-
-
-
-
"Chinor"
A.Muxtor,Asqad Muxtorning bu romani sharq adabiy an'analarini eslatuvchi yangi bir shaklda yozilgan. Chinorning azim shoxlariday har tomonga tarvaqaylab ketgan qissalar jonli voqelikni aks ettirsa, uning teran ildizlari – hikoyatlar yaqin o'tmish haqida, rivoyatlar esa pildirab uchgan yaproqlar singari yengil, ular badiiy tafakkur qanotida qadim afsonalarga borib tutashadilar... Bularning hammasi ham bir o'zbek oilasi haqida. Bu oila katta, qadimiy, madaniy, mehnatkash va shu ma'noda «tagli-zotli». Ularning har bir a'zosi xalq hayotida ma'lum bir mas'uliyatli yukni o'z zimmasiga olgan. Jonajon tuproqqa chuqur tomir yoygan, baquvvat va qadimiy Chinor mangulik ramzi, xalqimiz timsolidir.
-
Ўзбекистон Республикасининг давлат мукофотлари
Mualliflar jamoasi,Ўзбекистон Республикасининг давлат мукофотлари (Қонун ҳужжатлари)
-
-
-
-
-
Sherlok Xolms haqida hikoyalar
Artur Konon Doyl,Artur Konan Doylning eng mashhur asari „Sherlok Xolms haqida hikoyalar“dir. Adib ilk marotaba Sherlok Xolms obrazini „Skarletdagi ish“ (1887) romanida yaratgan. Yozuvchi Sherlok Holms obrazini „Holmsning sо‘nggi ishi“ (1893) hikoyasida о‘ldirmoqchi bо‘ladi. Lekin butun dunyo kitobxonlarining noroziligidan keyin izquvarni tiriltirib, yangi hikoyalar yozadi. Sherlok Xolms haqidagi ajoyib-g‘aroyib hikoyalar favqulotda hodisalarga boyligi bilan kattayu kichik kitobxonlarning e’tiborini qozongan. Kutilmagan vaziyatlarda о‘zni yо‘qotmaslik, mustahkam iroda, aql-zakovat boshqalarning mushkulini yengillashtirishni hayotining mazmuniga aylantirib olgan izkuvar taxsinga loyiq fazilatlidir.
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Graf Monte Kristo
A.Dyuma,“Graf Monte-Kristo“ keng kitobxonlar eʼtiborini qozongan asardir. Unda insoniylik, shaxs erkinligi va tuyg‘ular go‘zalligi ulug‘lanadi. Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan keyin bo‘lsa-da chiqishi o‘z ifodasini topadi. Qahramonlar o‘rtasidagi mehr-oqibat va ziddiyatlar muallifning nihoyatda kuzatuvchan va mohirligini namoyon etadi. Asar bosh qahramoni Edmon Dantes- Monte Kristo razolat botqog‘iga botgan insonlarni zo‘r matonat, aql-idrok bilan fosh etadi. Jazo ham, mukofot ham Allohning irodasi bilan inson tirikligidayoq uni benasib qoldirmasligi roman nihoyasida aksini topadi. Faqat buning uchun... Graf taʼkidlaganidek, “Kutmoq va umid qilmoq kerak“.