-
Ta'lim,
-
-
Ta'lim,
-
-
-
Ta'lim,
-
-
O'zbekistonning yangi davri tarixiini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati
Toshpo'lotov Sh.E.,Ta'lim, -
-
-
-
-
Ta'lim,
-
Ta'lim,
-
Sog'liqni saqlash tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish masalalari
Otamirzayev O.M,Ta'lim, -
-
Nogironligi bo'lgan shaxslarning mehnatini huquqiy tartibga solish masalalari
Rahimqulova L.U.,Mamlakatimiz fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bilan bog'liq konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish bugungi yangilanayotgan O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o'zgarishlar sharoitida yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda mamalakatimizda bozor munosabatlari tamoyillariga tayanuvchi qat'iy talab tobora kuchayib borayotgan "xodim ish beruvchi munosabatlarida xodim huquqlarining davlat yo'li bilan himoyalash va kafolatlash ehtiyojini kuchaytirmoqda. Shu o'rinda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasiga yo'llangan qo'yidagi fikrlari diqqatga sazovordir: mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi birinchi navbatda ijtimoiy sohadagi islohotlarimiz samarasi bilan chambarchas bog'liq. Nogironligi bolgan shaxslar, boquvchisini yoqotganlar, yolg'iz keksalar, umuman, ko'makka muhtoj qatlamlarni qo'llab-quvvatlash, albatta, ustuvor vazifamiz bo'lib qoladi deya ta'kidlaydi.
-
Jinoyat ishlari yurituvini insonparvarlashtirish masalalari
Matkarimov Q.Q.,Mazkur monografiyada jinoyat ishlari yurituvini sudga qadar va sud bosqichida insonparvarlashtirish va alohida toifadagi jinoyat ishlari yurituvini insonparvarlashtirishga oid qonun normalarining rivojlanishi masalalari tarixiy-xuquqiy, nazariy-ilmiy jihatdan yoritilgan. Monografiya huquqshunoslik ixtisosligi bo'yicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar hamda huquqiy tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilar hamda professor-o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.
-
-
Yengillashtiruvchi tarkibli qasddan odam o'ldirish jinoyatlarini kvalifikatsiya qilish muammolari
Hakimov K.B.,Ushbu monografiyada affekt (kuchli ruhiy hayajonlanish) holatida qasddan odam o'ldirishni kvalifikatsiya qilishda inobatga olinadigan holatlar; Onaning o'z chaqalog'ini qasddan o'ldirishini kvalifikatsiya qilishning o'ziga xos xususiyatlari; Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o'ldirishni kvalifikatsiya qilisi; Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o'ldirishni kvalifikatsiya qilish: Ayrim xorijiy davlatlar Jinoyat kodekslarida javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarda qasddan odam o'ldirish uchun javobgarlikning xususiyatlari; Javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarda qasddan odam o'ldirishga oid Jinoyat kodeksi normalarini takomillashtirish istiqbollariga doir masalalar bayon etilgan. Ushbu monografiya oliy o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Badiiy adabiyotda huquq muammosi
Bozorova N.,Adabiyot insonga munosabatda huquq bilan bir xil yondashmaydi. Huquq insondan qog'ozlarga mas'ullikni, unga buysunishni talab etadi, belgilangan me'yorga qat'iy amal qilish, undan og'ishmaslikka majburlaydi. Adabiyot esa kenglik, chegarasizlikni yoqtiradi, to'siqlarni xushlamaydi. Adabiyot uchun har qanday hujjat, qog'ozlardan ustun QALB HAQIQATI mavjud. U inson fitratiga tayanadi, shunga ishonadi. Huquqda majburlov tushunchasi tursa, adabiyot hurriyatni yoqlaydi. Huquq kabi adabiyotda ham adolat asosiy maqsad. Lekin adabiyotning adolati huquq talqinidagi adolatdan farqlanadi. Adabiyot inson nigohini ashyolardan aslga, sababdan mohiyatga qaratadi. Huquq esa ashyolar, hodisalar doirasida ish ko'radi... Mazkur kitobda ayni shu masaladagi maqolalar jamlangan.
-
Pora olish-berishda vositachilik qilishning jinoyat-huquqiy jihatlari
Mamajanov A.M.,Ushbu monografiyada korrupsiyaning bir shakli sifatida pora olish- berishda vositachilik qilish tushunchasi va ushbu jinoyatni sodir qilganlik uchun javobgarlikning huquqiy asoslari, pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatlarining obyektiv va subyektiv belgilari hamda poraxo'rlik boʻyicha xalqaro hujjatlar va ushbu jinoyatlar uchun javobgarlik masalalarida xorijiy davlatlar tajribasi kabi masalalar bayon etilgan. Ushbu monografiya oliy o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan. Monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Ilmiy-uslubiy kengashining 2024-yil_-fevraldagi_-sonli majlis bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
Jinoyat - huquqiy prinsiplar: nazariya va amaliyot
Toshpulatov A.I.,Ushbu monografiyada jinoyat-huquqiy prinsiplarning tushunchasi, mohiyati, uning jinoyat huquqi vazifalari va funksiyalari bilan bog'liqligi, jinoyat-huquqiy prinsiplarga oid nazariy qarashlar, prinsiplarni jinoyat qonunchiligi normalarida aks ettirilishiga oid yondashuvlar, jinoyat-huquqiy prinsiplarning qonun ijodkorligi va huquqni qo'llash amaliyotida qo'llanilishiga oid masalalar yoritilgan. Monografiya talabalar, ilmiy tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar, amaliyot xodimlari va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
O'zbekistonning yangi davri tarixiini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati
Toshpo'lotov Sh.E.,Har qanday innovatsion texnologiya amaliyotda o'z samarasiga ega bo'lmasa, shunchaki yangi nazariya sifatida qolib ketadi. Bu texnologiyalar o'z navbatida o'quvchi shaxsida, uning ma'naviy ongida, bilim va tafakkurida munosib joy olmog'i lozim. Bizning fikrimizcha, ta'limdagi innovatsion texnologiyalarni o'quv jarayoniga tatbiq etishdagi metodist o'qituvchilarning ilg'or dars tajribalarini, mamlakatimizning turli hududlarida faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilarga munosib tarzda yetkaza olish lozim. Shu maqsadda ushbu monografiyada yangi pedagogik-psixologik tajribalar. pedagogik axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga tatbiq qilishning nazariy- amaliy jihatlari o'z ifodasini topgan. Shuningdek monografiyada akademik litsey (kasb-hunar kollejlari) ijtimoiy-gumanitar fanlar o'qituvchilari uchun uslubiy tavsiyalar berilgan va ulardan ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanish yo'llari ko'rsatib o'tilgan.
-
Muqobilsiz birliklar tarjimasi
Raufov M.M,Mazkur monografiyada ingliz, o'zbek tillarida muqobilsiz birliklar tushunchasi va ularning tasniflanishi bilan bir qatorda o'zbek tilidan ingliz tiliga yoxud ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilish yo'llari, usullari haqidagi nazariy va amaliy jihatlarini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari muqobilsiz birliklar tarjimasiga doir jahonning hamda o'zbek tarjimashunosolimlarining fikrlari, qarashlari ham o'rganilgan bo'lib, mazkur monografiyada keltirib o'tilgan. Ikki tilda (ingliz va o'zbek tillari) muqobilsiz birliklarning tarjimalaridan misollar keltirilgan hamda qiyosiy tahlil qilingan.
-
Sug'oriladigan yerlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy mexanizmini takomillashtirish masalalari
Nishonov A.U,Monografiya sug'oriladigan yerlar tushunchasi va uning huquqiy rejimini o'ziga xosligi, sug'oriladgan yerlar huquqiy maqomini belgilashda suv ta'minotining ahamiyatini "raqamlashtirish" texnologiyalarini takomillashtirish masalaları, ayrim turdagi sug'oriladigan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik masalalari, sug'oriladigan joylarni o'zlashtirish hamda huquqiy boshqarishda xorijiy davlatlarning tajribalari va boshqalar ushbu tadqiqotda o'z aksini topgan. Ushbu monografiva ilmiy xodimlar, amaliyotchilar, yerga nisbatan mulk huquqı bilan bog'liq masalalar ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, magistrlar hamda mazkur mavzu bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Toshkent davlat yuridik universiteti Ilmiy-uslubiy Kengashining 2024-yil 21-iyun 10- sonli bayonnomasi bilan muhokama qilingan va chop etishga tavsiya qilingan.
-
Atamalar tarjimasining o'ziga xos xususiyatlari
Ro'zibayeva N.R,Mazkur monografiyada ingliz, o'zbek tillarida muqobilsiz birliklar tushunchasi va ularning tasniflanishi bilan bir qatorda o'zbek tilidan ingliz tiliga yoxud ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilish yo'llari, usullari haqidagi nazariy va amaliy jihatlarini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari muqobilsiz birliklar tarjimasiga doir jahonning hamda o'zbek tarjimashunosolimlarining fikrlari, qarashlari ham o'rganilgan bo'lib, mazkur monografiyada keltirib o'tilgan. Ikki tilda (ingliz va o'zbek tillari) muqobilsiz birliklarning tarjimalaridan misollar keltirilgan hamda qiyosiy tahlil qilingan.
-
Jorj Oruell va Murod Muhammad do'st asarlarida jamiyat konsepsiyasi va ko'pqatlamli tasvir
Qurbonova Sh.,Jahon adabiyotshunosligi ilg'or tajribasidan ma'lumki, inson va jamiyat munosabati, ular orasidagi ijtimoiy-ruhiy bog'liqliklar, ziddiyatlar tasviri, inson qalbi kechinmalari jamiyatning global muammolari bilan bog'liq asarlar yaratish imkoniyatlarini kengaytirganligi sababli azaldan ayricha qiziqish uyg'otib kelmoqda. Badiiy diskurs ta'minotida ijtimoiy g'oyalar, davr va siyosat vujudga keltirgan omillarni turli millat ijodiyot vakillarining asarlarini inson va jamiyat munosabatlari rakursida kuzatish, shaxsning takomili yoki tanazzulidagi ijtimoiy illatlarni yoritishning ijtimoiy qirralarini tekshirish jamiyatning madaniy taraqqiyotini, badiiy-adabiy tafakkurini, ma'naviy-axloqiy negizlarini, umuminsoniy qadriyatlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
-
Raqamli muhitda mualliflik huquqi
Yuldashov A.A,Mazkur monografiyada mualliflik huquqini muhofaza qilishning shartnomaviy-huquqiy asoslarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Muallif mualliflik shartnomasi tushunchasi, o'ziga xos xususiyatlari va predmeti, mualliflik shartnomasining turlari va tuzish tartibi, mualliflik shartnomasi taraflari hamda ularning huquq va majburiyatlari, mualliflik huquqi muhofazasini takomillashtirish masalalari tahlil etilib, nazariy tushunchalar ishlab chiqilgan va soha qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan taklif hamda tavsiyalar byerilgan. Monografiyadan tegishli mutaxassisliklar bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar, magistrantlar, o'qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, huquqshunos olimlar hamda keng jamoatchilik foydalanishi mumkin.
-
Delikt majburiyatlarning kollizion masalalari
Xazratqulov O.T,Barqaror rivojlanish yo'lida mamlakatimizda amalga oshirilgan ko'plab islohotlar qatorida sud-huquq islohotlari alohida o'ringa ega. O'z navbatida huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurish maqsadi bilan chambarchas bog'liq. Chet el elementi bilan murakkablashgan xalqaro xususiy munosabatlarning tartibga solinishi, turli davlatlar xalqaro xususiy huquq normalarining o'zaro muvofiq tarzda qo'llanilishi xalqaro xususiy huquq nazariy qoidalarining batafsil ishlab chiqilishi bilan bevosita bog'liq. Bu borada hozirda delikt munosabatlarining kollizion masalalari xalqaro xususiy huquqda munozarali masalalardan biri ekanligini qayd etish lozim. Shu bois mazkur qo'llanma orqali chet el eelementi bilan murakkablashgan delikt majburiyatlar (zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar) bilan bog'liq bo'lgan masalalar haqida talaba va magistrda yetarli tushunchalari boyitish va ko'nikma xosil qilishga yordamlashadi degan umidamiz.
-
Jinoyat ishi yurituvida isbot qilish ishtirokchilarning huquqiy maqomi
Bozorov M.M,Ushbu monografiyada nazariy qoidalarni tizimli tahlil qilish va jinoyat protsessida isbotlashning zamonaviy amaliyoti asosida tegishli normativ qoidalarni ishlab chiqishdan iborat, shuningdek jinoyat- protsessual huquqiy munosabatlar sohasida isbotlovchi subyektlarning kontseptsiyasi, huquqiy maqomi va tasnifini shakllantirish, isbotlash sohasidagi qonunchilikni va huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha muammolarni aniqlash va ularga xorijiy tajribani kuzatib, qonun normalarini takomillashtirish bilan bog'liq ilmiy xulosalar ishlab chiqishga qaratilgan. Shu bilan birga, tadqiqot natijasida shakllantirilgan nazariy holatlar, xulosalar va takliflardan jinoyat-protsessual qonunchiligimizda aniqlangan mavjud muammolarni bartaraf qilish choralarini ishlab chiqish va qonunchiligimizni takomillashtirish hamda qiyosiy-huquqiy tahlil qilingan xorij tajribasidan milliy qonunchiligimizda foydalanish uchun xizmat qilishi mumkin. Ushbu o'quv qo'llanma ilmiy xodimlar, o'qituvchilar, yuridik oliy o'quv yurtlari va fakultet talabalari, operativ-qidiruv bo'linmalari va xizmatlari xodimlari, tergovchilar, prokurorlar, sudyalar uchun mo'ljallangan.
-
Jinoyat protsessida jinoyat ishini tugatishning nazariy va amaliy jihatlari
Maxmudov S.,Ushbu monografiyani yozishdan asosiy maqsad jinoyat protsessida jinoyat ishini tugatishning nazariy va amaliy jihatlari va protsessual tartibini ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda jinoyat ishini tugatish asoslarini yanada takomillashtirish bilan bog'liq ilmiy xulosalar ishlab chiqishdir. Monografiyada jinoyat ishini tugatishning nazariy va ilmiy asoslari, jinoyat ishi tugatishda jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlarini ta'minlashning protsessual kafolatlari, ishni tugatishda yuzaga keladigan muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari tahlil qilingan. Monografiya soha mutaxassislari, tadqiqotchilar va keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Sog'liqni saqlash tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish masalalari
Otamirzayev O.M,Mazkur monografiya dunyo jamiyatidagi o'ta xavfli illatlardan biri korrupsiya, ya'ni sog' iqni saqlash tizimidagi korrupsiya inasalalari qonunchilik, ilmi-nazariy jihatdan o'rganilib, uni mazmun va mohiyati to'laqonli o'rgani gan. Bugungi kunda sogliqni saqlash sohasidagi korrupsiyaviy j noyatlarni yildan-yilga zamonaviy shakllarda namoyon bo'layotganligi va ularga jahon tajribasidan kelib chiqib, yechimlar beril zan. Monografiya huquqshunoslik sohasida ta'lim olayotgan bakalavr va magistratura talabalariga hamda o'qituvchilar foydalanishi uchun mo jallangan. Toshkent davlat yuridik universitetining Tadqiqot etikasi kengashining 21- iyun 2024-yildagi 10-son majlis bayonnemasi bilan chop etishga ruxsat etilgan va maqullangan.
-
Qurilish faoliyatini ekologizatsiyalashning huquqiy masalalari
Uzakova G.Sh,Monografiyada qurilish faoliyatini amalga oshirishda ekologik talablarga rioya qilishning ilmiy-huquqiy asoslari o'rganilgan bo'lib, unda qurilish jarayonini ekologizatsiyalashning asosiy yo'nalishlari huquqiy jihatdan tatqiq etilgan. Muallif mavzuga oid xalqaro hujjatlar bilan bir qatorda milliy qonun hujjatlari, ularni amalga oshirilishi bilan bog'liq jarayonlar, shuningdek mazkur yo'nalishdagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlarini o'rgangan. Ushbu monografiya ilmiy xodimlar, amaliyotchilar, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ekologik-huquqiy holati bilan bog'liq masalalar ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, magistrlar hamda mazkur mavzu bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Onaning o’z chaqalog’ini qasddan o’ldirishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari
Niyozova S.S,Ushbu monografiyada onaning o'z chaqalog'ini qasddan o'ldirish tushunchasi va ijtimoiy xavfliligi, ushbu jinoyati uchun javobgarlik nazarda to'tilgan Jinoyat qonun normalarini rivojlanish tarixi, onaning o'z chaqalog'ini qasddan o'ldirishning obyektiv hamda subyektiv belgilari, ayrim xorijiy davlatlar Jinoyat qonunchiligida onaning o'z chaqalog'ini qasddan o'ldirganlik uchun jinoiy javobgarlik va ushbu jinoyatni kvalifikatsiya qilish hamda uining kriminologik tavsifiga doir masalalar bayon etilgan. Ushbu monografiya oliy o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.