-
-
-
-
-
-
Graf Monte Kristo
A.Dyuma,“Graf Monte-Kristo“ keng kitobxonlar eʼtiborini qozongan asardir. Unda insoniylik, shaxs erkinligi va tuyg‘ular go‘zalligi ulug‘lanadi. Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan keyin bo‘lsa-da chiqishi o‘z ifodasini topadi. Qahramonlar o‘rtasidagi mehr-oqibat va ziddiyatlar muallifning nihoyatda kuzatuvchan va mohirligini namoyon etadi. Asar bosh qahramoni Edmon Dantes- Monte Kristo razolat botqog‘iga botgan insonlarni zo‘r matonat, aql-idrok bilan fosh etadi. Jazo ham, mukofot ham Allohning irodasi bilan inson tirikligidayoq uni benasib qoldirmasligi roman nihoyasida aksini topadi. Faqat buning uchun... Graf taʼkidlaganidek, “Kutmoq va umid qilmoq kerak“.
-
Graf Monte Kristo
A.Dyuma,Bu kitob – ko‘plar kutgan durdona. U jahon adabiyotidagi eng sara asarlar ro‘yxatiga kiradi. Garchand “Graf Monte Kristo” yaratilganiga bir necha asrlar o‘tgan bo‘lsa-da, undagi ulug‘vor g‘oyalar, o‘lmas tuyg‘ular, orzular va armonlar talqini sira-sira o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Asardagi qahramonlar, ularning hayoti, kechinma va kechmishlari, voqealar zanjiri o‘quvchini kitobga ipsiz bog‘lab qo‘yadi. Ayniqsa, bosh qahramon Edmon Dantesning uzoq yillik uqubatlari, ana shu yillar samarasi o‘laroq o‘zgacha inson bo‘lib etishishi, bir vaqtlardagi jabr-sitam uchun intiqom kurashiga kirishishi bugungi kun o‘quvchisi uchun ham birdek maroqli. “Graf Monte Kristo”ni ko‘plar intiq kutayotganining boisi shundaki, ushbu kitob o‘zbek tilida chiqarilganiga qirq yildan oshdi. U dunyo adabiyoti xazinasidan o‘rin olgan bo‘lsa-da, ehtimol, hajmi kattaligi bois, bizda boshqa chop etilmagan. Nashriyotimiz ko‘p sonli kitobxonlarning talab-istaklarini inobatga olib, mazkur ishga qo‘l urganining boisi ana shunda. Marhamat, o‘smirlik va ulug‘vorlik, ezgulik va jaholat, nafs yo‘lidagi taloto‘plar, kimsasiz oroldagi nadomatlar, qasosga undagan turfa sarguzashtlar olamiga oshno bo‘ling, muhtaram o‘quvchi!

O'nta negr bolasi
Agata Kristi,Agata Kristi nomini alohida tanishtirishga hojat yо‘q. Adabiyot ahli tomonidan haqli ravishda detektiv janrining yetakchilaridan biri sifatida tan olingan. Uning mazkur asarida ham kitobxon sirli va qiziqarli olamga sayohat qilishi muqarrar. Muallifning о‘zi aynan shu asarini eng yaxshisi deya e’tirof etgani ham bejiz emas. Ushbu asarda bir-biriga hech qanday aloqador bо‘lmagan о‘nta odam xilvat oroldagi uyga keladi. Sirli taklifnoma bilan ularni bu yerga kim chaqirdi? Yaxshi detektiv ixlosmandlarining yuragi darrov shuv etib ketadigan manzara. Dunyodan ajrab qolgan bо‘m-bо‘sh orol, kо‘p xonali, zimiston yо‘lakli katta sirli uy va Zanjilar orolining sohibi taklifiga kо‘ra uyga kelgan о‘nta mutlaqo notanish, bir-biriga о‘xshamagan о‘nta odam. Bu yerda ularni qulay shart-sharoitlar, mazali taom va shinam yotoqxonalar kutib turibdi. Lekin havas qilgudek mehmondо‘stlik tez orada sarobga aylanib, mehmonlar savdoyi qotil qurgan tuzoqqa tushib qolgani ma’lum bо‘ladi. Ular orolning toshloq zaminiga qadam qо‘ygan zahoti tuzoq yopilgan. Oroldan qochishning iloji yо‘q. Barchani shubha-gumon chulg‘ab olgan. Chehralarda ajal soyasi. Qо‘rquv va dahshat. Faqatgina bolalar sanoq she’ri va mitti negr bolalari tugashi bilan bu dahshatli о‘yinga ham xotima yasaladi. Biroq nega? Ularni birin-ketin eng g‘ayrioddiy yо‘llar bilan о‘ldirish kimga kerak? Nima uchun sodir bо‘layotgan voqealarning bari quvnoq bolalar she’ri bilan chambarchas bog‘liq? Nahotki bu jumboqning yechimi topilmasa, nahotki hammasi о‘limga mahkum bо‘lsa? Lekin nima uchun? Ular rostdan ham aybdormi?
-
Tanlangan asarlar
A.Oripov,Ўзбекистон Қаҳрамони, Халқ шоири Абдулла Орипов “Танланган асарлар”ининг саккизинчи жилди кейинги икки ярим йилда ёзилган руҳият ва чуқур фалсафийлик омихта бўлган янги шеърлардан жамланди. Зукко шеърхонлар улкан шоир ижоди янги мавзулар, янги ифода воситалари билан бойиганига, давр ва халқ, шахс ва жамият, инсон ва унинг қалби, нур ва зиё, муҳаббат ва нафрат, яхшилик ва ёвузлик, самимият ва ҳасад, меҳр ва қабоҳат сингари ўлмас ва азалий мавзулар янги ифода воситалари орқали очиб берилганига ишонч ҳосил килиб, янги шоирона нигоҳдан завқ оладилар, деб умид қиламиз.
-
Avlodlar dovoni Humoyun va Akbar
Pirimqul Qodirov,Avlodlar dovoni romanini mutoala qilgan yosh kitobxonlarning ma'naviy olami shunga yarasha bo'ladi.Ushbu nashrning o'iga xos jihatlaridan biri shundaki unda bugungi yosh kitobxonlarga ayrim so'z hamda iboralar yanada tushunarli bo'lmog'i uchun tegishli va zarur izohlar ham berilgan
-
"Kecha va kunduz"
A.Cho'lpon,Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon(1898-193)-shoir,yozuvchi,dramaturg,tarjimon va jamoat arbobi,"Sadoi Turkiston","Darxon", "Yangi sharq","Ishtirokiyun","Buxoro axbori" gazetalari va "Mushtum","Guliston" kabi jurnallarda faoliyat yuritgan." Ilmiy kengash", "Chig'atoy gurungi ", "Nashri maorif" tashkilotlari va "Turon" teatrida adabiy,ilmiy-ma'rifiy ishlar bilan shug'ullangan. Uning "O'zbek yosh shoirlari", "UYg'onish","Buloqlar",(1923), "Tong sirlari" (1926)va "Soz" (1936) to'plamlari "Oydin kechalarda", "Qor qo'ynida lola","novvoy qiz","Qurboni jaholat","Do'xtir Muhammadyor" singari hikoyalari,"Yo'l esdaligi", "Vayronalar orasidan","Adabiyot nadur" kabi ocherk va maqolalari, "temirchi", "Gunoh ", "Cho'rining isyoni","Yorqinoy", "Halil farang" va h/k. sahna asarlari, "Kecha kunduz "romoni mavjud..
-
"Mehrobdan chayon"
A.Qodiriy,O'zbek romanchiligi va hayotiy hikoyalar janrining asoschisi,buyuk ustozimiz -A.Qodiriy dastlabki ta'limni musulmon maktabi,rus-tuzem maktabida,Abulqosim shayx madrasasida olgan.1925-26-yillarda Moskvadagi adabiyot kursida ta'lim olgan. Uning dastlabki ijodlari "Samarqand","Oina", "Sadoi Turkiston"gazetalari va o'zi tashkil etgan "Mushtum" jurnalida e'lon qilingan.
-
-
"O'tkan kunlar"

Тошкент тонги
Абдулла Авлоний,Октябрь арафасида адабиёт майдонига кириб еклган маърифатпарвар шоирлардан бири Абдулла Авлонийдир. Унинг исёнкор шеърияти, Таълимий-аҳлоқий асарлари маданиятимиз тарихида салмоқдор ўринни эгаллайди.
-
Йўл ўртаси
Раззоқ Абдурашид,Раззоқ Абдурашид "Йул бошида", "Мусаффо осмон", "Кайфият", каби ўн бешдан ортиқ китоблари орқали шеърият мухлисларига язши таниш.
-