Bola huquqlari

Kitob mualliflari Saidov A.,

Ushbu uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta'lim dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi qarorining 25-bandiga muvofiq tayyorlangan. Qo'llarımada bola huquqlariga doir asosiy tushunchalar hamda bolalarning fundamental huquq va erkinliklari, xususan, bolalarning yashash, shaxsiy daxlsizlik huquqi, ism va fuqarolikka ega bo'lish huquqi, sog'lig'ini saqlashga bo'lgan huquqi, oilaviy munosabatlarga bo'lgan huquqi, ta'lim olish huquqi, dam olish va o'ynash huquqi, mehnat qilish huquqi, so'z va e'tiqod erkinligi huquqi, xususiy mulkka bo'lgan huquqi, erkin ma'lumot olish, fikr bildirish huquqi, nogironligi bo'lgan bolalar huquqlari yoritilgan. Shuningdek, qo'llanmada bola huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, jumladan Bolalar ombudsmani to'g'risidagi ma'lumotlar o'rin olgan. Qo'llanmani tayyorlashda foydalanilgan suratlar majmui internet saytlaridan yig'ilgan, shuningdek "Campasito" qo'llanmasidan foydalanilgan. Qo'llanma yordamida bolaning fundamental huquq va erkinliklari sohasida umumiy ma'lumotga hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida inson huquqlari sohasidagi bilim va ko'nikmalarni shakllantirish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalarga ega bo'lish mumkin. Unda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga inson huquqlari to'g'risidagi dastlabki bilim va ko'nikmalarni o'rgatish bo'yicha usullar, turli mashqlar o'z ifodasini topgan. Ushbu nashr maktabgacha ta'lim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun mo'ljallangan.

Fan yoʻnalishi: | Ta'lim |
UDK 347.63(07)(575.1)
Kitob nashriyoti nomi: Inson huquqlari bo'yicha O'zb. Res. Milliy markazi
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-9787-4-6
Kitob nashr qilingan yili: 2023 Yil
Betlar Soni: 40
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: O‘quv qo‘llanma
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH