-
-
Ta'lim,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
Ijara shartnomasi
Imomov N.F. Ibrohimov A.A.,Mazkur o'quv qo'llanma ijara shartnomasiga bag'ishlangan boʻlib, unda ijara shartnomasining ahamiyati va mazmuni, ijara obyekti, ijara shartnomasining shakli va amal qilishi, ijara obyektini ijaraga oluvchiga topshirish, ijaraga berilgan mol-mulkdan foydalanish, ijara obyektini soz holatda saqlash va uni yaxshilash, ijara shartnomasini bekor qilish va ijara shartnomasining alohida turlari batafsil yoritilgan bo'lib, yuridik fakultet talabalari va izlanuvchilarga mo'ljallangan.
-
Shaxsga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish
Xolikov F.U. Otaboyev B.I.,Mazkur o'quv qo'llanmada shaxsga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning zamonaviy xususiyatlari bilan bog'liq masalalarini tartibga soluvchi Jinoyat kodeksi, uning tegishli moddalarini to'g'ri qo'llash, milliy jinoyat qonunchiligi va ilg'or xorijiy tajribasi, shuningdek, jinoyat-huquqiy qarashlarning konseptual jihatlari, tergov va sud amaliyotidagi muammolar ilmiy tahlil qilingan. Bundan tashqari, shaxsga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning algoritmi ilmiy tomondan o'rganildi va mazkur sohada sodir etilgan jinoyatlarni ochish va tergov qilishga oid tegishli algoritmni takomillashtirish bo'yicha mulohazalar bayon etilgan. O'quv qo'llanma "Jinoyat huquqi" ta'lim yo'nalishi bo'yicha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Yuridik ta'limda innovatsion texnologiyalar
Gulyamova G.,Mazkur o'quv qo'llanma yuridik fanlarni o'qitish xususiyatlari, o'qitish jarayoni va uning bosqichlari darslarini samarali o'tkazish asoslari, ularni talab darajasida olib borish, mavzular yuzasidan mashg'ulotlarni to'g'ri tashkil qila olish, zamonaviy interaktiv metod va vositalarni o'rinli qo'llash, eng asosiysi, dars jarayonida o'qitish va tarbiyaning uzviy bog'liqligini ta'minlash, muammoli o'qitish, usullarini o'rgatishga alohida e'tibor qaratadi. Shuningdek, magistratura talabalariga pedagogik mahorat talablari, mustaqil ta'limni tashkil qilish metodikasi, mutaxassislik fanlarini o'qitishda pedagogik kompetentlik va kreativlik, hamkorlik pedagogikasi usullari tushuntiriladi.
-
Bezorilikning oldini olish
Karaketova D.Y,Ushbu o'quv qo'llanma bezorilikning oldini olish bilan bog'liq masalalarga bag'ishlangan bo'lib, unda bezori shaxsi, uning turmush tarzi va xulq- atvorining o'ziga xos xususiyatlari, bezorilik jinoyatining sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlar, bezorilikning oldini olish turlari o'rganilgan. Bezori shaxsning kriminologik tavsifi (ijtimoiy-demografik, jinoyat-huquqiy va ma'naviy-ruhiy belgilari) nafaqat bezori shaxsi mohiyatini ochib berish, balki bu boradagi mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash imkonini ham beradi. Bu esa, o'z navbatida, bezorilik jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan ta'sirchan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishga zamin yaratadi.
-
Тошкент давлат юридик университетининг академик ҳалоллик ва тадқиқот этикаси кодекси
Талипова М.,Ушбу рисолада Ўзбекистонда қабул қилинган гендер тенглигига тегишли иккита қонуннинг асосий мазмуни расмлар орқали ёритилган. Расмлар қонунларнинг ва моддаларнинг кетма-кетлигида берилмаган ва бир бирига боғлиқ эмас. Шу туфайли улар дарс, тренинг ва маърузалар доирасида алоҳида ҳам қўлланилиши мумкин.
-
Гендер статистикаси
Хамидова Ф., Сайдивалиева Х., Рахмонова М., Суфиева Д.,Ушбу қўлланма гендер статистикаси ҳақида аҳоли хабардорлигини ошириш ва ундан фойдаланишдаги амалий кўникмаларни кенгайтириш мақсадида муаллифлар жамоаси томонидан ишлаб чиқилган. Унинг мақсади ушбу соҳада қўлланадиган атамаларни яхшироқ англашга ёрдам бериш, улар гендер тенгсизлик даражасини аниқлашда қандай ёрдам бериши мумкинлиги ва бу статистик маълумотлардан гендер сиесати ва умуман, давлат сиёсати самарадорлигини ошириш учун қандай самарали фойдаланиш мумкинлигини тушунтиришдан иборат. Бу амалий қўлланма давлат органлари ва идоралари, ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар, нодавлат нотижорат ташкилотлари вакиллари, экспертлар ва бошқа манфаатдор шахсларга мўлжалланган.
-
Bola huquqlari
Saidov A.,Ushbu ko'rgazmali qo'llanma maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiya- lanuvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda bolalarning fundamental huquq- lari, erkinliklari va majburiyatlari ko'rgazmali shaklda yoritilgan. Qo'llanmani tayyorlashda foydalanilgan suratlar majmui internet saytlaridan yig'ilgan.
-
Bola huquqlari
Saidov A.,Ushbu uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta'lim dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi qarorining 25-bandiga muvofiq tayyorlangan. Qo'llarımada bola huquqlariga doir asosiy tushunchalar hamda bolalarning fundamental huquq va erkinliklari, xususan, bolalarning yashash, shaxsiy daxlsizlik huquqi, ism va fuqarolikka ega bo'lish huquqi, sog'lig'ini saqlashga bo'lgan huquqi, oilaviy munosabatlarga bo'lgan huquqi, ta'lim olish huquqi, dam olish va o'ynash huquqi, mehnat qilish huquqi, so'z va e'tiqod erkinligi huquqi, xususiy mulkka bo'lgan huquqi, erkin ma'lumot olish, fikr bildirish huquqi, nogironligi bo'lgan bolalar huquqlari yoritilgan. Shuningdek, qo'llanmada bola huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, jumladan Bolalar ombudsmani to'g'risidagi ma'lumotlar o'rin olgan. Qo'llanmani tayyorlashda foydalanilgan suratlar majmui internet saytlaridan yig'ilgan, shuningdek "Campasito" qo'llanmasidan foydalanilgan. Qo'llanma yordamida bolaning fundamental huquq va erkinliklari sohasida umumiy ma'lumotga hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida inson huquqlari sohasidagi bilim va ko'nikmalarni shakllantirish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalarga ega bo'lish mumkin. Unda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga inson huquqlari to'g'risidagi dastlabki bilim va ko'nikmalarni o'rgatish bo'yicha usullar, turli mashqlar o'z ifodasini topgan. Ushbu nashr maktabgacha ta'lim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash
Kadirova M.X,Mazkur o'quv qo'llanmada dalil tushunchasi va turlari, isbot qilish tushunchasi va subyektlari, tergov va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirish, isbotlashda tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan foydalanish, dalillarni to'plash, tekshirish va baholash usullari, sudgacha va sud bosqichida isbot qilish, alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritishda isbot qilish, jinoyat ishini tugatishda isbotlashning o'ziga xos xususiyatlari kabi mavzular yoritilgan.
-
Vorislik va oila huquqi
Yuldashev J.I,Mazkur o'quv qo'llanma yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, fuqarolik, meros va oila qonunchilik hujjatlari asosida qisqa savol-javob tarzida tayyorlangan. Mavzular doirasida kazuslar ham berilgan bo'lib, bu talabani amaliy mushohada yuritishga undaydi. O'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari va boshqa oliy o'quv yurti yuridik ta'lim muassasalarining yurisprudensiya yo'nalishida ta'lim oladigan talabalarga mo'jallangan.
-
Xalqaro xususiy huquqda kollizion normalar
Xazratqulov O.T,Mazkur o'quv qo'llanmada xalqaro xususiy huquqda kollizion normalarning tutgan o'rni hamda ahamiyati to'g'risida ilmiy qarashlar va nazariy masalalarga e'tibor qaratiladi. Xalqaro xususiy huquq tizimida kollizion normalarga doir umumiy nazariy qarashlar tahlil etilgan boʻlib, u o'quvchining kollizion normalarni qo'llash masalalariga doir bilimlarini yanada mustahkamlashga yordam beradi. Ushbu qo'llanma huquqshunoslar, davlat idoralari xodimlari, bu sohaga qiziquvchi bakalavr va magistrant talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Xalqaro xususiy huquqda yurisdiksiya
Allayorov J.T,Ushbu o'quv qo'llanmada xalqaro xususiy huquq fanining "Xalqaro xususiy huquqda yurisdiksiya" mavzusi doirasida xalqaro sudlovlilik tushunchasi, xalqaro fuqarolik protsessining huquq tizimidagi o'rni, xalqaro sudlovlilik turlari to'g'risida ma'lumot beriladi. Shuningdek, mazkur o'quv qo'llanma talabalarning ushbu mavzular bo'yicha mustaqil ta'lim olish ko'nikmasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O'quv qo'llanma yurisprudensiya ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan oliy o'quv yurtlari talabalari, amaliyotchi va ilmiy xodimlar uchun mo'ljallangan.
-
Bitimlar
Qoryog'diyev B.U,Ushbu o'quv qo'llanma bitimlar tushunchasi, uning turlari, shakllari, bitimning haqiqiylik shartlari, haqiqiy bo'lmagan bitimlarning huquqiy asoslari, jumladan, qonun shakliga va uning mazmuniga mos kelmagan bitimlar, muomalaga layoqatsiz shaxslar tarafidan tuzilgan bitimlar, yuridik shaxsning muomala layoqatidan chiqib tuzgan bitimlari, shaxs erk-irodasiga qarshi tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish tartibotini, shuningdek, haqiqiy bo'lmagan bitimlarning ikki turi hisoblangan nizoli hamda o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmagan bitim nisbatlarini, bitimning haqiqiy emaslik oqibatlarini qo'llashning huquqiy asoslarini, rivojlanishining ustuvor jihatlari va xorijiy davlatlar tajribasi kabi masalalar tahlil etilgan. O'quv qo'llanma huquqshunoslik oliy o'quv yurtlarining talabalari, magistrlari, doktorantlari, o'qituvchilari va bitimlarga oid masalalariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
-
-
Kiberjinoyatchilik
Niyozova S.S,Ushbu o'quv qo'llanmada kiberjinoyatchilik moduli tushunchasi, uning turdosh fanlar tizimidagi o'rni; kiberjinoyatchilik tushunchasi, turlari, shakllari va uning belgilari hamda ko'rsatkichlari, tarkibi, tuzilishi; kiberjinoyatchilik sabablari tushunchasi va uni vujudga keltiruvchi shart- sharoitlar hamda omillar; kiberjinoyatchilikning oldini olish siyosati hamda choralari, subyektlari faoliyati, ularning vazifalari; kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik va xorijiy davlatlar tajribasi; kiberjinoyatchilik uchun javobgarlik masalalari bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish
Mavlanov K.T,Mazkur o'quv qo'llanma shaxsning fuqarolik va professional jihatlari, uning intellekti va ijodiy qobiliyatlari, yalpi umumgumanitar madaniyat, xususan, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik, falsafa, madaniyatshunoslik va dinshunoslik fanlari bo'yicha dunyoqarashini shakllantirishga ko'maklashadi. O'quv qo'llanma Davlat boshqaruvi 60420200 ta'lim yo'nalishining bakalavr talabalari, magistrlar, o'qituvchilar, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoiy jazolar tizimi
To'rabayeva Z.Y,Ushbu o'quv qo'llanmada ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoiy jazolar tushunchasi va mohiyati, ushbu jazo turlarining o'ziga xos xususiyatlari, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoiy jazolarning rivojlanish tarixi, ayrim xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoiy jazolar tizimi va qiyosiy-huquqiy tahlili, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoiy jazolar tizimini takomillashtirish istiqbollari va ularni qo'llashning ayrim muammolari kabi masalalar bayon etilgan. Ushbu o'quv qo'llanma oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Sotsiologiya
Toshpo'latov Sh.E,Mazkur o'quv qo'llanma shaxsning fuqarolik va professional jihatlari, uning intellekti va ijodiy qobiliyatlari, yalpi umumgumanitar madaniyat, xususan, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik, falsafa, madaniyatshunoslik va dinshunoslik fanlari bo'yicha dunyoqarashini shakllantirishga ko'maklashadi. O'quv qo'llanma Davlat boshqaruvi 60420200 ta'lim yo'nalishining bakalavr talabalari, magistrlar, o'qituvchilar, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.