-
-
-
-
-
юриспруденция,
-
-
-
-
-
-
юриспруденция,
-
-
-
-
-
-
-
юриспруденция,
-
юриспруденция,
-
Fuqarolik jamiyati
Djumaniyazova D.K,Yuridik sohadagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ular- ning ko'lamini kengaytirish, shuningdek, talabalarning bilimini yanada chuqurlashtirish hamda mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda Fuqarolik jamiyati fanini chuqurroq o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarga fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanish jarayonida olib borilayotgan islohotlar, ularni amalga oshirish strategiyasining 3 mazmun-mohiyati fuqarolik jamiyatida inson, davlat va jamiyatning o'zaro munosabati, mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalashning asosiy tamoyillari, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda O'zbekistonning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida chuqur bilim berish orqali ularda faol fuqarolik pozitsiyasi va mas'uliyatini shakllantirishdan iborat. O'quv qo'llanma bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan fuqarolik jamiyati moduliga oid mavzular bo'yicha ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarda foydalanish mumkin.
-
Kriminologiya
Niyozova S.S, Salayev S.N.,Mazkur darslikda kriminologiya tushunchasi, predmeti va tizimi hamda metodi; jinoyatchilik tushunchasi, uning tarkibi va latent jinoyatchilik; jinoyatchilik sabablari va unga imkon beruvchi shart-sharoitlar; jinoyatchi shaxsi tushunchasi, uning tuzilishi va kriminologik tavsifi; jinoyatchilikning oldini olish tushunchasi va turlari; jinoyatchilikning oldini olish subyektlari hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik kabi masalalar bayon etilgan. Ushbu darslik oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Практикум по преподаванию правовых дисциплин
Ниязова Н.Ж,Учебное пособие предназначено для студентов магистратуры юридических вузов. В данном пособии уделяется внимание таким актуальным вопросам, как: педагогические технологии, считающиеся составной частью общего образования, их применение в юридическом образовании; теоретические аспекты применения в учебном процессе интерактивных методов; основы педагогических технологий, их структура, построение, задачи; педагогическая компетентность в обучении специальным дисциплинам, креативность, профессиональное мастерство; методы обучения, педагогические навыки, а также педагогическое мастерство.
-
Jahon savdo tashkiloti huquqi
Almosova Sh.S,Jahon Savdo Tashkiloti huquqi fanini o'zlashtirish bo'yicha yozilgan ushbu o'quv qo'llanma professor-o'qituvchilar hamda talabalar tomonidan ushbu fanni o'rganish uchun ma'ruza va seminar mashg'ulotlarida foydalanishga mo'ljallangan bo'lib, JSTning shakllanishi tarixi, uning tuzilmasi, a'zo-davlatlar o'rtasida nizolarni hal etish tartibi, tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk obyektlari savdosining huquqiy asoslari, JST huquqining asosiy prinsiplari yuzasidan nazariy, amaliy bilim va ko'nikmalar berishga xizmat qiladi. Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va JST normalarini o'zaro qiyosiy o'rganish va bu borada tizimli bilimlarni shakllantirishni maqsad qilgan talabalar uchun ayniqsa qo'l keladi.
-
Mansab soxtakorligiga qarshi kurashishning kriminologik jihatlari
Sunnatov V.T.,Monografiyada mansab soxtakorligi tushunchasi va mohiyati, uning uchun jinoiy javobgarlik belgilangan qonun normalarining rivojlanishi tarixi; ayrim xorijiy mamlakatlar jinoyat qonunlarida mansab soxtakorligi jinoyati uchun javobgarlik masalalari; mansab soxtakorligi jinoyatining obyektiv va subyektiv belgilari va kriminologik masalalar bayon etilgan. Ushbu monografiya oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun moʻljallangan.
-
Yuridik va faktik xato-jinoyat huquqiy tahlil
Hamidov N.O,Monografiya jinoyat huquqi nazariyasi va amaliyotida xatoning ahamiyatiga bag'ishlangan. Unda jinoyat huquqidagi xato tushunchasi va uning belgilari, shu bilan bir qatorda xatoning turlari, yuridik hamda faktik xatoning o'ziga xos jihatlari, Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan jinoyat belgilariga nisbatan xato qilinganda qilmishni kvalifikatsiya qilish bilan bog'liq muammolar va xorijiy davlatlar jinoyat huquqida xato uchun javobgarlik masalasi yoritib berilgan. Monografiya yuridik oliy o'quv yurtlarining bakalavr va magistratura talabalariga qo'llanma sifatida tavsiya qilinadi. Shuningdek, undan ilmiy tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar, sud-tergov va jazoni ijro etish tizimi xodimlari hamda ushbu mavzuga qiziquvchilar foydalanishi mumkin.
-
Mediation: theory and practice
Khaqberdiyev A.,This study guide describes mediation as an alternative method of resolving legal disputes, interpersonal and psychological aspects of mediation, the use of mediation and the implementation of mediation procedures, mediation in court cases, and mediation in foreign countries. In addition, the study guide contains case studies and theoretical questions on each topic, and the norms for applying the mediation procedure in the Law of the Republic of Uzbekistan,,On Mediation", Civil Procedural and Economic Procedural Codes, and the Law On Execution of Court Documents and Documents of Other Bodies" attached as well as subject tests, a glossary and sample documents related to the application of the mediation procedure. The study guide can be used by professors and teachers, students of the master's specialty 70420125-Mediation and alternative dispute resolution methods", scientific researchers, persons directly participating in the law- making process.
-
Davlat xizmatida korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvi
Maxmudov F.B,Ushbu o'quv qo'llanmada davlat xizmatida korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvi tushunchasi va uning yuridik tabiati, ularning turli ko'rinishlari, korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvining oldini olishga oid qonunchilik asoslari va rivojlanishi, davlat organlarining korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvining oldini olishga oid faoliyati, davlat xizmatida korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvining oldini olishda odob-axloq qoidalari hamda cheklov va taqiqlarning o'rni, shuningdek, xorijiy mamlakatlar davlat xizmatida korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvining oldini olish masalalari hamda korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvining oldini olishning asosiy yo'nalishlari bayon qilingan.
-
Социология
Ибрагимов К.Д,В учебном пособии изложены основные понятия и концепции социологии, которые дают представление о социальных структурах и процессах, происходящих в обществе, целях и задачах социологии, способствуют формированию целостного образа окружающего социального мира. Учебный материал является результатом обобщения идей и концепций многих учебников, хрестоматий, научных монографий. Материал представлен в простой и доступной для изучения форме. Учебное пособие предназначено для студентов бакалавриата направления образования 60420200 «Государственное управление».
-
Электронные договоры
Абдурахманова Н.М,Содержание настоящего учебного пособия в полной мере соответствует программе курса по киберправу, изучаемого в юридических вузах. В учебном пособии отражены наиболее важные понятия и институты электронных договоров, особенно те, которые регулируются в современном законодательстве Республики Узбекистан, США и Великобритании. Также в учебное пособие включены текст лекций, материалы для практических занятий, тесты и рекомендуемая литература. Важной задачей настоящего учебного пособия является раскрытие правовой природы электронных договоров. Данное учебное пособие предназначено для студентов бака- лавриата и магистратуры, обучающихся по направлению 60420100 - Юриспруденция (по видам деятельности) в юридических вузах.
-
Система договоров в сфере интеллектуальной собственности.
Мукумов Б.М,Настоящее учебное пособие является одним из комплексных ис- следований, посвященных теоретически и практически значимым проблемам регулирования договорно-правовых отношений в сфере интеллектуальной собственности. На современном этапе развития Республики Узбекистан важным и значимым становится регулиро- вание правоотношений, складывающихся в сфере интеллектуальной собственности. Важно обеспечивать создание правовых норм, способ ных реализовать намеченные цели. И в этой связи договорно-правовое регулирование отношений в сфере интеллектуальной собственности приобретает актуальное значение.
-
Huquqiy eksperiment
Hayitov Sh.R.,Mazkur o'quv qo'llanma Davlat va huquq nazariyasi modulining "Huquq ijodkorligi" mavzusi bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda huquqiy eksperiment tushunchasi, turlari va prinsiplari, norma ijodkorligi jara- yonida huquqiy eksperiment va uning bosqichlari, subyektlari hamda O'zbekistonda huquqiy eksperimentning o'ziga xos xususiyatlari kabi masalalar atroflicha bayon etilgan. Shuningdek, qo'llanmada mavzuga oid jadvallar, muammoli savollar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavriat yo'nalishi talabalariga va huquq ijodkorligi masalalariga qiziquvchi kitobxonlarning keng doirasiga mo'ljallangan.
-
O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi
Qodirov E.O,Mazkur o'quv qo'llanma Konstitutsiyaviy huquq modulining "O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavzusi bo'yicha tayyorlangan boʻlib, unda fuqarolik tushunchasi va prinsiplari, mamlakatimizda fuqarolikka ega bo'lish va uni yo'qotish hamda fuqarolik masalalarini hal etish tartibi, fuqarolikka qabul qilish, tiklash va tugatishning asoslari hamda mamlakatimizda xorijiy davlat va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning maqomi kabi masalalar atroflicha bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalari talabalari va magistrlariga hamda fuqarolik bo'yicha huquqni qo'llash masalalariga qiziquvchi kitobxonlarning keng doirasiga mo'ljallangan.
-
Xalq hokimiyatchiligi
Qodirov E.O,Mazkur o'quv qo'llanma Konstitutsiyaviy huquq modulining "Xalq hokimiyatchiligi mavzusi bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda xalq hokimiyatchiligi tushunchasi, uning shakllari va turlari, xalq suvereniteti, referendum va adolatli saylovlar, mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari va O'zbekistonda xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlari kabi masalalar atroflicha bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavriat yo'nalishi talabalariga, shuningdek, ushbu masalalarga qiziquvchi keng kitobxonlar doirasiga moʻljallangan.
-
Ma'muriy huquq
Gaziyev K.J,Ushbu o'quv qo'llanmada ma'muriy huquq predmeti, subyektlari, manbalari; davlat boshqaruvining ma'muriy-huquqiy shakllari; ma'muriy protseduralar va ma'muriy akt; ommaviy xizmatlar ko'rsatish tartib- taomillari va davlat xizmati; ma'muriy yustitsiya; ma'muriy majburlov va ma'muriy rejimlar, ommaviy ma'muriyat faoliyatida qonuniylik hamda davlat boshqaruvi sohalarini ma'muriy-huquqiy tartibga solish kabi masalalar bayon qilingan. Mazkur o'quv qo'llanma huquqshunoslik mutaxassisligiga oid barcha olly o'quv yurti talabalari, yuridik texnikum o'quvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va ushbu sohaga qiziquvchi kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
Qishloq xo'jalik huquqi
M.B.Usmonov va boshqalar,Darslikda qishloq xo'jaligi huquqining predmeti,tizimi,manbalari,fermer va dehqon xo'jaliklarining huquqiy holati,qishloq xo'jalik korxonalari moliyaviy faoliyatini,shartnoma va mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solish,huquqlarini himoya qilish, qishloq xo'jaligi qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlik kabi masalalar yoritilgan.
-
Qishloq xo'jalik huquqi
Mualliflar jamoasi,Darslikda qishloq xo'jaligi huquqining predmeti,tizimi,manbalari,fermer va dehqon xo'jaliklarining huquqiy holati,qishloq xo'jalik korxonalari moliyaviy faoliyatini,shartnoma va mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solish,huquqlarini himoya qilish, qishloq xo'jaligi qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlik kabi masalalar yoritilgan.
-
-