-
O'zbekiston raqamlashtirish sharoitda ta'lim olishning tashkiliy - huquqiy asoslarini takomillashtirish (oliy ta'lim misolida)
Bokiyev J.,Ushbu monografiyani yozishdan asosiy maqsad fuqarolarning ta'lim olish huquqini ta'minlashga oid konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarni tahlil qilgan holda bu huquqni taminlash bilan bog'liq ilmiy-amaliy muammolarni bartaraf etishga oid huquqiy asoslarni takomillashtirish bilan bog'liq ilmiy xulosalar ishlab chiqishdir. Monografiyada ta'lim olish huquqining nazariy va ilmiy asoslari, raqamlashtirish sharoitida ta'lim oluvchilarining huquqlarini ta'minlashning kafolatlari, ta'lim jarayoniga sun'iy intellekt texnolgiyalarini qo'llash va sohada yuzaga keladigan muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari tahlil qilingan. Monografiya soha mutaxassislari, tadqiqotchilar va keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025-yil 20-fevraldagi 5-sonli bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
Davlat boshqaruvida axborot texnologiyalar
Yunusova M.S.,Ushbu o'quv qo'llanma informatikaning tarkibiy qismi bo'lgan davlat boshqaruvida axborot texnologiyalari modulinig amaliy Unda davlat boshqaruvida mashg'ulotlariga bag'ishlangan. munosabatlarni raqamlashtirilish, davlat va ikki tomonlama muloqat tizimlar va ularning imkoniyatlari, huquqshunoslarni ish faoliyatida qo'llaniladigan huquqiy axborot tizimlari, xususan barcha boshqaruv tizimlarini qo'llash o'quv qo'llanmada o'z aksini topgan. O'quv qo'llanma Davlat boshqaruvi yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar
Allanova A.A.,Mazkur o'quv qo'llanmada fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar va belgilari; fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari bayon etilgan. O'quv qo'llanma yuridik ta'lim muassasalari talabalariga hamda mavzuga qiziqish bildiradigan keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 7-maydagi 87-um-sonli buyrug'i bilan nashr etishga tavsiya etilgan.
-
-
-
-
Финансовое право Республики Узбекистан
Ли, А.,В учебнике рассматривается содержание финансового права независимого Узбекистана в условиях рыночных отношений. В нем раскрываются особенности финансового права и регулируемых им отношений, последовательно излагаются основные финансово-правовые институты: финансовый контроль, бюджетное право, правовой режим государственных доходов и расходов, банковская деятельность, денежное обращение, расчетные отношения, валютное регулирование, рынок ценных бумаг. Для студентов, аспирантов, научных работников и преподавателей юридических вузов, а также для широкого круга читателей, интересующихся вопросами финансового права.
-
-
Advokatning odil sudlov faoliyatdagi ishtiroki
Nurumov D.D.,Mazkur o'quv qo'llanmadan advokatning jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy va ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi sud ishlarini yuritishdagi ishtiroki va uning o'ziga xos xususiyatlari hamda bu boradagi mavzuga oid atamalar lug'ati, asosiy tushunchalar hamda nazorat uchun savollar o'rin olgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalar, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, advokatlar, shuningdek, advokatura institutiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
-
Biotexnologiya sohasidagi intellektual mulk huquqlarining nazariy-huquqiy asoslari
Mamanazarov S.Sh.,Monografiyada ilk bor biotexnologiya sohasidagi intellektual mulk huquqlarining nazariy-huquqiy asoslari bilan bog'liq bo'lgan ilmiy va amaliy muammolar yangicha yondashuv orqali kompleks tadqiq etilgan. Muallif ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan biotexnologiya sohasidagi intellektual mulk huquqlariga oid huquqiy normalarni yanada takomillashtirish maqsadida amaldagi qonunchilikka tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishi zarurligini asoslaydi. Monografiyada bildirilgan takliflar, umumlashtirilgan xulosa va qoidalar biotexnologiya sohasida intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va innovatsion faoliyatni rag'batlantirish bo'yicha qonunchilikni takomillashtirishda qo'llanishi mumkin. Shu bilan birga, olingan xulosalar biotexnologiya sanoatini rivojlantirishga yo'naltirilgan loyihalarni amalga oshirishda, patent tizimini takomillashtirishda va intellektual mulk huquqlarini himoya qilishda amaliy qo'llanishi mumkin. Shuningdek, tadqiqot natijalaridan O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, Xalqaro xususiy huquq, Fuqarolik huquqi, Intellektual mulk huquqi, Kiber huquqi va Biotexnologiya huquqi fanlarini o'qitish va ushbu fanlar boʻyicha yoziladigan darslik hamda o'quv qo'llanmalarni yaratish, ma'ruza matnlari, o'quv kurslarining dasturlarini tuzish, ilmiy-tadqiqot ishlari hamda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishda foydalanish mumkin. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025-yil 24-oktabrdagi 2-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.
-
Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar
Narziyev O.S.,Ushbu darslikda sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar fanining umumiy tavsifi, O'zbekiston Respublikasining sud tizimi, O'zbekiston Respublikasi sudlar hamjamiyati organlari, O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O'zbekiston Respublikasi adliya organlari, O'zbekiston Respublikasining Bojxona va soliq organlari, O'zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bo'yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi va xalqaro standartlar. shuningdek har bir mavzuga oid kazuslar, asosiy tushunchalar hamda nazorat uchun savollar o'rin olgan. Darslik yuridik texnikumda ta'lim oluvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, shuningdek keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Kompyuter axborotiga qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) kirish jinoyatini tergov qilish uslibiyoti
Xamidov B.,Ushbu monografiya kompyuter axborotiga qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) kirish jinoyatini tergov qilish uslubiyotiga bag'ishlangan. Unda mazkur jinoyatni tergov qilishning umumiynazariy, taktik, texnik va uslubiy masalalari yoritilgan. Shu bilan birga, monografiyada raqamli axborotlar, raqamli dalillar, raqamli izlar, raqamli tergov masalalari, mutaxassis ishtiroki va unga qo'yilgan talablar, tergovni tashkil etishga doir nazariyalar, xorijiy ilg'or tajriba va xalqaro standartlar tahlil etilgan. Monografiyada yurisprudensiya yo'nalishidagi talabalar, tinglovchilar va huquqni muhofza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Yuridik xizmat
Narziyev O.S.,Darslik "Yuridik xizmat" fani bo'yicha ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar o'tkazishda, shuningdek bitiruvchilarning amaliy faoliyatida muhim ahamiyat ega bo'lib, u yuridik texnikumlarning o'quv dasturiga kiritilgan. Darslikda ko' chiqilgan masalalar ushbu sohaning nazariy va amaliy jihatlarini qamrab olga zamonaviy xalqaro tajribaga asoslangan. Darslikda yuridik xizmat xodimlarinir tushunchasi, huquqiy maqomi hamda faoliyati bilan bog'liq masalalar; xorijiy v milliy tajribaga asoslangan amaliy misollar; huquqshunos faoliyatida zan bo'lgan yuridik hujjatlar namunalari; ushbu sohaga oid asosiy normativ-huquq hujjatlar tahlili; har bir mavzu bo'yicha mantiqiy savollar va testlar; foydalanilga va tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxati kabi sohaga oid zarur masalalar yoritilgar Ushbu darslik texnikum talabalari va yuridik xizmat sohasidagi masalalar bila qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo'ljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti Akademik haloll kengashining 2024-yil 29-avgustdagi 153-um-sonli va Toshkent davlat yuridi universiteti Akademik halollik kengashining 2024-yil 30-avgustdagi 155-um-sor buyruqlariga asosan nashrga tavsiya etilgan.
-
Ayrim turdagi tergov harakatlarning kriminalistik taktikasi. 2-jild.
Abdullayev R.K.,O'quv qo'llanma ilgari nashr qilingan "Ayrim turdagi tergov harakatlarning taktikasi va texnologiyasi" nomdagi o'quv qo'llamaning davomi bo'lib, unda tergov eksperimenti taktikasi, ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirish taktikasi, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish taktikasi, taqqoslash tadqiqotlari uchun namuna olish taktikasi, jinoyatlarni ochish va tergov qilishda maxsus bilimlardan foydalanish hamda sud ekspertizasini tayinlash taktikasi kabilar yoritilgan. O'quv qo'llanma yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi bakalavriat mutaxassisligi (Yurisprudensiya) talabalari va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Protsessual majburlov choralari
Uralov S.S.,O'quv qo'llanmada protsessual majburlov choralari, ularning tushunchasi, protsessual tartiblari yoritilgan. Shuningdek protsessual majburlov choralarini qo'llashga doir normalar tahlil qilingan. Xususan, ehtiyot choralarini qo'llashning asoslari, bunday choralarni qo'llashga vakolatli shaxslarning protsessual hujjatlarni rasmiylashtirishda e'tibor berishlari shart bo'lgan masalalar keng yoritilgan. Protsessual majburlov choralarini kimlarga qo'llash mumkinligi, ehtiyot choralari qo'llanilishi mumkin bo'lgan protsess ishtirokchilari aniq ajratib berilgan. Sudgacha bo'lgan bosqichda sud nazorati aynan protsessual majburlov choralarini qo'llash mobaynida amalga oshirilishi ham yoritib o'tilgan. Ushbu o'quv qo'llanma yurisprudensiya sohasidagi bakalavr bosqichi talabalari, magistrlar, shuningdek, ilmiy izlanuvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, ilmiytadqiqot ishlaridakeng foydalanishlari mumkin.
-