-
-
-
-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
-
-
юриспруденция,
-
-
-
-
Huquqshunoslik,
-
-
Konsitutsiya,
-
-
-
Bola huquqlari
Saidov A.,Ushbu uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta'lim dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi qarorining 25-bandiga muvofiq tayyorlangan. Qo'llarımada bola huquqlariga doir asosiy tushunchalar hamda bolalarning fundamental huquq va erkinliklari, xususan, bolalarning yashash, shaxsiy daxlsizlik huquqi, ism va fuqarolikka ega bo'lish huquqi, sog'lig'ini saqlashga bo'lgan huquqi, oilaviy munosabatlarga bo'lgan huquqi, ta'lim olish huquqi, dam olish va o'ynash huquqi, mehnat qilish huquqi, so'z va e'tiqod erkinligi huquqi, xususiy mulkka bo'lgan huquqi, erkin ma'lumot olish, fikr bildirish huquqi, nogironligi bo'lgan bolalar huquqlari yoritilgan. Shuningdek, qo'llanmada bola huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, jumladan Bolalar ombudsmani to'g'risidagi ma'lumotlar o'rin olgan. Qo'llanmani tayyorlashda foydalanilgan suratlar majmui internet saytlaridan yig'ilgan, shuningdek "Campasito" qo'llanmasidan foydalanilgan. Qo'llanma yordamida bolaning fundamental huquq va erkinliklari sohasida umumiy ma'lumotga hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida inson huquqlari sohasidagi bilim va ko'nikmalarni shakllantirish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalarga ega bo'lish mumkin. Unda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga inson huquqlari to'g'risidagi dastlabki bilim va ko'nikmalarni o'rgatish bo'yicha usullar, turli mashqlar o'z ifodasini topgan. Ushbu nashr maktabgacha ta'lim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash
Kadirova M.X,Mazkur o'quv qo'llanmada dalil tushunchasi va turlari, isbot qilish tushunchasi va subyektlari, tergov va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirish, isbotlashda tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan foydalanish, dalillarni to'plash, tekshirish va baholash usullari, sudgacha va sud bosqichida isbot qilish, alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritishda isbot qilish, jinoyat ishini tugatishda isbotlashning o'ziga xos xususiyatlari kabi mavzular yoritilgan.
-
Vorislik va oila huquqi
Yuldashev J.I,Mazkur o'quv qo'llanma yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, fuqarolik, meros va oila qonunchilik hujjatlari asosida qisqa savol-javob tarzida tayyorlangan. Mavzular doirasida kazuslar ham berilgan bo'lib, bu talabani amaliy mushohada yuritishga undaydi. O'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari va boshqa oliy o'quv yurti yuridik ta'lim muassasalarining yurisprudensiya yo'nalishida ta'lim oladigan talabalarga mo'jallangan.
-
Xalqaro xususiy huquqda kollizion normalar
Xazratqulov O.T,Mazkur o'quv qo'llanmada xalqaro xususiy huquqda kollizion normalarning tutgan o'rni hamda ahamiyati to'g'risida ilmiy qarashlar va nazariy masalalarga e'tibor qaratiladi. Xalqaro xususiy huquq tizimida kollizion normalarga doir umumiy nazariy qarashlar tahlil etilgan boʻlib, u o'quvchining kollizion normalarni qo'llash masalalariga doir bilimlarini yanada mustahkamlashga yordam beradi. Ushbu qo'llanma huquqshunoslar, davlat idoralari xodimlari, bu sohaga qiziquvchi bakalavr va magistrant talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Xalqaro xususiy huquqda yurisdiksiya
Allayorov J.T,Ushbu o'quv qo'llanmada xalqaro xususiy huquq fanining "Xalqaro xususiy huquqda yurisdiksiya" mavzusi doirasida xalqaro sudlovlilik tushunchasi, xalqaro fuqarolik protsessining huquq tizimidagi o'rni, xalqaro sudlovlilik turlari to'g'risida ma'lumot beriladi. Shuningdek, mazkur o'quv qo'llanma talabalarning ushbu mavzular bo'yicha mustaqil ta'lim olish ko'nikmasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O'quv qo'llanma yurisprudensiya ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan oliy o'quv yurtlari talabalari, amaliyotchi va ilmiy xodimlar uchun mo'ljallangan.
-
Bitimlar
Qoryog'diyev B.U,Ushbu o'quv qo'llanma bitimlar tushunchasi, uning turlari, shakllari, bitimning haqiqiylik shartlari, haqiqiy bo'lmagan bitimlarning huquqiy asoslari, jumladan, qonun shakliga va uning mazmuniga mos kelmagan bitimlar, muomalaga layoqatsiz shaxslar tarafidan tuzilgan bitimlar, yuridik shaxsning muomala layoqatidan chiqib tuzgan bitimlari, shaxs erk-irodasiga qarshi tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish tartibotini, shuningdek, haqiqiy bo'lmagan bitimlarning ikki turi hisoblangan nizoli hamda o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmagan bitim nisbatlarini, bitimning haqiqiy emaslik oqibatlarini qo'llashning huquqiy asoslarini, rivojlanishining ustuvor jihatlari va xorijiy davlatlar tajribasi kabi masalalar tahlil etilgan. O'quv qo'llanma huquqshunoslik oliy o'quv yurtlarining talabalari, magistrlari, doktorantlari, o'qituvchilari va bitimlarga oid masalalariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
-
-
-
-
-
Kiberjinoyatchilik
Niyozova S.S,Ushbu o'quv qo'llanmada kiberjinoyatchilik moduli tushunchasi, uning turdosh fanlar tizimidagi o'rni; kiberjinoyatchilik tushunchasi, turlari, shakllari va uning belgilari hamda ko'rsatkichlari, tarkibi, tuzilishi; kiberjinoyatchilik sabablari tushunchasi va uni vujudga keltiruvchi shart- sharoitlar hamda omillar; kiberjinoyatchilikning oldini olish siyosati hamda choralari, subyektlari faoliyati, ularning vazifalari; kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik va xorijiy davlatlar tajribasi; kiberjinoyatchilik uchun javobgarlik masalalari bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Huquqiy ta'sir choralarini qo'llash to'g'risidagi ishlarni yuritish
Ibaratova F.B,O'quv qo'llanmada huquqiy ta'sir choralarini qo'llash va huquqiy ta'sir choralarning turlari, huquqiy ta'sir choralarini qo'llash to'g'risidagi ishni qo'zg'atish, ishni ko'rish va hal qiluv qarorini qabul qilish, qayta ko'rishning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Iqtisodiy sud tomonidan huquqiy ta'sir choralarini qo'llash to'g'risidagi arizani rasmiylashtirish tartibi, arizani rad etish, arizani qaytarish asoslari, ishni sudda ko'rishga tayyorlash bo'yicha sudya tomonidan amalga oshiriladigan protsessual harakatlarning hajmi va mazmuniga oid normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan.
-
Diplomatik va konsullik huquqi
Yuldasheva G.,Darslikda diplomatik va konsullik huquqining paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari, terminologiyasi, diplomatik va konsullik faoliyatini tartibga soluvchi prinsip va normalar, diplomatik huquq va ichki huquqning o'zaro aloqasi ko'rib chiqilgan. Darslik yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi talabalari va professor- o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Konstitutsiyaviy nazorat va konstitutsiyaviy odil sudlov
Abdullayeva M.M,Ushbu darslik "Konstitutsiyaviy nazorat va konstitutsiyaviy odil sudlov" moduli dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, unda konstitutsiyaviy nazorat va konstitutsiyaviy odil sudlov institutini talqin qilishda an'anaviy yondashuvlar bilan birga qator yangi muammolar ham qamrab olingan. Shuningdek, darslikda bugungi kunda konstitutsiyaviy sudlov institutining davlat hokimiyati tizimidagi roli, uning funksiyalari, islohotlar davridagi ahamiyati xorijiy davlatlarning ilg'or tajribasi bilan qiyosiy-huquqiy tahlil etilgan holda yoritilgan. Darslik oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavriat 60420100 yurisprudensiya: davlat-huquqiy faoliyat yo'nalishi talabalariga va magistrantlar, tadqiqotchilar, oliy o'quv yurtlari o'qituvchilariga, mutaxassislarga, shuningdek, sohaga qiziquvchi barcha kitobxonlarga moʻljallangan.
-
O'zbek tili
Gulyamova G., Rasulmuxamedova D, Xujanova G.,Ushbu darslik yangi o'quv dasturi asosida ishlab chiqilgan va TDYU qoshidagi Akademik litseyning 2-bosqich rus guruhi o'quvchilari uchun 02 mo'ljallangan. Darslikda dastlab leksik minimum berilgan bo'lib, bu ift o'quvchilarning mavzu doirasidagi tushunchalarini yanada boyitishga xizmat qiladi. Darslikda sintaksis, stilistika va punktuatsiya bo'limlariga oid ra berilgan ma'lumotlar rus guruh o'quvchilarining o'zbek tili grammatikasiga til oid bilimlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan. Shuningdek, mualliflar jamoasi tomonidan darslikda berilgan davlat tilida ish yuritish hujjatlari jah haqidagi ma'lumot va topshiriqlar bo'lajak yuristlar uchun juda muhimdir. O'zbek tili darsligida badiiy asarlarning berilishi esa ularni o'zbek adabiyoti bilan oshno bo'lishga, badiiy-estetik didlarini oshirishga, mustaqil fikrlashlariga yordam beradi.
-
Shaxsga qarshi jinoyatlar
Otajonov A.A,O'quv qo'llanmada shaxsga qarshi jinoyatlar tushunchasi, turlari ularning obyektiv va subyektiv belgilari, shuningdek, ushbu turdagi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Huquqshunos olimlar va amaliyot xodimlari, yuridik ta'lim muassa- salarining professor-o'qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, tinglovchi, kursant va talabalariga mo'ljallangan.