-
-
-
Chinor
Muxtor A.,Romanning boshida butun yurtga tarqab ketgan uzoq-yaqin qarindoshlaridan xabar olgani otlangan Ochil boboga qo'shilishib muallif olis safarga chiqadi. Mana shu o'ta qiziqarli va ibratli safar asnosida bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutinasiz. Bu taqdirlar bir-birlari bilan Ochil bobo orqali bog'lanib, yagona shajarani - azim Chinorni vujudga keltiradi. Bu romandan o'rin olgan hikoya va qissalar, ko'p asarlarda bo'lgani singari, albatta, yaxshilik bilan, ezgulikning yovuzlik ustidan qozonadigan g'alabasi bilan tugayvermaydi. Asarda o'nlab insonlar taqdiri borki, shafqatsiz va chigal hayot bo'roni ularni xuddi cho'ldagi bir uyum xashak singari sarson-sargardon qiladi. Adib qahramonlar taqdiriga behuda aralashish, ularni "to'g'ri yo'lga solib yuborish"dan o'zini tiyadi. Ortiqcha hayajon Asqad Muxtor uslubiga mutlaqo yot ekani "Chinor" romanida yaqqol o'zini ko'rsatgandi. Bu jihatdan, yozuvchi yoshligidan o'qib-o'rgangan tamoyillarini milliy adabiyotimiz maydonida ham dadil qo'llashdan cho chimaganiga guvoh bo'lamiz.
-
Ikki eshik orasi
Hoshimov O',O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning «Ikki eshik orasi romani qayta-qayta juda ko'p adadda nashr etilgan bo'lsa-da, bu asarga kitobxonlarning talabi hamon susaygani yo'q. Bu navbat uni lotin alifbosi asosidagi o'zbek imlosida nashr etmoqdamiz. Buning sababi uchta: birinchidan, bu asarga nisbatan kitobxonlarning talabi kuchli bo'lsa, ikkinchidan, o'tgan asrning 90-yillari arafasida tug'ilgan avlodimizning aksariyati hozirda lotin alifbosi asosidagi o'zbek imlosida o'qiydi. Uchinchi va eng muhim sababi, O'tkir Hoshimovning asarlari, ayniqsa, qo'lingizdagi «Ikki eshik orasi romani mumtoz asarlar qatorida o'z zamonaviyligini yo'qotgan emas. Bu roman o'tgan va bugungi avlodninggina emas, keyingi avlodlarning ham sevimli asari bo'lib qolaveradi.
-
O'nta negr bolasi
Kristi A.,Agata Kristi nomini alohida tanishtirishga hojat yo'q. Adabiyot ahli tomonidan haqli ravishda detektiv janrining yetakchilaridan biri sifatida tan olingan. Uning mazkur asarida ham kitobxon sirli va qiziqarli olamga sayohat qilishi muqarrar. Muallifning o'zi aynan shu asarini eng yaxshisi deya e'tirof etgani ham bejiz emas. Ushbu asarda bir-biriga hech qanday aloqador bo'lmagan o'nta odam xilvat oroldagi uyga keladi. Sirli taklifnoma bilan ularni bu yerga kim chaqirdi? Yaxshi detektiv ixlosmandlarining yuragi darrov shuv etib ketadigan manzara. Dunyodan ajrab qolgan bo'm- bo'sh orol, ko'p xonali, zimiston yo'lakli katta sirli uy va Zanjilar orolining sohibi taklifiga ko'ra uyga kelgan o'nta odam. Bu yerda ularni qulay shart-sharoitlar, mazali taom vashinam yotoqxo alar kutib turibdi. Lekin havas qigudek mehmondo'stlik tez orada sarobga aylanib, mehmonlar savdoyi qotil qurgan tuzoqqa tushib qolgani ma'lum bo'ladi. Ular orolning toshloq zaminiga qadam qo'ygan zahoti tuzoq yopilgan. Oroldan qochishning iloji yo'q. Borchani shubha-gumon chulg'ab olgan. Chehralarda ajal soyasi. Qo'rquv va dahshat. Faqatgina bolalar sanoq she'ri va mitti negr bolalari tugashi bilan bu dahshatli o'yinga ham xotima yasaladi. Biroq nega? Ularni birin-ketin eng g'ayrioddiy yo'llar bilan o'ldirish kimga kerak? Nima uchun sodir bo' layotgan voqealarning bari quvnoq bolalar she'ri bilan shambarchas bog'liq? Nahotki bu jumboqning yechimi topimasa, nahotki o'limga mahkum bo'lsa? Lekin nima uchun? Ular rostdan ham aybdormi?
-
O'nta negr bolasi
Agata Kristi,Agata Kristi nomini alohida tanishtirishga hojat yo'q. Adabiyot ahli tomonidan haqli ravishda detektiv janrining yetakchilaridan biri sifatida tan olingan. Uning mazkur asarida ham kitobxon sirli va qiziqarli olamga sayohat qilishi muqarrar. Muallifning o'zi aynan shu asarini eng yaxshisi deya e'tirof etgani ham bejiz emas. Ushbu asarda bir-biriga hech qanday aloqador bo'lmagan o'nta odam xilvat oroldagi uyga keladi. Sirli taklifnoma bilan ularni bu yerga kim chaqirdi? Yaxshi detektiv ixlosmandlarining yuragi darrov shuv etib ketadigan manzara. Dunyodan ajrab qolgan bo'm- bo'sh orol, ko'p xonali, zimiston yo'lakli katta sirli uy va Zanjilar orolining sohibi taklifiga ko'ra uyga kelgan o'nta odam. Bu yerda ularni qulay shart-sharoitlar, mazali taom vashinam yotoqxo alar kutib turibdi. Lekin havas qigudek mehmondo'stlik tez orada sarobga aylanib, mehmonlar savdoyi qotil qurgan tuzoqqa tushib qolgani ma'lum bo'ladi. Ular orolning toshloq zaminiga qadam qo'ygan zahoti tuzoq yopilgan. Oroldan qochishning iloji yo'q. Borchani shubha-gumon chulg'ab olgan. Chehralarda ajal soyasi. Qo'rquv va dahshat. Faqatgina bolalar sanoq she'ri va mitti negr bolalari tugashi bilan bu dahshatli o'yinga ham xotima yasaladi. Biroq nega? Ularni birin-ketin eng g'ayrioddiy yo'llar bilan o'ldirish kimga kerak? Nima uchun sodir bo' layotgan voqealarning bari quvnoq bolalar she'ri bilan shambarchas bog'liq? Nahotki bu jumboqning yechimi topimasa, nahotki o'limga mahkum bo'lsa? Lekin nima uchun? Ular rostdan ham aybdormi?
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Davlat va huquq nazariyasi
Saydullayev Sh.A,Mazkur darslik davlat va huquq nazariyasi moduli bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda modulning o'quv dasturi asosida mavzular va ularning mazmuniga oid javoblar, jadvallar, muammoli savollar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan. Darslik oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalariga hamda davlat va huquq masalalariga qiziquvchi kitobxonlarning keng doirasiga mo'ljallangan.