-
-
-
Amaliy fanlar,
-
Siyosatshunoslik,
-
-
-
Siyosatshunoslik,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баҳодир
Мирзиёев Ш,Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев асарларининг 2-жилдиди уч бўлимдан иборат болиб, унинг биринчи бўлимига мамлакатимиз сиёсий-ижтимоий ҳаётидаги энг муҳимвоқеалар муносабати билан сўзлаган нутқ ва маърузалар ҳамда давлатимиз раҳбарининг БМТ Бош Ассамблеясининг 72-сессиясидаги нутқи киритилган. Китобнинг иккинчи бўлмидан хорижий давлатлар ва нуфузли халқаро ташкилотлар раҳбарлари билан учрашувлардагио нутқ ва марузалар, учинчи бўлимдан эса юртимизда кенг нишонланиб келаотган умумхалқ байрамалари, тарихий саналар, турли ҳалқаро анжуманлар, тадбир ва маросимлар муносабати билан ёъланган табриклар ўрин олган.
-
Кучли давлатдан - кучли жамият сари
Жалилов Ш,Ушбу китоб фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари фаолиятига бағишланган бўлиб,унда муаллиф ўзбек миллатининг ижтимоий ҳаётида ноёб ҳодиса-маҳалланинг ўтмиши,ҳозирги куни ва келажаги ҳақида сўз юритади.
-
Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch
Karimov I.,Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro'-e'tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o'sib, ulg'ayib, qanday inson bo'lib hayotga kirib borishiga bog'liqdir. Biz bunday o'tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak.
-
Chinor
Muxtor A.,Romanning boshida butun yurtga tarqab ketgan uzoq-yaqin qarindoshlaridan xabar olgani otlangan Ochil boboga qo'shilishib muallif olis safarga chiqadi. Mana shu o'ta qiziqarli va ibratli safar asnosida bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutinasiz. Bu taqdirlar bir-birlari bilan Ochil bobo orqali bog'lanib, yagona shajarani - azim Chinorni vujudga keltiradi. Bu romandan o'rin olgan hikoya va qissalar, ko'p asarlarda bo'lgani singari, albatta, yaxshilik bilan, ezgulikning yovuzlik ustidan qozonadigan g'alabasi bilan tugayvermaydi. Asarda o'nlab insonlar taqdiri borki, shafqatsiz va chigal hayot bo'roni ularni xuddi cho'ldagi bir uyum xashak singari sarson-sargardon qiladi. Adib qahramonlar taqdiriga behuda aralashish, ularni "to'g'ri yo'lga solib yuborish"dan o'zini tiyadi. Ortiqcha hayajon Asqad Muxtor uslubiga mutlaqo yot ekani "Chinor" romanida yaqqol o'zini ko'rsatgandi. Bu jihatdan, yozuvchi yoshligidan o'qib-o'rgangan tamoyillarini milliy adabiyotimiz maydonida ham dadil qo'llashdan cho chimaganiga guvoh bo'lamiz.
-
-
-
-
-
-