-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Гражданский и арбитражный процесс,нотариат,обязательственные отношения
отв редак; Ярков В.В.,Гражданское право, -
-
Nemis-O'zbek tillari yuridik matbuaot tilining qiyosiy tadqiqi
Baxriddinova M.,Mazkur monografiya nemis va o'zbek tillaridagi yuridik matbuot tilini qiyosiy o'rganishga bag'ishlangan. Asar ikki tilning o'ziga xos xususiyatlarini, yuridik matn va terminologiyaning o'xshash va farqli jihatlarini tahlil qiladi. Monografiyada matbuot tili, uslubiy xususiyatlar va yuridik sohadagi asosiy til vositalarining qo'llanilishidagi o'zaro bog'liqlik o'rganilib, yuridik hujjatlar va maqolalardagi til qurilishi, ibora va tushunchalar qiyosiy nuqtai nazardan yoritiladi. Bu tadqiqot nemis va o'zbek yuridik matnlarini o'rganishga qiziquvchi o'quvchilar, tarjimonlar, tilshunoslar va yuridik soha mutaxassislari uchun foydali bo'lishi mumkin. Shuningdek, monografiya millatlararo huquqiy muloqotni chuqurroq tushunishga va tarjimonlar uchun amaliy uslubiy yordam sifatida xizmat qiladi.
-
Sud-avtotexnikaviy ekspertiza
Xamidov B.X.,Ushbu o'quv qo'llanma sud-avtotexnikaviy ekspertizasini tayinlash va o'tkazishning ayrim masalalari tahliliga bag'ishlangan. Unda sud avtotexnik ekspertizasi tushunchasi, predmeti, obyektlari, turlari, maqsad va vazifalari, imkoniyatlari, ushbu turdagi ekspertizalar uchun na'munalar olish qoidalari, sud avtotexnik ekspertizasi boʻyicha ekspertlar oldiga qo'yiladigan savollar, ekspertiza tadqiqotini o'tkazish va uning natijalarini baholash masalalari, shuningdek ushbu turdagi ekspertizalarni takomillashtirishning tashkiliy-metodik asoslari yoritilgan. O'quv qo'llanma ilmiy ish bilan shug'ullanuvchi tadqiqotchilar, oliy o'quv yurtlari talabalari, shuningdek Oliy o'quv kurslari tinglovchilari hamda amaliyot hodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Qotillik jinoyatini tergov qilish uslubiyoti
Baratov A.Sh.,Ushbu o'quv qo'llanmada Qotillik jinoyatini tergov qilish uslubiyoti bayon qilingan, ushbu mavzu hozirgi kunda muhim bo'lgan masalalardan ekanligini inobatga olib, jumladan, Qotillik bilan bog'liq jinoyatlarining kriminalistik tavsifi, aniqlanishi lozim bo'lgan holatlar, ushbu jinoyatlar yuzasidan jinoiy ish qo'zg'a- tishning o'ziga xos xususiyatlari, jinoyatlarining dastlabki tergov bosqichi versiyalari va tipik tergov vaziyatlari, alohida tergov harakatlari o'tkazishning o'ziga xos xususiyatlari, ushbu jinoyatlarini boshlang'ich tergov vaqtida o'tkazila- digan tezkor-qidiruv tadbirlari, jinoyatlarini boshlang'ich tergov vaqtida tayinlanadigan ekspertizalar kabi masalalar bayon qilingan. Ushbu o'quv qo'llanma huquqshunoslik oliy o'quv yurtlarining talabalari, o'qituvchilari foydalanishlari uchun mo'ljallangan.
-
Ommaviy shartnoma
Koryog'diyev B.U.,Mazkur monografiyada ommaviy shartnomaning ta'rifi, huquqiy tabiati, belgilari, o'ziga xos xususiyatlari, ahamiyati va turli sohalarda qo'llanishi bayon qilingan. Shuningdek, monografiyada roman-german, anglo-sakson huquq oilalari davlatlarida ommaviy shartnomalarni tartibga solishga oid amaliyot qiyosiy tahlil qilinib, O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik qonunchiligiga transformatsiya qilish istiqbollari o'rganilgan. Monografiya huquqshunoslik oliy o'quv yurtining talabalari, magistrlari, doktorantlari va ushbu sohaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga bag'ishlangan.
-
Jahon siyosati
Madaminova D.I.,Xalqaro munosabatarning muhim sub'yekti sanalgan davlatlarning rivojlanish va taraqqiyot yo'li turlicha bo'lib, jahon siyosati va xalqaro munosabatlarning rivojlanish jarayonini mantiqan anglab yetish uchun uning tarkibiy shakllanishida yetarlicha jiddiy o'rin tutuvchi ba'zi bir unsurlarini chuqur tushunib olish kerak bo'ladi. Xalqaro munosabatlar tizimi bugungi kunda "xalqaro siyosat" atamasi bilan ifodalanadigan barcha tushunchalarni o'z ichiga qamrab oladi. U ijtimoiy, etnik-diniy, iqtisodiy, harbiy-strategik, madaniy, geosiyosiy, ilmiy-texnologik va boshqa jihatlar bilan tavsiflanadi. Shu boisdan, siyosiy maydonda sodir bo'layotgan voqea-hodisa va siyosiy jarayonlarning mazmun-mohiyatini anglash va muammoning yechimini topishda jahon siyosatining turli jabhalarini o'rganish va tahlil etish talab etiladi. Ma'ruzalar matni namunaviy dastur va ta'lim yo'nalishining o'quv rejasi asosida tuzilgan.
-
-
-
-
-
-
O'zbekiston madaniy merosi Qozog'iston va Qirg'iziston muzeylarida Т.63
Qozog'iston ve Qirg'iziston muzeylarida o'zbek millatiga tegishli turli xil eksponatlar to'plamlari mavjud. Bular XIX asr ήτα XX asrda ishlangan bezaki amaliy san'at buyumlari, shuningdek, zamonaviy tasviriy san'at asarlaridir. Mackur to'plamlarning eng yaxshi namunalari ushbu kitob-albomda taqdim etilgan. Ular Qozog'iston Respublikasi Milliy muzeyida Qozog'iston Respublikas Markaziy davlat muzryida. Chimkent shahridagı Turkiston viloyati tarix-e'lkashunoslik muzeyida, Jambul viloyat Thashunoslik muzeyida, G. Aytiyev nomidagi Qirg'iziston milliy tasviriy san'at muzeyida saqlanadi. Shuni ham te'kidlash joizki, O'zbekiston madaniy merosi turkumining alohida jildi O'zbekiston rassomlarining Qozog'iston Respublikasi Abilson Qasteyev nomidagi davlat san'at muzeyida saqlanayotgan asarlariga bag'ishlangan. Ushbu mashr nafaqat olim va tadqiqotchilar, balki O'zbekistonning boy madaniy merosiga qiziquvchi barcha mahalliy na xorijiy o'quvchilar, yosh avlod vakillari uchun mo'ljallangan, Jahenda o'xshashi yo'q ushbu Loyiha mustaqillik yillarida yaratilgan imkoni yatlar va O'zbekiston Respublikası Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o'zbek xalqining madaniy, tarixiy va intellektual asrab-avaylash, boyitish hamda yanada ko'paytirish masalalariga bo'lgan shaxsan e'tibori tufayli amalga oshirilmoqda Sahifalarda qo'shimcha vizual ma'lumotlarni olish uchun planshet yoki smartfonda skanerlashga mo'ljallangan QR kodlar marjad. "O'zbekiston madaniy merosi ko'pjildli turkumi O'zbekistonning noyob tarixiy-madaniy merosining beshau nga bag'ishlangan kitob-albomlarni chop etishni ham nazarda tutadi.
-
-
Korrupsiyaga qarshi kurashishda komplayens nazorat tizimi
Niyozova, S.S.,Ushbu o'quv qo'llanmada korrupsiya tushunchasi va uning turlari hamda shakllari; korrupsiyaga qarshi komplayens nazorat tushunchasi, vazifasi va maqsadi; komplayens nazorat tizimining rivojlanish tarixi: O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida komplayens nazorat tizimini joriy etish masalalari; korrupsiyaga qarshi kurashishda komplayens nazoratning asosiy yo'nalishlari, turlari va shakllari, milliy qonunchilik asoslari; xalqaro hujjatlarda komplayens nazorat tizimini joriy etishga oid standart va tavsiyalar; korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda komplayens nazorat uslubiyoti kabi masalalar bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2023-yil 29-dekabrdagi 227-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 227-13).
-
Ingliz shartnoma huquqiga kirish
Mamanazarov S.Sh.,Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti "Ingliz shartnoma huquqi" moduli dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, nazariy bilimlar va amaliy misollarni uyg'unlashtirgan holda, o'quvchilarga shartnomalarni tuzish, tahlil qilish va nizolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu o'quv qo'llanma olimlar, sud-huquq sohasidagi mutaxassislar va huquqshunoslik talabalari, shuningdek umuman xalqaro tijorat huquqi, qiyosiy huquqshunoslik, ingliz huquqi, xususan ingliz shartnoma huquqi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 7-maydagi 87-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami 87-2)
-
Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar
Baratov A.Sh.,Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti Akademik halollik kengashining 2022-yil 16-noyabrdagi 2-sonli majlisi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2022-yil 28-dekabrdagi 412-um sonli buyrug'iga asosan nashr etishga ruhsat berilgan. Darslik mualliflari: Kamalova D.G. TDYU Jinoiy odil sudlov fakulteti dekan, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori, dotsent, 1-mavzu, Mardonov K.K. - TDYU katta o'qituvchisi - 2-mavzu, Davlyatov V.X. - TDYU kafedra mudiri, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori, dotsent - 3-mavzu, Suyunova D.J. TDYU professori, yuridik fanlar doktori - 4-mavzu, Raxmonova S.M.- Jamoat xavfsizligi universiteti professori, yuridik fanlar doktori, Aripov D.U. Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi direktori o'rinbosari, yuridik fanlar nomzodi, dotsent -5-mavzu, Po'latov B.X. Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi professori, Karimov X.Α. - Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi kafedra boshlig'i, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori, dotsent-6-mavzu, Mirazov D.M.-O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kafedra boshlig'i, yuridik fanlar doktori, professor - 7-mavzu, Ne'matov JA -TDYU professori, yuridik fanlar doktori-8-mavzu, Otajonov A.A. - yuridik fanlar doktori, professor, -9-mavzu, Utegenov O.D. O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona instituti dotsenti, yuridik fanlar doktori, Tulaganova G.ZTDYU professori, yuridik fanlar doktori 10-mavzu, Ergashev IA - TDYU dotsenti, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori 11-mavzu, Tuxtasheva U.A. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o'rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor-12-mavzu, Qodiraliyev S.B. - TDYU o'qituvchisi - 13-mavzu.
-
Kriminalistika
Baratov A.Sh.,Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Davlat ta'lim standartlariga mos ravishda tayyorlangan. Darslik oddiy, ravon va o'zlashtirish uchun tushunarli tilda yozilgan. Darslikda kriminalistika fanining predmeti, vazifalari, tizimi, metodlari, kriminalistik texnikaning umumiy qoidalari, kriminalistik taktikaning umumiy qoidalariga oid masalalar yoritilgan. Darslik namunaviy o'quv dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, oliy o'quv yurtlari talabalari, aspirantlari, o'qituvchilari, ilmiy xodimlar va mutaxassislar uchun mo'ljallangan. Toshkent davlat yuridik universiteti Akademik halollik Kengashining 2025-yil "12"-fevraldagi 1-sonli bayonnomasi bilan chop etishga tavsiya etilgan.
-
Jinoyat - protsessual huquqi
Mazkur darslik Jinoyat-protsessual huquqi fanining (Umumiy qism) sillabusi negizida tayyorlangan bo'lib, jinoyat-protsessual huquqi tushunchasi, prinsiplari, ishtirokchilar, jinoyat-protsessida ishtirok etishga mone'lik qiladigan holatlar, rad qilishlar, dalillar va isbotlash, majburlov choralari, mulkiy ziyonni qoplash, reabilitatsiya, jinoyat-protsessual muddatlar va chiqimlar masalalari yoritilgan. Ushbu darslik sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, o'qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, yuridik oliy o'quv yurtlarining talabalari, magistrantlari, tinglovchi va kursantlari hamda boshqa kitobxonlar uchun mo'ljallangan. Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 18-martdagi 61- um-son buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan.
-
-
Geodeziya, kartografiya va kadastr atamalarining izohli lug'ati
Lug'at "2020-2030-yillarda o'zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi" talablaridan kelib chiqib, Kadastr agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar mutaxassislari tomonidan tayyorlandi. Lug'at soha mutaxassislari va soha iftixorlari tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar bilan boyitilgan. Ayrim o'rinlarda kadastr atamalari mohiyatini batafsilroq tushuntirilishi maqsad qilingani bois ularning to'liq mohiyatini anglash uchun iqtiboslar orqali izohlar kengaytirib berilgan. Lug'atda 4200 dan ortiq atama jamlangan. Mazkur lug'atga nafaqat kadastr tushunchasi balkim yer tuzish, geodeziya, kartografiya, geoinformatika va Yerni masofadan zondlash sohalari bo'yicha ham keng ma'lumot berilgan. Lug'atga "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti va Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti hamda O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti professor-o'qituvchilarning taqrizlari olingan. Lug'at soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar, talabalar, xo'jalik yurituvchi subyektlar vakillari hamda qiziquvchilarga mo'ljallangan. Ushbu lug'atdagi QR kodlar orqali elektron ko'rinishda ham foydalanish imkoniyati mavjud.
-
Xalqaro munosabatlar asoslari II jild
Mingst K. A., Makkibben X.E.,Xalqaro munosabatlar asoslari" qo'llanmasida bugungi kunda dolzarb bo'lgan masalalar ko'rib chiqiladi. Jumladan kitobda xalqaro siyosat va siyosiy iqtisodiyot, xalqaro va nodavlat tashkilotlar, inson huquqlari, atrof-muhit va inson xavfsizligi, migratsiya, aholining o'sishi va sog'liqni saqlash masalalariga ahamiyat berilgan. Mazkur xorijiy o'quv adabiyoti professor-o'qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarni o'quv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun mo'ljallangan. Shuningdek. ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi. Ushbu xorijiy o'quv adabiyotidan tijorat maqsadida foydalanish qat'iyan man etiladi.