingan. Darslik o'quv yurti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan boshqalar ham Konstitutsiyani o'rganishda foydalanishlari mumkin.
-
Konstitutsiyaviy huquq
Husanov O.T,Mazkur Konstitutsiyaviy huquq fani bo'yicha darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr bosqichi ta'lim standartlari asosida yaratilgan. Darslikda Konstitutsiyaviy huquq fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi (tizimi) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi. Unda Konstitutsiyaga shu davrgacha kiritilgan barcha o'zgartirish va qo'shimchalar e'tiborga olingan. Darslik o'quv yurti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan boshqalar ham Konstitutsiyani o'rganishda foydalanishlari mumkin.
-
Ўзбекистон конституцияси тарихи
Саидов А.,Ўзбекистон Республикасининг конституцияси мустақиллик йилларида ижтимоий - хаётнинг барча соҳаларида босқичма - босқич ва тизимли равишда амалга оширилаётган кенг қамровли демократик ислоҳотларнинг мустаҳкам юридик манбаи ҳамда асосий ҳуқуқий кафолатидир.Шу маънода, Конституциянинг яратилиши тарихини атрофлича ўрганиш, бу муҳим ҳуқуқий хужжатнинг мазмун - мохиятини чуқур талқин ва таҳлил этиш мустақил Ўзбекистонинг энг янги тарихини ўқиб - ўрганишнинг таркибий қисми сифатида алоҳда аҳамият касб этади. Чунки, аслида ҳам, Ўзбекистон Конституциясининг ишлаб чиқилиши, қабул қилиниши ва ривожлантирилиши жараёнлари мамлакат мустақиллик тарихининг бевосита бир узвий қисмидир.
-
Konstitutsiyaviy nazorat va konstitutsiyaviy odil sudlov
Abdullayeva M.M,Ushbu darslik "Konstitutsiyaviy nazorat va konstitutsiyaviy odil sudlov" moduli dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, unda konstitutsiyaviy nazorat va konstitutsiyaviy odil sudlov institutini talqin qilishda an'anaviy yondashuvlar bilan birga qator yangi muammolar ham qamrab olingan. Shuningdek, darslikda bugungi kunda konstitutsiyaviy sudlov institutining davlat hokimiyati tizimidagi roli, uning funksiyalari, islohotlar davridagi ahamiyati xorijiy davlatlarning ilg'or tajribasi bilan qiyosiy-huquqiy tahlil etilgan holda yoritilgan. Darslik oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavriat 60420100 yurisprudensiya: davlat-huquqiy faoliyat yo'nalishi talabalariga va magistrantlar, tadqiqotchilar, oliy o'quv yurtlari o'qituvchilariga, mutaxassislarga, shuningdek, sohaga qiziquvchi barcha kitobxonlarga moʻljallangan.
-
Ommaviy axborot vositalari faoliyatining konstitutsiyaviy asoslari
Qudratillayev J.,Mazkur monografiyada O'zbekiston Respublikasida faoliyat olib boruvchi ommaviy axborot vositalarining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, ular faoliyatining erkinligi va qonunga muvofiq ishlashi, jurnalistik va blogerlik faoliyati, so'z va axborot tashish erkinligi kafolati, shuningdek, senzuraga yo'l qo'ymaslik masalalari, jurnalistik tekshiruv o'tkazishning huquqiy asoslari hamda ommaviy axborot vositalarining javobgarlik kabi masalalar tegishli tartibda boblar va paragraflarda aks etgan. Mazkur monografiya "Konstitutsiyaviy huquq" moduli bo'yicha o'quv dasturi negizida tayyorlangan bo'lib, 60420100 - "Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha)" yo'nalishidagi yuridik oliy ta'lim muassasalari va fakultetlari talabalari uchun moʻljallangan.
-
O'zbekistonda fuqarolarning ta'lim olish huquqini ta'minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari
Bokiyev J.N,Ushbu monografiyada ta'lim olish huquqining nazariy va ilmiy asoslari, raqamlashtirish sharoitida ta'lim oluvchilarining huquqlarini ta'minlashning kafolatlari, ta'lim jarayoniga sun'iy intellekt texnologiyalarini qo'llash va sohada yuzaga keladigan muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari tahlil qilingan. Monografiya soha mutaxassislari, tadqiqotchilar va keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
O'zbekistonda xotin-qizlar ijtimoiy himoyasining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish
Anvarova D.A,Mazkur monografiyada xotin-qizlar huquqlari va erkinliklari tushunchasi, xotin- qizlar ijtimoiy himoyasini ta'minlash masalalari, davlat ijtimoiy yordamini huquqiy institut sifatida shakllanishi, xotin-qizlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro hujjatlar va ularni O'zbekiston milliy qonunlari bilan o'zaro mutanosibligi tahlil qilingan. Mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlariga oid konvensiyalarga muvofiq qabul qilingan qonunlarning mohiyati ifodalangan. Shuningdek xotin-qizlarni ijtimoiy himoyasini ta'minlashning milliy mexanizmlarini takomillashtirish kabi muhim masalalar oʻzining nazariy hamda amaliy ifodasini topgan. Ushbu monografiya amaliyotchi mutaxassislar, yuridik oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari, bakalavr hamda magistratura yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga moʻljallangan.
-
Konstitutsiya formulasi
Sodikov A.Sh,Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo'yicha savollar, mavzulashtirilgan testlar, sinov testlari, bo'shliqlarni to'ldirish topshiriqlari, so'zli boshqotirmalar, to'g'ri javoblarni aniqlash topshiriqlarini o'z ichiga oladi. Qo'llanma yurisprudensiya sohasida oliy ta'lim yurtlarida tahsil olayotgan talabalar hamda maktab o'quvchilari va abituriyentlar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qiziquvchilarning bilimlarini mustahkam- lashga xizmat qiladi. O'quv-uslubiy qo'llanma yuridik yo'nalishda tahsil olayotgan talabalar hamda o'quvchi-abituriyentlar uchun mo'ljallangan.
-
Ma'muriy huquq
Nematov J.N,Ushbu o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichi talabalariga mo'ljallangan. Unda ma'muriy huquqning umumiy tavsifi, shakllanish tarixi, predmeti; davlat boshqaruvining ma'muriy-huquqiy shakllari; ma'muriy jarayon va ma'muriy protseduralar; ma'muriy aktni o'rganishga qaratilgan mavzular yoritiladi. O'quv qo'llanma talabalarning mazkur mavzularga oid ilmiy-nazariy qarashlarini yanada boyitish, xorijiy davlatlar, xususan, Yaponiya olimlarining ma'muriy huquq fani bo'yicha asosiy ilmiy qarashlari bilan tanishtirishni maqsad qilgan. Kitob ma'muriy huquq" fani bo'yicha oliy yuridik ta'limni amalga oshirishga qaratilgan o'quv jarayonida asosiy manba sifatida foydalanish uchun mo'ljallangan.
-
Konstitutsiya va qonunning ustunligi
Abdullayeva M.M,Mazkur o'quv qo'llanmada yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining X bobida mustahkamlangan Inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlariga oid moddalar haqida batafsil tushuncha beriladi. O'quv qo'llanma davlatning inson huquqlari masalasiga zamonaviy yondashuvlarini yuridik oliy ta'lim talabalarga yetkazish uchun yangi avlod darsliklari yondashuvida tayyorlangan bo'lib, yuridik oliy ta'lim muassasalaridagi ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarida keng foydalanish uchun mo'ljallangan.
-
Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar
Safarova X.N, Anvarova D.A,Mazkur o'quv qo'llanmada inson huquqlarining konstitutsiyaviy- huquqiy asoslari, inson va fuqaro huquqlariga oid asosiy tushunchalar, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarga oid me'yorlarning tarixiy rivojlanish bosqichlari, huquq, erkinlik va majburiyatlar tasnifi va ularning tengligi, inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar, inson huquqlari bo'yicha milliy qonunchilik, inson huquqlari monitoringi va inson huquqlari bo'yicha hisobot protsedurasi, huquq va erkinlikka oid kafolatlar kabi masalalar yoritilgan. Shu bilan birga, O'zbekistonda inson huquqlarining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularni amaliyotga tatbiq etish sohasida olib borilgan islohotlar, ularning natijalari haqida muhim ma'lumotlar berilgan. Ushbu o'quv qo'llanma yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi bakalavriat va magistratura mutaxassisligi talabalari va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi faoliyatining konstitutsiyaviy asoslari
Hoshimxonov A.M,Mazkur o'quv qo'llanma Konstitutsiyaviy huquq modulining "O'zbekis- ton Respublikasining Prezidenti" mavzusi bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda Prezidentlik tushunchasi, Prezidentning saylanishi va lavozimiga kirishish tartibi, Davlat boshlig'i sifatidagi huquqiy maqomi, Prezident vakolatlari va Prezident tomonidan chiqariladigan huquqiy hujjatlar, Prezident Administratsiyasi maqomi, Prezident faoliyati bilan bog'liq yangi konstitutsiyaviy o'zgartirishlar kabi masalalar atroflicha bayon etilgan.
-
Moliya, pul va bank tizimning konstitutsiyaviy asoslar
G'oziyev K.J, Ilxombekov J.I,Mazkur o'quv qo'llanma Konstitutsiyaviy huquq modulining "Siyosiy huquqlar" mavzusi boʻyicha tayyorlangan bo'lib, unda siyosiy huquqlar tushunchasi, mazmuni va turlariga oid konstitutsiyaviy-nazariy masalalar va amaliyot tizimli bayon qilingan. Qo'llanmada referendum, jamoatchilik nazoratining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari mazmuni atroflicha ochib berildi, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokini ta'minlash borasida xorijiy davlatlar tajribasi keltirildi.
-
O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi
Nazarov Sh.,Mazkur o'quv qo'llanmada yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining X bobida mustahkamlangan Inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlariga oid moddalar haqida batafsil tushuncha beriladi. O'quv qo'llanma davlatning inson huquqlari masalasiga zamonaviy yondashuvlarini yuridik oliy ta'lim talabalarga yetkazish uchun yangi avlod darsliklari yondashuvida tayyorlangan bo'lib, yuridik oliy ta'lim muassasalaridagi ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarida keng foydalanish uchun mo'ljallangan.