-
Konsitutsiya,
-
-
-
-
-
-
-
-
O’zbekistonda sud hokimyatining konsitutsiyaviy-huquqiy asoslari
Qosimov Botirjon Ma’rufjon o’g’li,Konsitutsiya, -
-
Davlat suverenitetining konstitutsiyaviy asoslari
Yo'ldashev A, Asadov Sh.,Ushbu o'quv qo'llanmada suverenitet mohiyati, suverenitetning huquqiy institut sifatida rivojlanish tarixi va suverenitet nazariyasining zamonaviy tendensiyalari, uning asosiy belgilari, "davlat suvereniteti", "xalq suvereniteti" va "millat suvereniteti" tushunchalari va ularning o'zaro nisbati, suverenitetning xalqaro va milliy huquqiy asoslari ochib berilgan. O'quv qo'llanma doirasida globalizatsiya jarayonida suverenitetga tahdid va xavflarni bartaraf etishning huquqiy mexanizmlari yoritib berilgan va suverenitetning tashkiliy-huquqiy asoslari keng kitobxonlar ommasiga taqdim etilgan.
-
Жаҳон конституциялари
Саидов А.Х.,Мамлакатимиз парламентининг хаётида Харакатлар стратегияси доирасида конституциявий-хукукий асосларнинг баркарор ривожланиши ва мустахкамланиши, Янги Узбекистонни бунёд этиш ва Учинчи Ренессанс асосларини шакллантиришга каратилган кенг куламли ва шиддатли демо- кратик ислохотлар учун мухим кадамларга бой булди. Хусусан, 2022 йил 16 май куни Олий Мажлис Конунчилик палатаси- нинг энг йирик фракциялари - зЛиДеП ва «Миллий тикланиш» ДПнинг алохида йирилишлари, 17 май куни - уларнинг мамлакатимизда конституциявий ислохотларни амалга ошириш ва ушбу масалани Олий Мажлис палаталари Кенгашларининг мухокамасига киритишга багишланган кушма йигилиши булиб утди.Шу билан болик холда, 20 май куни Сенат ва Конунчилик палатаси Кенгашларининг кушма мажлиси булиб утди. Конституцияга узгартириш ва кушимчалар киритиш буйича таклифларни шакллантириш хамда ташкилий чора-тадбирларни амалга ошириш юзасидан Конституциявий комиссия ташкил этилиб, унинг таркиби ва вазифалари белгиланди. Мазкур Конституциявий комиссия таркибига барча худудлардан депутатлар, се-наторлар, жамиятнинг турли катламлари, фукаролик жамияти институтларининг вакиллари, етук хукукшунослар, сиёсатшунослар ва бошка экспертлар (жами - 47 нафар) киритилди.Узбекистонда конституциявий ислохотнинг бош гоявий илхомлантирувчиси, шубхасиз, Президентимиз Ш.М. Мирзиёев, асосий ташаббускори эса - мамлакатимиз ахолисининг кенг катламлари эканлигини такидлаб ўтиш лозим.
-
Конституция ва инсон ҳуқуқлари
Муҳамедов Х.М.,Рисолада Узбекистон Республикасида инсон хукукларининг конституциявий-хукукий асослари, Конституцияда кафолатланган умуминсоний дахлсиз хукуклар, инсон хукукларининт Конституция ва суд томонидан химоя килиниши каби масалалар хакида суз юритилади. Рисола кенг китобхонлар оммасига мулжалланган.
-
Япония ва Ўзбекистон Конституцияларининг қиёсий таҳлили
Исмоилов М.М.,Мазкур рисола Давлат ва хукук тарихи хамда қиёсий хуқуқшунослик модуллари бўйича дарс машғулотларида фойдаланиш учун қўлланилади. Унда Япония Конституциясининг яратилиш тарихи, Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси билан қиёсий таҳлил, у асосида тузилган интерфаол машгулот учун топшириқлар, жумладан саволлар, кроссворд, "True/False" ҳамда қизиқарли маълумотлар ўрин олган. Рисола олий юридик таълим муассасаларининг бакалавриат Йўналиши талабаларига ҳамда хорижий мамлакатлар давлат ва хукуки тарихига қизиқувчиларнинг кенг доираси учун мўлжалланган.
-
Hindiston konstitutsiyasi
Muhammadjonov O.,Ushbu nashr 1950-yil 26-yanvarda kuchga kirgan Hindiston Respublikasi Konstitutsiyasining o'zbek tilidagi ilk tarjimasidir. Hindiston Konstitutsiyasi 70 yildan ziyod tarixga ega bo'lib, jahon konstitutsiyalari tajribasini uyg'unlashtirish asosida fuqarolarning asosiy huquq va majburiyatlari, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyat organlari maqomi va ularning vakolatlari, Jamiyat va davlat tuzilishi asoslarini belgilab bergan. Hindiston Konstitutsiyasi qabul qilinganidan keyin o'tgan vaqt davomida unga qator o'zgartirishlar kiritilgan bo'lib, ushbu tarjima uning 2020-yilda nashr etilgan asl matnidan o'zbek tiliga o'girildi. Qo'lingizdagi ushbu nashr nafaqat mutaxassislar, balki keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Hindiston Konstitutsiyasining o'zbek tiliga tarjimasi va nashri Hindiston hukumati Tashqi ishlar vazirligi granti asosida amalga oshirildi.
-
Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi
Mualliflar jamoasi,Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi. Darslik. Toshkent, O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, 2022. 767 bet. Mazkur darslikda "Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi" fanining tushunchasi, predmeti, manbalari, uni o'rganish uslublari, inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari, konstitutsiyaviy tuzum, davlat shakllari, saylov huquqi va referendum, davlat boshlig'i, qonunchilik, ijro va sud hokimiyat organlarining huquqiy maqomi, mahalliy boshqaruv va o'zini-o'zi boshqaruvga oid masalalar yoritilgan. Darslik bakalavr va magistratura bosqichi talabalariga, aspirant va yuridik o'quv yurtlari o'qituvchilariga, mutaxassislarga, shuningdek, konstitutsiyaviy huquq fanini o'rganuvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.
-
O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi
Qodirov E.O,Mazkur o'quv qo'llanma Konstitutsiyaviy huquq modulining "O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavzusi bo'yicha tayyorlangan boʻlib, unda fuqarolik tushunchasi va prinsiplari, mamlakatimizda fuqarolikka ega bo'lish va uni yo'qotish hamda fuqarolik masalalarini hal etish tartibi, fuqarolikka qabul qilish, tiklash va tugatishning asoslari hamda mamlakatimizda xorijiy davlat va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning maqomi kabi masalalar atroflicha bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalari talabalari va magistrlariga hamda fuqarolik bo'yicha huquqni qo'llash masalalariga qiziquvchi kitobxonlarning keng doirasiga mo'ljallangan.
-
Янгиланаётган конституция
Рахманкулов М.Х.,Ушбу қўлланма Ўзбекистон Республикасининг Конституциясига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш юзасидан таклифларни шакллантириш ва ташкилий чора-тадбирларни амалга ошириш бўйича Конституциявий комиссия аъзоси, юридик фанлар доктори, профессор М.Х. Рахманкуловнинг умумий таҳрири остида тайёрланди.
-
O’zbekistonda sud hokimyatining konsitutsiyaviy-huquqiy asoslari
Qosimov Botirjon Ma’rufjon o’g’li,Mazkur o’quv qo’llanmada O’zbekton sud hokimyatining konsitutsiyaviy-huquqiy asoslariga doir muhim masalalar yoritib berilgan. Jumladan, sud hokimyatining davlat hokimyatining mustaqil tarmog’i ekani, mamlakatimizda sud hokimyatining mustaqilligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan islohotlar tahlili, sud hokimyati organlarining tizimi, O’zbekston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining konsitutsiyaviy maqomi, sudyalar korpusini shakillantirish, suddyalarni saylash va tayinlash tartibi, sudlar faoliyatining asosiy prinsiplar tahlil etilgan.
-
Конституция ва ижтимоий давла
Одилқориев Х. Т.,Ўзбекистон Республикаси Конституцияси мамлакатда демократик ижтимоий-ҳуқуқий давлат ва эркин фуқаролик жамияти барпо этишнинг қонуний замини сифатида ижтимоий –сиёсий ҳамда ҳуқуқий таҳлил ва талқин марказидаги долзарб муаммо бўлиб келмоқда. Конститутсия юксак ижтимоий ҳуқуқий қадирят, шаҳснинг ҳуқуқий ижтимойлашуви омили сифатида талқин этилиб, фуқаролик жамияти институтларини шакиллантиришда ҳаётбахш роль ўйнаётганлиги қўрсатиб берилган.