To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
---|---|
Turi: | Darslik |
Tili: | O‘zbek |
Kitob yozuvi: | Lotin |
Matn turi: | Bosma shaklda |
Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
Siyosatshunoslik va davlat siyosati
Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti Siyosatshunoslik va davlat siyosati moduli o'quv rejasi asosida tayyorlangan. Barcha mavzular o'quv dasturi doirasida qamrab olingan. Darslikda mavzularning mazmun-mohiyati va undan kutilayotgan natijalar haqida yetarlicha ma'lumotlar o'z aksini topgan. Shuni ta'kidlash joizki, davlat va jamiyat taraqqiyotida, ayniqsa hozirgi globallashuv davrida siyosiy bilimlarning o'rni, xususan, siyosatshunoslik va davlat siyosati masalalari borgan sari muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. O'zbekistonning xalqaro hamjamiyat bilan tobora integratsiyalashuv jarayonlari mustahkam qaror topib borayotganligi e'tiborga molikdir. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, hozirgi shiddatli kechayotgan davrda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni har taraflama chuqur tahlil asosida xolis anglab yetadigan, yuksak siyosiy bilim va mustaqil tafakkurga ega, aql-zakovatli, dunyoqarashi keng, Vatan va xalq, millat taqdiriga mas'ul bo'lgan, zamonaviy, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish bugungi kunning muhim talabidir. Zero, darslikdan ko'zlangan asosiy maqsad ham talaba yoshlarda davlat va jamiyat boshqaruviga oid ko'nikmalarni shakllantirish hamda ularga bu borada yaqindan ko'maklashishdan iborat. Ushbu darslik Toshkent davlat yuridik universitetida va boshqa oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek, siyosatshunoslik va davlat siyosati bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
Fan yoʻnalishi: | | Siyosatshunoslik | |
---|---|
UDK | 32(075)(575.1) |
Kitob nashriyoti nomi: | Toshkent davlat yuridik universiteti |
Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
ISBN: | 978-9943-9299-0-6 |
Kitob nashr qilingan yili: | 2024 Yil |
Betlar Soni: | 480 |